O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
To‘g‘ridan - to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 4-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2312-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-son “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 15-son, 167-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 12-dekabrdagi 80, 2011-34, 14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2312, 2012-yil 11-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 2-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-noyabr,
81-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-noyabr,
2012-32-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 6-noyabr,
13-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:”.
“2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga ko‘ra mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishdan tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam bo‘lmagan korxonalar kiradi.
3. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan butun korxonaga tatbiq etiladi.”.
3. 5-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
korxonalarni respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno;
xorijiy investorlar tomonidan xususiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo‘yish;
mazkur imtiyozlarning qo‘llanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirish;”.
4. 8-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlarni taqdim etish natijasida olingan daromadning kamida 50 foizi, ularni qo‘llash muddati mobaynida, korxonani yanada rivojlantirish maqsadida takroriy investitsiyalashga yo‘naltiriladi.”.
5. 9-bandda:
birinchi xatboshidagi “Agar korxona hisobot yili yakuni bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan tarmoqqa mansublik tasnif ko‘rsatkichiga (XXTUT kodi) taalluqli bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashmasa” degan so‘zlar “Agar korxona hisobot yili yakuni bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashmasa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “50 foizdan” degan so‘zlar “33 foizdan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
2012-yil 6-noyabr
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TO‘RAYEV
2012-yil 6-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2012-yil 6-noyabr
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
RO‘YXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasiga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish:
XXTUT:
14322 — elektr o‘lchov priborlarini ishlab chiqarish (elektron o‘lchov priborlari qismida);
14323 — radio o‘lchov priborlarini ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish;
14750 — radiosanoat;
14760 — aloqa vositalari sanoati;
14771 — elektronika sanoati (maxsus texnologik uskunalarni ishlab chiqarish kirmaydi);
14772 — maxsus texnologik uskunalarni ishlab chiqarish (nazorat-sinov uskunalari qo‘shilgan holda).
2. Yengil sanoat:
Tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish.
XXTUT:
17116 — ip gazlama sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ip, iplar, momiq, texnik gazlamalar ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi);
17121 — jun sanoati (aholi buyurtmalari bo‘yicha gilamlar va gilam mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘shmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan jun, adyol, gilamlar va gilam buyumlarini ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda) — (trikotaj gazlama qismida).
Tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to‘qimachilik galantereyasini ishlab chiqarish.
XXTUT:
17141 — to‘qimachilik attorlik mollarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod trikotaj gazlama ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi);
17210 — tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda).
Tabiiy terilar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17310 — tabiiy terilar ishlab chiqarish.
Ko‘n-galantereya sanoati.
XXTUT:
17341 — tabiiy va sun’iy charmdan yo‘l uchun va galantereya (attorlik) buyumlarini ishlab chiqarish;
17361 — mo‘ynalar va mo‘yna buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda) — (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida).
Poyabzal sanoati.
XXTUT:
17371 — poyabzal ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qo‘shmagan holda).
3. Ipakchilik sanoati:
Shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17131 — ipakchilik sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ipak, shoyi iplar va hokazolarni ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi).
Bundan tashqari, mazkur guruhga 17141, 17151, 17210 kodlari shoyi buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni 1a-ilovasida ko‘rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
12170 — o‘tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish (o‘tga chidamli mineral tolali plitalar qismida);
13142 — polimer materiallardan plyonkalar, quvurlar va listlar ishlab chiqarish;
15230 — yog‘och-taxtadan va yog‘och plitalardan qurilish detallarini ishlab chiqarish;
15250 — fanera ishlab chiqarish;
16120 — asbotsement buyumlari ishlab chiqarish;
16162 — qurilishbop sopol ishlab chiqarish;
16170 — polimer xomashyosidan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish;
16212 — tabiiy toshdan qoplovchi materiallar ishlab chiqarish;
16222 — sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish va tabiiylarini qayta ishlash;
16232 — ohak, gips va boshqa mahalliy bog‘lovchi materiallar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish;
16240 — issiqlik izolatsiyasi materiallari sanoati;
16271 — tovar beton va qurilish qorishmasini ishlab chiqarish;
16273 — boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarish.
5. Parranda go‘shti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish:
XXTUT:
21241 — tuxum ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21242 — go‘sht ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21243 — parrandachilik birlashmalari (go‘sht-tuxum).
6. Oziq-ovqat sanoati:
Mahalliy xomashyodan ishlab chiqariladigan tayyor oziq-ovqat mahsuloti qismida (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan tashqari).
XXTUT:
18111 — shakar sanoati;
18113 — non ishlab chiqarish sanoati;
18114 — qandolatchilik sanoati;
18115 — makaron sanoati;
18121 — yog‘-moy sanoati (yuvuvchi vositalarni ishlab chiqarishdan tashqari);
18151 — meva-sabzavot sanoati (meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishlarsiz);
18152 — meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarish;
18191 — oziq-ovqat konsentratlarini ishlab chiqarish (tayyor mahsulot qismida).
7. Go‘sht-sut sanoati:
Go‘sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog‘, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
18211 — go‘sht sanoati (yelimjelatin sanoatisiz);
18221 — yog‘-pishloq, pishloq va sut sanoati (sut konservalarini ishlab chiqarishsiz);
18222 — sut konservalarini ishlab chiqarish.
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
XXTUT:
18300 — baliq sanoati — (baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash qismida).
9. Kimyo sanoati.
XXTUT:
13101 — tog‘-kimyo sanoati;
13111 — azot sanoati;
13112 — fosfatli o‘g‘itlar va boshqa noorganik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish;
13113 — soda sanoati;
13114 — xlor sanoati;
13115 — yod-brom sanoati;
13116 — asosiy kimyoning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13120 — tola va kimyoviy ip sanoati;
13130 — sun’iy smola va plastik massa sanoati;
13141 — plastmassa buyumlar ishlab chiqarish (gramplastinkalar, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar kirmaydi);
13142 — polimer plyonka, quvur va listlar ishlab chiqarish;
13143 — uzluksiz shisha tola va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13144 — shishaplastiklar va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish;
13145 — gramplastinka, magnitofon kassetalari va kompakt-disklar ishlab chiqarish;
13146 — polimer transport taralar ishlab chiqarish;
13150 — lak-bo‘yoq sanoati;
13160 — kimyoviy reaktivlar va alohida sof moddalar sanoati;
13170 — sun’iy bo‘yoqlar sanoati;
13180 — kimyo-fotografiya sanoati;
13190 — maishiy kimyo sanoati;
13199 — kimyo sanoatining boshqa tarmoqlari.
10. Neft-kimyo sanoati.
XXTUT:
13310 — sun’iy kauchuk ishlab chiqarish;
13320 — asosiy organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish;
13330 — texnik uglerod ishlab chiqarish;
13351 — shina ishlab chiqarish;
13361 — rezino-texnik buyumlar sanoati;
13362 — asbest-texnik buyumlar sanoati;
13363 — rezina poyabzal ishlab chiqarish - (rezina poyabzal ishlab chiqarish qismida);
13364 — rezinadan keng iste’mol mollari ishlab chiqarish.
11.Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
19310 — kimyo-dorivorlik (farmatsevtika) sanoati;
19320 — tibbiyot texnikasi (anjomlari) sanoati;
19330 — shisha, chinni va plastmassdan tibbiyot buyumlar ishlab chiqarish;
19760 — veterinariya uchun shifobaxsh dori-darmonlarni ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Ko‘mir sanoati.
XXTUT:
11320 — ko‘mirni boyitish;
11330 — ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish;
11410 — slanets sanoati.
15. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
XXTUT:
12150 — elektroferroquymalar ishlab chiqarish;
12190 — ishlab chiqarishga mo‘ljallangan metall buyumlarni ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.
Mashinasozlik.
XXTUT:
14101 — og‘ir, energetika va transport mashinasozligi;
14111 — turbinasozlik;
14112 — qozonsozlik;
14120 — dizelsozlik;
14130 — metallurgiya mashinasozligi;
14140 — kon-shaxta va kon-ruda mashinasozligi;
14151 — kranlar ishlab chiqarish (qurilish kranlarisiz);
14152 — qurilish kranlari ishlab chiqarish;
14153 — uzluksiz transport uskunalari ishlab chiqarish;
14154 — lift ishlab chiqarish;
14155 — avto va elektr yuklagichlar ishlab chiqarish;
14156 — boshqa turdagi ko‘tarish-tashish, yuklash-tushirish va omborbop uskunalar ishlab chiqarish;
14160 — temir yo‘l mashinasozligi;
14171 — elektrotexnik mashinalar, uskunalar, apparatura va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish;
14172 — kabel sanoati;
14173 — elektrolampa sanoati;
14174 — elektroizolatsiya sanoati;
14175 — akkumulyator va element sanoati;
14176 — elektr payvandlash uskunalarini ishlab chiqarish;
14181 — kimyo mashinasozligi;
14182 — polimer mashinasozligi;
14183 — neft qazish va geologiya-qidiruv, burg‘ulash uskunalari ishlab chiqarish;
14184 — neft va gazni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14185 — sellyuloza-qog‘oz sanoati uskunalarini ishlab chiqarish;
14186 — kompressor mashinasozligi;
14187 — sovitgichlar mashinasozligi;
14191 — vakuumli nasos va agregatlar ishlab chiqarish;
14192 — kislorod va kriogen mashinasozligi;
14193 — metallarga gaz alangasida ishlov berish va buyumlarni metallashtirish uskunalari ishlab chiqarish;
14194 — nasoslar ishlab chiqarish;
14195 — sanoatbop quvurli o‘tkazgich armaturasi ishlab chiqarish;
14196 — gaz tozalash va chang tutish uskuna va apparaturalari ishlab chiqarish;
14197 — bo‘yash uskunalari ishlab chiqarish.
Traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi.
XXTUT:
14410 — traktor mashinasozligi;
14420 — qishloq xo‘jalik mashinasozligi;
14430 — chorvachilik va ozuqa yetishtirish mashinasozligi.
Qurilish, yo‘l va kommunal mashinasozlik.
XXTUT:
14511 — yo‘lsozlik va yer qazish mashinasozligi;
14512 — qurilish mashinalari ishlab chiqarish;
14520 — qurilish materiallari sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14531 — yog‘och tayyorlash sanoati va melioratsiya ishlari uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14532 — torf sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14541 — kommunal xo‘jalik uchun uskunalar ishlab chiqarish;
14542 — maishiy xizmat korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqarish.
Yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.
XXTUT:
14611 — to‘qimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14612 — tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14613 — poyabzal, charm, mo‘yna va charm-galantereya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14614 — kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14620 — oziq-ovqat va omuxta yem sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14630 — savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14640 — poligrafiya sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish;
14651 — tikuv va maishiy elektr mashinalari va priborlari ishlab chiqarish (maishiy sovutgich va muzlatgichlar kirmaydi);
14652 — maishiy sovutgich va muzlatgichlar ishlab chiqarish;
14711 — sanitar-texnik uskunalari ishlab chiqarish;
14712 — gaz uskunasi va apparaturalari ishlab chiqarish;
14720 — aviatsiya sanoati;
14730 — mudofaa sanoati;
14740 — kemasozlik sanoati;
14781 — ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskunalar ishlab chiqarish (arava-ulov va oyna sanoati uskunalari kirmaydi);
14782 — montaj qilinadigan yarim mahsulotlar, qism va detallar ishlab chiqarish;
14783 — oyna sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarish.
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
XXTUT:
14210 — metall qirquvchi dastgohlar ishlab chiqarish;
14220 —yog‘ochni qayta ishlovchi uskunalar ishlab chiqarish;
14230 — temirchilik-presslash uskunalari ishlab chiqarish;
14240 — quyuv uskunalari ishlab chiqarish;
14251 — metall va yog‘ochga ishlov beruvchi asboblarni ishlab chiqarish;
14252 — texnologik jihozlar ishlab chiqarish;
14253 — sun’iy olmos, abraziv materiallar va ulardan asboblar ishlab chiqarish sanoati;
14254 — mexanik payvandlash uskunalari ishlab chiqarish;
14291 — yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;
14292 — umummashinasozlikda qo‘llaniladigan buyumlar ishlab chiqarish;
14293 — qora va rangli metalldan fasonli quymalar tayyorlash uchun qolip materiallari ishlab chiqarish;
14321 — texnologik jarayonlarni nazorat qilish va sozlash priborlari ishlab chiqarish;
14322 — elektr o‘lchov priborlari ishlab chiqarish;
14323 — radio o‘lchov priborlari ishlab chiqarish;
14324 — optik va optiko-mexanik priborlar va apparatlarni ishlab chiqarish;
14325 — mexanik kattaliklarni o‘lchash priborlarini ishlab chiqarish;
14326 — vaqt priborlari ishlab chiqarish;
14327 — injenerlik va boshqaruv mehnatini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish priborlari ishlab chiqarish;
14328 — tabiiy kuzatuvlar uchun priborlar ishlab chiqarish;
14329 — tibbiyot, fiziologiya va biologiyaga oid priborlar ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish;
14332 — texnik eltuvchilar (nositel) ishlab chiqarish;
14333 — dasturiy vositalar ishlab chiqarish;
14341 — avtomobil, avtobus, trolleybuslar hamda avtomobil va traktorlarga tirkama(pritsep)lar ishlab chiqarish;
14342 — mototsikl va velosiped ishlab chiqarish;
14343 — avtomobil va traktorlar uchun elektr uskunalari va priborlar ishlab chiqarish;
14344 — boshqa uskuna va asboblarni ishlab chiqarish;
14350 — podshipnik sanoati.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
Shisha sanoati.
XXTUT:
16512 — qurilish va texnik shisha ishlab chiqarish;
16513 — shisha idishlar ishlab chiqarish;
16514 — shisha idishlar va shishadan xo‘jalik-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish;
16515 — elektrotexnik va elektrovakuum shishalarini ishlab chiqarish;
16516 — kimyo-laboratoriya idishlarini ishlab chiqarish.
Chinni-fayans sanoati.
XXTUT:
16551 — chinni va fayansdan xo‘jalik-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish;
16552 — kulolchilik xo‘jalik-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarish.
19. Mikrobiologiya sanoati.
XXTUT:
19111 — uglevodorod xomashyosidan ozuqali oqsil moddalari ishlab chiqarish;
19112 — gidroliz sanoati;
19121 — aminokislotalarni va ferment preparatlarini ishlab chiqarish;
19122 — notibbiy maqsaddagi antibiotiklarni, ozuqali darmondorilar (vitamin), premiks, bakteriyali o‘g‘itlar va o‘simliklarni mikrobiologik himoya vositalarini ishlab chiqarish;
19123 — erituvchilarni ishlab chiqarish.
20. O‘yinchoqlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
19770 — o‘yinchoqlarni (rezina o‘yinchoqlardan tashqari) ishlab chiqarish”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 48-49-son, 554-modda)