15.06.2006 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hududida qoʻshma aksilterror tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar — keyingi oʻrinlarda — Tomonlar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorizm Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tinch hayotiga jiddiy xavf solishini anglagan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar hududida terrorizmga qarshi samarali kurashni taʼminlash maqsadida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning terrorizmga qarshi kurashi borasida kelishilgan harakatlari dolzarb ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning terrorizmga qarshi kurashida hamkorlikni mustahkamlanishi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar xalqi manfaatlariga mos keladi deb hisoblagan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar hududlarida qoʻshma aksilterror tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishning huquqiy asoslarini yaratishga uringan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 7-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xartiyasi, 2001-yil 15-iyundagi Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Shanxay konvensiyasi va 2002-yil 7-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi Mintaqaviy aksilterror tuzilma toʻgʻrisidagi Kelishuvga rioya qilgan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy qonunchilik, xalqaro huquqning umumqabul qilingan tamoyillari va normalariga rioya qilgan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib olindi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda

Mazkur Kelishuv maqsadlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan tushunchalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qoʻshma aksilterror tadbirlar” — Tomonlar vakolatli organlari tomonidan maxsus aksilterror tuzilmalar kuch-qudratidan foydalanib, kelishilgan maqsad va reja boʻyicha soʻralayotgan Tomonlar hududlarida oʻtkaziladigan terrorizmga qarshi tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maxsus aksilterror tuzilmalar” — har qaysi Tomonning oʻz qonunchiligiga muvofiq qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish uchun shakllantiradigan mutaxassislar guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari” — maxsus aksilterror tuzilmalar boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi, qoʻshma aksilterror tadbirlarning boshqaruv organi tarkibiga kiritilgan va qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazishda koʻmaklashuvchi boshqa shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“soʻrayotgan Tomon” — oʻz hududida qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish uchun maxsus aksilterror tuzilmalarni joʻnatilishi haqida talabnoma bilan murojaat qilgan Tomon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“soʻralayotgan Tomon” — qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish uchun maxsus aksilterror tuzilmalarni joʻnatilishini soʻrab, talabnoma bilan soʻrayotgan Tomon murojaat qilgan Tomon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“koʻmaklashish toʻgʻrisida talabnoma” — soʻrayotgan Tomon vakolatli organining soʻralayotgan Tomon vakolatli organiga qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazishda koʻmaklashishini soʻrab murojaati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“vakolatli organ” — oʻz qonunchiligiga muvofiq, terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi va qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazishga javobgar boʻlgan Tomonning davlat organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maxsus vositalar va taʼminot materiallari” — qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazishda qoʻllaniladigan va soʻralayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq, uning hududidan olib chiqishga ruxsat etilgan qurol-aslaha va harbiy texnika, qurol va oʻq-dorilar, uskunalar, aloqa vositalari, maxsus aksilterror tuzilmalarning qurol-aslahalari, texnika, transport hamda boshqa maxsus vositalar va materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ShHT MATTning Ijroiya qoʻmitasi” — Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda

Qoʻshma antiterroristik tadbirlarni oʻtkazishning huquqiy asosini Tomonlar qonunchiligi, ularning xalqaro majburiyatlari, xalqaro huquqning umumqabul qilingan tamoyillari va normalari, shuningdek, mazkur Kelishuv tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda

Qoʻshma aksilterror tadbirlar terroristik faoliyati bilan birga jumladan, quyidagilarni toʻxtatish maqsadida oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terroristlar tomonidan garovga olingan kishilarni ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik va ekologik xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni, atom sanoati, transport, energetika, kimyoviy ishlab chiqarish va boshqa obyektlarni qaytarib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi yoki tuzilishi murakkab boʻlgan shikastlantiruvchi uskunalarni zararsizlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terroristlar, terroristik guruhlar va/yoki tashkilotlar faoliyatini toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda

Soʻralayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmalari tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari soʻrayotgan Tomon hududida boʻlgan davrida soʻrayotgan Tomon qonunlari va anʼanalarini hurmat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda

Soʻrayotgan Tomon va tranzit Tomon soʻralayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmalarning tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarining huquqiy holatini hurmat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda

Tomonlar maxsus aksilterror tuzilmalar soʻrayotgan Tomon hududida boʻlgan davrida va boshqa Tomon hududi boʻylab tranzit vaqtida quyidagilarga rioya etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus aksilterror tuzilmalar tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlarning ishtirokchilariga nisbatan soʻrayotgan Tomon va tranzit Tomon qonunchiligi qoʻllanmaydi. Har qanday holatda ham ular soʻrayotgan Tomon yurisdiksiyasi ostida boʻladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik sodir etilganida, qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchisi oʻz davlati qonunchiligiga koʻra, javobgarlikka tortiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning har biri oʻz qonunchiligiga koʻra, maxsus aksilterror tuzilmalarning tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlarning ishtirokchilarini soʻrayotgan Tomon hududida sodir etgan jinoyati uchun jinoiy taʼqib qilishga majburdir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar huquqiy yordam koʻrsatish doirasida protsessual harakatlarni amalga oshirishda, oʻz qonunchiligi va oʻz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlariga rioya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda

Qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish haqidagi qarorni soʻrayotgan va soʻralayotgan Tomonlar birgalikda yozma shaklda qabul qiladilar. Soʻrayotgan Tomon ShHT MATTning Ijroiya qoʻmitasi orqali qabul qilingan qarordan boshqa Tomonlarni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda

Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish haqidagi qaror asosida soʻralayotgan Tomonning vakolatli organiga hamkorlik qilish haqida talabnoma yuboradi va bu toʻgʻrisida ShHT MATTning Ijroiya qoʻmitasini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi talabnoma yozma shaklda, jumladan, texnik vositalardan foydalangan holda matnni uzatish orqali ham amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi talabnoma soʻrayotgan Tomon vakolatli organining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan imzolanadi va/yoki ushbu organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi talabnomaning haqiqiyligi yoki mazmuniga shubha uygʻonganida, soʻralayotgan Tomon tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjat soʻrashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi talabnoma va unga ilova qilinayotgan hujjatlar hamda boshqa (operativ) maʼlumot, soʻrayotgan Tomon vakolatli organi tomonidan rus yoki xitoy tillarida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda

Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi talabnoma oʻzida quyidagilarni jamlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻralayotgan Tomon vakolatli organining nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrayotgan Tomon vakolatli organining nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma mazmunining bayoni va soʻralayotgan hamkorlik maqsadini koʻrsatgan holda uning asosini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻralayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmasini qoʻshma aksilterror tadbirni oʻtkazish joyiga yetkazish va tuzilma boʻlib turgan davlatga qaytarish usullari hamda sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni, jumladan, soʻralayotgan Tomonning davlat chegarasini kesib oʻtgan joy, vaqt va tartibi haqidagi axborotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli talabnomani bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish, soʻrayotgan Tomonning suvereniteti, xavfsizligi yoki boshqa mavjud manfaatlariga ziyon keltirishini taxmin qilinayotgan boʻlsa, talabnomani bajarish toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar soʻrayotgan Tomon koʻrsatilgan talabnomani zudlik bilan bajarilishi uning hududida oʻtkazilayotgan tezkor-qidiruv faoliyati va jinoiy taʼqibga xalaqit beradi deb taxmin qilayotgan boʻlsa, u talabnomani bajarilishini keyinga qoldirishi yoki uni amalga oshirish uchun zarur deb topilgan shartlarga rioya qilgan holda bajarilishiga bogʻlash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarishning imkoni boʻlmaganida yoki rad etilgan holatda, soʻralayotgan Tomon zudlik bilan soʻrayotgan Tomonni bunda yozma xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShHT MATTning Ijroiya qoʻmitasi oʻz vakolati doirasida Tomonlarga qoʻshma antiterroristik tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmasi tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarini hamda bunday tadbirlarni oʻtkazish joyiga maxsus vosita va taʼminot materiallarini yetkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmasi tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari va ularning front orqasi hamda texnik taʼminoti soʻrayotgan Tomon hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmasi tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarini oʻzining vakolatli organi bilan oʻzaro erkin harakatlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning davlat chegaralarini maxsus aksilterror tuzilma tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari, ushbu tuzilmalarning alohida mutaxassislari tomonidan kesib oʻtishi, shuningdek, chegara orqali Tomonlar maxsus vositalari va taʼminot materiallarini oʻtkazishda, ularning qonunchiligi bilan oʻrnatilgan tegishli tartib-taomillarni tezlashtirgan holda bajarilishiga imkon yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmasi tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari va ushbu tuzilmalarning alohida mutaxassislari Tomonlar chegarasidan koʻrsatilgan tuzilmalar shaxsiy tarkibining nomma-nom tuzilgan roʻyxati hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjati, maxsus vositalar va taʼminot materiallari esa soʻralayotgan Tomonning vakolatli organi tasdiqlagan hujjat boʻyicha, belgilangan oʻtish joylaridan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan roʻyxat hamda hujjatlar rus va xitoy tillarida, agar Xitoy Tomoni oʻtkazilayotgan qoʻshma aksilterror tadbirda qatnashmasa, rus tilida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vositalar va taʼminot materiallari bojxona hamda boshqa toʻlovlardan ozod etiladi, tekshiruvga jalb qilinmaydi, olib qoʻyilmaydi, musodara qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmasi tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari yoki ushbu tuzilmalarning alohida mutaxassislari, shuningdek, maxsus vositalari va taʼminot materiallari soʻrayotgan Tomon hududi boʻyicha oʻtkazilishini soʻrayotgan Tomon vakolatli organi vakilining nazorati ostida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmasi tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari yoki ushbu tuzilmalarning alohida mutaxassislari, shuningdek maxsus vositalar va taʼminot materiallarini tranzit Tomon hududiga oʻtkazish, uning vakolatli organi ruxsati va hamkorligida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomon qoʻshma aksilterror tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish uchun boshqaruv organi (keyingi oʻrinlarda — boshqaruv organi) tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv organi rahbarini soʻrayotgan Tomon tayinlaydi va u ushbu lavozimga tayinlagan shaxsga boʻysinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari boshqaruv organi rahbariga boʻysinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv organi tuzilmasi, maqsad va vazifalari boshqaruv organi rahbari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv organi tarkibiga qoʻshma aksilterror tadbirlarda ishtirok etuvchi maxsus aksilterror tuzilmalarning rahbarlari, Tomonlarning vakolatli organlari va ShHT MATT Ijroiya qoʻmitasidan vakillar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv organida ish yuritish rus va xitoy tillarida, agar Xitoy Tomoni qoʻshma aksilterror tadbirlarga jalb etilmagan boʻlsa, ish rus tilida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv organining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
holat toʻgʻrisida axborot yigʻish, umumlashtirish, kelib tushayotgan maʼlumotlarni baholash va tahlil qilish, qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilariga hamda koʻrsatilgan tadbirni oʻtkazishga jalb qilinayotgan boshqa tuzilmalariga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrayotgan Tomonning boshqaruv organi rahbari tomonidan qaror qabul qilishi uchun takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilari oʻrtasida aloqa oʻrnatish va oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik va ehtimoliy salbiy oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha choralar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlarning obyektlari hisoblangan shaxslar bilan muzokaralar olib borish va oʻtkazilishini tashkil etish zarurati yuzaga kelganida, uning taktikasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrayotgan Tomon davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlar oʻtkaziladigan joyda tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlariga yakun yasashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish davomida boshqaruv organi rahbari quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv organi mansabdor shaxslarini tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish joyini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrayotgan va soʻralayotgan Tomonlar maxsus aksilterror tuzilmalari rahbarlari bilan kelishgan holda qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarining harakatlari va maxsus vositalar hamda taʼminot materiallarini qoʻllash toʻgʻrisida qaro qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazish rejasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarining harakatlari hamda maxsus vositalar va taʼminot materiallarini qoʻllashni boshlash hamda tugatish vaqtini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarining harakatlarini muvofiqlashtirilishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilariga soʻrayotgan Tomon maxsus vositalari va taʼminot materiallarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida qonunchilik talablarini yetkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksilterror tadbirlarning obyektlari hisoblangan shaxslar bilan muzokaralar olib borishga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrayotgan Tomon davlat hokimiyati organlarini, ShHT MATT Ijroiya qoʻmitasi va ommaviy axborot vositalari rahbarlarini qoʻshma aksilterror tadbirlarning borishi hamda uning natijalaridan xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrayotgan Tomonga qoʻshma aksilterror tadbirini tugatish haqida taklif beradi va Tomonlarning vakolatli organlari hamda ShHT MATT Ijroiya qoʻmitasiga tadbir natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirni oʻtkazishga rahbarlik qilishga boshqaruv organi tayinlagan shaxsdan tashqari, boshqa qandaydir shaxslarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmasining rahbari qoʻshma aksilterror tadbirni oʻtkazish rejasini tayyorlash davrida oʻz Tomonining vakolatli organi bilan kelishgan holda ular tomonidan boshqarilayotgan maxsus aksilterror tadbirda qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega. Bu holatda rad etish yozma shaklda bildirgi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarining harakatlari va maxsus vositalar hamda taʼminot materiallarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror boshqaruv organi rahbarining yozma buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼminotning maxsus vositalari hamda materiallarini qoʻllanishi nazarda tutilgan qoʻshma aksilterror tadbirlarda maxsus aksilterror tuzilma harakatlarini boshlashi bilan faqat koʻrsatilgan tuzilmalarning rahbarlari ushbu tuzilma bilan boshqaruv organi rahbarining buyrugʻini bajarishda ularning harakatlarini boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maxsus vositalar va taʼminot materiallarini qoʻllashni amalga oshiruvchi qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarining harakatlari javobgarlikka tortilishini yoʻqqa chiqaruvchi harakat sifatida qaraladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazishda, shunday tadbirlarni oʻtkazish rejasida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etish tartibi boshqaruv organi tomonidan, soʻralayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilma rahbari bilan kelishgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirlarni oʻtkazishda maxsus vositalar va taʼminot materiallarini qoʻllash, soʻrayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomonga chegaradosh Tomon xavfsizligiga xavf-xatar yuzaga kelganida, boshqaruv organi oʻsha Tomon vakolatli organini xavf-xatar xususiyati va uning ehtimoliy koʻlamidan xabardor etadi hamda soʻrayotgan Tomon hududida ushbu xavf-xatarni toʻxtatilishi boʻyicha choralar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirini borishi haqida maʼlumot soʻrayotgan Tomon oʻz qonunchiligiga muvofiq, boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan shakl va hajmda yoki uning topshirigʻi bilan jamoatchilik bilan aloqa qiluvchi masʼul shaxs tomonidan yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirga tayyorgarlik va uni oʻtkazishda, tadbir ishtirokchilariga quyidagilarni tarqatishga ruxsat etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus aksilterror tadbir ishtirokchilari toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma aksilterror tadbirini oʻtkazishning maxsus texnik tomonlari va taktikasini fosh qiluvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vositalar va taʼminot materiallarining xususiyati toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrayotgan Tomon qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa maʼlumotlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirni tugatish va boshqaruv organini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni soʻrayotgan Tomon qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomon qoʻshma aksilterror tadbirni tugatish va uning yakunlari toʻgʻrisida boshqa Tomonlarni va ShHT MAKTning Ijroiya qoʻmitasini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi Tomonlarning vakolatli organlari va ShHT MATTning Ijroiya qoʻmitasiga qoʻshma aksilterror tadbirning borishi toʻgʻrisida yakuniy va tahliliy materiallarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻralayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmalari tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbir ishtirokchilari va soʻrayotgan Tomonga tegishli maxsus vositalar hamda taʼminot materiallarini Tomon hududiga qaytishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomonning maxsus aksilterror tuzilmalari tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbir ishtirokchilarini soʻralayotgan Tomon hududidan olib chiqish rejasi va muddatlari soʻralayotgan Tomonning vakolatli organi tomonidan soʻrayotgan Tomon vakolatli organi bilan kelishgan holda belgilanadi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomonga tegishli boʻlgan maxsus vositalar hamda taʼminot materiallari uning mulki hisoblanadi va soʻralayotgan Tomon yoki tranzit Tomon qandaydir yoʻllar bilan ushbu mulkni ushlab qolishi va/yoki oʻz ixtiyoriga oʻtkazib ololmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirlar tugashi bilan foydalanilmagan maxsus vositalar hamda taʼminot materiallari soʻralayotgan Tomon hududidan soʻrayotgan Tomoniga olib chiqib ketilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar alohida vaziyat sabab maxsus vositalar hamda taʼminot materiallarini olib chiqishning imkoni boʻlmasa, soʻrayotgan va soʻralayotgan Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, soʻralayotgan Tomonning qonunchiligiga muvofiq, uning hududida sotilishi yoki yoʻq qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomon qoʻshma aksilterror tadbirlarda ishtirok etayotgan soʻralayotgan Tomonga, agar boshqaruv organi tomonidan qoʻyilgan topshiriqlarni bajarish chogʻida qandaydir, jumladan, soʻralayotgan Tomonning hududida boʻlgan jismoniy, shuningdek yuridik shaxslar hayotiga, sogʻligi va mulkiga va soʻrayotgan Tomonga yetkazilgan boshqa har qanday oʻlim, tan jarohati olish bilan bogʻliq keltirilgan ziyon boʻyicha shikoyat qilishdan bosh tortadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar soʻrayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmalari tarkibiga kiruvchi qoʻshma antiterroristik tadbir ishtirokchisi boshqaruv organi tomonidan qoʻyilgan topshiriqlarni bajarish chogʻida qandaydir shaxsga, tashkilotga va soʻrayotgan Tomonning oʻziga ziyon keltirsa, u holda bunday zarar soʻrayotgan Tomon qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmalari tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbir ishtirokchilari soʻrayotgan Tomon hududida zarar keltirilsa va bu zarar mazkur Kelishuvning 26-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu keltirilgan zarar manfaatdor Tomonlar oʻrtasida kelishuvga koʻra qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrayotgan Tomonga keltirilgan maxsus vositalar hamda taʼminot materiallarining yoʻqotilishi, toʻliq yoki qisman darajada yoʻq qilinishi bilan bogʻliq sarf-xarajatlarini qoplab berish tartibi manfaatdor Tomonlar oʻrtasida kelishuvga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma aksilterror tadbirlar davomida soʻralayotgan Tomonning qoʻshma aksilterror tadbirlar ishtirokchilarining hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar, soʻrayotgan Tomonning qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda qoplanadi va bunday holat soʻrayotgan Tomonning qoʻshma aksilterror tadbir ishtirokchilariga, ular shunga oʻxshash vaziyatlarda koʻrgan zarari uchun ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda soʻrayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmalari tarkibiga kiruvchi qoʻshma aksilterror tadbir ishtirokchilari, ularning oila aʼzolari uchun oʻsha Tomonning qonunchiligida belgilangan imtiyozlar, kafolat va kompensatsiya pullari toʻliq hajmda saqlanadi. Bunday tartib soʻrayotgan Tomon maxsus aksilterror tuzilmalari tarkibiga kiruvchi qoʻshma antiterroristik tadbir ishtirokchilarini soʻralayotgan Tomon hududida, shuningdek boshqa Tomon hududida tranzit vaqtida boʻlgan davrda uning hayoti va sogʻligʻiga zarar keltirilganida ham qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar oʻz qonunchiligiga muvofiq, mazkur Kelishuvni amalga oshiruvchi vakolatli organlarni belgilaydi va depozitariyga bir vaqtning oʻzida xabarnoma bilan mazkur Kelishuv kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajarilganligi haqida depozitariyni xabardor qiladi shuningdek, depozitariyga vakolatli organni va uning nomlarini oʻzgargani toʻgʻrisida axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra, Shanxay hamdoʻstlik tashkiloti Mintaqaviy antiterroristik tuzilmasi hamkorligida qoʻshma aksilterror tadbirlarda ishtirok etuvchi maxsus aksilterror tuzilmalarni tayyorlash boʻyicha kelishilgan dasturlarni ishlab chiqadi shuningdek, maxsus aksilterror tuzilmalarning birgalikdagi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi, ularning mutaxassislarini stajirovkasini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar mazkur Kelishuvni izohlash yoki qoʻllash bilan bogʻliq yuzga keladigan munozarali masalalarni konsultatsiya va muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Kelishuv Tomonlar ishtirokchilari boʻlgan boshqa xalqaro kelishuvlariga koʻra belgilangan haq-huquqlari hamda majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Kelishuv doirasida hamkorlikni amalga oshirishda Tomonlar ishchi til sifatida rus va xitoy tillaridan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning roziligi bilan mazkur Kelishuvga bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartishlar kiritilishi mumkin, ular mazkur Kelishuvning 36-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Kelishuv nomaʼlum muddatga tuziladi va depozitariydan Tomonlar mazkur Kelishuvni kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani toʻgʻrisidagi yozma shakldagi toʻrtinchi xabarnomani qabul qilganidan keyin 30-kun kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Kelishuv depozitariysi Shanxay Kotibiyati hisoblanadi va Kelishuv imzolanganidan keyin 15 kun ichida mazkur Kelishuvning tasdiqlangan nusxasini Tomonlarga joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Depozitariy Tomonlardan mazkur Kelishuvning 30-moddasida koʻrsatilganidek, oʻzining vakolatli organi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kunidan boshlab oʻn besh kun ichida boshqa Tomonlarga bu haqida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Kelishuv 2001-yil 15-iyundagi Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Shanxay konvensiyasining ishtirokchilari boʻlgan davlatlarning birlashishi uchun ochiq. Qoʻshilayotgan davlat uchun mazkur Kelishuv uning qoʻshilishi toʻgʻrisidagi hujjat depozitariy tomonidan olingan kundan oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Kelishuv 2001-yil 15-iyundagi Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi konvensiyasining aʼzosi hisoblangan istalgan Tomonlarga nisbatan oʻz kuchida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 15-iyunda Shanxay shahrida, rus va xitoy tillarida bitta asl nusxada tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega.

(imzolar)