05.02.1993 yildagi PF-555-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 05.02.1993 yildagi PF-555-son
Date of entry into force
05.02.1993
Hujjat 11.05.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarning isteʼdodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil Oʻzbekiston fuqarosining yuksak maʼnaviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun oʻqish davrida aʼlo baholarga oʻqigan oxirgi oʻquv yili talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi taʼsis etilsin. Uning soni magistratura mutaxassisliklari boʻyicha jami 22 ta, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi uchun bittadan etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6309/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” (koʻpi bilan 25 foizi “yaxshi”) boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs (keyingi oʻrinlarda — yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari taʼsis etilsin: texnika yoʻnalishlarida — Beruniy, tibbiyot yoʻnalishlarida — Ibn Sino, gumanitar yoʻnalishlarda — Navoiy, tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlarida — Kamoliddin Behzod, tabiiy yoʻnalishlarda — Ulugʻbek, kinematografiya yoʻnalishida — Xudoybergan Devonov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida — Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov, shuningdek, barcha yoʻnalishlarda — Islom Karimov nomli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulugʻbek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6309/0858-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi 20 kun muddat ichida talabalarga davlat stipendiyalarini berish toʻgʻrisidagi Nizom va Tartibni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga tegishli koʻkrak nishonlari va guvohnomalar beriladi. Ular oliy oʻquv yurtini tamomlaganlaridan keyin yosh mutaxassislar qatori malaka oshirish va oʻqishni davom ettirish uchun chet ellarga yuborish chogʻida ustunlikka ega boʻladilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 365-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— maktab yoshlari orasida vaqti-vaqti bilan turli respublika musobaqalarini oʻtkazsinlar, yoshlarning xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etishlariga butun choralar bilan koʻmaklashsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 20 kunlik muddat ichida maktab oʻquvchilari orasida respublika olimpiadalari, konkurslari va musobaqalarini oʻtkazishning Nizomi va Tartibini ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Olimpiadalar, konkurslar va musobaqalarning gʻoliblariga quyidagi pul mukofotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— I—V oʻrinlarni olgan gʻoliblarga talaba stipendiyasi miqdorining oʻn karradan olti karragacha koʻp boʻlgan xalqaro mukofotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— I—II—III oʻrinlarni olgan gʻoliblarga talaba stipendiyasining uch—ikki—bir karra koʻp boʻlgan respublika mukofotlari belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yildan boshlab har yili ana shu maqsadlar uchun zarur mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 1993-yilning 1-martidan ushbu Farmonda qayd etilmagan davlat stipendiyalarini bekor qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ularga belgilagan stipendiya jamgʻarmasi doirasida oliy oʻquv yurtlarining taqdimnomalariga koʻra va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib, Oʻzbekistonning aqliy va maʼnaviy boyligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan atoqli fan va madaniyat arboblari sharafiga bir yarim barobar hajmli maxsus stipendiyalar taʼsis etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 20 kunlik muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 5-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-555-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 3-son, 132-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 365-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 10.09.2021-y., 06/21/6309/0858-son; 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son; 10.08.2023-y., 06/23/132/0581-son; 10.09.2025-y., 06/25/162/0819-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)