14.03.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Shartnoma
Date of entry into force
10.12.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati (bundan keyin alohida holda “Tomon” yoki birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy ishlar bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam berish orqali jinoyatchilikni oldini olish, tergov qilish, jinoiy ta’qib hamda bartaraf etishda samaradorlikni oshirishga intilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Qo‘llash sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tomonlar ushbu Shartnomaning qoidalariga va o‘z milliy qonunlariga muvofiq jinoiy ishlar bo‘yicha tergov olib borish, jinoiy ta’qib qilish yoki jinoiy ishlar bo‘yicha sud jarayonini amalga oshirishda bir-birlariga yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Shartnoma maqsadlarida, jinoiy ishlar deganda yordam so‘ralgan vaqtda So‘rayotgan Tomon vakolatli organlari yurisdiksiyasiga taalluqli hamda ikki davlat jinoyat qonunchiliklarida ko‘rsatilgan qilmish yuzasidan tergov olib borish, jinoiy ta’qib qilish yoki sud jarayonini amalga oshirish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. So‘ralgan yordamga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shaxslardan dalillar yoki ko‘rsatmalarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ma’lumotlar, hujjatlar, yozuvlar va guvohlik ko‘rsatmalarini taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) shaxslarni identifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) hujjatlarni topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) o‘g‘irlangan mulkni qidirib topish va berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) So‘rayotgan Tomonda ko‘rsatmalar berishga qodir yoki tergovni olib borish, jinoiy ta’qib yoxud sud jarayonini amalga oshirishga ko‘mak beruvchi shaxslar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) So‘ralayotgan Tomonning qonunchiligi bilan taqiqlanmagan, ushbu Shartnoma maqsadlariga muvofiq keladigan boshqa turdagi yordam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) ashyolar va hujjatlarni qidirib topish, olib qo‘yish va ularni taqdim qilishni tashkillashtirish, yozma va ashyoviy dalillarni berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) ko‘zdan kechirish va guvohlantirish o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ekspertiza almashinuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) gumon qilinuvchi shaxslar, jabrlanuvchilar, ayblanuvchi va guvohlarni o‘z mamlakatlarida so‘roq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tomon yozma ravishda quyidagilar bo‘yicha yordam so‘rab murojaat etishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qamoqqa olish va ushlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) So‘rayotgan Tomon davlatida jinoiy ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlarini So‘ralayotgan Tomonda uning qonunchiligi va ushbu Shartnoma doirasida ijro etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) jinoiy ishlar bo‘yicha ish yurituvni o‘tkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Boshqa turdagi yordam
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Shartnoma boshqa shartnomalar, ahdlashuvlar kelib chiqadigan yoki o‘zgacha tarzda Tomonlar o‘rtasida mavjud majburiyatlarga daxl qilmaydi hamda boshqa shartnomalar, ahdlashuvlarga muvofiq yoki o‘zgacha tarzda Tomonlar bir-birlariga yordam berishlariga to‘sqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda
Markaziy organlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Har bir Tomon ushbu Shartnoma maqsadlarida iltimosnomalar yuborish va qabul qilish uchun vakolatli Markaziy organ hisoblanadigan idorani cheklanmagan muddatga tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Shartnoma kuchga kirgan paytda quyidagi idoralar Markaziy organlar etib tayinlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati uchun Bosh prokuratura;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Pokiston Islom Respublikasi Hukumati uchun Ichki ishlar vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har bir Tomon o‘zining Markaziy organlari o‘zgarishlari to‘g‘risida boshqa Tomonni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaziy organlar, bir-birlari bilan bevosita yoki diplomatik kanallar orqali ham aloqada bo‘lishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
So‘rovnomalar mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomalar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) iltimosnomaning maqsadini ifodalash va so‘ralayotgan yordamning mohiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) iltimosnomaning tashabbuskori bo‘lgan shaxsning ismi-sharifi, agentlik yoki organning nomlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(s) jinoiy ish predmeti tavsifi, tegishli faktlarning umumiy tavsifi hamda tegishli qonunlardan ko‘chirmalar hamda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazo tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) tergov yoki sud jarayonining ayni bosqichdagi holati bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) iltimosnomalarning bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zarur muddatlar bayoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yordam to‘g‘risidagi iltimosnoma, tegishli hollarda va imkon qadar, quyidagilarni ham o‘z ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) unga nisbatan jinoiy ish olib borilayotgan yoki jinoiy ishga aloqador axborotga ega shaxs yoxud shaxslarning shaxsiyati, fuqaroligi va joylashgan joyi to‘g‘risida ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 10-moddaga muvofiq yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomalar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) shaxslar so‘rov qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar tavsifi, jumladan, zarur holda So‘rayotgan Tomon bu shaxslardan so‘rashni istagan har qanday savollar ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ii) ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan har qanday hujjatlar, yozuvlar yoki guvohlik ko‘rsatmalarining tavsifi va zarur holda ular yuzasidan so‘roq qilinadigan tegishli shaxsning tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) 11- yoki 12-moddalarga muvofiq yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ko‘ra, So‘rayotgan Tomonga borganda shaxs ega bo‘ladigan sutkalik xarajatlar va boshqa xarajatlar to‘g‘risida axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 15- yoki 16-moddalarga muvofiq yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovga ko‘ra, qidirilayotgan materiallarning tavsifi va zarur hollarda ularning taxminiy joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 16-moddaga muvofiq yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ko‘ra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) So‘ralayotgan Tomonning yurisdiksiyasiga kirishi mumkin bo‘lgan jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlar to‘g‘risida So‘rayotgan Tomonning mulohazasiga asoslangan ko‘rsatma; va
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ii) bajarilishi lozim bo‘lgan sud qarori va agar mavjud bo‘lsa, ushbu qarorning maqomiga taalluqli bayonot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) iltimosnomaga binoan ko‘rsatiladigan yordam natijasida jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarning aniqlanishi yoki undirilishi mumkin bo‘lgan hollarda, 16-moddaning 4-bandiga asosan maxsus tadbir o‘tkazish zaruriyati bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) iltimosnomani bajarishda So‘rayotgan Tomon rioya etishi mumkin bo‘lgan yoki istalgan har qanday maxsus talab yoki tartibning tavsifi, bunga axborot, dalil, hujjat yoki ashyo taqdim etish usuli va shakllarining tafsilotlari ham kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) iltimosnomaning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha So‘rayotgan Tomon xohishi va uning sabablarini belgilab beruvchi bayonot, agar bunday xohish mavjud bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) So‘rayotgan Tomonning mansabdor shaxsi iltimosnoma bilan bog‘liq masala yuzasidan So‘ralayotgan Tomonga borishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, bunday shaxs tashrifining maqsadi, taxminiy vaqti hamda safar tashkiliy masalalari to‘g‘risida axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) So‘ralayotgan Tomon iltimosnomani bajarishi uchun muhim bo‘lgan yoki ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan har qanday qo‘shimcha axborot, dalil yoki hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Shartnomaga muvofiq taqdim etilgan iltimosnoma, har qanday qo‘shimcha hujjat va murojaat So‘rayotgan Tomonning tilida va So‘ralayotgan Tomonning tiliga yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar So‘ralayotgan Tomon iltimosnomadagi axborot ushbu Shartnomaga muvofiq iltimosnomani bajarishga yetarli emas deb topsa, u qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iltimosnoma yozma ravishda tuziladi, faqat kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda So‘ralayotgan Tomon iltimosnomani mustasno tarzida boshqa shaklda qabul qilishi mumkin. Bunday vaziyatda, agar So‘ralayotgan Tomon boshqacha tarzda kelishilmagan bo‘lsa, iltimosnoma 20 kun ichida yozma ravishda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Yordam ko‘rsatishni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yordam ko‘rsatish rad etiladi, agar So‘ralayotgan Tomonning fikriga ko‘ra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shaxsning So‘ralayotgan Tomonda sudlangan, oqlangan yoki afv etilgan jinoiy qilmishi yuzasidan jinoiy ta’qibni amalga oshirish bilan bog‘liq iltimosnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yordam ko‘rsatish shaxsning irqi, jinsi, dini, fuqaroligi yoki siyosiy qarashlari bilan bog‘liq holda unga nisbatan jinoiy ta’qib yoki jazo belgilash uchun so‘ralganligiga aniq asoslar bo‘lsa; yoki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) iltimosnomaning bajarilishi So‘ralayotgan Tomonning suvereniteti, xavfsizligi va muhim manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadigan bo‘lsa hamda So‘ralayotgan Tomonga xarajatlarni yuklaydigan va har qanday shaxsning xavfsizligiga taalluqli hollarni qamrab olsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) iltimosnoma bo‘yicha shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshiriladigan xatti-harakat So‘ralayotgan Tomon yurisdiksiyasi doirasida sodir etilib, jinoiy qilmish hisoblanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘ralayotgan Tomonning fikriga ko‘ra, iltimosnoma bo‘yicha shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshiriladigan xatti-harakat So‘ralayotgan Tomon yurisdiksiyasi doirasida sodir etilib, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli ortiq ta’qib etila olmasa, yordam ko‘rsatishga rad javobi berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agar iltimosnoma So‘ralayotgan Tomonda olib borilayotgan tergov va jinoiy ta’qib jarayoniga aralashuviga olib kelsa, So‘ralayotgan Tomon yordam ko‘rsatishni keyingi muddatlarga qoldirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu moddaga muvofiq iltimosnomani rad etish yoki uning bajarilishini keyingi muddatlarga qoldirishdan avval So‘ralayotgan Tomon o‘zining Markaziy organlari orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) So‘rayotgan Tomonni rad etish yoki keyingi muddatlarga qoldirish sabablari to‘g‘risida darhol xabar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yordamning o‘zi zarur deb hisoblaydigan shart-sharoitlarda ko‘rsatilishi mumkinligini aniqlashtirish maqsadida So‘rayotgan Tomon bilan maslahatlashuvlar olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agar So‘rayotgan Tomon yordamni 4(b) bandda belgilangan shart-sharoitlarda bajarilishiga rozi bo‘lsa, u bunday shart-sharoitlarga rioya etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Iltimosnomalarni bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yordam ko‘rsatish to‘g‘risida iltimosnoma So‘ralayotgan Tomon vakolatli idoralari tomonidan o‘sha Tomonning qonunlariga muvofiq va ushbu qonunlar doirasida So‘rayotgan Tomonning iltimosnomasida ko‘rsatilgan tarzda bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘ralayotgan Tomon so‘ralgan materialni taqdim etishni keyingi muddatlarga qoldirishi mumkin, agar ushbu material o‘sha tomonda olib borilayotgan jinoiy yoki fuqarolik ishlari ko‘rilishida qo‘llash uchun zarur bo‘lsa. Bu holda, So‘ralayotgan Tomon iltimosnoma asosida hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. So‘ralayotgan Tomon iltimosnomani sezilarli darajada kechiktirilishiga sabab bo‘ladigan o‘ziga ma’lum holatlar haqida So‘rayotgan Tomonni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Materialni So‘ralayotgan Tomonga qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘ralayotgan Tomon talab qilgan taqdirda, So‘rayotgan Tomon ushbu Shartnoma doirasida olingan materialni qaytarib beradi, agar u yuborilgan iltimosnomaga taalluqli jinoyat ishi uchun kelgusida zarur bo‘lmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Maxfiylik va foydalanishni cheklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. So‘ralayotgan Tomon, agar so‘ralsa, yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomani, uning mazmuni va unga ilova qilingan hujjatlarni hamda iltimosnomaga binoan amalga oshirilgan har qanday xatti-harakatni maxfiy saqlaydi. Agar ushbu iltimosnomani maxfiylikni saqlay olmasdan ijro etishni imkoni bo‘lmasa, So‘ralayotgan Tomon bu haqda So‘rayotgan Tomonni iltimosnoma ijro etilgunga qadar xabardor qiladi, u esa o‘z navbatida ushbu iltimosnomaning ijro etilishi zarurligi yoki yo‘qligini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘rayotgan Tomon, agar so‘ralsa, So‘ralayotgan Tomon taqdim etgan axborot va dalillarni, yuborilgan iltimosnomaga taalluqli jinoyat ishi uchun zarur bo‘ladigan hamda So‘ralayotgan Tomon ruxsat bergan boshqa hollardan tashqari, maxfiy saqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. So‘rayotgan Tomon, agar so‘ralsa, axborot yoki dalillarning yo‘qolishi hamda ruxsatsiz olinishi, foydalanishi, o‘zgartirilishi, oshkor qilinishi yoki boshqa tarzda suiiste’mol qilinishidan himoya qilishni ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. So‘rayotgan Tomon olingan axborot yoki dalillarni yoxud undan ajratib olingan har qanday qismni So‘ralayotgan Tomonning roziligisiz iltimosnomada ko‘rsatilmagan maqsadlarda foydalanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Hujjatlarni topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. So‘ralayotgan Tomon, o‘zining qonunlari doirasida, jinoiy ishlarga taalluqli hujjatlarni topshirish yuzasidan iltimosnomani bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shaxsning So‘rayotgan Tomonga guvoh sifatida kelishi to‘g‘risida sud chaqiruvini yetkazish iltimosnomasi kelish mo‘ljallangan vaqtdan 45 kun avval So‘ralayotgan Tomonga taqdim etiladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, So‘ralayotgan Tomon ushbu talabdan voz kechishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. So‘ralayotgan Tomon hujjatlarni topshirganligi to‘g‘risida So‘rayotgan Tomonga ma’lumot beradi. Agar hujjatlarni taqdim etishning imkoni bo‘lmasa, So‘rayotgan Tomon ushbu haqda sabablari ko‘rsatilgan holda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shaxs, unga tegishli har qanday iltimosnomaga rioya qilmagan taqdirda, So‘rayotgan tomon yoki So‘ralayotgan Tomon qonuniga muvofiq har qanday jazo va majburlov choralariga tortilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Dalil to‘plash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. So‘ralayotgan Tomon, o‘zining qonunlari doirasida va iltimosnoma asosida shaxslardan guvohlik yoki boshqa xil tarzdagi ko‘rsatmalarni olishi yoki So‘rayotgan Tomonga taqdim etish maqsadida ulardan ashyoviy dalillarini berishni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘ralayotgan Tomon, o‘zining qonunlari doirasida, bajarilayotgan iltimosnomada alohida ko‘rsatilgan hollarda So‘rayotgan Tomon yuborgan shaxslarga ularning o‘z xarajatlari hisobidan ishtirok etishga hamda ushbu shaxslarga guvohlik yoki dalillar olinayotgan shaxslarni so‘roq qilishga ruxsat berishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘roq qilishga ruxsat berilmagan taqdirda, ushbu shaxslarga guvohlik yoki dalillar olinayotgan shaxslarga berish uchun savollarni taqdim etishga ijozat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu moddaga binoan yo‘llangan iltimosnoma asosida So‘ralayotgan Tomonda shaxs guvohlik ko‘rsatuvlarini rad etishi mumkin, qachonki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) So‘ralayotgan Tomon qonuni unda olib boriladigan jinoiy ishlar tergoviga o‘xshash vaziyatlarda shaxsga guvohlik berishdan bosh tortishga ruxsat bersa; yoki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) So‘rayotgan Tomon qonuni unda olib boriladigan jinoiy ishlarda ushbu shaxsga guvohlik berishdan bosh tortishga ruxsat bersa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar So‘ralayotgan Tomondagi har qanday shaxs So‘rayotgan Tomon qonuni asosida guvohlik berishdan bosh tortish huquqi yoki majburiyati mavjudligini talab qilsa, So‘rayotgan Tomonning vakolatli idorasi murojaat qilinganda So‘ralayotgan Tomonning vakolatli idorasiga ushbu huquqni mavjudligi yoki boshqa xil holati to‘g‘risida sertifikatni taqdim etadi. Inkor etuvchi dalil bo‘lmaganda sertifikat unda ko‘rsatilgan masalalar uchun yetarli dalil bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu modda maqsadida, dalil olishga hujjatlarni yoki boshqa ashyolarni tuzish kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslarni berib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. So‘rayotgan Tomon murojaatiga binoan So‘ralayotgan Tomon davlatida qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxs, fuqaroligidan qat’i nazar, uning roziligiga binoan, qamoqda saqlanishi va belgilangan muddatda qaytarilishi sharti bilan, jinoyat ishi bo‘yicha guvohlik berish uchun So‘rayotgan Tomonga berish turilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bunday shaxsning vaqtinchalik berib turilishi unga nisbatan So‘ralayotgan Tomonda olib borilayotgan tergov yoki jazoni o‘tashga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda, Tomonlar o‘zaro kelishgan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bunday shaxsning So‘rayotgan Tomon davlatida bo‘lishi muddati qamoqda saqlash yoki jazoni o‘tash muddatiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu modda asosida iltimosnomaga binoan berib turilgan shaxs Tomon bilan erishilgan kelishuvlarga muvofiq, guvohlik berilgandan so‘ng qisqa muddatlarda yoki shaxsning So‘rayotgan Tomon davlatida bo‘lishiga ehtiyoj qolmaganda imkon qadar tezroq vaqtda So‘ralgan Tomonga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Berib turilgan shaxs So‘rayotgan Tomonda qamoqda saqlangan vaqti uchun So‘ralayotgan Tomonda jazoni amalga oshirgan muddati degan dalolatnomani oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Guvohlik berish yoki tergovga yordam ko‘rsatish uchun boshqa
shaxslardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. So‘rayotgan Tomon ushbu Shartnomaning 11-moddasida ko‘rsatilmagan shaxslarni sudlovga yoki tergovga ko‘mak berish maqsadida taklif qilish uchun So‘ralayotgan Tomondan yordam so‘rashi mumkin. Ushbu shaxs har qanday xarajatlar va to‘lanadigan mablag‘lar haqida xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘ralayotgan Tomon shaxsning javobi to‘g‘risida So‘rayotgan Tomonni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Xavfsizlikni ta’minlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq, shaxs ushbu Shartnomaning 11 yoki 12-moddasi asosida iltimosnomaga binoan So‘rayotgan Tomonda iltimosnoma maqsadlarida bo‘lib turishi vaqti davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har qanday huquqbuzarlik uchun So‘rayotgan Tomonda qamoqqa olinishi, jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki jazolanishi, shuningdek uning So‘ralayotgan Tomondan kelishidan oldin sodir etilgan har qanday xatti-harakatlar yoki ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelgan kam ahamiyatli qilmishlari uchun, agar u So‘rayotgan Tomonda bo‘lmagan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha har qanday javobgarlikka tortilishi mumkin emas; va
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uning roziligisiz iltimosnomaga taalluqli jinoiy ishdan boshqa har qanday ish yuzasidan guvohlik berishi yoki tergovga ko‘mak berishi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agar shaxs chiqib ketish erkinligi bo‘la turib, uning bo‘lib turishiga ehtiyojning yo‘qligi rasman e’lon qilingandan so‘ng 45 kun davomida So‘rayotgan Tomonni tark etmasa yoki chiqib ketib, qaytib kelsa, unga nisbatan ushbu moddaning 1-bandi qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Shartnomaning 11 yoki 12-moddasiga binoan guvohlik berishga rozilik bildirmagan shaxsga nisbatan So‘rayotgan Tomon yoki So‘ralayotgan Tomon sudi har qanday jazo yoki majburlov choralarini qo‘llashi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Shartnomaning 11 yoki 12-moddasiga binoan guvohlik berishga rozi bo‘lgan shaxs o‘zi bergan guvohlik asosida jinoiy ta’qibga olinmasligi kerak, yolg‘on guvohlik berish yoki sudni haqorat qilish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Axborot berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. So‘ralayotgan Tomon, So‘rayotgan Tomonning iltimosnomasi bo‘yicha davlat ro‘yxatiga kiritilgan yoki boshqacha tarzda jamoatchilikka ochiq bo‘lgan, yoki bo‘lmasa sotib olish yoki tekshirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan hujjatlar va yozishmalarning nusxalarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘ralayotgan Tomon har qanday hujjat va yozishmalarning nusxalarini o‘zining huquqni muhofaza qilish va sudlov organlariga taqdim etish shartlari asosida va tartibida ham taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Tintuv va olib qo‘yish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish hamda ashyo va materiallardan jinoiy ishda dalil sifatida foydalanish maqsadida So‘ralayotgan Tomon, o‘zining qonunlari doirasida, So‘rayotgan Tomon talablariga rioya qilgan holda, unda qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan iltimosnomani bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘ralayotgan Tomon So‘rayotgan Tomonning iltimosnomasiga binoan, har qanday tintuv, olib qo‘yish joyi va shart-sharoitlari, shuningdek olib qo‘yilgan materiallarni xatlash natijalariga taalluqli ma’lumot bilan ta’minlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. So‘ralayotgan Tomonning So‘rayotgan Tomonga taqdim etgan har qanday olib qo‘yilgan materiallariga taalluqli belgilab bergan shartlariga So‘rayotgan Tomon rioya etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. So‘ralayotgan Tomon, murojaatga asosan jinoyat sodir etilishining biror bir qismi uning yurisdiksiyasiga tegishli ekanligini aniqlashga harakat qiladi va olib borgan tergovi natijasi haqida So‘rayotgan Tomonga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-bandga asosan jinoiy faoliyat orqali olingan daromadlar aniqlangan taqdirda, Tomon, o‘zining qonunlari doirasida bunday daromadlarni chegaralash yoki ushlab olish bilan bog‘liq barcha choralarni amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu moddani qo‘llashda, haqiqiy uchinchi tomon So‘ralayotgan Tomonning qonuniga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4 Alohida ish bo‘yicha boshqa kelishuvga kelinmagan bo‘lsa, So‘ralayotgan Tomon, ushlab olingan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar uning hududida topilgan bo‘lsa, ushbu daromadlarni o‘zining mulkiga aylantirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Shartnoma maqsadi doirasida, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar bu sud tomonidan mulkning bevosita yoki bilvosita jinoyat sodir etilishi natijasida olingan deb topilgan yoki gumon qilingan, yoxud jinoyat sodir etilishi natijasida olingan mulk miqdori yoki boshqa daromadni tashkil qilgan va jinoyat sodir etishda foydalanilgan mulkni bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Sertifikatlash va haqiqiylikni aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu moddaning 2-qismiga muvofiq, yordam ko‘rsatish to‘g‘risida iltimosnoma, unga tegishli hujjatlar hamda iltimosnomaga javoban tayyorlangan hujjatlar uchun sertifikatlash yoki haqiqiyligini tasdiqlash talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qachonki alohida holda So‘rayotgan yoki So‘ralayotgan Tomon hujjatlar yoki materiallarni haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rasa ularning haqiqiyligi 3-bandida ko‘rsatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Shartnoma maqsadida hujjatlar yoki materiallar tasdiqlanishi mumkin, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ular sudya yoki mansabdor shaxs tomonidan imzolangan yoki sertifikatlangan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ular hujjatni taqdim etayotgan Tomon Vaziri, idorasi yoki Hukumatning mansabdor shaxsi tomonidan qo‘yilgan mazkur Tomonning rasmiy muhri bilan tasdiqlangan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Qo‘shimcha ahdlashuvlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir tomonning markaziy organi ushbu Shartnoma maqsadlariga va Tomonlarning qonunlariga muvofiq har bir Tomonning Markaziy organi qo‘shimcha ahdlashuvlarga kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda
Vakolatxona va xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Agar ushbu Shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yordam to‘g‘risidagi so‘rovnomaga asosan, So‘ralayotgan Tomon So‘rayotgan Tomonni har qanday tergov harakatlari davomida ishtirok etishi uchun barcha choralarni ko‘rishi va So‘rayotgan Tomonning manfaatlarini boshqa bir tarzda ko‘zlashi lozimdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. So‘ralayotgan Tomon yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovni amalga oshirishi bo‘yicha xarajatlarni qoplaydi, bundan istisno tariqasida So‘rayotgan Tomon quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Ushbu Shartnomaning 9, 11, 12-moddalariga asosan taqdim etilgan iltimosnomaga binoan, shaxslarni So‘ralayotgan Tomonga olib kirish va olib chiqish xarajatlari hamda So‘ragan Tomonda ushbu shaxsning yashashi bilan bog‘liq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qo‘riqchilar yoki hamroh-zobitlar eskorti xizmati natijasida yuzaga kelgan xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) hujjatlarni tarjima qilish bilan bog‘liq va hamda ekspertlarning to‘lov va xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) So‘ralayotgan Tomonning talabiga ko‘ra, iltimosnomani bajarishga sarflangan qo‘shimcha xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda
Bahslarni hal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu shartnomani talqin qilish, qo‘llash va bajarish bilan bog‘liq barcha bahslar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda
Qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Shartnomaga Tomonlarning yozma kelishuvlariga asosan har qanday vaqtda qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilishi mumkin. Qo‘shimchalar va o‘zgartishlar ushbu Shartnomaning 22-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan tartibda kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda
Kuchga kirishi va tugatilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Shartnoma u kuchga kirganidan so‘ng sodir etilgan xatti-harakatlar va qilmishlar bilan bog‘liq iltimosnomalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har qanday vaqtda Tomonlarning har biri yozma xabar qilish orqali ushbu Shartnomaning amal qilishini tugatishi mumkin. Bunday xabarnoma olingan kundan boshlab olti oy o‘tgach shartnomaning amal qilishi tugaydi. Ushbu moddaga muvofiq Shartnomani amal qilishini tugatish to‘g‘risida xabarnoma berilgan taqdirda, huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida tugatilgunga qadar taqdim etilgan iltimosnoma, So‘rayotgan Tomon qaytarib olmasa, u Shartnoma amal qilishi tartibida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbuni tasdiqlab, o‘zlarining tegishli Hukumatlari tomonidan vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Shartnomani imzoladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida 2007-yil 14-martda, ikki asl nusxada, o‘zbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Matn yuzasidan nomuvofiqliklar yoki talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)