Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
(OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINING TARQATILISHI HAMDA ISTEʼMOL QILINISHINI CHEKLASH TOʻGʻRISIDA” 2011-YIL 5-OKTABRDAGI OʻRQ-302-SON QONUNI)
(OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINING TARQATILISHI HAMDA ISTEʼMOL QILINISHINI CHEKLASH TOʻGʻRISIDA” 2011-YIL 5-OKTABRDAGI OʻRQ-302-SON QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida” 2011-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-302-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pivoni chakana sotishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 26-oktabrdagi 282-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 69-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-may,
148-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari):
12-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish joylarida ularni 20 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotishga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan boʻlishi kerak”;
37-bandning oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“- tamaki mahsuloti qutisi (oʻrami) old tomoni asosiy maydonining kamida qirq foizini va orqa tomonidagi asosiy maydonning kamida 40 foizini egallaydigan, shuningdek alkogolli mahsulot idishi etiketkasi asosiy maydonining kamida 40 foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak”;
47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Tamaki mahsulotlarini aksiz markalarisiz va 20 yoshdan kichik shaxslarga sotishga ruxsat berilmaydi”;
V boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V. Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari”;
57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“57. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish belgilangan tartibga muvofiq berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma asosida va ushbu maqsadlar uchun himoyalangan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan, shuningdek bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy tartibda foydalangan holda amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“58. Sifatiga koʻra standartlarning majburiy talablariga va texnik shartlarga muvofiq boʻlgan, belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalangan (pivodan tashqari) alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishi kerak”;
ikkinchi xatboshidagi “alkogolli ichimliklar” soʻzlari “alkogol va tamaki mahsulotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xat boshiga “nazorat-kassa mashinalarini” soʻzlaridan keyin “va bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini” soʻzlari qoʻshilsin;
59-banddagi “alkogolli ichimliklarni” soʻzlari “alkogolli mahsulotlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
60-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“60. Alkogol va tamaki mahsulotlarini:
20 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
muvofiqlik sertifikatisiz;
yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;
aksiz markalari bilan markalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan;
ishlab chiqarilgan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;
alkogolli mahsulotlar tayyorlashga litsenziyasi boʻlmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanganda;
alkogol va tamaki mahsulotlarini yetkazib berish huquqiga ega boʻlmagan yoki bojxona tartibga solishi, savdo belgilari va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzgan holda yetkazib bergan yetkazib beruvchilardan sotib olinganda;
alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish uchun sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan xona va joylarda;
taʼlim, sport va diniy muassasalardan kamida besh yuz metr radiusda joylashgan savdo korxonalarida;
tamaki mahsulotlariga nisbatan – donalab, qutisiz (oʻramsiz);
savdo avtomatlari orqali;
jamoat transporti bekatlarida, shu jumladan metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, aeroportlarga, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan joylarda joylashgan savdo korxonalarida;
etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (ogʻzi uchgan, yorilgan), tiqini uchgan, umumiy koʻrinishi tiniq boʻlmagan, chet narsalar aralashgan, choʻkindili butilkalarda (vinolar toʻplamidan tashqari);
alkogolli mahsulotlarga qonun hujjatlarida belgilangan eng past chakana narxdan past narxlarda (pivodan tashqari) sotish taqiqlanadi”;
61-bandning birinchi xatboshidagi “alkogolli ichimliklar” soʻzlari “alkogol va tamaki mahsulotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
62-banddagi “alkogolli ichimliklarni” soʻzlari “alkogol va tamaki mahsulotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
63-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“63. Alkogolli mahsulotlarni sotish chogʻida sotuvchi sotuvdagi mavjud tovar namunalariga mahsulot nomi yozilgan, ularning idishi va qadoqlash qiymati qoʻshilgan narxlari koʻrsatilgan narxnomalarni birkitib qoʻyadi”;
64-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“64. Sotuvchi-xodimlarning ish oʻrinlari (alkogolli mahsulotlarni quyib sotuvchi shaxslar uchun) tegishli savdo uskunasi, davlat tekshiruvidan oʻtgan oʻlchov menzurkalari va oʻlchov krujkalari bilan jihozlangan va alkogolli mahsulotlarni 20 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotishga yoʻl qoʻyilmasligi, alkogolli mahsulotlarning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuvga ega boʻlishi kerak”;
65 va 66-bandlardagi “alkogolli ichimliklar” soʻzlari “alkogol va tamaki mahsulotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
67-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“67. Pivo alkogolli mahsulot hisoblanadi (alkogolsizlari bundan mustasno). Pivoni (alkogolsizlari bundan mustasno) alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda yuridik shaxslar tomonidan sotishga yoʻl qoʻyiladi”;
189-bandning oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish”;
b) 2-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari) 25-bandi oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish”;
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari 15-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 244-modda; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)