22.11.2005 yildagi 256-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.11.2005 yildagi 256-son
Date of entry into force
22.11.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

AXBOROTLASHTIRISH SOHASIDA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorini bajarish yuzasidan va “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda bazaviy davlat axborot resurslarini ham oʻz ichiga oladigan davlat axborot resurslarining roʻyxatini hamda davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 22-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256-son

Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom davlat organlarida axborotni hujjatlashtirishga, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Davlat axborot resurslariga kiritiladigan axborotni hujjatlashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hujjatlashtirilgan axborot mulk huquqi obyekti hisoblanadi va tegishli rekvizitlar bilan birgalikda axborot manbaida qayd etilgan alohida hujjat yoki jami hujjatlar shaklida, shu jumladan elektron hujjat shaklida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Axborotni hujjatlashtirish axborotni davlat axborot resurslariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslarida hujjatlashtirilgan axborot tizimlashtirilishi, tasniflanishi va tegishli rekvizitlar bilan taʼminlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat axborot resurslari tarkibiga kiritish uchun axborotni hujjatlashtirish tartibi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi maxsus vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar hujjatlashtirilgan axborotning asosiy rekvizitlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotning nomi yoki egasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot manbai;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paydo boʻlishi va hujjatlashtirish sanasi va vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimlashtirish va tasniflash uchun zarur boʻlgan boshqa rekvizitlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hujjatlashtirilgan axborot muhofaza qilinishini taʼminlash chora-tadbirlari hujjatlashtirilgan axborotning mulkdori yoki egasi tomonidan, axborot resursiga kiritilgan hujjatlashtirilgan axborot muhofaza qilinishini taʼminlash chora-tadbirlari esa — axborot resursining mulkdori yoki egasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Axborotni davlat axborot resurslari tarkibiga kiritishda tasniflash hisobga olingan holda va belgilangan rekvizitlar boʻyicha izlash imkoniyati taʼminlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat axborot resurslaridagi axborot matnli, grafikli, ovozli, video va multimediy (matnli, grafikli, ovozli va videoformatlar kombinatsiyasi) shakllarda taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat axborot resurslari foydalanishiga qarab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy davlat axborot resurslariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus davlat axborot resurslariga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun moʻljallangan axborot resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat axborot resurslari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari boʻyicha, Oʻzbekistonning tabiiy resurslari boʻyicha, davlat organlarining veb-saytlari boʻyicha va umumiy foydalaniladigan boshqa axborot resurslari boʻyicha maʼlumotlar bazasi kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boshqa axborot resurslarini bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga kiritish, shuningdek ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼullarni belgilash 2013-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning tor kasbiy, oʻziga xos vazifalarini hal etishga moʻljallangan, foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslari maxsus davlat axborot resurslari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maxsus davlat axborot resurslari tarkibiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjet mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maxsus davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishni taʼminlash ular tashkil etilishi uchun masʼullar tomonidan amalga oshiriladi hamda vazirliklar, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat axborot resurslari oʻzaro axborot-texnologik moslikni taʼminlashi va idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash maqsadida elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalash imkoniga ega boʻlishi zarur.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishuv boʻyicha ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan tegishli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda tomonlarning kelishuvi asosida yoki qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan foydalanilishi mumkin.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaratiladigan davlat axborot resurslari davlat organlarining boshqa davlat axborot resurslari va axborot tizimlaridan axborot olishni nazarda tutmasligi kerak, agar ushbu axborot “Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi axborot saqlanishini taʼminlaydigan davlat axborot resurslari tegishli ravishda jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlaridan foydalanishlari kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlashtirilgan axborotni davlat organlariga majburiy tartibda taqdim etadigan shaxslar unga va undan foydalanishga boʻlgan oʻz huquqlarini yoʻqotmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hisobga olinishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat axborot resurslaridan foydalanish tartibi unda joylashtiriladigan axborotning xususiyatiga va uning vazifasiga (hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan va erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan) qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda foydalanuvchini autentifikatsiya qilmasdan va hisobga olmasdan hamma foydalanishi mumkin boʻlgan davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoni beriladi, hamma foydalanadigan axborot resurslarida mavjud boʻlgan hamda foydalanuvchining oʻzining shaxsiy maʼlumotlari boʻlmagan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olishi va ulardan foydalanishi bundan mustasno.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin foydalanishi cheklab qoʻyilgan davlat axborot resurslaridan foydalanishda foydalanuvchining harakatlarini hisobga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlarni hisobga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish usullari normativ hujjatlarga muvofiq tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro hamkorligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi va toʻliqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotning davlat organlari tomonidan foydalanishi uchun shart-sharoitlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarining axborot-texnologik mosligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarini arxivlashtirish tizimi taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslari mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat axborot resurslari mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat axborot resurslari axborot xavfsizligi axborotni muhofaza qilishning kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlari va dasturiy-apparat vositalarini oʻz ichiga oluvchi tizim bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash tizimi davlat organining oʻz axborot resurslarini muhofaza qilishga yondashuvini aks etiruvchi xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tashkiliy chora-tadbirlar yuridik va jismoniy shaxslarni davlat axborot resurslarini tashkil etish, shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlashga jalb etish tartibini boshqaradigan xatti-harakatlar va talablar roʻyxatini oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat sirlari hamda maxfiy axborotga tegishli deb hisoblangan davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularga xizmat koʻrsatish ishlari ularni shakllantirish, ulardan foydalanilishi va ularning qoʻllab-quvvatlanishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari tomonidan bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda, maxfiy axborotga ega boʻlgan davlat axborot resurslarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash uchun belgilangan tartibda yuridik shaxslarni jalb etishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Davlat axborot resurslarini muhofaza qilishning dasturiy-apparat vositalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligiga tahdidni aniqlash va uning oldini olishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shakllantirish, foydalanish, ishlash, berish va saqlashda maʼlumotlarning yaxlitligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berilmagan erkin foydalanishdan muhofaza qilishni, axborot resurslariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni zaxiralashtirish va tiklash tizimini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligini taʼminlash tizimining yaxlitligi va ish qobiliyati nazorat qilinishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash tizimida foydalaniladigan axborotni muhofaza qilishning dasturiy-texnik vositalari litsenziyali va sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan davlat organlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish va foydalanish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslardan talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarini shakllantirishda yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslaridan foydalanilganligi uchun toʻlov miqdorini aniqlash va belgilash huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shu jumladan majburiy taqdim etiladigan axborot taqdim etilishi, toʻplanishi va ishlov berilishi tashkil etilishi boʻyicha faoliyatni tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslari muhofaza qilinishini, ularning holati, saqlanishi va ulardan foydalanish nazorat qilinishini tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomga va amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va erkin foydalanishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarga rioya qilishga;
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk muhofaza qilinishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barchaning erkin foydalanishi mumkin boʻlgan davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali erkin foydalanish imkoniyatini berish boʻyicha tartibni jismoniy va yuridik shaxslar eʼtiboriga yetkazishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(29-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslariga taqdim etilgan axborotning ishonchliligi va toʻliqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi, axborot ayirboshlashda huquqqa zid xatti-harakatlar sodir etilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga axborot olish imkoni berilishi, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari mavjud boʻlgan axborotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tegishli jismoniy shaxslarning ruxsatisiz tarqatilishi;
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslari muhofaza qilinishi taʼminlanishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqacha tarzda ham javobgar boʻlishlari mumkin.
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat axborot resurslarini tashkil etish, shakllantirish, qoʻllab-quvvatlash va saqlash;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barchaning erkin foydalanishi mumkin boʻlgan davlat axborot resurslarini shakllantirishda oʻz axborot resurslaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barchaning erkin foydalanishi mumkin boʻlgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimining texnik vositalarini ishlatish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va erkin foydalanishni tashkil etish tartibiga va ular boʻyicha talablarga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularning mavjud boʻlishini taʼminlashda litsenziyali dasturlardan va sertifikatlashtirilgan texnik vositalardan foydalanishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslaridagi axborotning oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mualliflik huquqi va intellektual mulk boʻyicha qonunchilik buzilishi uchun javobgar boʻladilar.
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonunchilikka muvofiq boshqacha tarzda ham javobgar boʻlishlari mumkin.
(33-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 17-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom davlat organlarining axborot tizimlariga umumiy talablarni, ularni yaratish tartibiga talablarni, shuningdek axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining vazifalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat organlarining axborot tizimi axborotlarni toʻplash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanishga imkon beradigan davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yigʻindisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat organlarining axborot tizimlari Oʻzbekiston Respublikasi milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yagona elektron reyestrlar va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qoʻllash hisobiga ular faoliyati samaradorligi, tezkorligi va ochiqligini oshirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari doirasini kengaytirish va sifatini oshirish, davlat boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishning maqsadi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat xizmatlari koʻrsatishda, davlat organlari boshqa funksiyalarini bajarishda zarur boʻlgan axborotlarni izlash, olish, qayta ishlash, turkumlashtirish va tarqatish jarayonlarini jadallashtirish va yengillashtirish, yangi ehtiyojlarni oʻz vaqtida qondirish hamda paydo boʻlayotgan imkoniyatlarni tezda baholash ishlarini davom ettirish, shuningdek davlat organining barcha tarkibiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini, boshqaruvchanligini oshirish, uni muvofiqlashtirish davlat axborot tizimidan foydalanishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat organlarining axborot tizimlariga asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat organlarining axborot tizimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalaniladigan davlat axborot resurslaridan kafolatli va xavfsiz foydalana olishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat axborot resurslarini qidirish, toʻplash, ishlash va saqlash imkoniyatini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini generatsiya qilish imkoniyatini;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlariga mahalliy va global axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati berishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash uchun “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsion platforma bilan integratsiyalashish imkoniyati, bunda elektron davlat xizmatlarini koʻrsatadigan davlat organi koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni mustaqil ravishda, ariza beruvchining ishtirokisiz, idoralararo elektron hamkorlik vositasida oladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy-apparatning ishonchli ishlashi va ularning uzilishlarga, shu jumladan foydalanuvchilarning tartibsiz ishlashi hollariga chidamliligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchilar oʻrtasida maʼlumotlarni tezkorlik bilan va xavfsiz ayirboshlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparat va dasturiy vositalarni modernizatsiya qilish, tizimni yangi komponentlar bilan boyitish yoʻli bilan yanada kengaytirish imkoniyatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat organlarining axborot tizimlari quyidagilardan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari tomonidan oʻzlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarishni qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydigan tranzaksion va hisobga olish tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari axborot tizimlari oʻrtasida idoralararo axborot boʻyicha oʻzaro hamkorlik tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari faoliyatida amaliy jarayonlar va maʼmuriy reglamentlarning qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlaydigan resurslarni boshqarish tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari tomonidan oʻzlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni taʼminlaydigan axborot-tahlil tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatlar aylanishi tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarning elektron arxivlarini boshqarish tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanishni boshqarish tizimlari (shu jumladan infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorlik qilishning Internet yoki boshqa aloqa kanallari orqali, shu jumladan telefon xizmati koʻrsatish portallari va markazlari orqali davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlaydigan tizimlari;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligini taʼminlash tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari xodimlari tomonidan oʻzlarining kundalik faoliyatida hujjatlarni tayyorlash va axborotlar almashish uchun foydalaniladigan idora tizimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat organlarining axborot tizimlari ishonchli va barqaror faoliyat koʻrsatish talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat organlarining axborot tizimlari quyidagi prinsiplar asosida yaratilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlarning foydalanishga qulayligi, ishonchliligi, toʻliqligi va ularning oʻz vaqtida berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxfiylik — axborotlar tizimi axborot resurslaridan foydalanuvchilarga berilgan vakolatlar doirasida foydalanishning cheklanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshkoralik — boshqa axborot tizimlari va milliy axborot tizimlari bilan integratsiyalanish imkoniyati;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish — elektron hukumatning qonunchilikda belgilanadigan yagona identifikatorlari asosida elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida axborotlar saqlanishini va qayta ishlanishini taʼminlash;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻlamlilik — axborotlar tizimlari tarkibiga dasturiy — apparat vositalarini qoʻshish, modernizatsiya qilish va shu kabi yoʻllar bilan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalanganlik — axborot tizimlari tarkibiga kiruvchi axborot resurslarining saqlanishini va yaxlitligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat organlarining axborot tizimlari davlat budjeti mablagʻlari, davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga yaratiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish jarayonida buyurtmachi, ishlab chiquvchi, yetkazib beruvchi, bosh loyihalovchi tashkilotlar, turli qismlarni loyihalash, montaj qilish, sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi: talablarni shakllantirish, konsepsiyani, texnik topshiriqni, eskiz va texnik loyihalarni ishlab chiqish, ishchi hujjatlarni tuzish, ishga tushirish va kuzatib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Har qaysi bosqichdagi ishlarning mazmuni va axborot tizimlarini yaratish qatnashchilarining vazifalarini taqsimlash tegishli standartlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat organlari axborot tizimlarining texnik hujjatlari 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ekspertizaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari axborot tizimlarining texnik hujjatlari avtomatlashtirish va elektron shaklga oʻtkazish rejalashtiriladigan, bajariladigan maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi axborot, ishlab chiquvchi bilan buyurtmachi tomonidan birgalikda avtomatlashtiriladigan faoliyat sohasining funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil qilish va maqbullashtirish oʻtkazilganligi yoki oʻtkazish rejalashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek uni oʻtkazish yakunlari boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining ishchi organi ekspertizani bir oy muddatda, zaruriyatga koʻra, manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb etgan holda oʻtkazadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat organlarining axborot tizimlari loyihalari ekspertizasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimiga qaror bilan tavsiya etilayotgan vazifalarni bajarish imkoniyati;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarayonlarni elektron shaklga oʻtkazish uchun yoʻnaltirilgan davlat xizmatlarini taqdim etishda funksional va operatsion jarayonlarning qayta tashkil qilinishi va maqbullashtirilishini oʻtkazish zarurati, muddatlar va asoslanmagan xarajatlarni qisqartirish va boshqalar;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy axborot tizimi bilan oʻzaro hamkorlikning taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligining taʼminlanishi yuzasidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish va moliyalashtirish faqat ijobiy ekspert xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Axborot tizimlarini yaratish ishlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining yaratiladigan axborot tizimlari davlat organlarining boshqa davlat axborot resurslaridan va axborot tizimlaridan axborot olishni nazarda tutmasligi kerak, agar ushbu axborot “Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlsa.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat organlarining axborot tizimlarini foydalanishga topshirish qabul qilib olish boʻyicha maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi, uning tarkibiga 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining kamida 3 nafar vakili, ularning kasb boʻyicha tajribasini va axborot texnologiyalari sohasidagi koʻnikmalarini hisobga olgan holda kiritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan Davlat organlarining axborot tizimlari majburiy ravishda hisobga olinadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat organlarining axborot tizimlari ushbu Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq himoya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat organlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini hamda dasturiy-apparat vositalarini oʻz ichiga oladigan tizim bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tashkiliy chora-tadbirlar yuridik va jismoniy shaxslarni davlat organlarining axborot tizimlarini loyihalash, yaratish va ulardan foydalanish hamda ularni qoʻllab-quvvatlashga jalb etishni tartibga soluvchi harakatlar va talablar roʻyxatidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborotlarni ishlaydigan axborot tizimlarini yaratish ishlari ularni yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari tomonidan bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun maxfiy axborotlarni ishlaydigan yuridik shaxslarni belgilangan tartibda jalb etishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat organlarining axborot tizimlarida qoʻllanadigan axborotlarni himoya qilishning dasturiy-texnik vositalari litsenziyalangan, sertifikatlangan boʻlishi va quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya qilinadigan axborot resurslarni identifikatsiyalashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimidan foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimda aylanayotgan axborotlarning maxfiyligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni asl nusxada ayirboshlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlarni shakllantirish, uzatish, foydalanish, ishlash va saqlashda maʼlumotlarning yaxlitligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normal foydalanish sharoitlarida tizimdagi barcha resurslardan ruxsat bilan foydalanishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchilarning axborot tizimi resurslaridan foydalanishi chegaralanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruvni (axborot tizimlari resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilash, roʻyxatga olish daftarlaridagi axborotlarni ishlash, himoya tizimini oʻrnatish va olib tashlash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchilarning kirish va chiqish harakatlarini, shuningdek axborot tizimi resurslaridan foydalanish huquqlari buzilishlarini roʻyxatga olishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligini taʼminlash tizimining butligi va ish qobiliyatini nazorat qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarda tizimning xavfsiz va uzluksiz ishlashini taʼminlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Foydalanuvchilarning axborotlarni himoya qilishning kriptografik vositalaridan, shu jumladan elektron — raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda davlat organlarining axborot tizimidagi ishlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Davlat sirlariga yoki maxfiy axborotga ega boʻlgan axborotlarni ishlash uchun moʻljallangan axborot tizimlarining texnik vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sertifikatlanishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Maxfiy axborotlar mavjud boʻlgan va ular ishlanadigan axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmogʻiga kiritish ularni himoya qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilgandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy va mutlaqo maxfiy axborotlarga ega boʻlgan va ularni ishlaydigan axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmogʻiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlash tizimi xavfsizlikka tahdidni, shuningdek ularning normal ishlashining buzilishi bilan bogʻliq sabablar va shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlashni taʼminlaydigan tegishli xavfsizlik siyosati bilan amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
281. Davlat organlarining davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun moʻljallangan axborot tizimlari qonunchilikda belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ishlab chiqish va foydalanishning barcha bosqichlarida axborot tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlash vositalari va usullari axborot tizimining maqsadiga qarab hamda axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Davlat organlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlaridan foydalanish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlarini axborotlar ayirboshlash uchun boshqa axborot tizimlari bilan tarmoqlararo bogʻlashni belgilangan tartibda amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat organlari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlarining milliy axborot tizimlariga kiruvchi axborot tizimlari bilan hamda xalqaro axborot tizimlari bilan muvofiqligini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur axborotlar mavjud boʻlgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz faoliyatini taʼminlash;
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Davlat organlari axborot tizimlarini yaratishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi va talablariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligi taʼminlanishi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa javobgarliklarni ham amalga oshiradilar.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 355-modda; 2011-y., 45-46-son, 472-modda; 2013-y., 2-son, 23-modda; 2014-y., 2-son, 17-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 50-son, 628-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)