09.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2310
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 09.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2310
Date of entry into force
19.01.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

ISHLAB CHIQARILADIGAN TABIIY GAZGA AKSIZ SOLIGʻINI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-yanvarda 2310-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2011-yil 12-dekabr,

79-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-37-son

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qoʻmitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz — konlardan qazib olinadigan, gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qayta ishlanadigan va utilizatsiya qilinadigan tabiiy gaz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pirovard isteʼmolchilar — tabiiy gazdan ishlab chiqarish va/yoki maishiy maqsadlarda foydalanadigan tashkilotlar, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz bilan taʼminlovchi tashkilot — gazning pirovard isteʼmolchilarga yetkazib berilishi, uzatilishi va taqsimlanishini taʼminlovchi tashkilot.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qoʻmitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 283 va 2893-moddalariga muvofiq respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy gaz realizatsiyasiga aksiz soligʻi solinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qoʻmitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qoʻmitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuzilgan Mahsulot taqsimotiga oid bitimda aksiz soligʻi toʻlanishi boʻyicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibdan boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, unda Mahsulot taqsimotiga oid bitimda nazarda tutilgan tartib qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Aksiz soligʻi toʻlovchilari va soliq solish obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi tabiiy gazga aksiz soligʻi solinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki bozorda pirovard isteʼmolchiga realizatsiya qilinadigan;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar, shuningdek gaz bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan oʻz ehtiyoji uchun foydalaniladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz bilan taʼminlovchi tashkilotga gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan eng yuqori deklaratsiya qilinadigan narxdan oshadigan narx boʻyicha realizatsiya qilinadigan.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tabiiy gazga aksiz soligʻi toʻlovchilari quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) gaz bilan taʼminlovchi tashkilot – oʻzi sotib olgan va ichki bozorda pirovard isteʼmolchilarga, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga realizatsiya qiladigan hajmlar boʻyicha, shuningdek oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan hajmlari boʻyicha;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tabiiy gazni qazib olishni, qayta ishlashni va utilizatsiya qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan quyidagi hajmlar boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz bilan taʼminlovchi tashkilotga gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan eng yuqori deklaratsiya qilinadigan narxdan oshadigan narx boʻyicha realizatsiya qilinadigan hajmlar boʻyicha;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz hajmini gaz bilan taʼminlovchi tashkilotga realizatsiya qilmagan holda ichki bozorda pirovard isteʼmolchilarga realizatsiya qilish hajmlari boʻyicha;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 2310-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2310-3, 17.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan hajmlari boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Soliq solinadigan baza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza boʻlib realizatsiya qilingan tabiiy gazning aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga olmagan holdagi qiymati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tabiiy gaz boʻyicha soliq solinadigan baza uning tannarxidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 13-maydagi 364-son va Soliq qoʻmitasining 2026-yil 28-apreldagi 2026-08-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2310-4, 02.06.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Hisob-kitobni taqdim etish va aksiz soligʻini toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tabiiy gaz uchun aksiz soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizom “Oʻzbekneftegaz” MXK bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftegaz” MXK Boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 12-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 20-modda; 2013-y., 6-son, 82-modda; 2016-y., 33-son, 398-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son; 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)