Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2026 23.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2267
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirliginig qarori, 23.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2267
Date of entry into force
03.10.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MARKAZLARIDA BOLALAR OʻQIGANLIGI UCHUN OTA-ONALAR TOʻLOVINI UNDIRISH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2267]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-martdagi 351-son hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 13-martdagi 28-mh-sonli ““Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2267-2, 08.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 9-son, 89-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2011-yil 10-avgust,

48-son

Xalq taʼlimi vaziri T. SHIRINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 10-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2011-yil 10-avgustdagi 48, 23-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 9-son, 89-modda) qaroriga muvofiq “Barkamol avlod” bolalar markazlarida oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini (keyingi oʻrinlarda — toʻlov) undirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻlov qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Toʻlovni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toʻlov ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va “Barkamol avlod” bolalar markazi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan toʻlanadi. Ushbu shartnomada toʻlov belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda bolaning taʼlim olishini toʻxtatish va bekor qilish shartlari koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har oyda joriy oy uchun toʻlov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan muddatdan soʻng toʻlov ikki hafta mobaynida belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, bolaning oʻqishi toʻxtatiladi, agar toʻlov boʻyicha qarzdorlik ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida toʻlangan boʻlsa, bolaning oʻqishi qayta tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlov boʻyicha qarzdorlik u yuzaga kelgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida qoplanmasa, bola belgilangan tartibda “Barkamol avlod” bolalar markazida taʼlim oluvchilar safidan chiqariladi. Bu holda bolaning “Barkamol avlod” bolalar markazida oʻqishini qayta tiklash yangi qabul qilinadigan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻlov bank muassasalariga toʻlanadi. Bunda toʻlovni tasdiqlaydigan hujjat (kvitansiya) nusxasi “Barkamol avlod” bolalar markaziga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan holda (plastik kartochkalardan toʻlashdan tashqari) “Barkamol avlod” bolalar markaziga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganlik toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toʻlov “Barkamol avlod” bolalar markaziga xizmat koʻrsatuvchi tegishli Gʻaznachilik boʻlimining hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va tegishli “Barkamol avlod” bolalar markazining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamida undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga qatnashi bekor qilinganda joriy oy toʻlovi ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning bola “Barkamol avlod” bolalar markaziga qatnashi bekor qilinguniga qadar kamida uch kun oldin bergan yozma arizasiga asosan toʻliq boʻlmagan oy uchun (yaʼni qatnashi bekor qilingan kunga qadar) toʻlanishi mumkin. Bunday ariza mavjud boʻlmaganida toʻlov toʻliq oy uchun toʻlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga qatnashiga ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlanmagunicha ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Toʻlov hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bir kunlik toʻlov miqdorini aniqlash uchun oylik toʻlov miqdori “Barkamol avlod” bolalar markazining bola joriy oyda qatnaydigan toʻgaragi ish kunlarining rejadagi soniga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bola “Barkamol avlod” bolalar markazidagi bittadan ortiq toʻgarakda oʻqiydigan boʻlsa, toʻlov har bir toʻgarakda oʻqiganlik uchun belgilangan miqdorda alohida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga oʻzi yoki oila aʼzolarining kasalligi (karantin) oqibatida, shuningdek ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning mehnat taʼtili paytida uch kundan ortiq ketma-ket kelmaganligi davri uchun toʻlov keyingi oylar uchun toʻlov hisobiga hisoblanadi. Bunda, “Barkamol avlod” bolalar markazining tegishli ish kunlari soni hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolaning “Barkamol avlod” bolalar markaziga oʻzining yoki oila aʼzolarining kasalligi (karantin) oqibatida uzrli sababga koʻra kelmasligi tegishli davolash muassasasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bolalarning “Barkamol avlod” bolalar markaziga kelmagan boshqa barcha hollarida toʻlov umumiy asoslarda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Toʻlovdan ozod qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida taʼlim oluvchilarning tegishli kontingenti umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oila bolalari toʻlovdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, birinchi navbatda ota-onasi (bittasi yoki ikkalasi) I yoki II guruh nogironi boʻlgan kam taʼminlangan oila bolalari, shuningdek har bir oila aʼzosi uchun hisoblaganda oʻrtacha oylik daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila bolalari toʻlovdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan oilaning kam taʼminlanganligi toʻgʻrisida “Barkamol avlod” bolalar markaziga taqdim etilgan maʼlumotnoma bolani toʻlovdan ozod qilish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) moliyaviy yil boshlanguniga qadar “Barkamol avlod” bolalar markazi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bolalar “Barkamol avlod” bolalar markazida taʼlim oluvchilar safidan chiqarilishi oqibatida Roʻyxat oʻzgargan taqdirda ilgari Roʻyxatga kirmagan kam taʼminlangan oila bolalaridan shakllantiriladigan zaxira hisobiga toʻldiriladi. Roʻyxatni toʻldirishda ushbu Nizomning 12-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan birinchi navbatlilik talablariga rioya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan oʻquvchilar, shuningdek, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari toʻlovdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovdan ozod qilinadigan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar roʻyxati imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiya muassasalari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari hamda tegishli tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimi rahbarlari bilan kelishilgan holda “Barkamol avlod” bolalar markazi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2017-yil 6-iyundagi 70, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2267-1, 13.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Toʻlovlardan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toʻlov sifatida tushgan mablagʻlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgarak faoliyati uchun zarur boʻlgan xom ashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) xarid qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy ommaviy tadbirlarni oʻtkazish va ularda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilari respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar va festivallarda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan toʻgarak rahbarlarini tegishincha eng kam oylik ish haqining besh, toʻrt, uch barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2017-yil 6-iyundagi 70, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2267-1, 13.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Buxgalterlik hisobi va hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Buxgalterlik hisobini yuritish, shuningdek toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning kirim qilinishi va sarflanishi hisobotlarini tuzish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishi va toʻgʻri hisoblanishi, hisob va hisobot yuritilishi, shuningdek tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizom “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi direktori v. b. M. UMURZOQOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 10-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 400-modda; 2017-y., 24-son, 507-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)