1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Kutilayotgan natija |
Masʼul bajaruvchilar |
|
1. |
Hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi maʼlumotlar bazasini yangilagan holda suv isteʼmolchilarini yaxlit xatlovdan oʻtkazish. |
joriy yilning 1-martidagi holatiga koʻra va soʻngra har yili 1-yanvardagi holatiga koʻra |
Abonentlarni hisobga olishda isteʼmolchilarning bazasini yangilash, sotilgan suv hajmini koʻpaytirish hamda suvning noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun nobud boʻlishini va suvni ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish. |
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi |
|
2. |
Isteʼmolchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan “Billing tizim” tizimini joriy etish. |
2012-yil 1-maygacha |
Isteʼmolchilarni ochiq-oshkora va manzilli hisobga olishni, debitorlik qarzlari aniq hisoblanishini va qarzni toʻlash uchun hisob raqamlari taqdim etilishini taʼminlash. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi |
|
3. |
Suv olish inshootlarida va suv taqsimlash joylaridagi quvurlarda suvni hisobga olishning zamonaviy elektron priborlari (suv sarfini oʻlchagichlar), shuningdek uy-joy fondida suvni hisobga olishning yakka tartibdagi priborlari oʻrnatilishini taʼminlash. |
2012-yil |
Hisobga olishni yoʻlga qoʻyish va noishlab chiqarish nobudgarchiliklarini qisqartirish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi |
|
4. |
“Tuyamoʻyin-Nukus” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi va “Tuyamoʻyin-Urganch” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasining Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi bilan tajriba almashishi. |
2012-yilning birinchi yarim yilligi |
Hisob va hisobotni yoʻlga qoʻyish, hisobga olishning avtomatlashtirilgan billing tizimini, energiyani tejaydigan uskunalarni va texnologiyalarni joriy etish. |
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimliklari |
|
5. |
Suv taʼminoti va kanalizatsiya boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov yigʻilishini 100 foiz darajasida taʼminlash. |
har oyda |
Aylanma mablagʻlarni koʻpaytirish, debitorlik va kreditorlik qarzlarni pasaytirish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi |
|
6. |
“Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan metodikaga muvofiq ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotining hisob-kitoblari boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun, texnologik sarflar va nobudgarchiliklar uchun suv sarfi meʼyorlarini tasdiqlash. |
2012-yil 1-iyungacha |
Oʻz ehtiyojlariga, texnologik sarflarga va hisobga olinmagan nobudgarchiliklarga suv sarfining normativ va amaldagi sarflarini belgilash. |
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, suv taʼminoti tashkilotlari |
|
7. |
Oʻz ehtiyojlariga, texnologik sarflarga va nobudgarchiliklarga amaldagi sarflarning belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyorlar darajasida boʻlishini taʼminlash. |
doimo |
Nobudgarchiliklarni qisqartirish, noishlab chiqarish sarflarini pasaytirish. |
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi |
|
8. |
Hisobga olish priborlari bilan jihozlangan uylarda aholi tomonidan ichimlik suv isteʼmol qilishning pasayishi sabablarini aniq tahlil qilish. |
2012-yil 1-iyungacha |
Oʻzbekiston Respublikasida kommunal suv va oqova suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish qoidalari isteʼmolchilar tomonidan buzilishini aniqlash. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatining suv taʼminoti tashkilotlari, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi |
|
9. |
Yangidan qurilgan suvni taqsimlash uzellarini foydalanishga topshirish choralarini koʻrish va qoʻshilgan isteʼmolchilar abonentlarni hisobga olish bilan qamrab olinishini taʼminlash. |
2012-yilning birinchi yarim yilligi |
Aholini ichimlik suv bilan qoʻshimcha ravishda qamrab olish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi |
|
10. |
Huquqni muhofaza qilish organlari, tuman hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining viloyat va tuman suvdan foydalanish boshqarmalarini hamda suv taʼminoti tashkilotlarini jalb etgan holda nosozlikni aniqlaydigan maxsus priborlarni qoʻllab suv oʻtkazgichlar boʻylab bir vaqtning oʻzida tekshirish oʻtkazilishini tashkil etish. |
har oyda 10-kungacha |
Suv nobudgarchiligini qisqartirish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi |