Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 16.04.2012 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.04.2012 yildagi 110-son
Date of entry into force
16.04.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida respublika qishloq aholi punktlarining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash hamda Shreder nomidagi bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali laboratoriyasini jihozlash loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq aholi punktlarining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ilmiy muassasalarini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida tuzilgan “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari berish to‘g‘risidagi Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tuzilgan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma ishchi guruhining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablag‘lari hisobiga 2012-yilda ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil va choraklarga bo‘lib chiqqan holda loyihalarni moliyalashtirish jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasinlar va loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ilovaga kiritilgan loyihalarning “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida tushgan mablag‘larni jamlash uchun ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamidan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mazkur qarorga ilovaga kiritilgan qishloq aholi punktlaridagi ichimlik suv ta’minoti obyektlari bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 16-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-apreldagi 110-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablag‘lar hisobiga 2012-yilda moliyalashtiriladigan loyihalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Loyihaning nomi‎

Loyihaning maqsadi‎

Moliyalash-tirish summasi (mln.so‘m) ‎

Mablag‘larni o‘zlashtirish muddatlari‎

Mas’ul bajaruvchilar ‎

1.‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanidagi Qonliko‘l-Dehqonobod xo‘jaliklararo suv oqizish tarmog‘ini qurish (Qonliko‘l bosh nasos stansiyasini rekonstruksiya qilgan holda I-bosqich)‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Shumanay tumani aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash‎ 2061,2‎ 2012-yil‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi‎
2.‎ Jizzax viloyatidagi Paxtakor, Do‘stlik, Zafarobod, Arnasoy, Mirzacho‘l va Jizzax tumanlari aholisining suv ta’minotini yaxshilash ‎ Jizzax viloyatidagi Paxtakor, Do‘stlik, Zafarobod, Arnasoy, Mirzacho‘l va Jizzax tumanlari aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash ‎ 2530,0‎ 2012-yil‎ Jizzax viloyati hokimligi‎
3.‎ Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Mirishkor va Muborak tumanlari aholisi suv ta’minotini yaxshilash‎ Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Mirishkor va Muborak tumanlari aholisi suv ta’minotini yaxshilash 650,0‎ 2012-yil‎ Qashqadaryo viloyati hokimligi‎
4.‎ Surxondaryo viloyatidagi Boysun, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Uzun va Sherobod tumanlari qishloq aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash‎ Surxondaryo viloyatidagi Boysun tumanining Gaza, Oltinsoy tumanining Gulchechak va Botosh, Qumqo‘rg‘on tumanining Jarqishloq va O‘rtaqishloq, Uzun tumanining Otchopar hamda Sherobod tumanining Qishloqbozor qishloq aholi punktlari suv ta’minotini yaxshilash‎ 630,2‎ 2012-yil‎ Surxondaryo viloyati hokimligi‎
5.‎ Navoiy viloyatidagi Nurota tumani qishloq aholisining suv ta’minotini yaxshilash‎ Navoiy viloyatidagi Nurota tumanining Temirtovoq, Cho‘ponobod, Yangiobod, Dexbaland, Saidjon eshon, Madovod, Suvlik va Ko‘ktepa qishloq aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash ‎ 1000,0‎ 2012-yil‎ Navoiy viloyati hokimligi‎
6.‎ Shreder nomidagi Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali laboratoriyasini jihozlash‎ Shreder nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining yangidan tashkil etilayotgan laboratoriyasi ehtiyojlari uchun laboratoriya uskunalari, mebellar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar sotib olish‎ 98,7‎ 2012-yil‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Shreder nomidagi Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali‎
7.‎

Hammasi:‎

6970,1‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: loyihalarni moliyalashtirish muddatlari qurilish ishlarining tugallanishiga va davlat qabul komissiyasi dalolatnomalarining rasmiylashtirilishiga ko‘ra aniqlanadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 181-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)