Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.07.2012 yildagi 196-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.07.2012 yildagi 196-son
Date of entry into force
05.07.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“JIZZAX VILOYATIDA PORTLANDSEMENT VA OQ SEMENT IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki va tashqi bozorlarda talab barqaror boʻlgan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirishni taʼminlash, shuningdek yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining har yili 350,0 ming tonna oq sement (yoki 760,0 ming tonna kulrang sement) ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan “DAL TEKNIK MAKINA TICARET VE SANAYI A.S.” (Turkiya) kompaniyasi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha texnologik qismning ishchi hujjatlarini ishlab chiqish, asbob-uskunalarni yetkazib berish va shef-montaj qilish, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan umumiy summasi 97,6 mln AQSh dollari boʻlgan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan kontrakt tuzish toʻgʻrisidagi bitimga erishilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy summasi 16,6 mln AQSh dollari boʻlgan karyerni foydalanishga tayyorlash, ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va boshqa xarajatlar amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar umumiy hisoblangan qiymati 114,2 mln AQSh dollari boʻlgan “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari, shu jumladan 40 mln AQSh dollari miqdoridagi maxsus investitsiya hisob raqamlari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 74,2 mln AQSh dollari miqdoridagi, 8 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, yiliga 3,0 foiz stavka, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning 1,0 miqdoridagi yillik foiz marjasi bilan berilayotgan, “Ipoteka-bank” AKTIB orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit mablagʻlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini toʻlashning prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati - koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish, kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” instituti - loyihani amalga oshirish doirasida bosh loyihalovchi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb etilayotgan kreditni toʻlash va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari, shu jumladan maxsus investitsiya hisob raqamlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga “Ipoteka-bank” ATIBga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatini belgilangan tartibda berish vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini uch oy muddatda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Istisno tariqasida, “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga va “Ipoteka-bank” ATIBga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishni loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqqan holda bir bosqichli tartibda amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi tasdiqlangungacha uzoq muddatda tayyorlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtgan asbob-uskunalarni yetkazib berish yuzasidan tuzilgan import kontraktlar boʻyicha, shuningdek mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha moliyalashtirishni ochishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomasi tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, istisno tariqasida, “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 1-aprelgacha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir paytda qurilish-montaj ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karyerni foydalanishga tayyorlash va infratuzilmani barpo etish boʻyicha qurilish-montaj ishlarini “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz kuchlari bilan, zarurat boʻlganda, subpudrat ishlarini bajarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida respublikadagi ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni jalb etgan holda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan asbob-uskunalarning potensial yetkazib beruvchilari, ishlab chiqaruvchilari yoki ularning dilerlari bilan, tanlov asosida, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha kon, transport va texnologik asbob-uskunalari yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzish, keyinchalik kontraktlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida hamda boshqa vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasidagi qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi va davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, transport vositalari, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, shu jumladan texnik va loyiha hujjatlari 2014-yil 1-iyulgacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“DAL TEKNIK MAKINA TICARET VE SANAYI A.S.” (Turkiya) kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida undiriladigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarining konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarining berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan, belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati buyurtmanomalariga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.I.Zakirov va Gʻ.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 5-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 313-modda)