18.10.2012 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.10.2012 yildagi 297-son
Date of entry into force
18.10.2012
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRINDOSHLIK ASOSIDA HAMDA BIR NECHA KASBDA VA LAVOZIMDA ISHLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda (lavozimda) ishlashini yanada tartibga solish, shuningdek aholi daromadlarini koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi uchun masʼuliyat oʻrindoshlar ishlaydigan yoki bir necha kasbda va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlash qoʻllanadigan tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, shu jumladan oʻrindoshlik asosida bir vaqtning oʻzida ikkita rahbarlik lavozimini egallashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida hamda mehnat hududiy organlari orqali oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida zarur tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda, mehnat bozorining tahlilini hisobga olib, zaruriyat boʻlganda oʻrindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Manfaatdor davlat boshqaruvi organlari budjet tashkilotlarining bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi yoki bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin boʻlgan xodimlari kasblari (lavozimlari) roʻyxatini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 18-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
297-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) mehnat shartnomasiga (kontraktga) (keyingi oʻrinlarda mehnat shartnomasi deb ataladi) muvofiq oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlovchi jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mehnat munosabatlarini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi bilan oʻrindoshlik asosida ishlovchi oʻrtasidagi munosabatlar, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy ish joyi — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrindoshlik asosida ishlash — xodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan roʻyxatda koʻrsatilgan ish turlari oʻrindoshlik asosidagi ishlar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarning oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar oʻrindoshlik asosida ishlovchining asosiy ishi mehnatning noqulay shart-sharoitlari bilan bogʻliq boʻlsa, shunday shart-sharoitdagi ishlarda ishlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir-biriga boʻysunuvchi yoki bir-birining nazoratidagi tashkilotlarda davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari - sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarida band boʻlgan vrachlar va taʼlimni boshqarish organlarida band boʻlgan oʻqituvchilar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlangan boshqa shaxslar (xodimlar).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻrindoshlik asosida ishlashga, agar ushbu Nizomda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, asosiy ish joyida (ichki oʻrindoshlik) yoxud boshqa tashkilotda (tashqi oʻrindoshlik) ishlashga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning asosiy ish joyi hisoblangan tashkilotda oʻrindoshlik asosida ishlashga vaqtincha boʻlmagan xodimning ishini bajarishda yoki boʻsh lavozimdagi ishni bajarishda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasportni yoxud uning oʻrnini bosadigan hujjatni;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha maʼlumotnomani taqdim etishi shart.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qoʻmitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarilishi uchun faqat qonun hujjatlariga muvofiq muayyan ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyilishi mumkin boʻlgan ishga oʻrindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus bilimlarni talab etadigan oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilishda ish beruvchi xodimdan maʼlumoti yoki kasb-hunar boʻyicha tayyorgarligi toʻgʻrisidagi diplomni yoxud boshqa hujjatni talab qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrindoshlik asosida ishlashga qabul qilishda ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻrindoshlik asosida ishlashda oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda u oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashkilotda oʻrindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kungi yarim normasiga rioya etilishi mumkin boʻlmagan taqdirda ish vaqtini jamlangan holda hisoblab yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Ish vaqti jamlangan holda hisoblab yuritilganda oʻrindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq boʻlmasligi, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa — oʻn ikki soatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki oʻrindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish boʻyicha va oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha alohida-alohida yuritiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xodim bilan oʻrindoshlik asosida ishlash uchun tuziladigan mehnat shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan talablar bilan birgalikda ish vaqtining davomiyligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xodimning yozma arizasiga koʻra, oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan maʼlumotnoma asosida ish beruvchi tomonidan xodimning asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasiga ish davri koʻrsatilgan holda oʻrindoshlik asosidagi ish toʻgʻrisidagi yozuv kiritiladi. Oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan maʼlumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar xodimning iltimosiga koʻra uning mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosidagi ish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, u holda oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasiga muvofiq asosiy ish joyida mehnat daftarchasiga bu haqda yozuv kiritiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilinishining asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Mehnatga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻrindoshlar mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq toʻlashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati boʻyicha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida oʻrindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq toʻlash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman koeffitsiyentlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq toʻlash koeffitsiyentlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻrindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori mehnat unumdorligiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab, ishlangan vaqtga proporsional ravishda, qonun hujjatlarida belgilangan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha birinchi razryad tarif koeffitsiyenti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqishda, ushbu hisoblab chiqish maqsadlaridan qatʼi nazar, asosiy ish joyi boʻyicha va oʻrindoshlik boʻyicha ish uchun ish haqi alohida hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qoʻshimcha haq, ustama, ragʻbatlantirish toʻlovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻrindoshlarga haqi toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtillari, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek oʻrindoshlar haqli boʻlgan qoʻshimcha taʼtillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oʻrindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan boʻlsa, u holda oʻrindoshlik asosidagi ishda taʼtil uchun ishlangan vaqtga proporsional haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi ish yilida olti oy ishlagan oʻrindoshlarning mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat taʼtiliga oʻrindoshlik asosidagi ishning oʻrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Asosiy ish joyi boʻyicha haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligi oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligidan ortiq boʻlsa, u holda ish beruvchi oʻrindoshning iltimosiga koʻra unga oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtildan tashqari asosiy ish boʻyicha haq toʻlanadigan taʼtilning qancha davom etishi bilan oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida belgilangan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda aynan shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishlarni bajarish kasb va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlash hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda aynan shu tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan asosiy kasb va lavozim boʻyicha ish vaqti davomida qoʻshimcha ishlarni bajarish xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini koʻpaytirish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga kasb va lavozimda oʻrindoshlik boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda xodim tomonidan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning ishlarini bajarishda yoʻl qoʻyiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga, qoidaga koʻra, jumlasiga ushbu xodim kiradigan xodimlarning ana shu toifasi doirasida ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlash, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, budjet tashkiloti xodimlarining ish hajmini koʻpaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin boʻlgan kasblar va lavozimlar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tashkilotning xodimi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan qoʻshimcha ishni bajaradigan muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi tomonidan, xodimning yozma roziligi boʻyicha belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash miqdori, agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa ichki hujjatda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Budjet tashkilotlarida kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori oʻrindoshlik boʻyicha ishlanayotgan lavozim boʻyicha maoshning (tarif stavkasining) 30 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlarida kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlayotganlik uchun qoʻshimcha haq oʻrindoshlik asosidagi ish asosiy ish boʻyicha mehnat majburiyatlariga kiradigan holatlarda belgilanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb (lavozim) boʻyicha oʻrindoshlik asosida bajariladigan ishlarni bir necha xodim oʻrtasida taqsimlashga yoʻl qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Quyidagi xodimlar toifalari uchun kasblar va lavozimlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan budjet tashkilotlarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek ushbu tashkilotlar tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi asosida toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan javobgarlik xodimni oʻrindoshlik asosida ishga qabul qiluvchi tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish mehnat organlari, kasaba uyushmalari, shuningdek ish beruvchilar tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilmiy faoliyatni yoki oʻqituvchilik faoliyatini amalga oshirish, agar bunday faoliyat asosiy ish joyi boʻyicha bajariladigan ish hisoblanmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ular uchun mualliflik gonorari sifatida haq toʻlanadigan fan, adabiyot va sanʼat asarlari yaratish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xodim tomonidan, asosiy ishdan tashqari, oʻsha tashkilotning oʻzida shtat lavozimini egallamasdan boshqa ishni bajarish, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻqituvchilari tomonidan kabinetlarga, laboratoriyalarga mudirlik qilish boʻyicha vazifalarni bajarish, toʻgaraklarga rahbarlik qilish, shuningdek ular tomonidan belgilangan yuklamadan ortiq oʻquv-tarbiyaviy ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishning ushbu turi boʻyicha ish vaqti normal davom etishining 50 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda mehnatga soatbay haq toʻlanadigan pedagogik ish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari rahbarlarining oʻqituvchi lavozimi boʻyicha yillik ish rejasida (ish vaqti normasi bilan) nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda oʻqituvchilik ishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar muhandis-texnik xodimlarining talabalar va oʻquvchilarning ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyotiga rahbarlik qilish boʻyicha ishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot xodimlarining belgilangan vaqt normasidan ortiqcha navbatchilik qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat qarorlari bilan xodimning ish haqiga ustamalar belgilangan vazifalarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mualliflik gonorari shaklida haq toʻlanadigan adabiy ish, shu jumladan alohida asarlarni tahrir, tarjima qilish va ularga taqriz yozish boʻyicha ishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mehnatga bir marta haq toʻlangan holda texnik, tibbiy, buxgalteriya, huquqiy va boshqa ekspertiza (maslahat berish).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va boshqa pedagog xodimlari (rahbarlaridan tashqari) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda mehnat haqi toʻlash boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va masterlari, taʼlim muassasalaridagi konsertmeysterlar va akkompaniatorlar, maktabgacha taʼlim muassasalari va Mehribonlik uylari pedagog xodimlarining (rahbarlaridan tashqari) aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq boʻlgan, lekin ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan koʻp boʻlmagan ishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, tibbiyot muassasalarining tibbiyot asbob-uskunalariga (apparaturalariga) xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarining ish vaqti normasidan ortiqcha belgilangan lekin, ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan koʻp boʻlmagan ishi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sogʻliqni saqlash muassasalarida oyiga 24 soatdan ortiq boʻlmagan hajmda, mehnatga bir marta yoki soatbay haq toʻlangan holda, tibbiyot maslahatchilari vazifalarini bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida va oliy taʼlim muassasalarida ushbu taʼlim muassasalari shtatida turmagan ilmiy xodimlar tomonidan katta ilmiy xodimlarga — izlanuvchilarga rahbarlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xodim tomonidan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari markaziy va hududiy organlarining saylab qoʻyiladigan lavozimlarida rahbar xodim, Kuzatuvchi kengash yoki Direktorlar (boshqaruvchilar) kengashi raisi yoki aʼzosi, Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida qoʻmitani boshqaruvchi, ishonchli boshqaruvchi yoki tashkilotda davlatning ishonchli vakili sifatida bajariladigan ish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamoatchilik asosida bajariladigan ishlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: 2-bandda, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda, 4-5-bandlarda, 6-bandning uchinchi xatboshida, 7, 9 va 10-bandlarda koʻrsatilgan ishlarni asosiy ish vaqtida bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ishlarning boshqa turlari, ishning xarakteriga koʻra, asosiy ish vaqtida ham, undan tashqari vaqtda ham amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 va 8-bandlarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish joyi va rejimi, ilmiy va oʻqituvchilik faoliyati xarakterini hisobga olgan holda, shu jumladan masofadan ish olib borish shaklida, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha mehnat shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 485-modda; 2016-y., 43-son, 504-modda; 2017-y., 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)