Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISH BOʻYICHA QOIDALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1209-5]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3567, 04.11.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-sentabr,
68-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 489-modda)