30.08.1997 yildagi 483-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.1997 yildagi 483-I-son
Date of entry into force
18.10.1997
Hujjat 08.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlashning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning talablari atir-upa, pardoz-andoz mollari va tamaki mahsulotlariga ham taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarbop oziq-ovqat mahsulotlari — bolalar organizmining (uch yoshgacha) fiziologik xususiyatlariga javob beradigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gigiyena sertifikati — oziq-ovqat mahsuloti, texnologiya, uskuna va boshqa jarayonlar amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar — oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash yoʻli bilan yoki sunʼiy usulda hosil qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga isteʼmol qilishga yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qoʻshishga moʻljallangan tabiiy yoxud tabiiyga aynan oʻxshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatlar — oziq-ovqat xom ashyosidan tayyorlangan hamda natural yoki qayta ishlangan holida isteʼmol qilinadigan mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsuloti — oziq-ovqat xom ashyosi, (shu jumladan etil spirti), oziq-ovqatlar (shu jumladan alkogolli ichimliklar) va ularning tarkibiy qismlari, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqatlarga tegib turadigan moddalar, materiallar, yordamchi va qadoqlash materiallari hamda ulardan tayyorlangan buyumlar birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsuloti muomalasi — oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish — oziq-ovqat mahsulotini maʼlum shartlar bilan sotish, yetkazib berish va topshirishning boshqa shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining sifati — oziq-ovqat mahsulotining isteʼmol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizligini taʼminlaydigan mezonlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi — oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga mosligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xom ashyosi — oziq-ovqatlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan oʻsimlik, hayvonot, mikrobiologiya, shuningdek minerallar obyektlari, suv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatlarni hamda oziq-ovqat xom ashyosini taqqoslash — oziq-ovqatlar hamda oziq-ovqat xom ashyosi aniq turdagi va nomdagi mahsulotga doir normativ va (yoki) texnikaviy hujjatda belgilab qoʻyilgan muhim mezonlarga mos kelishini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) — bu muddat davomida oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, realizatsiya qilish chogʻida xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli boʻlib turadi, bu muddat tamom boʻlganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlib qolishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish — oziq-ovqat xom ashyosining hamda oziq-ovqatlarning xossalari va mezonlarini ataylab oʻzgartirish yoki ularni almashtirib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat qoʻshimchalari — oziq-ovqatlarga belgilangan xossalarni baxsh etish va (yoki) ularni saqlab qolish maqsadida ataylab qoʻshiladigan tabiiy holdagi yoki sintez qilingan moddalar, birikmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toksikologiya-gigiyena ekspertizasi — oziq-ovqat mahsuloti ustida amalga oshiriladigan bir turkum laboratoriya tadqiqotlari boʻlib, ular mavjud normalar va qoidalar bilan qiyoslashga moʻljallangan boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoqlash materiallari, yordamchi materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar — oziq-ovqat mahsulotini muomala jarayonida tashqi taʼsirlardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan vositalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bosh davlat veterinariya boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa organlar (bundan keyin matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda, — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan normalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga moʻljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati va tekshiruvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini rejalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat tomonidan normalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat tomonidan normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish shart-sharoitlariga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini, davlat standartlarini, texnikaviy shartlarni (bundan keyin matnda normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga moʻljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti hamda uni tayyorlashga moʻljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalar oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar talablariga mosligi baholanganidan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ishlab chiqarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, realizatsiya qilinishi va ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish gigiyena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2006-yil 6-apreldagi OʻRQ – 31-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 113-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta-qayta roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oziq-ovqatlarni, ovqatga qoʻshiladigan oziq-ovqat qoʻshimchalari, yembop qoʻshimchalar va biologik faol qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oziq-ovqat mahsulotini, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo qilishga moʻljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalarni sertifikatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo qilishga moʻljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning normalar va qoidalarga mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar roʻyxati hamda sertifikatlashdan oʻtkazish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini nazorat qilish va tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi ushbu Qonunning 4-moddasida koʻrsatilgan davlat nazorati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida nazorat qilinadi va tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini taʼminlaydilar. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalarga, normativ hamda texnologiya hujjatlari talablariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bajaradigan ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi hamda tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarning talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda ishlarni amalga oshirishni va xizmatlar koʻrsatishni aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib qoʻyishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishni, oziq-ovqat mollari bilan savdo qilishni, umumiy ovqatlanish tizimini rivojlantirishning respublika va mintaqaviy maqsadli dasturlarini ishlab chiqish chogʻida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash tadbirlari nazarda tutilmogʻi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish yoki uni takomillashtirish chogʻida, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish chogʻida oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini, yaroqlilik muddatini, sifat koʻrsatkichlarini va nazorat qilish usullarini asoslab berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifat koʻrsatkichlari, uning xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar majburiy boʻlib, ushbu mahsulotning normativ hujjatlariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifati va xavfsizligi muayyan vaqt oʻtganidan keyin oʻzgarishi hamda odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻladigan oziq-ovqat mahsulotiga yaroqlilik muddati belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga, yangi texnologiya jarayonlarini, uskunalarni joriy etishga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosi esa veterinariya ekspertizasidan oʻtkazilganidan hamda mahsulot belgilangan normalar va qoidalarga mosligi haqida davlat sanitariya nazorati organining gigiyena sertifikati yoki xulosasi yoxud veterinariya nazorati organining xulosasi olinganidan va oziq-ovqat mahsuloti davlat reyestriga kiritilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalar talablariga muvofiq ishlab chiqaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oziq-ovqat xom ashyosidan, oziq-ovqat qoʻshimchalardan, qadoqlash va yordamchi materiallardan va ulardan ishlangan buyumlardan, uskunalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibida giyohvandlik moddalari boʻlgan oziq-ovqat qoʻshimchalari, yembop qoʻshimchalar va biologik faol qoʻshimchalarni ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotining sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga mos boʻlishi ushbu Qonun 7-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mahsulotlarning sifati esa sertifikat bilan ham tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chogʻida yem-xashaklar, yem qoʻshimchalari, hayvonlarni parvarishlashda ishlatiladigan veterinariya dori vositalari va preparatlarini qoʻllanishga ular davlat veterinariya nazorati organlari tomonidan davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishgan holda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chogʻida zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlarni qoʻllanishiga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oziq-ovqatlarni qadoqlash, oʻrash va tamgʻalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, oʻralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini taʼminlaydigan) va qonun hujjatlariga muvofiq tamgʻalangan holda chiqarishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadoqlangan va oʻralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega boʻlishi, ularda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatni nimaga moʻljallanganligi (bolalarga maxsus moʻljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qoʻshimchalarining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziqlik qimmati, navi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash shart-sharoitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish usuli (biologik faol qoʻshimchalar: oziq-ovqat qoʻshimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqatlarni saqlaydigan va tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarga rioya etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi boʻlgan taqdirda realizatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq boʻlmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqlilik muddati tugagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot qalbakilashtirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni taqqoslash mumkin boʻlmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oziq-ovqat mahsulotini olib kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti ushbu Qonunda koʻrsatilgan normalar va qoidalarning talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotini yetkazib beruvchi uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ishlab chiqaruvchining va eksport qiluvchi mamlakat maxsus vakil qilgan organning ushbu mahsulot xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini, tegishli ekspertiza oʻtkazish zarur boʻlganida esa oziq-ovqat mahsulotining namunalarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti, texnologiyalar va uskunalar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligining normalar va qoidalariga mosligi davlat nazorati organlari tomonidan bojxona organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Oziq-ovqat mahsulotini olib qoʻyish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti tegishli davlat nazorati organlarining qaroriga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Normalar va qoidalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish va uni yoʻq qilib tashlash
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqlilik muddati oʻtgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin boʻlmagan, shuningdek davlat sanitariya va (yoki) veterinariya nazorati organlari tomonidan gigiyena va (yoki) veterinariya ekspertizasi va sertifikatlash sinovlari natijalari boʻyicha ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yoʻq qilib tashlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yoʻq qilib tashlash usullari va shartlari uchun egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yoʻq qilib tashlash uning egasi tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni bajarishni shartnoma boʻyicha topshiradigan tashkilotlar tomonidan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti hayvonlarga yem sifatida ishlatilgunicha yoki yoʻq qilib tashlagunicha alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta ishlash) yoki yoʻq qilib tashlash usullari va shartlari aniq koʻrsatilgan holda saqlanishi kerak. Bunday mahsulotning but saqlanishi uchun uning egasi javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yoʻq qilib tashlash usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yoʻq qilib tashlash bilan bogʻliq xarajatlarni uning egasi toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya va (yoki) veterinariya nazorati organlariga mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yoʻq qilib tashlanganligi haqida dalolatnoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
483-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 239-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son; 25.05.2022-y., 03/22/771/0448-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)