09.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2309
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 09.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2309
Date of entry into force
19.01.2012
Hujjat 30.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-yanvarda 2309-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 14-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-40-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son qaroriga
1-ILOVA

‎KASSIR-OPERATSIYACHINING NAZORAT-KASSA DAFTARI

Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va STIR ______________________________________________________‎_‎

‎‎_________________________________________________________________________________________

‎‎Nazorat-kassa mashinasi oʻrnatilgan shoxobcha manzili _________________________________________________________

‎‎_________________________________________________________________________________________

‎‎‎Xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turi ________________________________________________________

‎‎‎Nazorat-kassa mashinasining rusumi ___________________________ zavod raqami _________________________

‎‎‎Nazorat-kassa mashinasi ishlab chiqarilgan sana ____________ dasturiy mahsuloti (versiyasi) ___________________

‎‎Nazorat-kassa mashinasini soliq inspeksiyasida roʻyxatga olish raqami ______________ sanasi _____________

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan nazorat-kassa mashinasiga berilgan muvofiqlik

sertifikati raqami ___________________________________ berilgan sana ____________________________‎‎

‎‎‎Nazorat-kassa mashinasiga texnik xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi tashkilot

nomi_____________________________________________________________________________________

(mexanikning F.I.O. va tel. raqami)‎

‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Nazorat-kassa mashinasi raqami

__________________________________________

‎(zavod raqami koʻrsatiladi)

Sana (smena)

‎‏Kassir-operatsiyachining familiyasi, ismi, otasining ismi

“Z” hisobotining tartib raqami

Naqd pul tushumi koʻrsatkichi (oʻsib boruvchi tartibda) ‎‎

Ish kuni (smena) yakuni boʻyicha nazorat-kassa mashinasi koʻrsatkichi‎‏

Ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan naqd pul tushumi‎‎

Ish kuni (smena) oxiriga qoldiq summa‎‏

Imzolar‎‎

ish kuni (smena) boshiga‎

ish kuni (smena) oxiriga‎

jami

inkassatsiyagacha boʻlgan tushum‎

oldingi ish kunidan qoldiq summa ‎

kassir-operatsiyachining

yozuvning toʻgʻriligini tasdiqlovchi masʼul shaxsning

1‎

2‎

3‎

4‎

5(4+6)‎

6‎

7+(8+9)‎

8‎

9‎

10(6-8)‎

11‎

12‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 15-avgustdagi 2024-15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-2, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 10/24/2309-2/0675-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 306-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq, kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari (bundan keyingi oʻrinlarda daftar deb yuritiladi) — ish kuni (smena) davomida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilgan va bank kassalariga topshirilgan hamda ish kuni oxiriga naqd pul tushumining qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladigan maxsus daftardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Daftar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanib, aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan majburiy tartibda toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Daftar xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida tekshiruvni oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarga taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Daftarga naqd pul tushumlari haqidagi yozuvlarni kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1-ustunda ish kuni (smena) sanasi (kun, oy, yil) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2-ustunda kassir-operatsiyachining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 3-ustunda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining ish kuni (smena) yakunida olinadigan “Z” hisobotining tartib raqami koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 4-ustunda joriy ish kuni (smena) boshiga (oldingi ish kuni (smena) oxiriga yaʼni 5-ustundagi) naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 5-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida (4 va 6-ustunlarning yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 6-ustunda joriy ish kuni (smena) yakuni boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi (xotirasiga kiritilgan naqd pul) koʻrsatkichi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 7-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan naqd pul tushumining jami summasi (8 va 9-ustunlar yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 8-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan — inkassatsiyagacha boʻlgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 9-ustunda oldingi ish kunidan qoldiq boʻlib oʻtgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 10-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumining qoldiq summasi (6-ustundan 8-ustun ayirmasi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kassir-operatsiyachi daftarning 1—10-ustunlarini toʻldirib, 11-ustunga imzo qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbar tomonidan biriktirilgan masʼul shaxs daftarning 1—11-ustunlariga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirib koʻrib, ularning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun 12-ustunga imzo qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Daftar toʻlgan (yoʻqolgan) holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga yozma murojaat qiladi va daftarni toʻldirish ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq davom ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Daftarning hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 19-modda; 7-son, 73-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 10/24/2309-2/0675-son; 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)