12.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2337
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori , 12.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2337
Date of entry into force
22.03.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IMTIYOZLI SHARTLARDA PENSIYA OLISH HUQUQINI BERADIGAN ISHLAB CHIQARISHLAR, MUASSASALAR, ISHLAR, KASBLAR, LAVOZIMLAR VA KOʻRSATKICHLAR ROʻYXATLARINI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2337 ]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 377-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 25-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-Q-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 25-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2011-yil 25-yanvardagi 2-Q, 5-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻriqnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF–4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 377-modda) qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarining qoʻllanilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2 va 3-son Roʻyxatlariga (keyingi oʻrinlarda – Roʻyxatlar deb yuritiladi) muvofiq ayrim toifadagi fuqarolar ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Yoʻriqnoma barcha tashkilotlarda qoʻllanilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II-bob. Roʻyxatlarning qoʻllanilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1-son Roʻyxatning I va II-qismlari, 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida ishlab chiqarishlar roʻyxati koʻzda tutilgan. Mazkur holatda ishlab chiqarish deganda, Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish tushunilib, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan tashkilot toʻlaligicha yoki uning bir qismi (sex, uchastka, boʻlim) (keyingi oʻrinlarda – tashkilot deb yuritiladi) shugʻullanishi ahamiyat kasb etmaydi. Roʻyxatlarda keltirilgan kasb (lavozim) boʻyicha imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalarni faqatgina tegishli ishlab chiqarish mavjud boʻlgandagina tayinlash mumkin. U mavjud boʻlmaganda imtiyozli shartlarda pensiyalar tayinlanmaydi (masalan: 2-son Roʻyxatning I-qismi “Metallni qayta ishlash” XI-boʻlimining “Temirchilik-pressli ishlab chiqarish” 2-bandida “qoʻl mehnatiga asoslangan temirchilar” mavjud. Temirchilik-pressli ishlab chiqarish sexi (uchastka yoki boʻlim) mavjud boʻlmagan tashkilotlarda ishlovchi temirchi imtiyozli pensiya taʼminoti huquqiga ega emas).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismidagi “Umumiy kasblar” boʻlimlari, shuningdek 2-son Roʻyxatning I-qismi “Metallni qayta ishlash” XI-boʻlimi “Metallni qayta ishlash boʻyicha boshqa kasblar” 5-bandi va 3-son Roʻyxatning I-qismi “Metallni qayta ishlash” XV-boʻlimi “Metallni qayta ishlash boʻyicha boshqa kasblar” 12-bandi, ushbu boʻlim va bandlarda nazarda tutilgan ishlar qanday tashkilotlarda amalga oshirilishidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi (masalan: 3-son Roʻyxatning I-qismi “Umumiy kasblar” XXXIV-boʻlimida koʻrsatilgan gaz kompressorlariga (havoli kompressorlardan tashqari) xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan texnologik kompressorlarning mashinistlari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ular qayerda ishlashlaridan qatʼi nazar (mashinasozlik zavodida, temir yoʻl transportida, tekstil fabrikasida, metallurgiya zavodida va boshqa tashkilotlarda), agar ular toʻliq ish kuni davomida gaz kompressorlariga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgandagina, ega boʻladilar. Mazkur holat tegishli hujjatlar (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat taʼtilini berish toʻgʻrisidagi buyruqlar hamda ish haqini hisoblash kitoblari, ishlarni bajarish toʻgʻrisidagi naryadlar, ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalari va boshqalar) bilan tasdiqlanishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida koʻzda tutilgan ishchilar, kasblar va lavozimlar imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan, agar ularning mehnat sharoitlari Roʻyxatlarda koʻrsatilgan shartlarga (koʻrsatkichlarga) mos boʻlsa foydalanadi. Ushbu moslik tashkilotlarda ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalari bilan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga Roʻyxatlarda, 1-son Roʻyxatning “Uchuvchi va sinovchi uchuvchi tarkibning ishchilari” III-qism va “Sportchilar” VII-qism hamda 3-son Roʻyxatning “Nogiron bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim berish muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiyaviy koloniyalar oʻqituvchilari” VII-qism va “Ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlari” VIII-qismlar bundan mustasno, koʻzda tutilgan ishlarni bajarishda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan ishchilar ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toʻliq ish kuni davomida bandlik deganda Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan ishlarni tegishli ishlab chiqarish tarmoqlarida, ish vaqti attestatsiyasiga mos keluvchi shartlarda, qonunchilik bilan belgilangan ish vaqtining kamida 80% bilan band boʻlish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, oʻz mehnat vazifalarining bajarilishini taʼminlash maqsadida tayyorlash, yordamchi, joriy taʼmirlash ishlarini bajarish, shuningdek oʻz ish joyidan tashqarida boʻlgan ishlarni bajarish, ishchini imtiyozli pensiya taʼminoti huquqidan mahrum qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishlarda doimiy band boʻlmagan ishchilarga, maxsus staj haqiqatda ishlangan ish davri boʻyicha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishchilarning kasbi (lavozimi) bir vaqtning oʻzida turli Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan boʻlsa, imtiyozli pensiyalar ular ishlayotgan tashkilotning bajarayotgan ishlar xarakteridan kelib chiqib tegishli Roʻyxatlarning tegishli boʻlimlari boʻyicha tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Yoʻriqnomaning 8-bandida koʻrsatib oʻtilgan ishchilarga, shuningdek ishchilarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlanishi uchun aniq bir vaqt yoki mavsum davomida Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan ishlarda band boʻlish talab qilingan taqdirda, ularning ushbu ishlarda band boʻlganligi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim (masalan: 2-son Roʻyxatning I-qismi “Togʻ-kon ishlari” I-boʻlimi 1-bandi “g” kichik bandiga asosan marksheyderlarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash uchun ular yer osti ishlarida bir yilda (hisobot davrida) ish vaqtining kamida 50 foizi bilan band boʻlishi lozim. Har qanday holatda koʻrsatib oʻtilgan ishlarda band boʻlish tegishli hujjatlar (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat taʼtili berish haqidagi buyruqlar, ish haqini hisoblash kitoblari, shaxtaga tushish vaqtini hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlar) bilan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishlarning maʼlum bir sharoitlaridagi maxsus staj mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (keyingi oʻrinlarda – Nizom deb yuritiladi) 70-bandiga asosan, xodimlarning ayrim toifalari uchun belgilangan imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini tasdiqlash uchun (masalan: ishlarning qizgʻin uchastkalarida yoki qizgʻin ishlarda bandlik toʻgʻrisida, muayyan moddalar yoki xavflilikning muayyan darajalariga kiradigan zararli moddalar bilan ishlash toʻgʻrisida, yer osti ishlarida bandlik toʻgʻrisida, ishlarni muayyan usulda bajarganlik toʻgʻrisida, muayyan joyda ishlarni bajarganlik toʻgʻrisida va shu kabilar) maxsus stajni tasdiqlash maqsadida faqat tashkilotning aniqlashtiruvchi maʼlumotnomalari qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida koʻrsatilgan, kasblar va lavozimlarning roʻyxatlari keltirilmagan ishlab chiqarishlar boʻyicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqiga, kasblari va egallagan lavozimidan qatʼi nazar, ushbu ishlab chiqarishlarning barcha ishchilari foydalanadi (masalan: 2-son Roʻyxatning I-qismi “Neft, gaz, gaz kondensati, koʻmir va slanetsni qayta ishlash” X-boʻlimiga texnik uglerodni ishlab chiqarishda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar kiritilgan. Binobarin, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqidan ushbu ishlab chiqarishda band boʻlgan, kasbi va egallagan lavozimining nomlanishidan qatʼi nazar, barcha ishchilar foydalanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida ishchilar kasbi umumiy nomlanish asosida kiritilgan holatlarda, imtiyozli pensiya taʼminoti huquqiga ushbu kasblarning mazkur ishlab chiqarishda va ishlarda band boʻlgan barcha nomlanishidagi ishchilari ega boʻlishadi, shu jumladan bosh va katta ishchilar hamda ularning yordamchilari (masalan: 2-son Roʻyxatning I-qismi “Neft, gaz, gaz kondensati, koʻmir va slanetsni qayta ishlash” X-boʻlimida barcha nomlanishdagi apparatchiklar koʻzda tutilgan. Mazkur holatda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqidan bosh apparatchiklar, katta apparatchiklar va ularning yordamchilari ham foydalanadi).
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 2 va 3-son Roʻyxatlarda slesarlar, elektriklar, elektroslesarlar va elektromontyorlar, ular bajaradigan ishlar xarakteri koʻrsatilmagan holda koʻzda tutilgan hollarda, ushbu kasblar ishchilari imtiyozli pensiya huquqidan ular mazkur ishlab chiqarishda uskunani taʼmirlash yoki unga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlganligidan qatʼi nazar, foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Lavozimi maxsus maʼlumot va malakani talab qilmaydigan Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan mutaxassislar, imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan maʼlumoti va malakasidan qatʼi nazar, foydalanadi (masalan: 2-son Roʻyxatning I-qismi “Togʻ-kon ishlari” 1-boʻlimi “Yer osti ishlari: foydali qazilmalar qazib olish boʻyicha shaxtalarda, rudniklarda va konlarda; geologorazvedkalarda; drenajli shaxtalarda; shaxta, rudniklar va konlar qurilishi” 1-bandi “g” va “d” kichik bandlarida togʻ normirovshchiklari va uchastka togʻ normirovshchiklari koʻzda tutilgan. Mazkur holatda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqidan togʻ injener-normirovshchiklari, uchastka togʻ injener-normirovshchiklari va uchastka togʻ texnik-normirovshchiklari ham foydalanadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Brigadirlar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqidan ishchilar kabi 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismiga muvofiq foydalanadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ular oʻz kasblari boʻyicha Roʻyxatlarda bevosita koʻzda tutilgan boʻlsa (masalan: quvur ishlab chiqarishning yanchish boʻlinmalari brigadirlari (2-son Roʻyxatning I-qismi “Metall ishlab chiqarish (qora metallar)” III-boʻlimi “Quvur ishlab chiqarish: quvur prokat, quvur payvandlash, quvurlarni elektr payvandlash, quvurni choʻzadigan, quvur quyadigan, fitingli, balonli, termik va rux bilan ishlov beriladigan, tayyorlash va metallni kesish” 4-bandi); poyezdlarning yuqori intensiv harakatlanishi mavjud yuvish-bugʻlash stansiyalarida band boʻlgan temir yoʻl transporti tashkilotlari brigadirlari (3-son Roʻyxatning I-qismi “Transport” XXIX-boʻlimi “Temir yoʻl transporti” 1-bandi va h. k.);
(17-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan ishchilarga rahbarlik qilib ushbu ishchilarga belgilangan barcha ishlarni toʻliq bajarganlarida, yaʼni ozod qilinmagan brigadirlar (masalan: kon kovlovchilar brigadirlari, qoliplovchi brigadirlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agar 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida masterlar va rahbar oʻrinbosarlari bajaradigan ish xarakteri koʻrsatilmagan holda koʻzda tutilgan boʻlsa, unda ular imtiyozli pensiya huquqidan 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida koʻrsatilgan tegishli ishlab chiqarishning texnologik jarayonida yoki uskunani taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatishda bevosita band boʻlganda foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Katta masterlar, yordamchilar va rahbarlar oʻrinbosarlari kasblarining barcha nomlanishlari, master yordamchilaridan tashqari, imtiyozli pensiya taʼminoti huquqidan faqatgina agar ular 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzda tutilgandagina foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Master yordamchilari masterlarga berilgan imtiyozli pensiya taʼminoti huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishchilarga berilgan kasblar nomi xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga mos boʻlmagan holda oʻrnatilgan holatlarda (yaʼni kasblarning mahalliy nomlanishi qoʻllanilganda), Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan kasblar nomlanishiga mosligi tarmoq vazirlik va muassasalar tomonidan ishlar xarakteristikasi toʻgʻrisidagi hujjatlarning asl nusxasi asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoq vazirligi (muassasa)ning kasblar mosligini belgilash toʻgʻrisidagi xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi (tegishli xulosa qabul qilish uchun asos boʻlgan barcha materiallarni ilova qilgan holda).
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbarlar va mutaxassislarning lavozimlari mosligi belgilanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. 2 va 3-son Roʻyxatlarning “Kimyoviy ishlab chiqarish” boʻlimlari boʻyicha imtiyozli pensiya taʼminoti huquqi mazkur ishlab chiqarishlarda band boʻlgan ishchilarga, ishlab chiqargan mahsulotlari sanoat va qishloq xoʻjalik mahsulotlari klassifikatorlariga asosan quyidagi boʻlimlarga tegishli boʻlganda taqdim etiladi: noorganik kimyo, organik sintez, neftkimyoviy mahsulot, rezinotexnik va asbestli mahsulot, oʻgʻitlar, polimerlar, plastik massalar, kauchuklar, lak boʻyoq, fototexnik, maishiy kimyo materiallari; sintetik boʻyoq, kimyoviy reaktivlar va yuqori-sof moddalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 va 3-son Roʻyxatlarning “Kimyoviy ishlab chiqarish” boʻlimlari “A” va “B” bandlaridan tashkil topgan. “A” bandiga sanoatning kimyoviy va neftkimyoviy tashkilotlari, “B” bandiga sanoat va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari tarkibida faoliyat yuritayotgan alohida sexlar, uchastkalar, boʻlimlar, qurilmalar kiritilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tashkilotlarni sanoatning kimyoviy va neftkimyoviy tarmoqlariga kiritish xalq xoʻjaligining umumdavlat tarmoq klassifikatori (XXUTK)ga asosan, ularning asosiy faoliyat turi xarakteridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sanoatning mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmogʻiga kiritilgan tashkilot tarkibida ishchilari plastik massadan buyumlar tayyorlash bilan band boʻlgan sex (uchastka, boʻlinma) mavjud boʻlganda, mazkur ishchilarga imtiyozli pensiya taʼminoti “Kimyoviy ishlab chiqarish” boʻlimining “B” bandi boʻyicha tayinlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. HXUTKga asosan kimyoviy va neftkimyoviy tarmogʻiga kiritilgan tashkilotlar nomlanishi 2 va 3-son Roʻyxatlarning “Kimyoviy ishlab chiqarish” boʻlimi “A” bandida koʻzda tutilmagan boʻlganda, mazkur tashkilotlar tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarishlar ishchilarining imtiyozli pensiya taʼminoti masalasi 2 va 3-son Roʻyxatlarning mazkur boʻlim “B” kichik bandiga asosan hal etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. 3-son Roʻyxatning VII-qismida koʻzda tutilgan nogiron bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim berish muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiyaviy koloniyalarda, ishlash davrida amal qilgan qonunchilikka asosan mazkur toifadagi ishchilarga belgilangan ish vaqtining davomiyligi meʼyorlari (pedagogik yuklanma) talablariga rioya etilgan taqdirda, kamida 25 yil ishlagan oʻqituvchilar (shu jumladan oʻqituvchi-logopedlar, oʻqituvchi-defektologlar) imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari imtiyozli pensiya taʼminoti huquqiga, ishlash davrida amal qilgan qonunchilikka asosan mazkur toifadagi ishchilarga belgilangan ish vaqtining davomiyligi meʼyorlari talablariga rioya etilgan taqdirda ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-son Roʻyxatning VIII-qismi boʻyicha pensiyalar, agar vrachlar va boshqa tibbiyot xodimlari mehnat faoliyatlarining bir qismi qishloq joylardagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida, qolgan qismi shaharda oʻtgan boʻlsa, kamida 30 yil mehnat stajiga ega boʻlganda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 3-son Roʻyxatning IX-qismida qariyalar, nogironlar va yolgʻiz fuqarolarga xizmat koʻrsatishda bevosita band boʻlgan bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari mutaxassislari koʻzda tutilgan. Mazkur toifaga Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari mutaxassislari kiritilgan.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda imtiyozli shartlarda pensiya taʼminoti huquqidan faqatgina oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan qariyalar, nogironlar va yolgʻiz fuqarolarga uyda bevosita xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan ishchilar foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Nizomning 35-bandi “j” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga asosan, bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish davri (shu jumladan puli toʻlanadigan taʼtilda boʻlish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʻshilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Imtiyozli pensiya taʼminotiga huquq beruvchi maxsus stajga, ushbu imtiyozga huquq beruvchi ishdan noqonuniy boʻshatilganligi uchun toʻlangan, ishga kelinmagan vaqt qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Imtiyozli pensiya taʼminotiga huquq beruvchi maxsus stajga quyidagi davrlar kiritilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi saqlanmagan holdagi taʼtil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik (taʼlim) taʼtillari, malaka oshirish kurslarida oʻqish davri, klinik ordinatura (internatura), ishlab chiqarish amaliyoti yoki taʼlimini oʻtash davri.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oliy taʼlim muassasasi, shuningdek klinik ordinatura (internatura), aspirantura, stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar instituti, doktorantura va katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti oʻquvchisi imtiyozli pensiya taʼminotiga huquq beruvchi ishga qabul qilingan boʻlsa, oʻqish davridagi ishlagan vaqti toʻliq ish kuni davomida ishlagan ish soatlari mavjud boʻlganda, maxsus stajga kiritiladi.
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Nizomning 58-bandiga asosan ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida toʻliq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar, tumanlar (shaharlar)ning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (hokimliklar) tomonidan tashkil etiladigan ish stajini aniqlash boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning koʻrsatmalari asosida koʻrsatib oʻtilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish stajiga, shuningdek hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Nizomning 74-bandiga asosan avariyalar va mahalliy koʻlamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yongʻin, suv bosishi), tashkilotning toʻliq tugatilishi yoxud ushbu Yoʻriqnomaning 30-bandida nazarda tutilgandan boshqa sabablar boʻyicha arxiv maʼlumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjud boʻlmaganda va ularni olish imkoni boʻlmaganda ish staji sud tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Umumiy mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi ishning xarakteri guvohlarning koʻrsatmalari bilan belgilanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Roʻyxatlar boʻyicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi maxsus stajlar Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining (keyingi oʻrinlarda – Qonun deb yuritiladi) 41-moddasiga muvofiq jamlanadi (oʻzaro hisobga olinadi). Maxsus staj yigʻindisining (oʻzaro hisobga olish) tartibi mazkur Yoʻriqnomaga 2-ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qonunning 11-moddasi “a” kichik bandiga asosan mehnat staji mavjud boʻlganda (erkaklarga kamida 20 yil va ayollarga kamida 15 yil), shundan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam boʻlgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir toʻliq yil uchun, Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band boʻlingan har bir toʻliq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qonunning 12-moddasi “b” kichik bandiga asosan, mehnat staji mavjud boʻlganda (erkaklarga kamida 25 yil va ayollarga kamida 20 yil), mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshini erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur Yoʻriqnomaning 34 va 35-bandlarida koʻzda tutilgan imtiyozlarning qoʻllanilish shartlari ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. 2-son Roʻyxatning I-qismi “Qutqaruv ishlari” XXV-boʻlimi boʻyicha imtiyozli pensiya taʼminotiga huquq beruvchi maxsus stajga qutqaruv xizmati qutqaruvchilari, qutqaruv xizmatlariga aniq bir dastur boʻyicha tayyorlangan va oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) boʻyicha ishlayotgan ishchilarning professional qutqaruvchilari tuzilmalaridagi ish stajlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur toifa ishchilarning maxsus stajini tasdiqlash va imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlashda qutqaruvchilar mavqeyini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni meʼyorlariga amal qilish lozim (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 511-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, qutqaruvchi boʻlib muayyan dastur boʻyicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruvchi maqomi berilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli attestatsiya organi ularga belgilangan namunadagi guvohnoma, ruxsatnoma, qutqaruvchi daftarchasi, qutqaruvchining roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami yozilgan nishon beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Geologorazvedka ishlari” II-boʻlimida koʻzda tutilgan ishchilarga imtiyozli pensiya taʼminoti huquqini beruvchi maxsus staj, dala sharoitida ishlagan haqiqiy ish vaqti boʻyicha hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologorazvedkada bevosita yer osti ishlarini bajarishda band ishchilarga imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar 2-son Roʻyxatning I-qismi I-boʻlimi boʻyicha tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Dala sharoitida bevosita geologorazvedka, qidiruv, topografo-geodezik, geofizik, gidrografik, gidrologistik va tadqiqot ishlarida band boʻlgan ekspeditsiyalar, guruhlar, otryadlar, uchastkalar, brigadalar ishchilari hamda mutaxassislari imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan, qaysi tashkilotda ishlashidan qatʼi nazar, foydalanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimiga asosan, yoshga doir imtiyozli pensiyaga chiqish huquqidan qurilish tashkilotlarida ishlovchi bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash ishlarida band boʻlgan ishchilar foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qurilish tashkilotlariga qurilish, montaj va boshqa ishlarda pudrat va xoʻjalik usuli bilan qurilish, montaj va boshqa ishlarni amalga oshiradigan umumqurilish va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar kiritiladi. Bunday tashkilotlarga, shuningdek ishga tushirish-sozlash va taʼmirlash-qurilish pudrat tashkilotlari hamda qurilish-montaj va boshqa ishlarning butun jarayonini amalga oshiruvchi tashkilotlar (qurilish, taʼmirlash, montaj boshqarmalari, restavratsiya ustaxonalari) taalluqlidir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilganlar alohida turdagi ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga ham taalluqlidir (masalan: faqatgina burgʻulash yoki portlatish, pardozlash, sanitar-texnik va h. k. ishlarni bajarish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur ishlarni bajaruvchi tashkilotlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deb nomlanadi va ularning ishchilari imtiyozli pensiya taʼminoti huquqidan 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan kasblar va lavozimlar roʻyxatidan kelib chiqqan holda foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandida kasblar sanab oʻtilgan boʻlib, ishlar qaysi obyektlarda amalga oshirilishi koʻrsatilmagan. Mazkur holatda, obyekt deganda bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash boʻyicha faoliyat olib borish tushuniladi. Mazkur tarmoq ishchilari uchun imtiyozli pensiya taʼminoti huquqini aniqlashda ular nima qurishi, tiklashi, qayta qurishi, qayta qurollantirishi yoki taʼmirlashi (transport, aloqa, yer usti binolari va shaxtalar, rudniklar, kommunikatsiyalar va boshqa sanoat, energetika, gidrotexnik, yoʻl-koʻprik, qishloq xoʻjalik, uy-joy, madaniy-maishiy obyektlar) ahamiyat kasb etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Montaj ishlarini bajaruvchi montaj tashkilotlari ishchilari ham imtiyozli pensiyaga chiqish huquqidan 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan kasblar va lavozimlar roʻyxatidan kelib chiqqan holda foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Kapital qurilish, shuningdek bino va uskunalarni taʼmirlash boʻyicha mustaqil hamda kapital qurilish tashkilotlari boʻlimlari va boshqarmalari tarkibidagi qurilish va taʼmirlash-qurilish sexlari va uchastkalari ishchilariga imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar 3-son Roʻyxatning I-qismi, “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandiga asosan, ushbu ishchilar qanday ishlarni (yangi qurilish yoki taʼmirlash) bajarishidan qatʼi nazar, tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandida koʻzda tutilgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, taʼmirlash, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilishni amalga oshiruvchi, turli xil maqsaddagi ham yer osti ham yer usti inshootlarini qurish va taʼmirlash ishlarida band boʻlgan ishchilar, mazkur kichik bandga muvofiq imtiyozli pensiya taʼminoti huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi 1-bandida koʻzda tutilgan suvoqchilari va quruvchilarining imtiyozli pensiya taʼminotiga huquqidan, agar ular metropoliten va boshqa yer osti inshootlarini qurish va taʼmirlash boʻyicha yer osti ishlarida band boʻlganda foydalanadi. Qurilish tashkilotlarining boshqa barcha suvoqchilari imtiyozli pensiya taʼminoti huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi 1-bandida koʻzda tutilgan gʻisht teruvchi ishchilarga imtiyozli pensiya taʼminoti, faqatgina metropolitenlar, yer osti qurilmalarini qurish va taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajaradigan tashkilot tarkibida doimiy ishlovchilarga qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Metropolitenlar, yer osti qurilmalarini qurish va taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarmaydigan tashkilotlarda “gʻisht teruvchi” kasbi boʻyicha ishlovchi ishchilar imtiyozli pensiya taʼminoti huquqidan foydalanmaydi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Gʻisht teruvchi sifatida ishlagan shaxsga imtiyozli pensiya tayinlash uchun asos boʻlib, u metropolitenlar, yer osti qurilmalarini qurish va taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajaradigan tashkilot tarkibida doimiy bandligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandida avtomobil yoʻllari qurilishi va taʼmirlashda asfaltbetonshchiklar, avtogudronator mashinistlari, asfaltbeton yotqizuvchi mashinistlari va boshqa ishchilar koʻzda tutilgan. Yoʻllarni tartibga solish ishlari mavsumiy xarakterga ega boʻlgan holatlarda (masalan, qishki mavsum davrida) va koʻrsatib oʻtilgan ishchilar Roʻyxatlarda koʻzda tutilmagan boshqa ishga oʻtkazilganda, mazkur davrdagi ishlar imtiyozli pensiya taʼminotiga huquq beruvchi maxsus stajga kiritilmaydi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Baʼzi bir qurilish va taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tarkibida asfalt va asfaltbeton zavodlar mavjud boʻlganda, ushbu tashkilotlar ishchilarining imtiyozli pensiya taʼminotiga huquqini aniqlashda shuni nazarda tutish lozimki, asfaltbetonshchiklar, asfaltbetonshchik-tayyorlovchilar (asfaltobetonshiki-varilshiki), avtogudronator mashinistlari 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandiga asosan imtiyozli pensiya taʼminoti huquqidan, ular qaysi tashkilotning tarkibiy tuzilmasida band boʻlganidan qatʼi nazar, foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. 3-son Roʻyxatning I-qismi “Bino, inshoot va boshqa obyektlar qurilishi, rekonstruksiyasi, texnik qayta qurollantirish, restavratsiya qilish va taʼmirlash” XXVIII-boʻlimi “a” kichik bandida poʻlat va temirbeton konstruksiyasi montaji boʻyicha montajchilar koʻzda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Poʻlat va temirbeton konstruksiyasi montaji boʻyicha montajchilar oʻzlarining asosiy vazifalari bilan bir qatorda, har xil turdagi muntazam boʻlmagan xarakterga ega boʻlgan qurilish mashinalari mexanizmlari (minorali kran, podʼyomniklar, betonaralashtirgichlar, toshni maydalovchi uskunalar va boshqalar) montaji boʻyicha ishlarni bajarishidan qatʼi nazar, imtiyozli pensiya taʼminoti huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqatgina qurilish mashinalari va mexanizmlar montaji bilan band boʻlgan ushbu ishchilar imtiyozli pensiya taʼminoti huquqiga ega emaslar.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-fevraldagi 13-q/q, 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2337-1, 20.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 156-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, tashkilotlarda imtiyozli pensiya taʼminoti boʻyicha roʻyxatlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi amalga oshiradilar.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-son ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq bir mehnat sharoitlarida maxsus stajni tasdiqlovchi hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Issiqlik harorati yuqori boʻlgan uchastkalar yoki ishlarda band boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu omilni tasdiqlash uchun korxona yoki sexda (boʻlinmada) issiqlik harorati yuqori boʻlgan uchastkalarni va qaysi ishchilar ushbu ishlarda doimiy bandligini aniqlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlarning issiqlik harorati yuqori boʻlgan uchastkalariga katta miqdorda ochiq issiqlik chiqarilishi bilan olib boriladigan texnologik jarayonlar natijasida atrof muhit harorati yuqori boʻlgan ishlab chiqarish uchastkalari taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik harorati yuqori boʻlgan uchastkalarda band boʻlish – bu qizdirilgan uskuna yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga haroratning yuqori zonasida ishlarni bajarishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik harorati yuqori boʻlgan ish – bu ishchining ishlab chiqarish sharoitida issiqlikning keng tarqalgan manbalari bilan aloqa qilish bilan ishlarni bajarish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi hujjatlar sifatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchining ishlarning aniq bir uchastkasiga biriktirib qoʻyish toʻgʻrisidagi buyruq (farmoyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish texnologiyasi (reglamentlar, kartalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sexning texnologik planirovkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish vaqtini hisobga olish tabeli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sex, laboratoriyaning shaxsiy tarkibini hisobga olish sexi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim (mehnat) yoʻriqnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat oʻrnida haroratni oʻlchash boʻyicha laboratoriya tahlillari jurnali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, issiqlik harorati yuqori boʻlgan ish uchastkalarida sovutish uskunalarining mavjudligi imtiyozi pensiya tayinlashni rad etish uchun sabab boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yer osti ishlarida band boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer osti ishlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxta yoki rudnikka tushish va yer ustiga chiqish jurnali (tabeli);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marksheyderlik hujjatlari bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi nomiga (shaxtalarda, rudniklarda) akkumulyatorlik raqamlarini biriktirish jurnallari bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aniq bir tarkibiy boʻlinmalardagi ish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli pensiya taʼminotiga oid Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan tarkibiy tuzilmalarda band boʻlganlikni tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib, quyidagilar boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga qabul qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq (farmoyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtat jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sex yoki tashkilotning tarkibiy tuzilmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sex, boʻlim, laboratoriyaning shaxsiy tarkibini hisobga olish jurnali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq bir sex (uchastka)ga biriktirilganligi toʻgʻrisida buyruq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqlar jurnali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Aniq bir usul va aniq bir uskuna (asbob) yordamida ishlarni bajarish quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlar turi koʻrsatilgan texnologik kartalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat Roʻyxatlarda koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun moslashtirilganligini tasdiqlovchi uskuna (asbob)ning pasport maʼlumotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Aniq bir moddalar (xavflilikning aniq bir darajasiga ega) va materiallar bilan bogʻliq aniq bir ishlarda band boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ishlarda doimiy band boʻlish quyidagi hujjatlar bilan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordamchi materiallarni sarflash meʼyorlari, limit kartalari bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish hududi havosida mumkin boʻlgan zararli moddalarning roʻyxatlari keltirilgan va yakuniy konsentrati oʻrnatilgan boʻlib, inson organizmiga taʼsiri xususiyatlaridan kelib chiqib xavflilik 4 ta darajaga boʻlinadi: oʻta xavfli moddalar (I darajaga), yuqori xavfli moddalar (II darajaga), oʻrtacha xavfli moddalar (III darajaga), xavfliligi kam boʻlgan moddalar (IV darajaga) ega 12.1.005-88 “Ish hududi havosiga umumiy sanitar-gigiyenik talablar”, mehnat xavfsizligi standartlari sistemasining davlat standarti bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq bir uchastka ishlariga biriktirilganligi toʻgʻrisidagi buyruq bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv manbalarni uzatish jurnali bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim (mehnat) yoʻriqnomasi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy dozimetrik nazorat (nurlanish yuklanmasini hisobga olish jurnali) jurnali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Roʻyxatlarda koʻzda tutilgan ishlarda olingan maxsus staj, shuningdek quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sexlar, kemalar boʻlmalari va h .k.larda ishlab boʻlingan vaqtlarni hisobga olish jurnali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik kartalar, rejimlar, reglamentlar, uskunalarning pasporti maʼlumotlari (texnologik pasport) bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy vositalarning (uskunalar) inventar roʻyxatlari bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim (mehnat) yoʻriqnomalari bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
brigadirning topshiriqlari jurnali, ish kitobi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilayotgan ish naryadi, meʼyorlashtirilgan topshiriq bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq bir ishga biriktirilganligi toʻgʻrisidagi buyruq bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 41-moddasiga asosan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlashda maxsus stajning yigʻindisini chiqarish (oʻzaro hisobga olish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jadvali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/R
Hisobga olinadigan ishlar va kasblar‎‏ Talab qilinadigan maxsus staj‏

Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlanadigan Roʻyxatlarning qismlari‎‎‎

Roʻyxatlar №№ 1, 2 va 3 va ularning qismlari‎ Ishlar va kasblar turi‎
1.‎ 1-son Roʻyxatning I va II-qismlarida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari 25 yil‎ 1-son Roʻyxatning II-qismi Koʻmir, ruda va boshqa foydali qazilmalar qazib olish boʻyicha bevosita yer osti va ochiq togʻ ishlarida, shaxta va rudniklar qurilishida toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan ishchilar.‎
2.‎ 1-son Roʻyxatning IV va V qismlarida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari 25 yil‎ 1-son Roʻyxatning V-qismi Teatrlar va boshqa teatr-namoyish korxonalarining ayrim toifadagi artistlari‎
3.‎ 1-son Roʻyxatning IV — VI qismlarida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari 30 yil‎ 1-son Roʻyxatning VI-qismi Teatrlar va boshqa teatr-namoyish korxonalarining ayrim toifadagi artistlari‎
4.‎ 1-son Roʻyxatning I va II-qismlari va 2-son Roʻyxatning II-qismida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari

erkaklar:
‎umumiy staj— 20 yil maxsus staj — 10 yil.
‎ayollar:
‎umumiy staj — 15 yil maxsus staj — 7 yil 6 oy ‎

2-son Roʻyxatning I-qismi Yer osti va oʻta xavfli va oʻta ogʻir mehnat sharoitlari mavjud ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan ishchilar‎
5.‎ 1-son Roʻyxatning IV-qismi va 2-son Roʻyxatning II-qismida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari 20 yil‎ 2-son Roʻyxatning II-qismi Sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari‎
6. 1-son Roʻyxatning I va II-qismlari, 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I-qismida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari.

erkaklar:
‎umumiy staj — 25 yil maxsus staj — 12 yil 6 oy.
‎ayollar:
‎umumiy staj — 20 yil maxsus staj — 10 yil ‎

3-son Roʻyxatning I-qismi Zararli va ogʻir mehnat sharoitlarida toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan ishchilar‎
7.‎ 1-son Roʻyxatning I va II-qismlari, 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I, VII va VIII (Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlari) qismlarida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari. 25 yil‎ 3-son Roʻyxatning VII-qismi Invalid bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiyaviy koloniyalar oʻqituvchilari‎
8.‎ 1-son Roʻyxatning I va II-qismlari, 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I, VII va VIII (Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlari) qismlarda koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari. 25 yil‎ 3-son Roʻyxatning VIII-qismi Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlari‎
9.‎ 1-son Roʻyxatning I va II-qismlari, 2-son Roʻyxatning I-qismi, 3-son Roʻyxatning I, VII, VIII va IX-qismlarida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari. 30 yil‎ 3-son Roʻyxatning VIII-qismi Shaharda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlari‎
10.‎ 1-son Roʻyxatning I va II-qismlari, 2-son Roʻyxatning I-qismi va 3-son Roʻyxatning I, VII va VIII (Qishloq joylarda joylashgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlari) qismlarida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari. 25 yil‎ 3-son Roʻyxatning IX-qismi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari ishchilari (erkaklar)‎
11.‎ 1-son Roʻyxatning I-qismi, 2-son Roʻyxatning I qismi va 3-son Roʻyxatning I va IX-qismlarida koʻzda tutilgan ishlar va kasblar turlari. 20 yil‎ 3-son Roʻyxatning IX-qismi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari ishchilari (ayollar)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 11- va 12-moddalariga asosan talab qilingan maxsus staj mavjud boʻlmaganda imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, “a” bandi 4-xatboshiga asosan 2-son roʻyxat boʻyicha (yer osti ishlarida band boʻlgan ishchilarga)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkaklar‎‎ Ayollar‎‎
maxsus staj Yoshi‎ maxsus staj‎ yoshi‎
1.‎ 1 yil‎ 59 yosh‎ 1 yil‎ 54 yosh‎
2.‎ 2 yil‎ 58 yosh‎ 2 yil‎ 53 yosh‎
3.‎ 3 yil‎ 57 yosh‎ 3 yil‎ 52 yosh‎
4.‎ 4 yil‎ 56 yosh‎ 4 yil‎ 51 yosh‎
5.‎ 5 yil‎ 55 yosh‎ 5 yil‎ 50 yosh‎
6.‎ 6 yil‎ 54 yosh‎ 6 yil‎ 49 yosh‎
7.‎ 7 yil‎ 53 yosh‎ 7 yil‎ 48 yosh‎
8.‎ 8 yil‎ 52 yosh‎
9.‎ 9 yil‎ 51 yosh‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, “a” bandi 5-xatboshiga asosan 2-son roʻyxat boʻyicha (oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoiti mavjud ishlarda band boʻlgan ishchilarga)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkaklar‎‎ ‎‎Ayollar
Maxsus staj Yoshi‎ maxsus staj‎ yoshi‎
1.‎ 5 yil‎ 55 yosh‎ 3 yil 9 oy ‎ 52 yosh‎
2.‎ 6 yil‎ 54 yosh‎ 4 yil‎ 51 yosh‎
3.‎ 7 yil‎ 53 yosh‎ 5 yil‎ 50 yosh‎
4.‎ 8 yil‎ 52 yosh ‎ 6 yil‎ 49 yosh‎
5. 9 yil‎ 51 yosh‎ 7 yil‎ 48 yosh‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, “b” bandiga asosan 3-son roʻyxat I- qismi boʻyicha (zararli va ogʻir mehnat sharoiti mavjud ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan ishchilarga)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkaklar‎‎ ayollar‎‎
maxsus staj‎‎ Yoshi‎ maxsus staj‎ Yoshi‎
1.‎ 6 yil 3 oy‎ 58 yosh‎ 5 yil ‎ 53 yosh‎
2.‎ 7 yil 6 oy‎ 57 yosh‎ 6 yil‎ 52 yosh‎
3.‎ 10 yil‎ 56 yosh‎ 8 yil‎ 51 yosh‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 120-modda; 2013-y., 12-son, 156-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)