20.03.2012 yildagi PQ-1729-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 20.03.2012 yildagi PQ-1729-son
Date of entry into force
20.03.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’kidlash joizki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha bir qator tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tajribani va kutubxona foydalanuvchilarining, eng avvalo, yoshlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, qiroatxona zallarining ixtisoslashuvi va joylashishi takomillashtirildi. Ixtisoslashtirilgan elektron kutubxona zali, multimedia texnologiyalari zali tashkil etildi, barcha zallarda Internet tarmog‘idan foydalanish ta’minlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kutubxonaning 600 mingta qaydlar va 200 mingta to‘liq matnli elektron resurslarni o‘z ichiga olgan elektron katalogi orqali ma’lumotlarni ichki va uzoq masofadan turib foydalanishda tezkor izlash imkoniyatini ta’minlovchi kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi joriy etildi. Yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda kutubxona xodimlarining malakasini oshirish tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’lumotlarni qidirish va olish uchun vizual va virtual axborot taqdim etgan holda interfaol axborot vositalari, aktiv panellar va monitorlar orqali kutubxona foydalanuvchilarini xabardor qilishning zamonaviy tizimi o‘rnatildi. Nashrlarni tezkor tarzda yetkazib beruvchi “telelift” tizimi joriy etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ilg‘or axborot-kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan, eng avvalo, respublika yoshlarining intellektual va madaniy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan keng foydalanish imkonini beradigan, zamonaviy mutlaqo yangi, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan axborot resurs markazi sifatidagi samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-noyabrdagi R–3750-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Komissiya tomonidan axborot-resurs ta’minoti sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqilgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Ushbu Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kutubxona tomonidan bosh vazifani amalga oshirish -zamonaviy yuqori samarador axborot-kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda taqdim etiladigan axborotni olish manbalari, shakllari va uslublarini tanlash imkoniyatini ta’minlash prinsipi asosida aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual, madaniy va bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurs bazasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish, aholini axborot-kutubxona bilan ta’minlash darajasini oshirish va doimiy takomillashtirishni inobatga olgan holda ularni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan respublikaning har qanday joyidan turib foydalanishni, shuningdek yetakchi xorijiy axborot-kutubxona fondlarining ma’lumotlar bazasiga ulanishni o‘z ichiga olgan holda foydalanuvchilarga taqdim etiladigan elektron xizmat kengayishini ta’minlovchi yangi, xalqaro amaliyotda tajribadan o‘tgan xizmat ko‘rsatish shakllarini va ilg‘or dasturiy mahsulotlarni tizimli asosda joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha axborot-kutubxona markazlari va muassasalarining ulanishi imkoniyati bilan birga mamlakatning yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirish uchun Milliy kutubxona bazasida axborot resurslari va elektron (raqamli) nashrlarning yig‘ma umumrespublika elektron katalogini tashkil etish orqali kutubxona faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kutubxonaning nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan, jumladan qo‘lyozma nashrlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va eng zamonaviy ixtisoslashgan uskunalarda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning saqlanishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish, Milliy kutubxonada axborot-kutubxona muassasalari kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasidagi tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha normativ-metodik bazani yanada takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi majlislarida har chorak ko‘rib chiqqan holda ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining Milliy kutubxona huzurida 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika metodik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining Milliy kutubxona huzurida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larning 2 foizi miqdoridagi yillik ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3415-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuziladigan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 foizi Milliy kutubxona va respublikaning axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini dasturiy ta’minlash, yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 foizi Milliy kutubxona xodimlari uchun lavozim maoshining 25 foizidan 75 foizigacha miqdorda rag‘batlantiruvchi ustamalar belgilashga, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuksak malakali tarzda foydalanganligi, chet tillarini bilganligi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning samarali shakllarini joriy etganligi uchun mukofotlashga, shuningdek moddiy yordam ko‘rsatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 foizi Milliy kutubxonada ishlatiladigan texnologik uskunalar, jumladan Milliy kutubxonaning nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan nashrlarini restavratsiya va konservatsiya qilish hamda saqlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan uskunalar uchun sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlarni xarid qilishga, shuningdek milliy va xorijiy nashrlarni sotib olish hamda obuna bo‘lishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajribadan kelib chiqib, kutubxonachi va bibliograf lavozimlarini tugatishni hamda axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis, yetakchi mutaxassis va bosh mutaxassis lavozimlarini joriy etishni nazarda tutgan holda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi va respublikaning axborot-resurs markazlari xodimlari kasb va lavozimlarining yangi klassifikatorini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-noyabrdagi F–3750-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Komissiyaning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi rahbar va mutaxassislariga, Milliy kutubxona xodimlarining ish haqiga 15 foizgacha miqdorda ilgari belgilangan ustama haqlarni saqlab qolgan holda, respublika va viloyat axborot-kutubxona muassasalari uchun nazarda tutilganidan 1 razryad yuqori miqdorda ish haqi o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kutubxona bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Milliy kutubxona rahbar va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lashning yangilangan razryadlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi to‘g‘risidagi nizom va uning yangilangan tuzilmasi hamda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlagan holda, Milliy kutubxona faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1729-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 12-son, 129-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 07/17/3349/0168-son; 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)