29.05.2012 yildagi 146-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.05.2012 yildagi 146-son
Date of entry into force
29.05.2012
Hujjat 02.09.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boshqaruv xodimlari soni 8 nafar va 3-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlgan “Angren” maxsus industrial zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda “Angren” MIZ direksiyasi deb ataladi) davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZning Maʼmuriy kengashiga “Angren” MIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni koʻpayishiga qarab “Angren” MIZ direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, “Angren” MIZ direksiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq “Angren” MIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar bilan “Angren” MIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, davlat egaligidagi mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining qarorlariga muvofiq “Angren” MIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 35-son, 469-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning investorlar tomonidan zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-2013-yillar davrida “Angren” MIZ direksiyasi taʼminoti uchun, keyingi yillarda uning oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtishi sharti bilan, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi bir oy muddatda “Angren” MIZ direksiyasi ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Angren” MIZ direksiyasi quyidagi manzil boʻyicha Angren shahar hokimligi binosida joylashtirilsin: Toshkent viloyati, Angren shahri, Istiqlol koʻchasi, 2-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati hokimligi “Angren” MIZ direksiyasini koʻrsatilgan manzil boʻyicha xizmat xonalari bilan bepul taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga
1-ILOVA

Angren” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyat koʻrsatishining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Angren” MIZ deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq va “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining qarorlariga binoan chegaralar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hududining bir qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZning Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Angren” MIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan boshqarish funksiyasini amalga oshiradigan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillaridan tuziladigan kollegial organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) — “Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor — belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan hamda “Angren” MIZ hududida investitsiyalashni amalga oshiradigan investitsiya faoliyati subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) — Direksiya bilan investor oʻrtasida tuziladigan, ularning huquqlari, majburiyati va javobgarligini belgilaydigan bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ xoʻjalik faoliyati qatnashchisi (keyingi oʻrinlarda “Angren” MIZ qatnashchisi deb ataladi) — belgilangan tartibda “Angren” MIZ hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan va Direksiya tomonidan “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma — Toshkent viloyati hokimligi bilan “Angren” MIZ qatnashchisi oʻrtasida tuziladigan “Angren” MIZ hududida yer uchastkasidan muddatli foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ hududidagi faoliyat — “Angren” MIZ qatnashchisining “Angren” MIZ hududi doirasida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, shuningdek ularni sotish boʻyicha xoʻjalik faoliyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Angren” MIZ hududida davlat organlarining faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonida va uni ijro etish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda, investitsiyalash toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarda, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Angren” MIZ hududida arxitektura va shaharsozlik faoliyati qurishning dastlabki rejasiga yoki “Angren” MIZni rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha-smeta hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Angren” MIZ hududidagi yer uchastkalari toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkent viloyati hokimligi tasarrufida boʻladi va uning tomonidan “Angren” MIZ qatnashchilariga Maʼmuriy kengashning qarori asosida, belgilangan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Angren” MIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi. Ushbu muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. “Angren” MIZning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va jahon bozorlarida raqobatbardoshli boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investitsiyalar, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, mineral-xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari oʻrtasida mustahkam kooperatsiya aloqalari oʻrnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanish, “Angren” logistika markazi salohiyatini, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. “Angren” MIZning boshqarish tuzilmasi va budjeti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Angren” MIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish funksiyasi Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi. Maʼmuriy kengash toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Angren” MIZ direksiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining qabul qilingan qarorlariga muvofiq “Angren” MIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar bilan “Angren” MIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, davlat egaligida boʻlgan mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida va “Angren” MIZning Maʼmuriy kengashi qarorlariga muvofiq yer uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisida “Angren” MIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan oʻz zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo arizalari bilan Maʼmuriy kengashning qarorlari asosida sudga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Angren” MIZ direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, har yili tegishli moliyaviy yil uchun “Angren” MIZning mustaqil budjeti loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Maʼmuriy kengashga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZning mustaqil budjeti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki boʻlgan va “Angren” MIZ hududidagi binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ qatnashchilarining Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturida nazarda tutilgan maqsadli budjet mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Angren” MIZ budjeti mablagʻlaridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlari “Angren” MIZ infratuzilmasini rivojlantirishga va uning faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishga yoʻnaltiriladigan “Angren” MIZni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda “Angren” MIZ direksiyasi taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Direksiyaning shtat jadvali va xarajatlari smetasi Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. “Angren” MIZ hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini berish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tanlab olish mezonlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish yoki ishlab turgan korxonalarni chuqur modernizatsiya qilish, ularni yuqori texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy xom ashyo resurslarini qazib olish va dastlabki qayta ishlash korxonalaridan tashqari, faoliyat ixtisoslashuvining “Angren” MIZning asosiy vazifalariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislarning oʻz mablagʻlari va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari berilmagan jalb etilgan kreditlar hisobiga investitsiyalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZda xaridorgir boʻlgan, importning oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha texnologik bogʻliqlikni bosqichma-bosqich shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozlar amal qilishi mobaynida ularning qoʻllanilishidan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonaga qayta investitsiyalash boʻyicha investorlar tomonidan majburiyatlar qabul qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Angren” MIZ qatnashchisiga beriladigan guvohnoma uning “Angren” MIZ hududidagi faoliyatiga nisbatan uning alohida soliq rejimi va bojxona imtiyozlarini qoʻllash huquqlarining tasdigʻi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Angren” MIZ qatnashchisiga, u belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin “Angren” MIZ hududidagi faoliyatga tegishli qismi yuzasidan investitsiyalash toʻgʻrisidagi tegishli bitimda mustahkamlangan majburiyatlar yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ qatnashchisi investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonida belgilangan imtiyozlar va ustunliklar faqat Direksiya bilan tuziladigan investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan “Angren” MIZ qatnashchisi faoliyati turlariga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Angren” MIZ qatnashchilariga yer uchastkalari Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qurilishning dastlabki rejasiga yoki “Angren” MIZning Bosh rejasiga muvofiq yer uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Angren” MIZ qatnashchilari boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Angren” MIZ hududida faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. “Angren” MIZ qatnashchilarining Oʻzbekiston Respublikasida “Angren” MIZ hududidan tashqarida oʻz filiallarini tashkil etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etishga ixtiyoriy yoki sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Angren” MIZga doir nizolar qonun hujjatlariga va investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. “Angren” MIZning maxsus huquqiy rejimi va bojxona imtiyozlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Maxsus soliq rejimi va bojxona imtiyozlarining amal qilishi faqat qatnashchilarning “Angren” MIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyatiga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ustunliklarning amal qilish muddati xoʻjalik yurituvchi subyekt “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. “Angren” MIZ qatnashchilarining boshqa sohalardagi faoliyatini tartibga solish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. “Angren” MIZ faoliyatini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. “Angren” MIZ faoliyati uni tashkil etishning belgilangan muddati tamom boʻlgandan keyin toʻxtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. “Angren” MIZ faoliyatining muddatidan oldin toʻxtatilishiga Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash zarur boʻlganda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Angren” MIZ faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga
2-ILOVA

“Angren” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Angren” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼmuriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillaridan tashkil etiladigan kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maʼmuriy kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek ularda faoliyat koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Maʼmuriy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Angren” MIZ deb ataladi) qatnashchilari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga MIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, xorijiy investorlarni jalb etish, moliyalashtirish manbalarini belgilash boʻyicha ishlarning butun kompleksini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarga “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZda loyihalarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalarining loyiha, tender va kontrakt hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash hamda ularni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ishlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Angren” MIZning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulkida boʻlgan mol-mulklarni nolga teng xarid qiymati boʻyicha “Angren” MIZ qatnashchilariga sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZda obyektlarni qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha tasdiqlangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZning transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZda faoliyatni amalga oshirayotgan korxonalarning ishlab chiqarish va moliyaviy koʻrsatkichlari doimiy monitoringini tashkil etish, ularga investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan parametrlarga erishishda, ishlab chiqarish quvvatlarini eng toʻliq darajada ish bilan taʼminlashda, barqaror kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishda va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZning samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish, “Angren” MIZ direksiyasini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish va “Angren” MIZ direksiyasining faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa vazifalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Maʼmuriy kengashning funksiyalari va huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuklangan vazifalarga muvofiq Maʼmuriy kengash quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZni oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli rivojlantirish hamda uning faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishning strategik yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ hududida amalga oshirish uchun investorlarni topish va tanlashni amalga oshiradi, “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini olishga buyurtmanomalarni va loyihalarning biznes-rejalarini koʻrib chiqadi, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarning asosiy shartlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ hududida belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlgan korxonalarni joylashtirish, ularga “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini berish, shuningdek ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulklarni nolga teng xarid qiymati boʻyicha “Angren” MIZ qatnashchilariga sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZni rivojlantirishning Bosh rejasini koʻrib chiqadi va “Angren” MIZning markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish loyihalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ direksiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, “Angren” MIZ direksiyasi direktorini tayinlaydi, “Angren” MIZ direksiyasi ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek “Angren” MIZning mustaqil budjeti va “Angren” MIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Angren” MIZning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZning ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini, shuningdek “Angren” MIZ hududida joylashgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqadi va takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ hududida loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, “Angren” MIZ direksiyasining moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda eshitadi, vujudga keladigan muammoli masalalarni hal etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni, “Angren” MIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning har yilgi smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, Maʼmuriy kengash qatnashchilaridan Maʼmuriy kengashning vakolatiga tegishli boʻlgan axborotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” MIZ qatnashchilarining investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning qatnashchilar tomonidan qoʻllanishining toʻgʻriligini, shu jumladan joyiga borgan holda oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining, shuningdek Maʼmuriy kengash aʼzolarining Maʼmuriy kengash vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha hisobotlari va maʼruzalarini majlislarda eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash faoliyatining eng muhim masalalari va unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni oʻrganish va tayyorlash uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek “Angren” MIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish uchun investitsiya buyurtmanomalari beradigan investorlardan taklif etilayotgan loyiha bilan bogʻliq statistik va boshqa maʼlumotlarni soʻrash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Maʼmuriy kengash faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maʼmuriy kengashga rais boshchilik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash majlislari kun tartibini belgilash va ularni chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash aʼzolarining yuklangan vazifalar boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan boshqa saʼy-harakatlarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Maʼmuriy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maʼmuriy kengashning ishchi organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda unga “Angren” MIZ direksiyasidan, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va Maʼmuriy kengash aʼzolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalarni olish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishini tashkil etadi va koʻrib chiqish uchun ularni Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Maʼmuriy kengashning koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maʼmuriy kengash oʻz majlisini zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Majlisni Maʼmuriy kengash raisi, u boʻlmaganda esa — Maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash majlisi, agar roʻyxatdan oʻtkazish tamom boʻlish paytida majlisda qatnashish uchun Maʼmuriy kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa huquqiy vakolatli boʻladi (kvorumga ega boʻladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Maʼmuriy kengashning qarori majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Maʼmuriy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ifodalash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida komissiya aʼzolari bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan kengashning qarorini tasdiqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maʼmuriy kengash qarorlari Maʼmuriy kengash majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Maʼmuriy kengash majlisining protokoliga uning barcha aʼzolari viza qoʻyadi, u kotib tomonidan imzolanadi, Maʼmuriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Maʼmuriy kengash aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash protokolining asl nusxasi va unga oid materiallar ishchi organda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maʼmuriy kengash qarorlarining bajarilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ishchi organ Maʼmuriy kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zaruriyat boʻlsa Maʼmuriy kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maʼmuriy kengash aʼzolaridan birining tashabbusi bilan navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin. Maʼmuriy kengashning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi asoslangan talab yozma shaklda ishchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Navbatdagi majlisda koʻrib chiqish uchun Maʼmuriy kengash kun tartibiga kiritilgan masalalar ishchi organ tomonidan majlis oʻtkazilishidan oldin besh kundan kechikmay Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kun tartibi oʻzgargan taqdirda ishchi organ Maʼmuriy kengashning har bir aʼzosini majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maʼmuriy kengash oʻz faoliyatini “Angren” MIZ tugatilgandan keyin belgilangan tartibda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan muddatidan oldin toʻxtatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” maxsus industrial zonasi direksiyasining
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI