Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2329
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.09.00 (Кучини йукотган) Boshqa umumdavlat soliqlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUXITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 1-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-yu-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 1-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevral 2-yu-son, 7-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2012-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni (bundan buyon matnda toʻlov deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent raqami — abonentga mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish davrida uyali aloqa kompaniyasi tomonidan ajratiladigan raqam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil aloqa abonenti — uyali aloqa kompaniyasi bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil aloqa xizmatlari — mobil aloqa tarmoqlari orqali signallarni va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish, ularga ishlov berish boʻyicha mobil aloqa operatori faoliyatining mahsuloti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasidagi elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlarni hisobga olish asboblarini ulashni taʼminlash uchun uyali aloqa kompaniyalari tomonidan ajratilgan raqamlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 22-sentabrdagi 154-mh, 134-son qaroriga (roʻyxat raqami 2329-5, 06.11.2017-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Toʻlovchi va toʻlov obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toʻlovlarni toʻlovchilari mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toʻlovning obyekti boʻlib uyali aloqa kompaniyalari tomonidan mobil aloqa abonentlariga ajratilgan abonent raqamlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar toʻlov obyekti hisoblanmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyuldagi 155-mh, 105-son qaroriga (roʻyxat raqami 2329-5, 06.11.2017-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Toʻlov miqdori va uni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻlov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlarining soni toʻlov amalga oshiriladigan oyning oxirgi sanasi holatiga koʻra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi bekor qilingan, toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan holatda toʻlov hisobot davrida mobil aloqa xizmatlari taqdim etilgan oxirgi kunga abonentlar sonidan kelib chiqqan holda ushbu hisobot davridagi haqiqiy ish vaqtiga mutanosib ravishda hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 12-dekabrdagi 63-mh, 113-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2329-1, 19.12.2013-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 676-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov summasi yuridik shaxslarning foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toʻlovning hisob-kitobi (bundan keyin matnda Hisob-kitob deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga har oyda (oʻsib bormaydigan yakun boʻyicha) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay toʻlovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 13-maydagi 117-mh, 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-3, 14.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Toʻlov summasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyuldagi 155-mh, 105-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-4, 28.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 762-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Hisobot oyi uchun toʻlov summasi 23411 yagona hisob raqamiga kelib tushadi va toʻplanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay vakolatli bankka toʻlov hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan taqsimlanadi.
(111-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 13-maydagi 117-mh, 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-3, 14.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov summasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari va viloyatlarning mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov summasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi tegishli davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalarida ochilgan balans hisob raqami 23402 boʻlgan tegishli tranzit daromad hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 29-dekabrdagi 93-mh, 89-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2329-2, 05.01.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 11-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlovdan kelib tushgan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun qatʼiy foydalaniladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 13-maydagi 117-mh, 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-3, 14.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlovdan kelib tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qatʼiy foydalanadi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyuldagi 155-mh, 105-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2329-4, 28.07.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 762-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisidagi yigʻma axborotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 13-maydagi 117-mh, 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-3, 14.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan penya hisoblanadi hamda toʻliq miqdorda Davlat budjetiga undiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 13-maydagi 117-mh, 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-3, 14.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat soliq xizmati organlari soliq tekshiruvlarini oʻtkazish davomida abonent raqamlarining miqdorini kamaytirish holatlari aniqlanganda ularning haqiqiy miqdoridan kelib chiqqan holda qoʻshimcha toʻlov va penya hisoblashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. Parpiyev
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 25-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yil ____________ oyi uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun TOʻLOV HISOB-KITOBI
Roʻyxatdan oʻtkazilgan joy (manzil) boʻyicha abonent raqamlarining soni (birl.)*
Belgilangan toʻlov miqdori (soʻm)
Toʻlov summasi (ming soʻm)
Jami
shu jumladan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Fargʻona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahar
* Abonent raqamlarining soni toʻlov amalga oshiriladigan oyning oxirgi sanasi holatiga koʻra aniqlanadi.
Rahbar
____________________________
(imzo)
Bosh buxgalter
____________________________
(imzo)
M.Oʻ.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 29-dekabrdagi 93-mh, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-2, 05.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 11-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yil _______________ oyi uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisida YIGʻMA AXBOROT
T/r
Regionlar nomi
Yuridik shaxsning nomi
Yuridik shaxsning nomi
Abonent raqamlarining soni (birl.)
Toʻlov summasi (ming soʻm.)
Abonent raqamlarining soni (birl.)
Toʻlov summasi (ming soʻm.)
hisoblangan
Haqiqatan toʻlangan
hisoblangan
Haqiqatan toʻlangan
Jami
shu jumladan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Fargʻona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahar
Rahbar
_________________________________
(imzo)
M.Oʻ.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 29-dekabrdagi 93-mh, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-2, 05.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 11-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda; 2013-y., 51-son, 676-modda; 2015-y., 1-son, 11-modda; 19-son 246-modda; 2017-y., 30-son, 762-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son; 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son; 10.05.2021-y., 10/21/2329-7/0448-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son; 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141-son)