Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.05.2012 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 24.05.2012 yildagi 144-son
Date of entry into force
24.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012/2013 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika mintaqalari iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida talab yuqori boʻlgan oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlashni, umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aniq kasblar boʻyicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga amaldagi ehtiyojni tanqidiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan, 2012/2013 oʻquv yilidan boshlab respublika mintaqalarida 1-ilovaga* muvofiq 23 ta kasb-hunar kollejini kasblar va mutaxassisliklarni kengaytirgan va unifikatsiya qilgan holda qayta ixtisoslashtirishga doir takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojini hisobga olgan holda tayyorlangan 2012/2013 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning umumiy parametrlari 2 va 2.1 — 2.13-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2 va 2.1 — 2.13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (A.N.Aripov), respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning tasdiqlangan umumiy parametrlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida ikki hafta muddatda 2012/2013 oʻquv yilida viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini, oʻquvchilar va ular ota-onalarining tanlangan, iqtisodiyot tarmoqlarida ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqishga talabini, shuningdek taʼlim muassasalarida zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlashga alohida eʼtibor berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga (A.N.Aripov), zaruriyat boʻlganda, umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2012/2013 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar hamda shu yil 10-avgustgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qamrab olish natijalari boʻyicha yakuniy axborot taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012/2013 oʻquv yilida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan, yangidan foydalanishga topshirilayotgan kasb-hunar kollejlarida va kasb-hunar kollejlari filiallarida 2012/2013 oʻquv yili boshlangunga qadar sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ularni yuqori malakali oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirish, ularni kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv va uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olish boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan umumiy parametrlarning bajarilishi, shuningdek yuzaga keladigan tashkiliy-texnik masalalarni hal etish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 24-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 233-modda)