06.09.2012 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 06.09.2012 yildagi 260-son
Date of entry into force
06.09.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

YANGI TAHRIRDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASIDA BOSHLANGʻICH NARXNI PASAYTIRISH YUZASIDAN ELEKTRON AUKSION SAVDOLARNI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ–1475-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 24-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-apreldagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 24-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 6-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 24-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 260-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Belgilab qoʻyilsinki, tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilgan standart tovarlar elektron birja savdolari natijalari boʻyicha birja bitimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlar auksion savdolari (shu jumladan davlat xaridlarini tashkil etish boʻyicha elektron savdolar) natijalari boʻyicha auksion savdolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorlarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning namunalari va modellarini koʻzdan kechirish imkoniyatini bergan, elektron kataloglarni, prospektlarni, reklama byulletenlarini yoki tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tavsiflovchi boshqa hujjatlarni taqdim etgan holda ularning elektron koʻrgazma-yarmarka savdosi natijalari boʻyicha koʻrgazma-yarmarka bitimlari tuzish vositasida tashkil etilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 9-band va qarorga 1-ilova chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 411-modda; 2013-y., 24-son, 315-modda)