19.04.2012 yildagi 115-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.04.2012 yildagi 115-son
Date of entry into force
19.04.2012
Hujjat 19.04.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SANOAT TARMOQLARI KORXONALARINING MAʼNAVIY ESKIRGAN VA YEYILGAN ASBOB-USKUNALARINI JADAL YANGILASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yilda vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari tarkibiga kiradigan 418 ta yirik sanoat korxonasida texnologik asbob-uskunalarning texnik auditini oʻtkazish natijasida 161,4 mingta asbob-uskuna tekshirib chiqildi, ulardan asbob-uskunalarning 30 foizi yangilashni yoki 2012 — 2014-yillarda va keyingi yillarda foydalanishdan chiqarishni talab etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinab koʻrilgan texnologiyalarni jadal joriy etish orqali ishlab turgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni davom ettirish va respublikaning sanoat salohiyatini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari tarkibiga kiradigan 1-ilovaga* muvofiq yirik sanoat korxonalarida Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 15-martdagi 72-son qaroriga muvofiq oʻtkazilgan texnik audit natijalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012 — 2014-yillarda va keyingi yillarda sanoat tarmoqlarining yirik korxonalarining maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinab koʻrilgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda ularni foydalanishdan chiqarish va yangilashning maqsadli parametrlari 2, 2a va 2b-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2 — 2b-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda sanoat korxonalarining oʻtkazilgan texnik audit natijalari boʻyicha aniqlangan yeyilgan va maʼnaviy eskirgan texnologik asbob-uskunalari va jihozlarini qoldiq qiymat boʻyicha hisobdan chiqarish toʻgʻrisida boshqaruv organlarining qarorlari belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq oʻtkazilgan texnik audit natijasida aniqlangan hisobdan chiqariladigan yeyilgan va maʼnaviy eskirgan texnologik asbob-uskunalar va jihozlar majburiy tartibda qora va rangli metallar parchalari shaklida faqat “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati boʻlinmalariga shartnomaviy narx boʻyicha sotiladi, tushgan mablagʻlar zamonaviy asbob-uskunalar sotib olishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Asosiy vositalarni tugatish natijasida olingan qora va rangli metallarni sotishdan tushgan daromadlarga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar solinmasligi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar ajratilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tijorat banklariga ushbu qarorga 2, 2a va 2b-ilovalarga muvofiq foydalanishdan chiqariladigan asbob-uskunalar oʻrniga yangi texnologik asbob-uskunalar sotib olish uchun sanoat korxonalariga uzoq muddatli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2013-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirishda Manzilli roʻyxatga sanoat tarmoqlari korxonalarining maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda yangilash loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirliklar, xoʻjalik birlashmalari va sanoat korxonalari har yili hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarni zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda yangilash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga axborot taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har chorakda hisobot beriladigan chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarni zamonaviy, jahon darajasida sinovdan oʻtgan asbob-uskunalar bilan almashtirgan holda yangilash toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni tahlil qilish va natijalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari majlislarida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 19-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 190-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1017/0460-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)