Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 22.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1835-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 22.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1835-2
Date of entry into force
02.07.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“AHOLINING KENG QATLAMI, ShU JUMLADAN, YoSh OILALAR UChUN QURILGAN YOKI REKONSTRUKSIYA QILINGAN UY-JOYLARNI XARID QILISh UChUN IPOTEKA KREDITLARI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1835-2 ]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi 124-son “Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 202-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 13-iyundagi 14/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1835, 2008-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan “Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17/2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/2-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 6-bandning beshinchi xatboshisi “yuridik shaxslar tomonidan” degan soʻzlardan keyin “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi 124-son “Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 202-modda) muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi tahrirdagi 331-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“331. Oila aʼzolaridan biri “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanib chiqqan va birkitilgan turar joyga ega boʻlmagan yosh oilalar uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha imtiyozli davr mobaynida hisoblangan foizlarni toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan maqsadli transfertlar ajratish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi mazmundagi VIII bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“VIII. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 285-modda)