Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
22.12.2022
30.11.2021
13.06.2017
13.09.2016
29.12.2014
17.11.2011
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2022
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TEKShIRIShLARNI ROʻYXATGA OLISh KITOBINING ShAKLI VA UNI TOʻLDIRISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2280]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 7-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 246-mh-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organning nomi
Tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va guvohnoma raqami
Tekshirishga jalb qilingan nazorat qiluvchi organning nomi (tekshiruvchining F.I.O. va guvohnoma raqami), auditorlik tashkilotining nomi (litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditorning F.I.O., tekshirishga jalb etishga asos boʻlgan shartnomaning raqami va muddati), ekspertning F.I.O. (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, tekshirishga jalb etishga asos boʻlgan shartnomaning raqami va muddati)
Tekshirish oʻtkazish uchun asos
Tekshirish turi va maqsadi
1
2
3
4
5
6
Tekshirish oʻtkazish uchun belgilangan muddatlar
Tekshirishni boshlash va tugatish sanasi va vaqti
Tekshirishning aniq davom etgan vaqti
Talab qilingan hujjatlar
Tekshirish jarayonida koʻrilgan choralar
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning fikri
7
8
9
10
11
12
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 9-sentabrdagi 226-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 425-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 246-mh-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi — oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi axborot yozib qoʻyiladigan elektron yoki qogʻoz shaklidagi maxsus kitobdir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining yuritilishidan maqsad:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashuvlarga chek qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining qogʻoz shakli belgilangan namunaga muvofiq boʻlishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi koʻrsatilgan holda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobida xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), unga berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining elektron shakli toʻldiriladi. Bunda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining elektron shakli bevosita xoʻjalik yurituvchi subyektda toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining elektron shakliga kirish etk.minjust.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga tekshirishlar haqidagi yozuvlarni kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tekshirish boshlanishidan oldin xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvchi mansabdor shaxsga tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin qonunchilik hujjatlariga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining tegishli ustunlariga yozuvlar kiritishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirish boshlanishiga qadar tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining 2 — 7-ustunlarini toʻldiradi. Bunda, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga kiritilgan maʼlumotlarni tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan taqqoslashga haqli.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 2-ustunda tekshiruvchi organning toʻliq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, u boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 3-ustunda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan tashkilot nomi, guvohnomaning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 4-ustunda tekshirishga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi organ jalb etilgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning toʻliq rasmiy nomi, uning pochta manzili, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan tashkilot nomi, guvohnomaning amal qilish muddati koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti jalb etilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining nomi, litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tekshirishga jalb etishga asos boʻlgan nazorat qiluvchi organ bilan tuzilgan shartnomaning raqami va muddati koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert jalb etilgan taqdirda, ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami, tekshirishga jalb etishga asos boʻlgan nazorat qiluvchi organ bilan tuzilgan shartnomaning raqami va muddati koʻrsatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 9-sentabrdagi 226-mh-sonlibuyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 425-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 5-ustunda tekshirish oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlash sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni qabul qilish raqami va sanasi; qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq tekshirishni tayinlash toʻgʻrisida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoyat ishining raqami koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 6-ustunda tekshirish turining toʻliq nomi (rejali tekshirish, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshirish, nazorat tartibida tekshirish, yuridik shaxs tugatilayotganda oʻtkaziladigan soliq tekshiruvi, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari) va maqsadi koʻrsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish oʻtkazish reja-jadvali va buyruqda koʻrsatilgan nomga, maqsadi esa — buyruqda koʻrsatilganiga muvofiq boʻlishi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 6-iyundagi 116-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-3, 06.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 481-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 7-ustunda tekshirish oʻtkazish muddati koʻrsatiladi. U tekshirish oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining 8 — 12-ustunlari xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan toʻldiriladi. Bunda, 8 — 10-ustunlarga tekshirish davomida yozuvlar kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 8-ustunda har kuni tekshirish oʻtkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi koʻrsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqti tugaganidan keyingi harakati haqida maxsus belgilar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 9-ustunda tekshirishning haqiqatda davom etgan kalendar muddati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 10-ustunda talab qilingan hujjatlarning toʻliq nomi koʻrsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish oʻtkazish reja-jadvali hamda buyruqda koʻrsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. 11-ustunda xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda koʻrilgan choralar (ishlab chiqarishni toʻxtatish, omborni muhrlash, pul mablagʻlaridan va/yoki xomashyodan foydalanishni taqiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qoʻyish va h. k.) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. 12-ustunda oʻtkazilgan tekshirish yakuni boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “Eʼtirozlar bilan roziman” shakllaridagi fikri qayd etiladi. “Rozi emasman” shaklidagi fikr koʻrsatilgan holda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) buning asoslangan sabablarini koʻrsatadi. “Eʼtirozlar bilan roziman” shaklidagi fikr koʻrsatilgan holda asoslangan eʼtirozlar keltiriladi. Tekshirish tugagandan soʻng xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) ushbu ustunga tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobida qayd qilingan yozuvlarning toʻgʻriligi haqida yozuv kiritadi. Mazkur yozuvlar tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining qogʻoz shaklida sana va vaqtni koʻrsatgan holda imzo bilan tasdiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishdan bosh tortsa yoki mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotni taqqoslash natijasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishga qoʻyilmaydi. Bunda, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-son “Adliya organlarida maxsus “ishonch telefoni” tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tashkil etilgan maxsus “ishonch telefoni”ga murojaat etishga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining qogʻoz shaklida oʻchirib yozish va boʻyash taqiqlanadi. Toʻgʻrilashlar xato yozuvlar oʻchirilib, kerakli maʼlumotlarning ustidan qayta yozish yoki qoʻlda ustidan yozish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday toʻgʻrilash tekshiruvchi mansabdor shaxsning va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining elektron shaklini toʻldirishda xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ushbu satrga toʻgʻrilashlar kiritish orqali yangi yozuv amalga oshiriladi. Bunda, oldingi maʼlumot avtomatik ravishda saqlanib qolinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish maqsadida nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish tartibiga rioya qilinayotganligi boʻyicha monitoring adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Adliya organlari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241. Tekshiruv natijasi boʻyicha tuziladigan hujjatda tekshirish jarayonida toʻldirilgan tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining shakli koʻrsatiladi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 480-modda; 2014-y., 52-son, 638-modda; 2016-y., 36-son, 425-modda; 2017-y., 23-son, 481-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)