13.04.2012 yildagi PF-4436-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.04.2012 yildagi PF-4436-son
Date of entry into force
13.04.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyatida “Angren” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Angren” EIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, “Angren” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiritilgan yer maydonlari “Angren” EIZ direksiyasining bevosita tasarrufida boʻladi.
(1-bandning uchunchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻkotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” EIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” EIZ qatnashchisi maqomi elektron onlayn-auksion savdo natijasiga koʻra “Angren” EIZ direksiyasi tomonidan beriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” EIZda roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik subyektlariga nisbatan soliq toʻlovchining holatini yomonlashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi aktlari qoʻllanilmaydi, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi aktlar bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻkotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻkotgan — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent viloyati hokimligi belgilangan tartibda “Angren” EIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni taʼminlasin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida korxonalar qurish uchun yer maydonlarini oʻz vaqtida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “bir darcha” tamoyili asosida berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Angren” EIZda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, Toshkent viloyati hokimligi boʻlinmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini taʼminlaydilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzavtoyoʻl” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Angren” MIZ Direksiyasini tashkil etsin va “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin, unda “Angren” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisidagi Nizom hamda “Angren” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 13-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4436-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoniga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Angren shahri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ohangaron shahri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. A-373 avtomobil yoʻlidan shimol tomonda Ohangaron va Angren shaharlari oʻrtasidagi uchastkada joylashgan hudud (78 — 101 km qismi), Alisher, Azimota, Uvoq, Chirish, Geolog, Yangi Kuchbuloq, Sogʻlom aholi punktlari bundan mustasno, va:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
janub tomondan — A-373 avtomobil yoʻli (78 — 101 km qismi) bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sharq tomondan — Qorabov daryosi qayirining oʻng tomoni bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shimol tomondan — Oqchasoy jilgʻasi qayirining soʻl tomonidan Angren sanoat magistral kanali (ASMK) boʻylab 3 km, soʻngra shimol tomonga 500 kV EUL “Yangi Angren IES-PS Oʻzbekiston” (500 kV EUL) gacha, keyin 500 kvV EUL boʻylab Alisher aholi punkti orqali 4-sugʻorish quvuri (SQ)gacha va soʻngra suv quvuri boʻylab 500 kV EUL bilan kesishgungacha, keyin sharqqa qarab 500 kV EUL boʻylab Achchiqsoy jilgʻasigacha, keyin shimolga qarab Achchiqsoy jilgʻasi 2-SQ bilan kesishgungacha, soʻngra 2-SQ boʻylab Uvoq aholi punkti orqali sharqqa tomon u Qurtoshsoy jilgʻasi bilan kesishgungacha, soʻngra Qurtoshsoy jilgʻasi boʻylab shimolga qarab u Olmaliq KMKning Angren ruda boshqarmasi gidroqatlamiga olib boradigan avtomobil yoʻli bilan kesishgungacha, keyin ushbu avtomobil yoʻli boʻylab sharqqa tomon Chirishsoy jilgʻasigacha, keyin u 500 kV EUL bilan kesishgunigacha janubga tomon, soʻngra 500 kV EUL boʻylab u “Qizil Olma” koniga olib boruvchi avtomobil yoʻli bilan kesishgunigacha shimoli-sharqqa tomon, keyin koʻrsatib oʻtilgan avtomobil yoʻli boʻylab janubi-sharqqa tomon Sogʻlom aholi punkti chegarasigacha, keyin sharqqa tomon Qorabov daryosigacha chegaralangan hudud.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: “Angren” erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar va uning chegaralari, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PF-5728-sonli Farmoniga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 177-modda; 2017-y., 12-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son; 26.06.2019-y., 09/19/525/3340-son; 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)