Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“SUGʻURTA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 6-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 12, 467-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi “sugʻurta mukofotlaridan” degan soʻzlardan keyin “shuningdek sugʻurtalovchining boshqa mablagʻlaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 61-moddaning:
toʻqqizinchi xatboshisidagi “sugʻurta tovoni miqdorini” degan soʻzlar “sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdorini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshisi “sugʻurta tovoni” degan soʻzlardan keyin “(sugʻurta puli)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshisi “sugʻurta tovoni” degan soʻzlardan keyin “(sugʻurta puli)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻninchi xatboshisidagi “aktuariyni (aktuar tashkilotni)” degan soʻzlar “aktuar tashkilotni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 81-moddaning:
birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “(qayta sugʻurtalovchini)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi “sugʻurta” degan soʻzdan keyin “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “shart” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi;
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan eri oʻzgargan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organini va sugʻurtalovchilarni xabardor qilishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart”;
4) 91-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “sugʻurta tovoni” degan soʻzlardan keyin “(sugʻurta puli)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 92-moddaning:
birinchi xatboshisi “sugʻurtalovchining (sugʻurta qildiruvchining)” degan soʻzlardan keyin “va boshqa buyurtmachining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “sugʻurtalovchi uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi “sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi)” degan soʻzlardan keyin “va boshqa buyurtmachi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 93-moddaning:
ikkinchi xatboshisi “sugʻurtalovchini (sugʻurta qildiruvchini)” degan soʻzlardan keyin “va boshqa buyurtmachilarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “sugʻurta qildiruvchidan (sugʻurtalovchidan)” degan soʻzlar “sugʻurtalovchidan (sugʻurta qildiruvchidan) va boshqa buyurtmachilardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdorini aniqlash uchun zarur boʻlgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish”;
beshinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “shart” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart”;
7) 94-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“94-modda. Aktuar tashkilot va aktuariy”;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aktuar tashkilot quyidagilarni oʻz ichiga oladigan aktuar xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir”;
uchinchi xatboshisidagi “(qayta sugʻurtalovchining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisining ruscha matnidagi “(perestraxovщikom)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “(qayta sugʻurtalovchining)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“aktuar hisob-kitoblarini amalga oshirish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
sugʻurta bilan bogʻliq boshqa aktuar xizmatlari koʻrsatish”;
ikkinchi — oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Aktuar tashkilot shartnomaga muvofiq toʻlov asosida faqat aktuar xizmatlarini koʻrsatishi mumkin.
Aktuariy maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxsdir.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini koʻrsatganlik, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilotning zarar koʻrishiga olib kelgan oʻzga xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar boʻladi.
Aktuar tashkilot oʻz shtatida kamida bitta aktuariyga ega boʻlishi kerak”;
yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 95-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“95-modda. Aktuar tashkilotning huquq va majburiyatlari”;
“Aktuar tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
aktuar xizmatlari koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur boʻlgan axborot sugʻurtalovchi va boshqa buyurtmachilar tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari koʻrsatishni rad etish”;
toʻrtinchi xatboshisidagi “aktuariylarni” degan soʻz “aktuar tashkilotlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Aktuariy” degan soʻz “Aktuar tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aktuar tashkilot”;
toʻrtinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “shart” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart”;
toʻrtinchi qismidagi “Aktuariy” degan soʻz “Aktuar tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 96-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari “sugʻurta” degan soʻzdan keyin “(qayta sugʻurta qilish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 97-moddaning:
toʻrtinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “shart” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart”;
11) 99-moddaning:
toʻrtinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “shart” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart”;
12) 10-moddaning ikkinchi qismi:
oltinchi xatboshisi “sugʻurta brokerining” degan soʻzlardan keyin “hamda ular alohida boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan qonun hujjatlarida belgilangan axborotni soʻrab oladi”;
oʻn yettinchi xatboshisi oʻn sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
13) 11-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qayta sugʻurta brokerlari, adjasterlar, aktuar tashkilotlar, sugʻurta syurveyerlari, assistanslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir haftalik muddatda bu haqda maxsus vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor qiladi”;
14) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomiga doir talablar
Sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomida ilgari tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining filiallari, shuningdek unitar korxona shaklida boshqa sugʻurtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining firma nomlari mustasno”;
15) 22-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
16) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilariga” degan soʻzlar “Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 25-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sugʻurtalovchilarning va adjasterlarning soʻroviga koʻra sugʻurta hodisalarining roʻy berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdorlarini sugʻurtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur boʻlgan tegishli axborot va hujjatlarni taqdim etishi shart”;
ikkinchi qismidagi “sugʻurtalovchilar yoki sugʻurta brokerlaridan” degan soʻzlar “sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 26-modda:
beshinchi qismi “surishtiruv va tergov organlariga” degan soʻzlardan keyin “sudning undiruvni sugʻurta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlgan taqdirda, sud ijrochilariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tuzilgan sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etiladi”;
19) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el sugʻurta tashkilotlari tomonidan sugʻurta amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-aprel,
OʻRQ-323-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 165-modda)