Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
13.04.2026 01
30.08.2024
26.02.2012
19.01.2012
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-yanvarda 2309-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 14-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 306-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq, kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari (bundan keyingi oʻrinlarda daftar deb yuritiladi) — ish kuni (smena) davomida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasi xotirasiga kiritilgan va bank kassalariga topshirilgan hamda ish kuni oxiriga naqd pul tushumining qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladigan maxsus daftardir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Daftar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanib, aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan majburiy tartibda toʻldiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Daftar xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida tekshiruvni oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarga taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Daftarga naqd pul tushumlari haqidagi yozuvlarni kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1-ustunda ish kuni (smena) sanasi (kun, oy, yil) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2-ustunda kassir-operatsiyachining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 3-ustunda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasining ish kuni (smena) yakunida olinadigan “Z” hisobotining tartib raqami koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 4-ustunda joriy ish kuni (smena) boshiga (oldingi ish kuni (smena) oxiriga yaʼni 5-ustundagi) naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 5-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida (4 va 6-ustunlarning yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 6-ustunda joriy ish kuni (smena) yakuni boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasi (xotirasiga kiritilgan naqd pul) koʻrsatkichi koʻrsatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 7-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan naqd pul tushumining jami summasi (8 va 9-ustunlar yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 8-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan — inkassatsiyagacha boʻlgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 9-ustunda oldingi ish kunidan qoldiq boʻlib oʻtgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 10-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumining qoldiq summasi (6-ustundan 8-ustun ayirmasi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbar tomonidan biriktirilgan masʼul shaxs daftarning 1—11-ustunlariga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirib koʻrib, ularning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun 12-ustunga imzo qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Daftar toʻlgan (yoʻqolgan) holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorat-kassa texnikasi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga yozma murojaat qiladi va daftarni toʻldirish ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq davom ettiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 19-modda; 7-son, 73-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 10/24/2309-2/0675-son; 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)