07.11.2011 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.11.2011 yildagi 296-son
Date of entry into force
07.11.2011
Hujjat 07.11.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MILLIY AXBOROT RESURSLARINI MUHOFAZA QILISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2011-YIL 8-IYULDAGI PQ-1572-SON QARORINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
1-ILOVA

Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qaroriga muvofiq tashkilotlarga axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar oʻrnatilgan va ishlatiladigan xonalar, shuningdek muzokaralar, shu jumladan maxfiy muzokaralar olib borish uchun moʻljallangan alohida xonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish — axborotlashtirish obyektlari himoyalanganligi haqiqiy holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga yoʻnaltirilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ — vakolatli organning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning muayyan turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga ega boʻlgan tashkilotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ruxsatnoma ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilotning (keyingi oʻrinlarda ariza bergan tashkilot deb ataladi) imkoniyatlari qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini oʻrganish va uni baholash natijalari asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ruxsatnoma tashkilotning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning muayyan turlarini (keyingi oʻrinlarda attestatsiyadan oʻtkazish ishlari deb ataladi) amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati koʻrsatiladi, biroq ushbu muddat 5 yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ruxsatnoma, agar tashkilot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik huquqida xoʻjalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarga ega boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatida axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar boʻlsa, ularning ayrim toifasi davlat sirlari bilan tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa hujjatlarga ega boʻlsa beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsatnoma berish va olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilot ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vakolatli organga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Arizaga quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi maʼlumotnoma ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza bergan tashkilotning attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan obyektlari (asosiy binolar va inshootlar, sinov laboratoriyalari, aks-sadosiz kameralar, texnologik uchastkalar, saqlash joylari va boshqalar)ning roʻyxati va tavsifnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot xodimlarining tarkibi va malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud asbob-uskunalar, priborlar, apparatlarning ishlab chiqarilgan yili va muvofiqlik sertifikati mavjudligi koʻrsatilgan holdagi roʻyxati va tavsifnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud oʻlchov texnikasining ishlab chiqarilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan yili koʻrsatilgan holdagi roʻyxati va tavsifnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalangan dasturiy taʼminot mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza bergan tashkilotda xavfsizlik xizmati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza bergan tashkilotda axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan umumiy va maxsus talablarni belgilovchi hujjatlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza bergan tashkilot tuzilmasining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi boʻyicha davlat standartlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mavjud roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotnomaga:

ariza bergan tashkilot taʼsis hujjatlari nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza bergan tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (mavjud boʻlsa) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun jalb qilinayotgan yoki jalb qilish moʻljallanayotgan xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza bergan tashkilot tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli organ 30 kalendar kun mobaynida arizani, maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqadi va ariza bergan tashkilotga ularni koʻrib chiqishni davom ettirish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida, yigʻim summasini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboradi. Ariza rad etilgan taqdirda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 6, 8 va 9-bandlari talablariga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada koʻrsatilgan faoliyat tashkilot ustaviga (nizomiga) muvofiq boʻlmaganda arizani koʻrib chiqish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Maʼlumotnoma va unga ilova qilingan materiallar ariza bergan tashkilotga ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 2 oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqish jarayonida vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun talab qilinadigan shart-sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotda ushbu Nizomning 6 va 8-bandlarida koʻrsatilgan shart-sharoitlarning yetarli emasligi yoki mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ruxsatnoma berish bilan bogʻliq ishlarga haq toʻlash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomani berish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻim summasi vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ariza qaytarib olinganda yoki vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ruxsatnoma bilan birga attestatsiyadan oʻtkazuvchi organga ish hujjatlari paketi beriladi, ularning qiymati ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan yigʻim summasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ruxsatnoma hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va tegishli himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar hisobini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vakolatli organ quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga koʻra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan muddatdan oldin toʻxtatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan oʻzining attestatsiyadan oʻtkazishga doir faoliyatini muddatidan oldin toʻxtatganligi toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda vakolatli organ ruxsatnomani qaytarib oladi. Ariza faoliyatni toʻxtatish moʻljallanayotgan sanadan kamida 30 kalendar kun oldin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan unga qoʻyiladigan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va/yoki toʻxtatib turish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ruxsatnomaning amal qilishini qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazuvchi organga rasmiy bildirishnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, qayta tashkil etilganda bir hafta muddatda vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq ishlarga haq toʻlash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Yigʻim summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki amal qilish muddati tugamagan, biroq yaroqsiz boʻlib qolgan ruxsatnoma oʻrniga attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga koʻra dublikat beriladi. Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

‎‎Arizaning shakli namunasi
(ariza beruvchining firma blankasida) ‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati‎

‎‎‎Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan
‎axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini
‎amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎_________________________________________‎

‎20___ y. “____”________________ ‎

(tashkilotning toʻliq va qisqartirilgan nomi)‎

‎‎gacha muddatga Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma berishni iltimos qiladi.‎

‎Toʻlovni kafolatlaymiz.‎

‎Pochta manzili:‎
Bank rekvizitlari:‎
Telefon:‎
Faks:‎
E-mail:‎

‎Ilovalar: ___________________________________________________________________________

‎‎(Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar roʻyxati boʻyicha).‎

‎‎‎____________________________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilotning rahbari imzosi va sana)‎

M.Oʻ.‎
‎‎
‎____________________________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilotning bosh buxgalteri imzosi va sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma shakli namunasi‎

‎‎‎(Vakolatli organning maxsus blankasida bajariladi)‎

‎‎‎RUXSATNOMA №

‎‎
‎20___ y. “____”__________da___________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________ga berilgan.

‎‎(tashkilotning nomi)‎

Ushbu ruxsatnoma bilan __________________________________________________________ ga

‎‎(tashkilotning nomi)‎

‎‎axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi beriladi.‎
‎‎
‎Quyidagi axborotlashtirish obyektlari bundan mustasno: __________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.‎

‎‎‎Ruxsatnoma 20___ y. “____” ____________ dagi _____ -son ariza asosida berilgan.

‎‎‎Tashkilotning pochta manzili __________________________________________________________
‎________________________________________________________________________.‎
‎‎
‎Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20___ y. “____”___________ dan
‎20___ y. “____”___________ gacha.

‎‎
‎Ruxsat berilgan faoliyat amalga oshiriladigan faoliyatga tatbiq etiladigan qonun hujjatlariga, davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblangan ushbu ruxsatnomaning amal qilish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.‎

‎‎Attestatsiya oʻtkazuvchi organ tomonidan qoʻyilgan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatish va/yoki toʻxtatib turish choralarini qoʻllashga haqlidir.‎

‎‎Ariza berilgan faoliyat zarur tarzda bajarilishiga taʼsir koʻrsatadigan yangi omillar paydo boʻlgan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilish shartlariga tuzatish kiritishi mumkin.

‎‎Tashkilot tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatiladi.
‎Vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilishi shartlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

‎Vakolatli organning masʼul shaxsi

‎__________________________________‎

(imzo va sana)‎

M.Oʻ.‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati

1. Jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlar, xuddi shuningdek uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif toʻgʻrisidagi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri toʻgʻrisidagi axborotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sugʻurtalash va vasiyat siri.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular haqidagi maʼlumotlar rasmiy tarzda eʼlon qilingunga qadar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 11-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi Nizom II boʻlimining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Xalq xoʻjaligi obyektlarida va boshqa obyektlarda davlat sirlari va maxfiy axborotni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini shakllantiradilar va amalga oshiradilar, davlat nazoratini olib boradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida faoliyatni standartlash, sertifikatsiyalash va litsenziyalashni taʼminlaydilar; ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtiradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish tizimlarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydilar, ularni amalga oshirish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqadilar va roʻyobga chiqaradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantiradilar va takomillashtiradilar; Axborotlashtirish obyektlarining attestatsiya tizimini tashkil etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maxfiy axborot — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud boʻlmagan hujjatlashtirilgan axborot”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 12.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12.2. Axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga axborot resurslaridan foydalanishning alohida qoidalari belgilangan davlat axborot tizimlari, tarmoqlarini ulash axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Foydalanish cheklangan axborot mavjud boʻlgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun moʻljallangan axborot tizimlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagi mazmundagi 281-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“281. Davlat organlarining davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun moʻljallangan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 472-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)