Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.04.2011 yildagi PQ-1523-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 27.04.2011 yildagi PQ-1523-son
Date of entry into force
27.04.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLISh BOʻYIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil boshoqli don ekinlari hosilini oʻz vaqtida va qisqa muddatlarda sifatli yigʻishtirib olish hamda davlat resurslariga gʻalla sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2011-yil don hosili oʻrim-yigʻimini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish hamda oʻtkazish, shuningdek gʻalla kombaynlaridan samarali foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Uzagromashservis” uyushmasi va uning hududiy birlashmalari, mashina-traktor parklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hokimlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va uning hududiy birlashmalari, mashina-traktor parklari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining eng asosiy vazifasi deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻalla kombaynlarini, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalarini, shuningdek don yigʻiladigan xirmon va maydonlarni, don tozalash mashinalari hamda gʻallaga dastlabki ishlov berish uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika bazasini tayyorlab qoʻyish boʻyicha tashkiliy-iqtisodiy kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini joriy yilning 20-mayigacha tugallash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlov korxonalari va punktlarida xoʻjaliklardan gʻallani faqat dastlabki tozalangandan keyin, iflosligi va namligini bartaraf etib, amaldagi standart normativlarning talablaridan oshirmagan holda qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning don qabul qilish punktlariga gʻalla tashish uchun yaroqli boʻlgan transport vositalarini shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bilan birgalikda xoʻjaliklar bilan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan gʻalla uchun, transport tashkilotlari bilan qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilaridan don mahsulotlari korxonalariga gʻallani yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun, mashina-traktor parklari bilan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun hamda gʻalla kombaynlari operatorlariga ish haqi toʻlash uchun hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, gʻallani don qabul qilish korxonalariga yetkazish boʻyicha transport xarajatlari avtokorxonalar, qishloq xoʻjalik korxonalari va don mahsulotlari korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilari (fermyerlar) birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan gʻallani xarid qilishga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishlari va shundan keyin yangi hosil gʻallasini boshqa maqsadlarga yoʻnaltirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari kontingentini ilovaga* muvofiq taqsimlagan holda ularni viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha, tinglovchilar va kursantlarni vaqtinchalik oʻrnashish joyiga tashish va don yigʻishtirish tugallangandan soʻng ularni qaytarib olib kelish uchun transport vositalari zarur miqdorda ajratilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tinglovchilari va kursantlarini vaqtinchalik oʻrnashish joyiga tashish va don yigʻishtirish tugallangandan soʻng ularni qaytarib olib kelish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida tegishli shartnomalar tuzilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar hamda kursantlarni vaqtinchalik yashash joylari, shuningdek oziq-ovqatlar, ularni tashish uchun transport va yonilgʻi-moylash materiallari bilan — fermer xoʻjaliklari mablagʻlari hisobiga taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlar kelib chiqishining oldini olish, shuningdek 2011-yilgi boshoqli don ekinlari hosilining talon-taroj qilinishiga va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerlarni shudgorlashdan oldin tozalash maqsadida dalalardagi ekin poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishi qatʼiyan taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yigʻishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzdavdoninspeksiya” davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan gʻalla va urugʻlik materiali sifati ustidan tegishli nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urugʻlik gʻallani davlat resurslari uchun xarid qilinadigan tovar gʻallaning umumiy hajmi hisobiga topshirish, shuningdek oziq-ovqat gʻallasidan urugʻlik maqsadida foydalanish taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi boʻlinmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-sentabrdagi PQ-1404-sonli Qaroriga muvofiq urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan superelita va elita urugʻini toʻliq hajmda xarid qilishga alohida eʼtiborni qaratgan holda 2012-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urugʻligining oʻz vaqtida va sifatli gʻamlanishi uchun shaxsan javobgarliklari belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi xoʻjaliklar tomonidan don sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarining ishonchliligini don qabul qilish korxonalari boʻyicha muntazam ravishda tekshirib tursin va hisobotlarni buzib koʻrsatish boʻyicha aniqlangan holatlar toʻgʻrisida tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1523-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 4-son, 114-modda)