21.03.2012 yildagi PQ-1730-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.03.2012 yildagi PQ-1730-son
Date of entry into force
21.03.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining oʻz funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng koʻlamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini taʼminlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va resurslari himoya qilinishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012 — 2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ-2058-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 578-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kompyuterlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarida Internet tarmogʻidan foydalanishni rivojlantirish va uning samaradorligini baholash boʻyicha doimiy ishlaydigan ekspert guruhini tashkil etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ-2058-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 578-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (X. Mirzohidov) zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarida foydalaniladigan axborot tizimlarining integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Milliy axborot tizimini shakllantirishning yagona texnik siyosatini belgilash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish boʻyicha yagona texnologik yechimning amalga oshirilishida texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari axborot tizimlarining yanada integratsiyalashuvi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va koʻllab-quvvatlash yagona integratori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasini axborot bilan tezkor taʼminlash uchun integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek davlat organlari axborot tizimlari bilan ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlash yuzasidan javobgar hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va koʻllab-quvvatlash yagona integratori faoliyatini moliyalash va moddiy-texnik taʼminlash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, tasdiqlangan smeta doirasida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3415-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kompyuterlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy axborot-qidiruv tizimining faoliyat yuritishini tubdan va sifat jihatidan yaxshilash, undan foydalanuvchilar sonini oshirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻining oʻzbek segmenti axborot bilan toʻldirilishini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Oʻzinfokom”ga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin va olib borilgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yilning 1-avgustidan boshlab davlat organlari uchun Milliy axborot tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan yoki xarid qilinadigan ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlar oldindan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ruxsati bilan oʻrnatilishi mumkin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli ruxsatnomasisiz ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanilganlik uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarini loyihalashtirishda zimmalariga yuklatilgan funksiya va vazifalar doirasida tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish uchun majburiy tartibda shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish cheklangan axborotga ishlov berishga moʻljallangan axborot tizimlarini loyihalashtirish va yaratishda axborot xavfsizligi masalalarining tegishli organlar bilan majburiy kelishib olinishini taʼminlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ-2058-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 578-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ-2058-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 578-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining Kotibi B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 21-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1730-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 139-modda; 2013-y., 44-son, 578-modda, 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son)