17.03.2012 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.03.2012 yildagi 74-son
Date of entry into force
17.03.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek kredit axboroti almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, kredit bitimlari boʻyicha tavakkalchiliklarni kamaytirish, tijorat banklari va bank boʻlmagan kredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar tezkorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklarining Banklararo kredit byurosi negizida “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish, uning tarkibiga ilovaga* muvofiq muassislarni jalb etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit axborotlari subyektlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tarixlarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va axborotni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit axboroti subyektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va ularning reytingini baholash tizimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit axborotidan foydalanuvchilarga, shuningdek kredit axborotlari subyektlarining oʻziga ularning soʻrovlari boʻyicha kredit axborotlari subyektlarining kredit tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berish boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit axboroti subyektlarining toʻlovga qodirligini, kreditga layoqatini va toʻlov intizomini baholashda kredit axborotidan foydalanuvchilarga koʻmaklashish maqsadida ularga maslahat xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit axboroti subyektlarining kredit bitimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit axborotining davlat reyestrini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit byurolarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladigan kredit axboroti maʼlumotlar bazasini jamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit axborotining maʼlumotlar bazasini yangidan tashkil etilgan kredit byurolariga berish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurolari hamda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida axborotning aylanishi va berilishi tartibini, shuningdek kredit byurolari va kredit axborotidan foydalanuvchilar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya berilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentining kredit axboroti maʼlumotlar bazasi berilishini taʼminlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlarning mutaxassislari uchun seminarlar va treninglar tashkil etish va oʻtkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida” 2011-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-301-son Qonuni normalari keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-apreldagi 197-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 17-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 132-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)