Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
HAVO TRANSPORTIDA YOʻLOVCHI VA BAGAJ TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2238]
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) 95-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2005-yil 19-oktabrdagi 129-son “Yoʻlovchilar va qoʻl yukini havo transportida tashish umumiy qoidalari (OʻzR AQ 195)” Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsion qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1529, 2005-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 369-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. E. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-aprel,
45-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 12-iyundagi 9-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-5, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)
Ι bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“stor-over” — tashuvchi bilan oldindan kelishilgan holda yoʻlovchining oʻz yoʻnalish manzillaridan birida, yaʼni chiptada koʻrsatilgan uchish va manzil punktlari orasida joylashgan punktda toʻxtashi;
aviatsiya xavfsizligi — fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish bilan bogʻliq harakatlardan himoya qilish uchun moslashtirilgan, insoniy va moddiy resurslar hamda kompleks chora-tadbirlar;
aerodrom — quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka, unda joylashgan binolar va inshootlar;
aeroport — havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishga, havo transportida tashishga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega boʻlgan inshootlar majmuasi;
bagaj — tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashiladigan yoʻlovchilarning va ekipajning shaxsiy ashyolari;
bagaj kvitansiyasi — roʻyxatga olingan bagajni havoda tashishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi chipta qismi;
bagajni bepul tashish — ogʻirligi tashuvchi tomonidan belgilangan erkin tashish meʼyoriga mos kelgan, qoʻshimcha yigʻimlar toʻlovisiz tashiladigan bagaj. Bunday meʼyorni tashish haqi yoʻlovchi tashish tarifiga kiritilgan;
joyni oldindan band qilish — yoʻlovchini havo transportida tashish uchun havo kemasi sahnida joyni yoki bagajni tashish uchun havo kemasining bagaj va yuk boʻlmalarida boʻshliqni oldindan band qilib qoʻyish;
yoʻlovchi — havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim boʻlgan shaxs;
kuzatuvchisi yoʻq bagaj — yuk sifatida tashiladigan havo yuk xati boʻyicha yoʻlovchining shaxsiy buyumlari;
manzil punkti — chiptada koʻrsatilgan oxirgi toʻxtash punkti (yoʻnalishning yakuniy punkti);
maxsus tarif — ishlatishda turli xildagi cheklash shartlari boʻlgan tarif (masalan sotish muddatlari, eng kam toʻxtab turish talablari, joyni oldindan band qilish va boshqalar);
meʼyordagi tarif — yoʻlovchiga tashish yoʻnalishida qaytish va oʻzgartirishlar imkonini beruvchi, tariflar kombinatsiyasi boʻyicha maksimal egiluvchan eng yuqori taʼrif;
meʼyordan ortiq bagaj — bagaj vaznining tashuvchi belgilagan erkin (bepul) tashish meʼyoridan oshib ketgan qismi;
parvoz kuponi — yoʻlovchi chiptasining bir qismi boʻlib, unga muvofiq chiptada koʻrsatilgan yoʻnalishning aniq bir boʻlagida yoʻlovchi va bagajni havo transportida tashish bajariladi;
roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj — havo transportida tashishga qabul qilingan, javobgarligi tashuvchiga yuklatilgan, bagaj kvitansiyasi va raqamli bagaj birkasiga ega boʻlgan bagaj;
roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan bagaj (qoʻl yuki) — tashuvchi tomonidan belgilangan meʼyor doirasida havo kemasi salonida yoʻlovchi nazorati ostida bepul tashishga ruxsat etilgan bagaj;
tarif — yoʻlovchi va bagajni tashish uchun belgilangan toʻlov miqdori;
tashish hujjatlari — yoʻlovchini, qoʻl yukini va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tashuvchi — ekspluatant sertifikatiga ega boʻlgan havo kemasining ekspluatanti;
(1-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
tashuvchining vakolatli agenti — tashuvchi nomidan tashish xizmatlarini sotishda, yoʻlovchilarga yerda xizmatlar koʻrsatish yoki yukni tayyorlash amallarini bajarishda harakat qilishga vakil qilingan shaxs yoki tashkilot;
tranzit — yoʻnalish davomidagi toʻxtash punkti, bunda tashilayotgan yoʻlovchi qatnovni bajaradigan havo kemasida qoladi;
transfer — chiptada koʻrsatilgan, tashish yoʻnalishi manzilida tashuvchining bir qatnovidan ikkinchi qatnoviga (xususiy transfer) yoki bir tashuvchining qatnovidan ikkinchi tashuvchi qatnoviga (interlayn transferi) yoʻlovchini oʻtkazish;
havo kemasi — atmosferada oʻzining havo bilan oʻzaro taʼsiri hisobiga ushlab turiladigan har qanday apparat, yer yuzasidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsir bundan mustasno;
havo transportida tashish — yoʻlovchilar va ularning bagajlari va yuklarini bevosita manzil joyigacha yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan aeroportlar va havo transporti tashuvchilari (ekspluatantlar) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlar va amallar majmui;
charter — charter (havo kemasini kira qilish) shartnomasi boʻyicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun toʻliq berib turish majburiyatini oladi;
chipta — oʻz ichiga bagaj kvitansiyasini olgan va yoʻlovchi hamda bagajni havo transportida tashish boʻyicha shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Qoidalar eʼlon qilingan parvozlar jadvali va charter shartnomalari asosida ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchi va bagaj tashishda qoʻllaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar aviatsiya ishlarini bajaruvchi ekspluatantlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashuvchilar havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashishning oʻz faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va mazkur Qoidalarga zid boʻlmagan qoʻshimcha qoidalarini belgilashi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 10-avgustdagi 83-N-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-2, 12.08.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 32-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomalari, jumladan charter shartnomalari asosida tashiladi.
Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yoʻlovchi va uning bagajini chiptada koʻrsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qoʻyish majburiyatini, yoʻlovchi bagajini topshirgan boʻlsa — bagajini belgilangan manzilga yetkazib, uni yoʻlovchiga yoki yoʻlovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yoʻlovchi belgilangan tarif boʻyicha parvoz uchun, tashuvchi belgilagan meʼyordan ortiq bagaj boʻlgan taqdirda esa — bunday bagaj uchun ham haq toʻlash majburiyatini oladi. Charter shartnomasi shartlari mazkur shartnomaning oʻzida belgilanishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
8. Yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi chipta, bagaj pattasi, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, pochta orqali tashish hujjatlarining shakli bundan mustasno.
9. Tashuvchi yoʻlovchi va bagajni belgilangan manzilga tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qoʻyishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yoʻlovchi qonunchilik hujjatlari hamda tashuvchilar tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan tartibda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
havo transportidan imtiyozli shartlarda foydalanish;
belgilangan miqdor doirasida oʻzi bilan bepul bagaj olib yurish;
belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa – belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.
11. Yagona tashish shartnomasi asosida havo transporti ishtirokida turli transport vositalari yordamida yoʻlovchi va bagajni tashish, manfaatdor tomonlarning kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
Bir necha tashuvchi tomonidan yoʻlovchi va bagajni belgilangan manzilgacha havo transportida tashishda, tashish yoʻnalishidagi aeroportlarda bir havo kemasidan boshqasiga oʻtish, tashishda tanaffus boʻlishidan qatʼi nazar tashuvchilar oʻrtasidagi kelishuvga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tashuvchi tashish shartnomasiga binoan ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida tashishda Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, boshqa qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan javobgarlik doirasida yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi, ular bagajining saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 12-iyundagi 9-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-5, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tashuvchi yoʻlovchilarni oldindan ogohlantirmasdan ob-havoning oʻzgarishi, aviatsiya xavfsizligi, parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtishi moʻljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib hamda texnik sabablarga asosan chiptada koʻrsatilgan tashuvchini almashtirishi va parvozlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Bunda tashuvchi yoʻlovchi va uning bagajini vaqtida yetkazish uchun barcha zarur imkoniyatlardan foydalanishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashuvchi havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasini tashish yoʻnalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻlovchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
agar yoʻlovchi sogʻligʻining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yoʻlovchining oʻz xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yoʻlovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa;
havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yoʻlovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tugʻdiradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga va mol-mulkiga tahdid tugʻdiradigan tarzda buzilsa;
havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yoʻlovchi tomonidan rad etilsa.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
II bob. Joyni oldindan band qilish
15. Yoʻlovchi uchun maʼlum qatnov va sanaga havo kemasida joyni oldindan band qilib qoʻyish (bundan buyon matnda band qilish deb yuritiladi) havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashishning zarur sharti hisoblanadi.
16. Band qilish yoʻlovchi tomonidan telefon, Internet tarmogʻi, elektron pochta orqali yoki boshqa aloqa vositalari bilan tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Band qilishda avtomatlashtirilgan tizimdan foydalaniladi.
17. Band qilish muddati tashuvchi tomonidan belgilanadi.
18. Band qilish chipta rasmiylashtirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Band qilingan joy yoki chipta haqida olingan maʼlumotlarni tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan boshqa shaxslarga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
20. Band qilishda yoʻlovchi tashish uchun toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmasa yoki tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajarmagan hollarda, tashuvchi yoki uning vakolatli agenti yoʻlovchini ogohlantirmasdan band qilishni bekor qilishi mumkin.
21. Yoʻlovchi band qilingan joyga, tashuvchini oldindan xabardor qilmay qatnovga yetib kelmasa, tashuvchi tashish yoʻnalishining keyingi uchastkalarida band qilishni bekor qilish huquqiga ega va yoʻlovchidan tashishdan voz kechganligini hamda oʻz vaqtida xabar bermagani uchun belgilangan tartibda yigʻim undiriladi.
Agar yoʻlovchi tashuvchi bilan belgilangan muddatgacha band qilingan joyni bekor qilish toʻgʻrisida tashuvchini xabardor qilgan boʻlsa, unda tashuvchi bilan yoʻlovchining oʻzaro kelishuviga asosan, tashish yoʻnalishining keyingi uchastkalarida tasdiqlangan band qilish bekor qilinmaydi.
22. Tashuvchining aybi bilan yoʻlovchi band qilishni bekor qila olmagan yoki roʻyxatga olish joyiga yetib kela olmagan boʻlsa, yoʻlovchidan yigʻim undirilmaydi.
Sogʻligi yomonlashganligi sababli, yoʻlovchi band qilingan joydan voz kechmagan boʻlsa yoki roʻyxatga olish joyiga yetib kelmagan boʻlsa, bu holat tibbiy maʼlumotnoma bilan tasdiqlanganda, yoʻlovchidan yigʻim undirilmaydi.
23. Band qilingan joylarga yoʻlovchilarning qatnovga kelmaslik hollarini inobatga olib va bunday hollarda tashuvchi oʻzining tijorat yoʻqotishini kamaytirish maqsadida yoʻlovchilarni havo kemasida mavjud boʻlgan miqdordan ortiq joyni band qilishi mumkin. Bunda qatnovga kelgan yoʻlovchilar belgilangan miqdordan oshgan taqdirda tashuvchi qolgan yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazmasligi mumkin va buning uchun ushbu yoʻlovchilarga belgilangan tartibda kompensatsiya xizmatlarini koʻrsatishi hamda ularni navbatdagi qatnovga yoki boshqa tashuvchining qatnoviga joyni band qilish orqali tashishni taʼminlashi lozim. Tashuvchi bu haqda chipta rasmiylashtirish jarayonida yoʻlovchilarni oldindan ogohlantirgan boʻlishi lozim.
24. Tashuvchi oʻz qoidalarida quyidagi toifalar uchun band qilishning alohida shartlarini oʻrnatishi mumkin:
2 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashishda;
2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashishda;
ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalarni tashishda;
zambildagi kasal yoʻlovchilarni tashishda;
tashish uchun salonda qoʻshimcha joy talab qiladigan yoʻlovchilarni tashishda;
imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarni, shu jumladan oʻrindiq-aravachada tashiladiganlarni tashishda;
qurol va oʻq-doriga ega boʻlgan yoʻlovchilarni tashishda;
tashuvchi tomonidan bepul tashishga ruxsat etilgan belgilangan meʼyordan oshgan bagajni tashishda;
yigʻilgan koʻrinishda uch oʻlchov yigʻindisi boʻyicha hajmi 200 sm dan oshgan bagajni, shu jumladan turli xil sport anjomlarini tashishda;
faqat havo kemasi salonining qoʻshimcha oʻrindigʻida tashilishi mumkin boʻlgan bagajni tashishda;
hayvonlar yoki qushlarni tashishda.
III bob. Parvozlar jadvali
25. Tashuvchi tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan tashishlarni amalga oshirish uchun parvozlar jadvali tasdiqlanadi.
Zarurat boʻlganda, charter tashishlar uchun ham parvozlar jadvali tasdiqlanishi mumkin, bunda ushbu tashishlar oldindan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
26. Parvozlar jadvalida har bir yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshiruvchi havo kemalarining qatnovi, qatnov raqamlari, qatnovlar bajariladigan hafta kunlari, uchish vaqtlari va ularning rusumlari haqida, shuningdek tashuvchi yoʻlovchilarga yetkazilishi lozim deb hisoblangan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
27. Chiptada koʻrsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi maʼlumotlar chipta rasmiylashtirilgan kuni amalda boʻlgan parvozlar jadvalida koʻrsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi maʼlumotga muvofiq boʻlishi kerak.
28. Boshqa shaxslar tomonidan tashuvchi bilan kelishilmagan holda nashr qilingan parvozlar jadvalidagi xato maʼlumotlar uchun tashuvchi javobgar emas.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tashuvchi parvozlarning yoʻnalishlari va jadvallarini, yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat koʻrsatish shartlarini eʼlon qilishi hamda aholining (mijozlarning) eʼtiboriga yetkazishi shart.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
IV bob. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish
30. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatish vaqti tashuvchi tomonidan belgilanadi.
31. Chiptasi bor yoʻlovchi joʻnash aeroportiga yoki tashuvchi tomonidan belgilangan boshqa manzilga, tashuvchi belgilagan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishi lozim.
32. Tashuvchi yoʻlovchilarni zarur vositalar yordamida roʻyxatdan oʻtkazishning boshlanish va yakunlanish vaqti haqida xabardor qilishi kerak.
33. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazishda yoʻlovchi oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.
34. Joyi band qilinganligi tasdiqlangan yoʻlovchi, roʻyxatga olish punktiga belgilangan vaqtdan kechikib kelib, natijada roʻyxatdan oʻta olmasa, bu holda yoʻlovchi qatnovga qoʻyilmaydi. Ushbu yoʻlovchi kechikib kelganligi uchun tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda koʻrsatilgan yigʻimni toʻlaganidan soʻng, boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan boshqa qatnovda tashilishi mumkin.
35. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar, havo kemasiga tashish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan va (yoki) roʻyxatdan oʻtkazilmagan (qoʻl yuki) bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan xavfli modda va buyumlar ortilishining oldini olish maqsadida, yoʻlovchidan bagaj tarkibida xavfli modda va buyumlar bor deb shubha tugʻilgan hollarda, bagajning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda talab qilishga haqli.
V bob. Yoʻlovchi tashish
1-§. Yoʻlovchi chiptasi va uni rasmiylashtirish
36. Har bir yoʻlovchiga qogʻoz blankasi yoki elektron shaklda chipta rasmiylashtirilishi lozim.
Chipta yoʻlovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida rasmiylashtirilib, undan boshqa shaxslarning foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
37. Chiptada chiptani sotilish joyi va sanasi, joʻnash vaqti, havo kemasining joʻnash va qoʻnish manzili, barcha oraliq qoʻnish manzillari, tashish shartnomasini bajarishga aloqador boʻlgan tashuvchilarning nomi hamda tashish shartnomasining boshqa muhim shartlari boʻlishi kerak.
38. Chiptani rasmiylashtirish vaqtida yoʻlovchiga tashish shartlari haqida maʼlumot beriladi.
39. Chipta belgilangan tariflar uchun toʻlov amalga oshirilganidan soʻng rasmiylashtiriladi.
Chiptaga toʻlov amalga oshirilayotganda parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtish moʻljallangan davlat tomonidan belgilangan tartibga asosan tashuvchi tomonidan yoʻlovchidan qoʻshimcha yigʻimlar undirilishi mumkin.
40. Tashuvchi tashish shartnomasini rasmiylashtirish vaqtida, yoʻlovchini tashishning tasdiqlangan tariflariga kiritilmagan qoʻshimcha yigʻimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim. Bunday yigʻimlar tashish shartnomasida koʻrsatilishi kerak.
41. Tashish uchun tariflar va yigʻimlarni toʻlash tashish xizmati koʻrsatilayotgan davlatda amal qiluvchi valyuta qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Chipta uchish joyidan tashuvchi bilan kelishilgan barcha toʻxtash manzillari orqali qoʻnish manziligacha haqiqiy hisoblanadi.
43. Yoʻlovchi qatnov bajarilishidan oldin tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan hamda ushbu qatnov uchun parvoz, yoʻlovchi va foydalanilmagan parvoz kuponlari mavjud boʻlgan chiptani taqdim etmaganda, ushbu yoʻlovchi tashishga qoʻyilmaydi, elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chipta bundan mustasno.
Chipta tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
44. Elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chiptadan foydalanilgan hollarda, agar yoʻlovchi oʻz shaxsini tasdiqlovchi va ushbu chipta aynan uning nomiga rasmiylashtirilganligini maʼlumotlar bazasidan aniqlanganligi toʻgʻrisida hujjat boʻlmasa, u qatnovga qoʻyilmaydi.
45. Tashuvchi yoki uning vakolatli agenti chiptani quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topadi va tashishdan bosh tortishga haqli:
chiptada belgilangan tartibda tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar boʻlsa;
chiptada uni rasmiylashtirgan vakolatli agent nomi, sotish sanasi va joyi haqida agentning shaxsiy (validator) shtampi yoki avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi vositasida amalga oshirilgan belgilar boʻlmasa;
qalbakilashtirilgan (seriya raqami, joriy etilgan rasmiylashtirish tartibiga rioya etilmagan boʻlsa, ushbu chipta koʻrinishidagi belgilarning tashuvchi foydalanadigan yagona nusxadan farqlanishi, chiptada tashuvchi foydalanadigan poligrafik himoya belgilarining boʻlmasligi va boshqalar) chipta taqdim etilganda.
46. Buzilgan yoki rasmiylashtirishda xatosi mavjud boʻlgan qogʻoz chipta taqdim etilganda va tashishga qabul qilingan joyda yoki yoʻnalishning keyingi manzillarida ushbu chiptaning haqiqiyligini tasdiqlash talab etilsa, bunda yoʻlovchi tashish shartnomasi haqiqiyligini tashuvchi yoki uning vakolatli agentining tashishga ruxsat yozuvini qoʻyish bilan tasdiqlatganidan keyin, tashishga qabul qilinadi.
47. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan chipta oʻrniga, yoʻlovchining murojaatiga asosan dublikat berilishi mumkin.
Dublikat berish jarayonida yoʻlovchidan yoʻqotilgan chiptani topib olingan taqdirda, uni tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga qaytarish boʻyicha tilxat olinadi. Agar, yoʻlovchi tilxat berishdan bosh tortganda, tashuvchi unga yangi chipta sotib olishni taklif etishi lozim.
Dublikat uchun belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi, chiptaning yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi tashuvchi yoki uning vakolatli agentining aybi bilan yuz bergan hollar bundan mustasno.
48. Yoʻqolgan chipta uchun, yoʻlovchining iltimosiga koʻra, belgilangan yigʻim toʻlangan taqdirda, chiptaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq chipta uchun toʻlangan toʻlov yoʻlovchiga qaytarib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Yoʻlovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yoʻlovchi uchun joy band qilib qoʻyilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yoʻnalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun toʻlangan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qoʻllash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
Chiptaning egasi vafot etgan yoki sogʻligʻi ogʻirlashgan holatlarda yoʻlovchi, uning vakili yoki tegishli huquqqa ega boʻlgan shaxslar chiptaning pulini qaytarib olish huquqiga ega.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
50. Meʼyordagi tarif boʻyicha rasmiylashtirilgan chipta, tashish boshlangan sanadan boshlab, bir yil davomida, agar tashish boshlanmagan boʻlsa, chipta rasmiylashtirilgan sanadan boshlab, bir yil davomida haqiqiydir.
Maxsus tariflar boʻyicha rasmiylashtirilgan chiptalarni yaroqlilik muddati tashuvchi tomonidan tasdiqlangan tariflarni qoʻllash qoidalari bilan belgilanadi.
Tashuvchi chipta uchun amalga oshirilgan toʻlovni qaytarishda, ushbu chipta sotib olishda qoʻllanilgan toʻlash usuli va pul birligi boʻyicha qaytarish huquqini oʻzida qoldiradi.
51. Chiptaning amal qilish vaqtida tashish yakunlanmasa, chiptaning amal qilish muddati quyidagi hollarda uzaytiriladi, agar tashuvchi tomonidan:
yoʻlovchining joyni band qilganligi tasdiqlanganda, qatnov bekor qilinsa;
tashish davomida yoʻlovchining yoʻnalishida, yoʻlovchi uchun uchib ketish, qoʻnish yoki toʻxtash (“stor-over”) manzili hisoblangan joyda rejalashtirilgan toʻxtash bajarilmasa;
parvozlar jadvalida koʻrsatilgan vaqt boʻyicha qatnov bajarilmasa;
yoʻlovchi tomonidan qatnovlar tutashish joylariga yetib kela olmasligiga sabab boʻlgan harakatlar qilinsa;
yoʻlovchi dastlab toʻlagan xizmat koʻrsatish toifasi oʻzgartirilsa;
havo kemasida yoʻlovchiga band qilingan joy berilmaganda.
Bunday hollarda chiptaning amal qilish muddati, tashuvchining yoʻlovchi tomonidan dastlab toʻlangan tarifiga mos keluvchi xizmat koʻrsatish toifasidagi boʻsh joyi boʻlgan eng yaqin qatnovigacha uzaytirilishi mumkin.
52. Agar yoʻlovchi chiptaning amal qilish muddati davomida tashishdan foydalana olmasa, yaʼni joy band qilishni soʻragan boʻlsada, biroq tashuvchi bunday band qilishni tasdiqlay olmagan boʻlsa, bunday chiptaning amal qilish muddati tashuvchining qoidalariga muvofiq ravishda uzaytirilishi kerak.
53. Tashish boshlanganidan soʻng, chiptaning amal qilish muddati davomida yoʻlovchini yozma tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan kasalligi tufayli, tashish imkoniyati mavjud boʻlmasa, tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq bunday yoʻlovchi chiptasining amal qilish muddati, tibbiy xulosaga koʻra yoʻlovchi parvozni davom ettirishga qodir boʻlgan kundan yoki tashish qayta tiklangan manzildan yoʻlovchi toʻlagan xizmat koʻrsatish toifasiga mos joyi mavjud boʻlgan, eng yaqin qatnov amalga oshiriladigan kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Agar chiptada qolgan parvoz kuponlari bir yoki bir nechta “stor-over”ga ega boʻlsa, bunday kuponning amal qilish muddati tashuvchi qoidalari bilan belgilangan tartibda tibbiy xulosada koʻrsatilgan kunga qadar uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda tashuvchi, zaruratga koʻra, bir vaqtning oʻzida kasal yoʻlovchiga hamrohlik qilayotgan yoʻlovchilarning chiptalarini ham amal qilish muddatlarini uzaytirib beradi.
54. Tashish shartnomasining shartlariga koʻra yoʻlovchi yoki uning oila aʼzolari yoʻlda vafot etsa, ularning oʻlimi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish sharti bilan yoʻlovchi va unga hamrohlik qilayotgan shaxslarning chiptasini amal qilish muddati oʻzgartiriladi.
55. Tashish yoʻnalishining oraliq manzillarida vaqtinchalik tanaffus va toʻxtash (“stor-over”) holatlariga tashuvchi bilan kelishilgan shartlarda ruxsat beriladi va ushbu holatlar tashish shartnomasining qiymatida hisobga olinishi lozim.
56. Yoʻlovchi chiptani rasmiylashtirayotganda, qaysi bir yoʻnalish manzilida toʻxtashi haqida tashuvchini oldindan xabardor qilmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida tranzit aeroportida yoki tashish yoʻnalishi transferida xabardor qilgan boʻlsa va ushbu holat parvozning kechikishiga sabab boʻlsa, yoʻlovchi parvozning kechikkani uchun tashuvchining qoidalarida nazarda tutilgan yigʻimlarni toʻlaganidan soʻng, parvozni davom ettirishi mumkin. Agar, parvozning kechikishiga yoʻlovchi yoki u bilan birga havo kemasida uchayotgan oila aʼzolaridan birining sogʻligʻining yomonlashishi yoki toʻxtash manzilidagi fors-major holatlari sabab boʻlsa, bunday holatda yoʻlovchidan yigʻim undirilmaydi, bunda sogʻliqni yomonlashganlik holati tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi kerak.
57. Tashuvchi oʻzi bilan bogʻliq boʻlgan sabablarga koʻra, oraliq aeroportda tashishni davom ettira olmagan taqdirda, yoʻlovchilarni ularga qulay boʻlgan muddatlarda va shartlarda oʻzining navbatdagi qatnovi bilan harakatlanayotgan havo kemasida yoki boshqa tashuvchining havo kemasida, qoʻshimcha toʻlovlarsiz joʻnatishi lozim.
2-§. Tashish shartnomasining oʻzgartirilishi
58. Tashish shartnomasi majburiy va ixtiyoriy ravishda oʻzgartirilishi mumkin.
59. Tashish shartnomasi yoʻnalishning istalgan manzillarida, quyidagi hollarda majburiy ravishda oʻzgartiriladi:
yoʻlovchi band qilingan joyga tashuvchining aybi bilan tutash qatnovga kela olmaganida;
tashuvchi band qilingan joyni yoʻlovchiga berish imkoniyatiga ega boʻlmaganida;
tashuvchi qatnovni bekor qilganida;
tashuvchi qatnovni parvozlar jadvaliga muvofiq ravishda bajara olmaganida;
tashuvchi yoʻlovchi uchun toʻxtash va qoʻnish manzillarida toʻxtashni bajara olmaganda.
Tashishning majburiy ravishda oʻzgartirilishi tashishning boshlanish vaqti va (yoki) muddati, tashuvchining, tashish yoʻnalishining, xizmat koʻrsatish toifasining oʻzgartirilishiga sabab boʻlishi mumkin.
60. Tashish shartnomasi majburiy ravishda oʻzgartirilganda, tashuvchi quyidagilarni bajarishga majbur:
a) yoʻlovchini qoʻnish manziliga oʻzining boshqa muntazam qatnovida yoki boshqa tashuvchining boʻsh joyi boʻlgan qatnovida, tez fursatda, qoʻshimcha toʻlovlar olmagan holda, zarurat boʻlganda yuqori xizmat koʻrsatish toifasida va yoʻlovchi uchun qulay boʻlgan boshqa shartlarda yetkazish;
b) yoʻlovchini band qilingan chipta bilan taʼminlash;
v) yoʻlovchi tomonidan toʻlangan xizmat koʻrsatish toifasining oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻymaslik, agar xizmat koʻrsatish toifasining bunday oʻzgarishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, unda:
xizmat koʻrsatish toifasi pastroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda, tashuvchi yoʻlovchiga yoʻnalishning xizmat koʻrsatish toifasi oʻzgargan qismidagi (qismlaridagi) tariflar va yigʻimlar farqini qaytaradi;
xizmat koʻrsatish toifasi yuqoriroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda va tashish narxi oshganida yoʻlovchidan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi;
g) bajarilmagan tashish uchastkasi uchun, pul qaytarilishi bilan, yigʻimlar olinmagan holda, chiptaning majburiy qaytarilishini taʼminlash.
61. Yoʻlovchi talabi bilan, tashish yoʻnalishining har qanday manzilidagi oʻzgarish tashish shartnomasining ixtiyoriy ravishda oʻzgartirilishi hisoblanib, ushbu oʻzgartirish tashish yoʻnalishining, xizmat koʻrsatish toifasining yoki tarifining oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin.
62. Yoʻlovchi tomonidan tashish uchun toʻlangan toʻlovlar tashuvchi tomonidan majburiy tartibda qaytarilish hollarida, qaytariladigan pul miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
agar chiptaning hech bir qismidan foydalanilmagan boʻlsa, qaytariladigan pul miqdori toʻlangan tarif va yigʻimlarga teng boʻlishi kerak;
agar chiptadan qisman foydalanilgan boʻlsa, qaytariladigan pul miqdori toʻlangan tarif va tashish amalga oshirilgan manzillar oraligʻidagi tashishga toʻlangan tarif oʻrtasidagi farqga teng boʻlishi kerak.
63. Agar yoʻlovchi tashish shartnomasining har qanday shartini (qatnov, uchish sanasi, yoʻnalishi, xizmat koʻrsatish toifasi, chiptaning tashish uchun yaroqlilik muddati va hokazo) ixtiyoriy ravishda oʻzgartirmoqchi boʻlsa, bu toʻgʻrisida tashuvchini xabardor qilishi lozim. Bunda tashuvchi tashish shartnomasining yangi shartlari boʻyicha tarifni hisoblashi kerak, agar tashish shartnomasining bunday ixtiyoriy oʻzgarishidan tashish qiymati oshadigan boʻlsa, unda yoʻlovchi birinchi narxdagi miqdor bilan yangi narxdagi miqdor oʻrtasidagi farqlarni toʻlashi kerak. Agar bu oʻzgarish natijasida, yangi tashishning qiymati birinchi toʻlangan narxdan past boʻlsa, unda tashuvchi yoʻlovchiga tashish qiymatidagi farqni qaytarishi kerak.
64. Tashish bilan bogʻliq belgilangan tariflar va yigʻimlarning miqdoriga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, ushbu oʻzgartirishlar ular kiritilgunga qadar tuzilgan tashish shartnomalariga tashish boshlanish vaqtiga qadar tatbiq etilmaydi.
Agar tashish boshlanishiga qadar yoʻlovchining xohishi bilan tashish shartnomasiga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, yangi tashish sanasidagi tarif va yigʻimlarning miqdori asosida qaytadan chipta rasmiylashtiriladi.
3-§. Yoʻlovchilarning imtiyozlari
Oldingi tahrirga qarang.
65. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalari hamda tashuvchining tashish qoidalariga asosan yoʻlovchilarning ayrim toifasiga tashish bilan bogʻliq imtiyozlar berishi mumkin.
(65-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Imtiyozlar berish tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifasi tarifiga asosan amalga oshiriladi.
66. Imtiyozli uchish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchi, berilgan havo transportida imtiyozli tashishga nisbatan, yuqoriroq xizmat koʻrsatish toifasi salonida uchishni xohlasa, bunday yoʻlovchi xizmat koʻrsatish toifasi uchun qoʻshimcha haq toʻlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan imtiyozli uchish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning tashish hujjatini rasmiylashtirish, ularning shunday imtiyozga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4-§. Alohida toifadagi yoʻlovchilarni tashish
68. Tashuvchi oʻzining tashish qoidalarida quyidagi toifalar uchun tashishning alohida shartlarini oʻrnatishi mumkin:
2 yoshgacha boʻlgan bolalar;
2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;
ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalar;
zambildagi kasal yoʻlovchilar;
tashish uchun salonda qoʻshimcha joy talab qiladigan yoʻlovchilar;
imkoniyatlari cheklangan, shu jumladan oʻrindiq-aravachada tashiladigan yoʻlovchilar yoki oʻzlarining harakatlanishlari uchun maxsus uskunalardan foydalanuvchi yoʻlovchilar;
qurol va oʻq-doriga ega boʻlgan yoʻlovchilar;
deportatsiya qilingan yoʻlovchilar va mamlakatga kirishi rad qilingan yoʻlovchilar;
oʻta muhim yoʻlovchilar (VIP);
diplomatik kuryerlar;
hayvon yoki qushlarini tashib oʻtayotgan yoʻlovchilar.
69. Tashuvchi oʻzining tashish qoidalarida alohida toifadagi yoʻlovchilar uchun maxsus xizmat koʻrsatish talablarini belgilashi lozim.
VI bob. Bagaj tashish
1-§. Bagajni tashish uchun qabul qilish
70. Bagaj belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, tashishga qabul qilinadi.
71. Bagaj sifatida tashiladigan buyumlar, bagajni but saqlashni taʼminlaydigan maxsus oʻramga oʻralib, tashish uchun qulay boʻlgan ushlagichga ega boʻlishi kerak.
72. Tashuvchi boshqa yoʻlovchilarning bagajiga yoki tashuvchining uskunasiga ziyon keltirishi mumkin boʻlgan uchi oʻtkir qismli bagajlarni tashishga qabul qilishni rad qilish huquqiga ega.
73. Tashuvchi havo kemasi uchun oʻrnatilgan tijorat yuklanishi belgilangan meʼyordan va (yoki) bagajlarning hajmi havo kemasining bagaj-yuk boʻlinmalari sigʻimidan oshganda, tashuvchi meʼyordan oshgan bagajni tashish uchun qabul qilishni cheklash yoki qabul qilmaslik huquqiga ega.
74. Tashuvchi oʻrami talabga javob bermaydigan, yoʻqolish xavfi boʻlgan, nosoz holatdagi bagajlarni havo transportida tashishga qabul qilmasligi mumkin. Biroq, yoʻlovchining iltimosiga binoan tashuvchi tashish talabiga javob bermaydigan va nosoz holda oʻralgan bunday bagajga oʻzining javobgarligini cheklagan holda qabul qilishi mumkin.
75. Yoʻlovchilarning buyumlari roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj yoki qoʻl yuki sifatida tashiladi.
Tashuvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj uchun yoʻlovchiga raqam yozilgan bagaj birkasini identifikatsiya (tanib olish) qilish uchun berishi shart.
Qoʻl yuki birkalar bilan belgilanadi.
76. Tashish uchun qabul qilingan bagaj quyidagi joygacha rasmiylashtirilishi mumkin:
“stor-over”ning birinchi manziligacha;
yoʻlovchining tasdiqlangan band qilingan joy manzili yoki soʻrov qilingan tutash qatnov manziligacha;
yoʻlovchi roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj yoki uning bir qismini olmoqchi boʻlgan manzilgacha;
agar tashuvchi transfer bagajini tashishni taʼminlamasa, bir aeroportdan ikkinchisiga bagajni tashish zarur boʻlgan tutash manziligacha;
ushbu tashishga berilgan hamma chiptalarni hisobga olib, yoʻlovchi chiptasida koʻrsatilgan oxirgi manzilgacha.
77. Barcha bagaj vazni boʻyicha oʻlchovdan oʻtkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
78. Yoʻlovchiga havo kemasi salonida qoʻl yukidan tashqari oʻzining zarur ehtiyoji uchun kerak boʻladigan shaxsiy buyumlarini (masalan portfel, ayollar sumkachasi, hujjatlar uchun jild, soyabon, hassa, ustki kiyim, guldasta, parvozda oʻqish uchun bosma nashrlarni, bola uchun ozuqani va bolalar yoʻl beshigi, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlar va boshqalar) tashishga ruxsat beriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-4, 13.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son)
79. Havo kemasining xizmat koʻrsatish toifasidan kelib chiqib, tashuvchi tomonidan belgilangan ogʻirligi, miqdori, hajmiga qoʻyilgan meʼyor doirasida, yoʻlovchi roʻyxatdan oʻtkazilgan bagajlarini bepul tashishga haqli.
Bagajni tashish meʼyori bagaj vazni orqali kilogrammlarda, bagaj egallaydigan maydonga qarab belgilanadi.
Bagaj hajmining meʼyori bagaj joyining uch oʻlchovining uzunligi boʻyicha aniqlanadi.
80. Tashuvchi tomonidan belgilangan bepul tashish meʼyoridan ortiq boʻlgan bagajlar hamda maxsus toifadagi bagajlar (hayvonlar va qushlar, sport anjomlari, ogʻir vazndagi va hajmi katta bagajlar hamda boshqalar) tashuvchi bilan kelishilgan holda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlangandan keyin tashishga qabul qilinadi va bu haqda toʻlov kvitansiyasi rasmiylashtiriladi.
81. Qatnovni bajarayotgan havo kemasi turidan foydalanishda cheklovlar mavjud boʻlsa hamda havo kemasi boʻsh tashish sigʻimiga ega boʻlmasa, tashuvchi belgilangan meʼyordan ortiq bagajni tashishni cheklashi mumkin.
82. Havo kemasining salonida yoʻlovchining kuzatuvi ostida tashiladigan qoʻl yukining meʼyori tashuvchi tomonidan belgilanadi.
83. Xizmat koʻrsatish toifasi majburiy ravishda oʻzgartirilgan vaqtda, yoʻlovchi oldingi xizmat koʻrsatish toifasida belgilangan meʼyor boʻyicha bagajni bepul tashish huquqini saqlab qoladi.
84. Yoʻlovchi tomonidan xizmat koʻrsatish toifasi ixtiyoriy ravishda oʻzgartirilganda, yoʻlovchi almashtirilgan xizmat koʻrsatish toifasida belgilangan meʼyor boʻyicha bagajni bepul tashish huquqiga ega.
85. Tashish turli yoʻnalishlarda amalga oshirilganda va yoʻnalishning har bir manzilida xizmat koʻrsatishning turli toifalari bajarilganda, har bir manzil uchun yoʻlovchi toʻlagan mablagʻ hisobidan belgilangan bagaj meʼyorida bepul tashishga ruxsat beriladi.
86. Yoʻlovchi tomonidan kuzatilmaydigan bagaj, tashishga yuk sifatida qabul qilinadi. Bunday toifadagi yuklar yoʻlovchining chiptasida koʻrsatilgan, manzillar oraligʻida (aeroportlar orasida) tashish uchun qabul qilinadi va tashish uchun standart yuk xati bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
87. Yoʻlovchi ishtirokida bagajni tashishga qabul qilish vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatli organlar tomonidan xavfsizlikni taʼminlash maqsadida parvoz boshlangan va tugallangan davlatning bojxona qoidalariga asosan olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan buyumlar, narsalar, moddalar, mahsulotlarning borligini bilish uchun bagaj tekshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
88. Chiptada koʻrsatilgan qatnovning uzilishi sodir boʻlganda, tashuvchining talabiga asosan yoʻlovchi qoʻl yukini havo kemasi salonidan oʻzi olib chiqishi shart.
89. Quyidagi buyumlar roʻyxatdan oʻtkaziladigan bagaj va qoʻl yuki sifatida tashishga qabul qilinmaydi:
yoʻlovchilar, havo kemasi, havo kemasi bortidagi yoʻlovchilar va tashuvchiga qarashli boshqa mulkka xavf solishi mumkin boʻlgan narsalar va moddalar;
bagaj uchun hajm meʼyori bilan tashuvchi belgilagan qoidalardan ortiq boʻlgan hamda tashish imkoniyati boʻlmagan narsalar;
Oldingi tahrirga qarang.
tashish amalga oshiriladigan davlat hududidan, hududiga yoki hududi orqali, shu davlatning qonunchilik hujjatlari boʻyicha tashish uchun man etilgan narsalar.
(89-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
90. Bagaj tashishda xavfsizlik talablariga va tashish shartnomasiga rioya etishni taʼminlash maqsadida, tashuvchi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
bagajning shikastlanishi, yoʻqolishi yoki nobud boʻlishidan saqlash maqsadida, uni tegishli oʻramlarda tashish zarurligi toʻgʻrisida yoʻlovchilarga maʼlumot berish;
tashish man etilgan xavfli narsalar toʻgʻrisida yoʻlovchilarga maʼlumot berish. Bunda, tegishli maʼlumotlar yoʻlovchilarga chiptalarni roʻyxatdan oʻtkazish boshlanguniga qadar yoki boshlanganida tashuvchining maʼlumot saytlari, chiptalar sotiladigan hamda yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish joylarida osib qoʻyiladigan eʼlonlar orqali yetkazilishi lozim;
bagajni tashishga tayyorlash vaqtida qoʻllanilayotgan texnologik uskunalarning (tarozi, tasma transportyorlari, bagaj aravachalari, konteynerlar, pallet va boshqalar) holatini muntazam ravishda tekshirib turish;
yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida bagaj birkalariga begona shaxslarning yaqinlashishiga yoʻl qoʻymaslik;
oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazib turish va ularning tasdiqlovchi hujjatlarini yuritish.
91. Tashuvchining yerda xizmat koʻrsatuvchi agentlari bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan buyumlarni havo kemasiga ortilishini oldini olishlari kerak.
92. Tibbiy guvohnomalar, rentgen suratlari, negativlar, oʻta qimmatli va moʻrt narsalar, pullar, kredit kartochkalari, qimmatbaho qogʻozlar va hujjatlar, qimmatbaho metallar, toshlar, marvaridlar va undan qilingan mahsulotlar yoʻlovchining kuzatuvida tashilishi kerak.
93. Tashuvchi quyidagi toifadagi bagajlarni tashishda oʻzining alohida qoidalarini oʻrnatishga haqli:
hayvonlar (uy itlari, mushuklar va qushlar), shu jumladan koʻr va kar yoʻlovchilarni kuzatuvchi oʻrgatilgan yetaklovchi-itlar;
avtoruchkalar, flakonlar, sigaretlar uchun yondirgichlar va maʼlum balandlikda tarqalish xususiyatiga ega boʻlgan gazli boshqa idishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari bilan tashilishi taqiqlanmagan suyuqliklar, gellar va aerozollar;
(93-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
sport anjomlarining alohida turlari (golf, serfing, velosipedlar uchun anjomlar);
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha;
(93-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-4, 13.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son)
elektron uskunalar;
havo kemasi salonida qoʻshimcha oʻrinda tashilishi kerak boʻlgan bagaj;
diplomatik bagaj;
yirik oʻlchamli va katta ogʻirlikdagi bagaj;
qimmat va moʻrt bagaj.
2-§. Aviatsiya xavfsizlik talablariga asosan bagaj sifatida tashilishi man etilgan yoki tashilishi cheklangan narsalar
Oldingi tahrirga qarang.
94. Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxati Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Xavfli yuklarni havoda tashish boʻyicha texnik yoʻriqnomalari (Doc 9284) hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga doir tekshiruv oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 12-iyundagi 9-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-5, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)
95. Yoʻlovchining bagaj sifatida tashilishi taqiqlanmagan buyumlari, agar ularni havo kemasining salonida tashish muayyan salbiy oqibatlarga olib kelishiga shubha tugʻilganda, ushbu buyumlar havo kemasi xavfsizligiga tahdid solmasa, bagaj-yuk boʻlinmasida tashiladigan bagajga joylashtiriladi yoki yoʻlovchiga keyinchalik qaytarib berish sharti bilan aeroportning vakolatli organi yoki tegishli tashuvchining omborxonasida saqlash uchun topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
96. Fuqaroviy qurol, xizmat quroli, jangovar qurol va oʻq-dorilarni tashish shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-4, 13.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda milliy anʼanaviy kiyimlarga taqiladigan, shuningdek ilgari yodgorliklar sifatida sotuvda boʻlgan shamshirlar va pichoqlar roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj sifatida tashishga qabul qilinadi yoki parvoz vaqtida tashuvchining qoidalariga binoan olinib ekipajga topshiriladi.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
98. Tashuvchi parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida havo kemasi salonida tashish uchun ruxsat berilgan buyumlardan (masalan, uyali telefon, ixcham kompyuter, magnitofon, radio, “SD” eshitish jihozi, elektr oʻyinlari yoki radiouzatgich, boshqariladigan oʻyinchoq va shu kabilar) foydalanishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin, yomon eshituvchilar uchun eshitish apparatlari va yurak urishini elektr muntazamlovchi yordamchi apparatlardan foydalanish bundan mustasno.
3-§. Bagajning berilishi
99. Yoʻlovchi oʻzining tashuvchi javobgarligiga topshirgan bagajini bagajni roʻyxatga olishni rasmiylashtirish punktida berilgan, uziladigan bagaj birkasining taloni asosida havo kemasi qatnovining manzil punktiga kelganidan keyin oladi.
100. Tashuvchi bagajning uziladigan talon birkasining egasi haqiqatdan ham bagajni olishga huquqi borligini tekshirishi shart emas, bunday tekshirishni oʻtkazmasdan bagajni berib yuborishi natijasida yoʻlovchiga tushgan xarajat yoki ziyon uchun javobgarlikni olmaydi. Agar bagajni olish uchun talabgor yoʻlovchi tomonidan bagaj birkasining uziladigan taloni taqdim etilmasa, u holda yoʻlovchiga bagaj faqat uning bunday bagajni olish uchun tegishli darajada huquqi borligini isbotlovchi dalillar keltirish sharti bilan beriladi.
101. Kuzatilmaydigan bagaj yoʻlovchiga yoki uning vakolatidagi shaxsga yuk xatini koʻrsatganidan keyin beriladi.
102. Manzil punktiga yetib kelmagan bagajlar, shikastlangan va kamomadi bor bagajlar boʻlgan hollarda yoki tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi talablari buzilgan boshqa hollarda, tashuvchi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha, tashishning buzilishi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilishi shart. Dalolatnomaning bir nusxasi yoʻlovchiga beriladi.
103. Yoʻlovchi yoki uning vakili bagajning tashilishi buzilgan hollarda tashish yoʻnalishidagi birinchi yoki oxirgi tashuvchiga zararni qoplash toʻgʻrisida daʼvo qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
104. Tashuvchining qoidalarida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tashuvchi bagaj tashish shartnomasi talablarini buzgan hollarda bagajni va uning egasini qidirishni tashkil qilishdan tortib to yoʻlovchi tomonidan olinmagan bagajni saqlash, tashish shartnomasi talablari buzilishi boʻyicha daʼvolarni koʻrib chiqish, shikastlangan, yoʻqolgan yoki ushlab qolingan bagaj uchun kompensatsiya (oʻrnini qoplash) pulini toʻlash belgilab qoʻyilishi lozim.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1041. Uchib kelgan reys yoʻlovchilariga bagaj topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan bagaj uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday bagajning egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.
Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda koʻpi bilan 3 oy saqlanadi va aeroportning tegishli xizmati tomonidan yoʻq qilinadi.
Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda koʻpi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
(1041-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1042. Talab qilib olinmagan bagajdagi tez buziladigan narsalarda buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, ular yoʻq qilinishi lozim. Bunda aeroportning bagaj qidiruv xizmati xodimlari tomonidan bojxona xizmati vakili ishtirokida talab qilib olinmagan bagaj ochilib, undan buzilgan narsalar dalolatnoma asosida olib tashlanishi mumkin. Buzilgan narsalar olib tashlangandan soʻng, bagajda qolgan narsalar roʻyxati tuzilib, yopiladi hamda muhrlanadi. Dalolatnomada bagajning dastlabki holati (vazni, hajmi) va oʻlchash natijalari aks ettirilishi shart. Bagajda qolgan narsalar roʻyxati dalolatnomaga ilova qilinadi.
(1042-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1043. Saqlash muddati tamom boʻlgach, aeroport direktori tomonidan talab qilib olinmagan bagajlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya ishida aeroport bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari ishtirok etadi. Bunda talab qilib olinmagan va yoʻq qilinishi lozim boʻlgan bagajlarning roʻyxati aeroportning bagaj qidiruv xizmati tomonidan tuziladi va Komissiyaga taqdim etiladi. Ushbu roʻyxatga Talab qilib olinmagan bagajni roʻyxatga olish jurnali, talab qilib olinmagan bagajning egasini qidirib topish uchun berilgan eʼlon nusxalari, bagajni saqlashga qabul qilish boʻyicha dalolatnoma nusxasi ilova qilinadi.
(1043-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1044. Taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilgach, Komissiya aʼzolari bagajni ochadi va undagi predmetlarni xususiyatlariga koʻra ajratib, yoʻq qilish uchun qoplarga joylaydi. Bunda Komissiya aʼzolari bir martalik qoʻlqoplar va maska-respiratorlar bilan taʼminlanishi shart. Yoqib yuborish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar, jumladan qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar va boshqa shunga oʻxshash predmetlar esa, alohida raqamlangan va muhrlangan idishlarga joylashtiriladi.
(1044-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1045. Komissiya qarori dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va mazkur dalolatnoma Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda aeroport direktorining imzosi bilan tasdiqlanadi. Mazkur dalolatnomada yoʻq qilish uchun ajratilgan bagajlar soni, bagajlarning ichidagi predmetlar roʻyxati hamda yoqib yuborish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar joylangan idishlarning tartib raqamlari koʻrsatilishi kerak.
(1045-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1046. Komissiyaning bagajni yoʻq qilish haqidagi qarori bagajdagi predmetlarni yoʻq qilish uchun asos hisoblanadi. Yoqish orqali yoʻq qilib boʻlmaydigan predmetlar mexanik buzish orqali, foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgandan soʻng, yoʻq qilinadi.
(1046-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1047. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar hamda tabiiy marvaridlar va boshqa shunga oʻxshash predmetlar yoʻq qilinmaydi. Bunday predmetlar boʻyicha Komissiya aʼzolari tomonidan ikki nusxada ularning vazni va alohida belgilari koʻrsatilgan roʻyxat tuziladi. Mazkur roʻyxat Komissiya aʼzolari va Komissiya ishida ishtirok etgan aeroportning bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari tomonidan imzolanadi. Aeroport direktori tomonidan roʻyxat rasmiylashtirilgach, uch ish kuni ichida unda nazarda tutilgan predmetlarni tasarruf qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishi shart.
(1047-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1048. Bagajlarni yoʻq qilish boʻyicha tegishli hujjatlar, shuningdek ularni yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi video va foto materiallar tegishli aeroportda saqlanadi.
(1048-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
VII bob. Davlat nazoratining amalga oshirilishi
105. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan va hududidan chiqib ketayotgan yoki tranzit bilan oʻtayotgan barcha havo kemalari, ularning ekipajlari va yoʻlovchilari hamda ularning mulklari uchun pasport, bojxona, valyuta, sanitariya, karantin qoidalari va boshqa qoidalar tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
106. Yoʻlovchi tashish amalga oshirilayotgan uchib ketish, tranzit va manzil davlatining qonunchilik hujjatlari talab qiladigan barcha amaldagi tashish hujjatlari, vizalar, tibbiy va boshqa hujjatlarga ega boʻlishi kerak. Tashuvchi yoʻlovchining keyinchalik tranzit yoki manzil mamlakatidan chiqarib yuborilishini oldini olish maqsadida, yoʻlovchi tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmasa yoki bu hujjatlar belgilangan talabga javob bermasa, bunday yoʻlovchiga tashishni rad etish huquqiga ega.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
107. Yoʻlovchi uchishdan oldin aeroportda yoki havo kemasida unga tegishli bagajni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish uchun ochish paytida ishtirok etishi shart. Tashuvchi bu tekshirishni amalga oshirish yoki yoʻlovchi bunday tekshirish talablariga rioya qilmagani, shuningdek uchib ketish, tranzit yoki manzil davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya qilmaganliklari oqibatida vujudga kelgan bagaj tarkibidagi buyumlarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi uchun javob bermaydi.
108. Yoʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, aeroport xizmatchilari va tashuvchilar tomonidan aviatsiya xavfsizligi uchun oʻtkaziladigan har qanday nazorat talablarini bajarishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda tranzit hududlarini tashkil qilish yoki boshqa usullarni qoʻllash hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi aeroportiga bir davlatdan uchib keladigan va shu kunning oʻzida shu aeroportning oʻzidan, shu qatnovni yoki boshqa qatnovni bajaruvchi havo kemasida uchinchi davlatga uchib ketadigan yoʻlovchilar va ularning bagajlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq kelib tushgan aeroportda vaqtincha qolishlari mumkin boʻladigan sharoitlarni yaratishi kerak.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
110. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan birgalikda, sutkaning tungi vaqtida, zarurat boʻlganda, oraliq aeroportida havo transportida tashish shartnomasida belgilangan vaqtdan koʻproq ushlanib qolgan xalqaro tranzit yoʻlovchilariga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tunash uchun vaqtinchalik joylashishlari maqsadida aeroportni tark etishga ruxsat berish choralarini koʻrishi kerak.
(110-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
111. Oʻzbekiston Respublikasi aeroportiga olib kelingan yoʻlovchiga kirish huquqi man etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi uchun javobgarlik kirishi man etilgan yoʻlovchini olib kelgan tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
112. Agar yoʻlovchiga biror davlatga kirish uning tegishli davlatlarning qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi yoki talab qilingan hujjatlari boʻlmagani sababli, man etilgan boʻlsa, tashuvchi yoʻlovchini orqaga qaytarib tashish bilan bogʻliq har qanday transport va boshqa xarajatlarni amalga oshirishga majbur boʻlsa, unda tashuvchi yoʻlovchining chiqib ketishi bilan bogʻliq transport xarajatlarini undan undirish huquqiga ega. Bunda tashuvchi yoʻlovchi chiptasining foydalanilmagan qismidan oʻzining xarajatlarini qoplash maqsadida foydalanishi mumkin.
(112-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Yoʻlovchining kirish man etilgan manzilgacha toʻlagan tashish uchun toʻlovlari qaytarib berilmaydi.
113. Tashuvchi belgilanmagan joyga kelgan bagajni uning egasi turadigan joyga yuborishi mumkin. Bunda tashuvchi belgilanmagan joyga yanglish yuborilgan bagaj bilan bogʻliq jarimalar va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun javobgarlikni olmaydi.
114. Tashuvchi egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajni uning egasi nomidan tegishli manzil punktida texnik tekshiruv vositalari orqali olib boriladigan bojxona koʻrigidan oʻtkazish uchun taqdim etishi va bunday bagajni u joʻnatilgan manzilga yetkazib berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
115. Zarurat boʻlsa, tashuvchiga egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajning egasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, shuningdek aeroportning tashishlarni tashkil etish xizmati vakillari ishtirokida bagajni ochishga ruxsat beriladi.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
VIII bob. Havo transportida tashishda javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
116. Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonun hujjatlari va Havo kodeksi bilan tartibga solinadi.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1161. Havo transportida tashish yoʻlovchilar va bagaj aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qoʻnish joyida boʻlishidan qatʼi nazar, tashuvchining javobgarligi ostida boʻlgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi.
(1161-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
117. Tashuvchi yoʻlovchilar bilan oʻzining javobgarlik doirasini Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan normalarga nisbatan oshirish toʻgʻrisida bitimlar tuzishi mumkin.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 12-iyundagi 9-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-5, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)
118. Tashuvchi parvoz chogʻida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni koʻrganligini yoki bunday choralarni koʻrishning iloji boʻlmaganligini isbotlab bera olmasa, mulkiy javobgar boʻladi.
Agar yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligining yomonlashuvi qaytarib boʻlmas kuch natijasida sodir boʻlgan boʻlsa, tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy normalariga muvofiq zarar uchun toʻlanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi yoki zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin.
Tashuvchi yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻi shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini taʼminlashi shart.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
119. Roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj tashishga qabul qilib olingan paytdan eʼtiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
120. Agar yoʻlovchining yonidagi buyumlar yoʻqolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yoʻqotish yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy javobgar boʻladi.
121. Bagaj tashishda zarar koʻrgan yoʻlovchi, bu zararni oʻzining xatti-harakati tufayli koʻrgan boʻlsa, bu hollar tashuvchi tomonidan isbotlansa, unda tashuvchining javobgarligi chegaralanadi yoki u javobgarlikdan ozod qilinadi.
122. Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaxsning oʻlimi yoki uning sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning xatti-harakati tufayli roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.
Hayvonlarning oʻlimi yoki jarohatlangani uchun, agar bu koʻngilsizlik tabiiy sabablarga koʻra yoki ularni kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati natijasida roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.
123. Tashuvchi tashish shartnomasini bajarishda yoʻl qoʻygan nuqsonlar yoki oʻzining xodimlari tomonidan ularning xizmat vazifalarini bajarish paytida atayin qilingan xatti-harakatlar uchun yoʻlovchi va ularning bagajini birgalikda tashishda qatnashgan boshqa tashuvchilar oldida, agar bu holat isbotlansa, javobgardir.
124. Agar tashish bir necha tashuvchilar tomonidan amalga oshirilsa, bagajga keltirilgan ziyon sababi qaysi tashuvchining uchastkasida sodir boʻlganligi aniqlanmaganda, javobgarlik har bir tashishda qatnashuvchi tashuvchining tashish uchastkasining uzunligiga qarab belgilanadi.
125. Tashuvchining aybi bilan yoʻlovchining kuzatuvida boʻlgan buyumlarga zarar yetkazilganda va bunda tashuvchining aybi isbotlanganda, tashuvchi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
126. Bagaj yoki yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi:
tashish uchun olingan qiymati eʼlon qilingan bagajning yoʻqolgani yoxud kamomadi uchun — eʼlon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi eʼlon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa — haqiqiy qiymat miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
qiymati eʼlon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan bagajning, shuningdek yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar boʻladi.
(126-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
127. Bagaj yoki yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy ogʻirligi eʼtiborga olinadi. Agar yetkazilgan zarar bitta bagaj kvitansiyasi boʻyicha boshqa yoʻlovchilarning bagaji va boshqa buyumlariga zarar yetkazganda, bunda yetkazilgan zararni qoplash miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy ogʻirligi ham eʼtiborga olinadi.
128. Agar bagaj kvitansiyasida bagajning ogʻirligi koʻrsatilmagan boʻlsa, roʻyxatga olingan bagajning umumiy ogʻirligi, tegishli xizmat koʻrsatish toifasiga taalluqli bepul tashishga qabul qilinadigan meʼyordan oshmagan deb hisoblanadi va tashuvchining javobgarligi shu doirada belgilanadi.
129. Bagajning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligini aniqlashning iloji boʻlmaganda, yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik doirasi ushbu bagajning oʻrtacha ogʻirlik darajasiga qarab belgilanadi.
130. Tashuvchi quyidagi hollarda roʻyxatga olingan bagajni belgilangan manzilga yetkazishda kechikkanligi sababli yetkazilgan zararlar uchun toʻlovlarni rad qilish huquqiga ega:
yetkazilgan zararlar uchun talabnoma bildirish muddati oʻtib ketganda;
bagajning ichida boʻlgan zarur hujjatlar yoki boshqa buyumlarning kechikishi natijasida yoʻlovchi tomonidan koʻriladigan zararlar uchun;
yoʻlovchining xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi yoki aeroportda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bagajning kechikkanligi natijasida yetkazilgan zararlar uchun;
yoʻlovchining aybi bilan bagaj tashishning belgilangan qoidalariga muvofiq tashishga tayyorlanmagan holda topshirilganligi natijasida kelib chiqadigan zararlar uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
VIII1 bob. Tashuvchining xatti-harakati oqibatida yoʻlovchi tashish shartnomasi bajarilishining kechikishi
1301. Rasmiylashtirilgan chipta va oldindan band qilingan joyga ega boʻlgan yoʻlovchiga tashuvchi tomonidan havo kemasidan joy berish rad etilgan boʻlsa va bu yoʻlovchining belgilangan vaqtdan ortiq uchish punktida ushlanib qolishiga sabab boʻlsa, yoʻlovchiga yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan kompensatsiya toʻlovi yoki bepul qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish orqali qoplanadi.
Kompensatsiya toʻlovini toʻlash tartibi va miqdori tashuvchi tomonidan fuqarolik qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qoidalar, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, mazkur Qoidalar, shuningdek joʻnab ketish yoki tranzit mamlakatning qonun hujjatlari va xalqaro tijorat ittifoqlarining talablari asosida belgilanadi.
1302. Parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yoʻlovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
1303. Yoʻlovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi:
bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash;
parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha boʻlgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash;
tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan koʻra koʻproq boʻlsa, mehmonxona bilan taʼminlash;
kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qoʻyish va qaytishni taʼminlash;
chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash.
1304. Quyidagi hollarda yoʻlovchiga kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaydi:
yoʻlovchi boshqa reysda uchishdan bosh tortsa va chipta uchun toʻlangan pulning majburiyat bajarilmagan qismi doirasida joyida toʻlab berishni talab qilsa;
yoʻlovchi tashuvchining chipta olish va roʻyxatdan oʻtishga kelish muddatlari bilan bogʻliq talablariga rioya qilmasa;
yoʻlovchi mazkur Qoidalarning 14-bandiga asosan parvozdan chetlatilganda;
yoʻlovchi roʻyxatdan oʻtib, uchib ketish joyiga kelmasa;
reysda yoʻlovchiga uni chiptasida koʻrsatilgan klassdan yuqoriroq klassda qoʻshimcha haq olmasdan tashish taklif etilsa;
tashuv bepul amalga oshirilayotgan boʻlsa.
(VIII1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
IX bob. Talab qoʻyish va daʼvo
Oldingi tahrirga qarang.
132. Yoʻlovchi yoki bagajni tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar daʼvogarning xohishiga koʻra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, bagaj tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar daʼvogarning xohishiga koʻra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yoʻlovchining oʻlimi yuz bergan yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yoʻnalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.
(132-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-iyuldagi 27n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-1, 21.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 462-modda)
133. Xalqaro havo transportida tashish boʻyicha talab va daʼvolarni berish muddati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va “Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida”gi Varshava Konvensiyasi (1929-yil) bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qoʻyish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 124-moddasi bilan belgilanadi.
(133-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 12-iyundagi 9-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-5, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)
134. Tashuvchining mulkiy javobgarligi, tashish shartnomasining buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Tashish shartnomasining buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma bagajni berish vaqtida, bagajning kelmagani, kamomadi yoki shikastlanganligini tasdiqlash uchun tuziladi.
Tashish shartnomasining buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning boʻlmasligi yoʻlovchini talab va daʼvo qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
135. Yoʻlovchi yoki uning vakili yoʻlovchini va bagajini havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga egadir.
Yoʻlovchining vafoti yoki sogʻligʻi yomonligi sababli talab va daʼvoni tashuvchiga oʻzi koʻrsata olmaydigan hollarda, bunday daʼvoni qonunchilik asosida koʻrilgan zararni qoplash huquqiga ega boʻlgan shaxs koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
136. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi va xalqaro shartnomalariga asosan talab va daʼvolarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
(136-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 12-iyundagi 9-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238-5, 25.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)
X bob. Tashuvchi tomonidan tashish ishlarini taʼminlash xizmatini tashkil etish
137. Yoʻlovchilar uchun aeroportlarda tashish bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni olish uchun axborot xizmati tashkil etilishi lozim.
138. Aeroportlarning yerdagi xizmatlari tashishni amalga oshirishda bir sutkalik parvozlar rejasi va tasdiqlangan texnologik ish jadvaliga rioya etishlari lozim.
139. Tashuvchi, uning yerdagi xizmat koʻrsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan har bir yoʻlovchining uchishi bilan bogʻliq xalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti oltmish daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.
140. Tashuvchi, uning yerdagi xizmat koʻrsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan uchib kelgan har bir yoʻlovchining qoʻnish bilan bogʻliq belgilangan xalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti qirq besh daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.
141. Aeroportga kelgan havo kemasida bagajning qolib ketishi yoki bagaj unutib qoldirilgan hollarda, bunday bagaj talab qilinmagan bagajlarni saqlash uchun belgilangan qoidalarning shartlariga koʻra bagaj qidiruv xizmatiga saqlashga topshiriladi. Unutib qoldirilgan bagajni, egasi chiqmagan bagajni saqlash xonasiga yetkazish, tegishli aeroportlarda tashuvchining qoidalariga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
142. Aeroportda yoʻlovchilarga zarur xizmat koʻrsatish majmuasi tashkil etilishi kerak. Aeroportning aerovokzallarida roʻyxatdan oʻtkazish (ustunlari) zallari, chiptalarni sotish kassalari, maʼlumot beruvchi xizmat, omonat saqlash xonalari, ona va bola xonalari, doʻkonlar, dorixonalar, aloqa va telegraf xizmati, valyuta almashtirish shohobchalari, shuningdek zarur boʻlganda tibbiy yordam, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan boʻlishi lozim.
143. Aeroportlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarga alohida yordam koʻrsatilib, keng ommaga koʻrsatiladigan oddiy xizmatdan qulayroq, kafolatlangan xizmat koʻrsatilishi kerak. Bino, inshootlar va xizmat koʻrsatish hududiga kiriladigan yoʻllar va xizmatning barcha turlari jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishi uchun zarur boʻlgan talablarga javob berishi kerak.
144. Aeroportlar texnologik reglament va jadval asosidagi xizmatni koʻrsatish uchun, yoʻlovchilar va ularning bagajlarini rasmiylashtirish, bagajlarni tayyorlash va yuklash, uchib kelgan yoʻlovchilarni kutib olish, havo kemasidan bagajni tushirish va topshirish, shuningdek uchish va qoʻnish bilan bogʻliq yerdagi xizmat koʻrsatishning boshqa texnologik amaliyotlarini bajarish uchun, zarur texnologik jihozlar va aloqa vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi, shu bilan birga aeroportning oddiy tartibda ishlashi uchun imkon beradigan miqdorda maxsus xizmat va texnologik zonalarga ega boʻlishi kerak.
145. Parvoz qatnovlariga xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan barcha uskunalar ishga tushirilishidan oldin ularning sozligi tekshirilishi kerak.
XI bob. Yakuniy qoida
146. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
2011-yil 8-aprel
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2011-yil 8-aprel
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2011-yil 8-aprel
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2011-yil 12-may
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MUXITDINOV
2011-yil 12-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda; 2013-y., 34-son, 462-modda; 2016-y., 32-son, 394-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 10/18/2238-3/1581-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)