Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek tibbiy faoliyatni, ayniqsa xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan tibbiy faoliyatni litsenziyalashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 548-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
tibbiyot muassasalari bilan ushbu qaror qoidalarini bajarish yuzasidan tegishli tushuntirish ishlarini olib borsin;
ishlab turgan xususiy tibbiyot muassasalariga ilgari berilgan litsenziyalarni mazkur qaror bilan tasdiqlangan Xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya beriladigan tibbiy faoliyat ixtisosliklari turlarining roʻyxatiga muvofiqligi yuzasidan uch oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin, litsenziyalovchi organ hisobidan qayta rasmiylashtirish yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan ayrim litsenziatlarning faoliyatini toʻxtatish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-mart,
92-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 548-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 548-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 3-apreldagi 61-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 4-son, 13-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10 va 11-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida” 2010-yil 19-maydagi OʻRQ-246-son Qonuni)” 2010-yil 26-noyabrdagi 270-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 64-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova 2-bandining “a” va “b” kichik bandlari va 2-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 146-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 25-son, 548-modda)