27.04.2011 yildagi 121-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.04.2011 yildagi 121-son
Date of entry into force
27.04.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TERMA JAMOALAR HAMDA ULARNING ZAXIRASINI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNI, SHUNINGDEK ULARNI MODDIY JIHATDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining 2012-yil London shahri (Buyuk Britaniya)da boʻlib oʻtadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi toʻgʻrisida” 2009-yil 5-yanvardagi PQ-1029-son qarorini bajarish yuzasidan, sportchilarni respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishga sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi uch yilda bir marotaba “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport oʻyinlari dasturlariga kiritilgan asosiy sport turlarini har bir taʼlim muassasasida belgilasin va tasdiqlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplashga va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda respublika, xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish uchun sifatli tayyorlash maqsadida terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash va taqsimlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda kalendar reja deb ataladi) – Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari roʻyxatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar roʻyxatini belgilovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shugʻullanadigan, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trener — trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan hamda oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari (keyingi oʻrinlarda terma jamoalar deb ataladi) — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
(1-bandning uchinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terma jamoalar mamlakatning kuchli sportchilarini birlashtiruvchi (katta yoshdagilardan) milliy, shu jumladan ularning eng tayyor zaxirasidan iborat (yoshlar, oʻspirinlar), oʻsmirlar va bolalar (tegishli yoshlardagi) terma jamoalariga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terma jamoalar asosiy va zaxira tarkibdan iborat boʻladi, ular vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻma jamoalarning trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha yigʻma jamoalarning bosh (katta) trenerlari va trenerlari, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va shu kabilar) huzurida yoki ular boʻlmagan taqdirda – sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari huzurida tashkil etiladigan terma jamoalarning boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, yigʻma jamoalarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarni tiklash uchun mablagʻlar (keyingi oʻrinlarda qoplash deb ataladi) — uzluksiz oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari, kalendar rejaga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida oʻtkaziladigan xalqaro (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari (kuboklari) va respublika musobaqalari davrida terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga moʻljallangan moliyaviy mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoplash limiti — bir oy uchun hisoblanadigan va qoplash uchun har kungi sarflardan iborat boʻladigan, koʻrib chiqilayotgan oydagi kunlar (yakshanbadan tashqari) soniga koʻpaytirilgan moliyaviy mablagʻlar hajmi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga tayyorlanishda terma jamoalar va ularning zaxirasi jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, terma jamoalarning energiya sarflarini toʻldirish va jismoniy resurslarini tiklash qoplash mablagʻlari toʻlashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoplash mablagʻini toʻlash sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) yoki sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari orqali, vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoplash mablagʻi bilan Oʻzbekiston terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkibidagi yuqori sport natijalariga erishgan sportchilar va trenerlar taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sportchilar va trenerlarni qoplash mablagʻi bilan taʼminlanuvchilar jumlasiga kiritish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoplashga ajratilgan maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini xolisona va oqilona taqsimlash maqsadida vakolatli organ huzurida sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) va respublika oliy sport mahorati maktablari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlariga qoplash limitlari sonini ajratish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya raisi va aʼzolari vakolatli organning qarori bilan 1 yil muddatga tayinlanadilar. Komissiya 11 nafar aʼzodan iborat boʻladi, uning tarkibiga vakolatli organning tegishli boshqarmalari boshliqlari, respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning yoki sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablarining rahbarlari yoki vakillari kiritilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya raisi va aʼzolari oʻz xohishiga koʻra yoki zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoidabuzilishlari uchun komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya majlisi unda komissiya aʼzolarining 2/3 qismi qatnashgan taqdirda toʻla huquqli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori uning uchun majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz berishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya majlislari zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari majlislari zarurat boʻlgan taqdirda rais tomonidan chaqiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya qarori protokollashtirilishi va komissiya aʼzolari tomonidan imzolanishi va vakolatli organga taqdim etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning yoki sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablarining buyurtmalaridan kelib chiqqan holda terma jamoalar va ularning zaxirasi boʻyicha qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini har chorakda taqsimlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining erishgan natijalari asosida qoplash limitlari sonini qayta koʻrib chiqish va qayta taqsimlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash va taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoplashning har kunlik normasi miqdori terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari uchun terma jamoalar sportchilari uchun oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normalarining shakllanayotgan qiymati hisob-kitobidan kelib chiqib, tegishli moliyaviy yilning 1-yanvarida amalda boʻlgan bazaviy xisoblash miqdoriga foizlarda, biroq bazaviy xisoblash miqdorining 40 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qoplash puli terma jamoalar va ular zaxirasining oʻqish joyida budjet mablagʻlari hisobiga har kunlik ovqatlanish bilan taʼminlanadigan sportchilariga toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Terma jamoaning sportchisi va treneri vakolatli organ mablagʻlari hisobiga oʻquv-trenirovka yigʻinlarida qatnashadigan vaqtda qoplash pulini toʻlash toʻxtatib turiladi va toʻlanmaydi. Qoplashning toʻlanmagan summasi vakolatli organning hisob raqamiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaytarilgan summa Komissiyaning qarori boʻyicha terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlariga qoplashning kundalik normalari toʻlovi uchun qayta taqsimlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyuldagi 229-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 356-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sportchilar va trenerlarga qoplash uchun ajratiladigan maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlari miqdori quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Toifasi‎ Pul taʼminoti miqdori, qoplash limitiga nisbatan %‎
1.‎ Terma jamoalarning asosiy tarkibi‎ 100 gacha, lekin 50 dan kam emas‎
2.‎ Terma jamoalarning zaxira tarkibi‎ 70 gacha, lekin 35 dan kam emas‎
3.‎ Trenerlar‎ 50 gacha, lekin 25 dan kam emas‎
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni sportchilar va trenerlarning bank plastik kartochkalariga yoki depozit hisob raqamlariga oʻtkazish yoʻli bilan tegishli oluvchilarga toʻlovlarni amalga oshirish uchun respublika oliy sport mahorati maktablarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachilik hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlariga yoki respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning hisob raqamlariga qoplash mablagʻlari komissiya qarori asosida vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sportchilarga qoplash pulini toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terma jamoa roʻyxatidan chiqarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
natijadorlikni jiddiy pasaytirib yuborganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy tartibni qoʻpol ravishda buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport tayyorgarligi bilan shugʻullanmay qoʻyganda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Trenerlarga toʻlov pulini toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birkitilgan sportchi va (yoki) sportchilar guruhi terma jamoa roʻyxatidan chiqarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birkitilgan sportchi va (yoki) sportchilar guruhining natijadorligi pasayganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy tartib buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar terma jamoalarning sportchilarini va trenerlarini qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlar bilan taʼminlash boʻyicha asosiy talablar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎T/r

Toifasi‎

Qoplash puli bilan taʼminlash uchun talablar ‎

1.‎ Sportchilar‎ Terma jamoalar tarkibiga kiritilgan sportchilar tomonidan xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishga koʻmaklashadigan yuqori sport natijalariga erishish‎
2.‎ Trenerlar: terma jamoalarning shtatli trenerlari ‎ Tegishli respublika oliy sport mahorati maktablari va (yoki) respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning ijobiy bahosiga ega boʻlgan, terma jamoa bilan doimiy ishlaydiganlar‎
3.‎ Terma jamoalar aʼzolari boʻlgan sportchilarning shaxsiy trenerlari ‎ Terma jamoa aʼzosi boʻlgan sportchini tayyorlash va sportchining kelgusidagi tayyorgarligini taʼminlashni davom ettirish, tegishli respublika oliy sport mahorati maktablari va (yoki) respublika federatsiyalari (uyushmalari)ning ijobiy bahosiga ega boʻlganlar.‎
(19-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylarning mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar terma jamoalarning sportchilari va trenerlarini qoplash puli bilan maqsadli moliyaviy taʼminlash manbalari hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmi har yili tasdiqlanadigan sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida hamda tegishli yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xarajatlari smetasida nazarda tutiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Terma jamoalar va ularning zaxirasi aʼzolari uchun qoplashga maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlari olgan tashkilotlar ulardan foydalanishning toʻliq hisobini yuritishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoplashga maqsadli pul (moliyaviy mablagʻlar) olgan tashkilotlar hisobot davri (oy, chorak, yil)dan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay vakolatli organga olingan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etishlari shart. Hisobot shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tegishli tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarning oluvchi hisob raqamiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchilarning plastik kartochka yoki hisob raqami va oʻtkazilgan summa koʻrsatilgan roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Komissiya raisi va aʼzolari terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari taʼminotiga ajratilgan mablagʻlarga ehtiyojning toʻgʻri aniqlanganligi, ularning oʻz vaqtida taqsimlanganligi va ulardan maqsadli foydalanilganligi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari berilgan pul (moliyaviy) mablagʻlardan qatʼiy maqsadli foydalanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashkilotlar qoplash pulining oʻz vaqtida toʻlanishi va undan maqsadli foydalanish boʻyicha taqdim etilgan hisobotlarning haqqoniyligi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyuldagi 229-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 356-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommalashgan sportning barcha turlari boʻyicha ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini budjet mablagʻlari hisobiga oʻtkazish, toʻlovlarni va moliyalashtirish manbalarini amalga oshirish, shuningdek sport delegatsiyalari va sport terma jamoalarini xalqaro darajalardagi sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat safariga yuborish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisidagi budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni hamda ularda qatnashishni amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, sport federatsiyalari (uyushmalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) uchun majburiy hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar, shu jumladan homiylar mablagʻlari hisobiga ham oʻtkazilishi mumkin, ushbu mablagʻlardan foydalanish tartibi vakolatli organ va/yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan qonunchilikka, sport musobaqalarini, shu jumladan xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish shartlariga muvofiq belgilanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar — davlat boshqaruvi va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularga sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish yoki ularda qatnashish uchun budjet mablagʻlari ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya-sport tashkiloti — faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki boshqa yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda kalendar reja deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari roʻyxatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar roʻyxatini belgilovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari reglamenti (keyingi oʻrinlarda reglament deb ataladi) — sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini hamda ularga qoʻyiladigan majburiy shartlar va talablarni, shuningdek ularda qatnashish shartlarini belgilovchi qoidalar yigʻindisidan iborat boʻlgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari toʻgʻrisida nizom — sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish va ularda qatnashish tartibi va shartlarini belgilaydigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport musobaqasi — sportchilar oʻrtasida yoki sportchilar jamoalari oʻrtasida har xil sport turlari (sport dissiplinalari) boʻyicha musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) boʻyicha oʻtkaziladigan bellashuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport tadbirlari — sport musobaqalarini, oʻquv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladigan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari — aholini jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etishga va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-mashq yigʻinlari — sportchilarni sport musobaqalariga va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlash va ularda ishtirok etish, shuningdek ushbu tadbirlardan keyin tiklash maqsadida sportchilarning sport mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan, sport yoʻnalishidagi, pedagogik va tarbiyaviy yoʻsindagi tashkil etilgan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport kurslari, seminarlari va konferensiyalari — sportchilarning, trenerlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shugʻullanadigan, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trener — trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan hamda oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport terma jamoalari — turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat boʻlgan, musobaqalarga hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlanish va ularda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan turli tashkilotlarning jamoalari (shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha sport terma jamoalarining bosh (katta) trenerlari va trenerlari, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va sport terma jamoalarining boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) huzurida yoki ular boʻlmagan taqdirda — sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari huzurida tashkil etiladigan sport terma jamoalarining sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport delegatsiyasi — bitta yoki bir necha sport terma jamoalaridan iborat boʻlgan tashkilot, mintaqa yoki mamlakat nomidan vakillik qiladigan, rahbar, uning oʻrinbosarlari, menejerlar va boshqa mutaxassislar boshchilik qiladigan jamoa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks ilmiy guruh — sport turlari boʻyicha terma va klub jamoalarida ilmiy-metodik ishlarni hamda ilmiy-metodik taʼminlashni amalga oshiruvchi mutaxassislar jamoasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchisi —zimmasiga sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini tashkil etish, oʻtkazish yoki ularda bevosita qatnashish funksiyalari yuklangan jismoniy shaxs. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazuvchi tashkilotlarning rahbari va maʼmuriy xodimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sport terma jamoalarining sportchilari, trenerlari, hakamlari, rahbarlari (vakillari, boshliqlari) va menejerlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) texnik xodimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xizmat koʻrsatuvchi xodimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy taʼminlash — sport terma jamoalarining sportchilari, trenerlari, hakamlari, olimlari va boshqa mutaxassislarini tegishli sport buyumlari, kiyim-bosh, anjomlar, asbob-uskunalar, tashxis apparatlari va shu kabilar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishdagi normativ talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hududiy Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini ovqatlantirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari sportchilari, trenerlari, sport hakamlari va boshqa qatnashchilarini ovqatlantirishni qoplash boʻyicha xarajatlar normalariga muvofiq taʼminlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hududiy Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat koʻrsatishning bir kuni uchun sport hakamlariga toʻlov miqdorlari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq normalar boʻyicha toʻlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyuldagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 356-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash uchun esdalik sovgʻalar, medallar va diplomlar normalari ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻquv-trenirovka yigʻinlari tasnifi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashuvchi sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar taʼminotining qoʻshimcha shartlari ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sport musobaqalari ularni oʻtkazish xarakteriga koʻra quyidagicha boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy — ularda (jinsi, yoshi, sport malakasi boʻyicha) alohida sportchilar egallagan oʻrinlar aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy-jamoaviy — ularda shaxsiy birinchilikdan tashqari, jamoa qatnashchilari egallagan oʻrinlar aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy — ularda faqat jamoa qatnashchilari egallagan oʻrinlar aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klassifikatsion — ularda sportchilar tomonidan razryad normalari va Oʻzbekiston Respublikasining yagona sport tasnifi talablarining bajarilishi aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saralash — ularning yakunlariga koʻra sport terma jamoalari shakllantiriladi;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks — ularning dasturida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va shu kabi xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan sportning bir necha turlari boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
itsenziyali, malakaviy, reytingli, saralash — ularning yakunlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, jahon, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va kuboklari, qitʼa chempionatlari va kuboklarida hamda boshqa nufuzli sport musobaqalarida qatnashish huquqini beradigan litsenziyalar egalari (yoki qatnashchilar) aniqlanadi.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari quyidagilarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy tadbirlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tumanlar, shaharlar va boshqalar boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika tadbirlari (respublika chempionatlari va kuboklari, viloyatlararo yoki respublikaning bir nechta mintaqalari ishtirokidagi, shu jumladan ochiq turnirlar);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tadbirlar (xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks musobaqalar (Olimpiya, Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, jahon, Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari va boshqalar), jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda xalqaro musobaqalari, xorijiy davlatlar va qitʼalarning ochiq chempionatlari, kuboklar, festivallar, turnirlar va boshqalar).
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv-trenirovka yigʻinlari quyidagi toifalarda boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha darajalardagi (mintaqaviydan xalqaro darajagacha) aniq sport musobaqalariga tayyorgarlik boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilarni boʻlajak sport musobaqalariga va musobaqa davriga, turkumiga umumiy jismoniy tayyorlash, tiklash (kompleks va chuqurlashtirilgan tibbiy tiklash) bilan bogʻliq tayyorgarlik boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham va undan tashqarida ham oʻtkazilishi mumkin. Bunda ularning davom etishi va qatnashchilarining soni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tasnifga binoan reglamentlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tasdiqlangan kalendar reja asosida sport musobaqasini oʻtkazadigan vakolatli organning rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiri (sport musobaqasi, oʻquv-mashq yigʻini va shu kabilar) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanadi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport tadbirini oʻtkazish tizimi — tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq tadbirni oʻtkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashuvchi tashkilotlar — sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirida jismoniy tarbiya — sport yoki boshqa tashkilotlar jamoalarining qatnashishi huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilar, trenerlar va boshqa qatnashchilarning son jihatidan tarkibi — tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirining qatnashchilari soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sportchilarning jins va yosh toifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq natijalarni baholash tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-sanitariya taʼminoti, sugʻurta qilish va texnika xavfsizligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport delegatsiyalari, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari qatnashchilarining va sport hakamlarining (Olimpiya va Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, jahon, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va kuboklari, qitʼa chempionatlari va kuboklari qatnashchilarining) anjomlari;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport musobaqalarining moliyaviy shartlari — tegishli tashkilotlarning ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash boʻyicha moliyaviy majburiyatlarini nazarda tutadi;
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanomalarni berish tartibi va muddati — sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirida qatnashishga buyurtmanomalar shaklini, shuningdek, buyurtmanomani qabul qiladigan tashkilotning aniq rekvizitlari koʻrsatilgan holda, oldindan va yakuniy buyurtmanomani berish muddatlarini nazarda tutadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sport musobaqalarining gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash tartibi;
(12-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport musobaqalarining oʻtkazilish joyi va vaqti;
(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport musobaqalari qatnashchilarining keladigan kuni va joʻnab ketadigan kuni.
(12-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vakolatli organlar va sport tashkilotlari sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tasdiqlangan sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga, sport tadbirini oʻtkazish reglamenti (nizomi)ga, tashkiliy qoʻmitalarning taklifnomalariga (reglamentlariga) muvofiq oʻtkazadilar va ularda qatnashadilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻquv-trenirovka yigʻini tashkilotchilari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy va amaliy mashgʻulotlar, madaniy-ommaviy va tarbiyaviy ishlar rejalarini, sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini, kompleks ilmiy guruh ishlari, tibbiy xizmat koʻrsatish va mashgʻulotlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejalarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-trenirovka jarayonini oʻtkazish sifatiga, sportchilarning texnik va taktik mahoratini takomillashtirishga, qatnashchilar oʻrtasida intizomga rioya qilishga, mol-mulklarning saqlanishiga alohida eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakali trenerlar, vrachlar, massajistlar, psixologlar va boshqa mutaxassislarning qatnashishini taʼminlash, shuningdek sport inshootlarini zarur anjomlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyruq (farmoyish) bilan oʻquv-trenirovka yigʻini boshligʻini va uning oʻrinbosarini tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishini va qatnashchilarni sugʻurta qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilarning va ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻquv-trenirovka yigʻini boshqa qatnashchilarining nomma-nom roʻyxatlarini tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirish, sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xarajatlarning tarkibi va normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni, sport terma jamoalarini tayyorlash va ularning sport musobaqalarida qatnashishini, ularning moddiy va mulkiy taʼminotini, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-metodik jihatdan taʼminlashni, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishni moliyalashtirish vakolatli organlar hamda sport tashkilotlari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini, oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazishga, sport terma jamoalari aʼzolarini mulkiy taʼminlashga, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlashga, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishga ajratiladigan mablagʻlar hajmi vakolatli organlar qarorlarida belgilanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirish soʻmlarda va/yoki xorijiy valyutada, tasdiqlangan sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida, amaldagi normalarga, shuningdek xalqaro va respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, oʻquv-mashq yigʻinlari, kurslar (seminarlar) va shu kabilarning tashkilotchilari tomonidan belgilangan moliyaviy shartlarga muvofiq vakolatli organga, tashkilotga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirishda vakolatli organ tomonidan aniq sport tadbiri va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirining xarajatlar smetasi tuziladi va tasdiqlanadi, unda amalga oshiriladigan xarajatlarning yoʻnalishlari va ularni moliyalashtirish manbalari koʻrsatiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aniq sport tadbiri va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini oʻtkazishga ajratiladigan budjet mablagʻlari miqdori kalendar rejada belgilangan mablagʻlar doirasida amaldagi xarajatlar normalariga, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan oʻrtacha narxlariga, amalga oshiriladigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga va boshqa koʻrsatkichlarga muvofiq belgilanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilarning tadbir boʻladigan joygacha va u yerdan qaytishdagi yoʻl xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilarning tadbirda qatnashadigan vaqtdagi yashash xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilarning tadbirda qatnashadigan vaqtdagi ovqatlanish xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilarning tadbirlar davomida yoʻlda oʻtadigan vaqti uchun sutkalik xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport hakamlarining mehnat haqi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soliq;
(18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport inshootlarini, shuningdek boshqa binolarni ijaraga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport anjomlari va asbob-uskunalarini ijaraga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilarni sugʻurta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus anjomlar va moslamalarni (oʻqlar, nishonlar, kamonlar va shu kabilarni) sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar va oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash (ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kanselyariya anjomlari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoliblar va sovrindorlarni mukofotlash uchun sovrinlar (qimmatbaho sovrinlar, kuboklar)ni tayyorlash yoki sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoliblar va sovrindorlarni mukofotlash uchun medallar va diplomlarni tayyorlash yoki sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik hajmli sport anjomlari va asbob-uskunalarini tashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga qarshi xizmat koʻrsatish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida sport terma jamoalarining ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarga, ularni oʻtkazish sharoitlari va reglamenti (nizomi)ni hisobga olgan holda, quyidagilarga sarflanadigan xarajatlar kiradi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning sport tadbirlari oʻtadigan joygacha va u yerdan qaytib kelish boʻyicha yoʻl xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning yashash xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning ovqatlanish xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning yoʻlda boʻlish vaqtidagi sutkalik xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport inshootlarini, shuningdek boshqa binolarni ijaraga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport anjomlari, asbob-uskunalar va transportni ijaraga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus anjomlar va moslamalarni (oʻqlar, nishonlar, kamonlar va shu kabilarni) sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik hajmli sport anjomlari va asbob-uskunalarini tashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-tiklash tartibotlari, tibbiy xizmat koʻrsatish va tibbiy sugʻurta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilarni sugʻurta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
badallar toʻlash (qatnashish, akkreditatsiya qilish, jamoa va start badallari uchun, doping yuzasidan nazoratdan oʻtish, aeroport uchun), shuningdek kirish vizalari toʻlovi, nogabarit bagaj uchun toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar va oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks musobaqalar (Olimpiya, Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, jahon, Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari va boshqalar), sport turlari boʻyicha jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda xalqaro musobaqalari, xorijiy davlatlar va qitʼalarning ochiq chempionatlari, kuboklari, festivallari, turnirlari va boshqalarida qatnashishda maxsus sport anjomlari, maxsus kiyim-boshlar va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari.
(19-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport terma jamoalarining turli sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish uchun ketayotganda xorijiy davlat hududida ovqatlanishi va yashashi qonunchilikda belgilangan normalar boʻyicha nazarda tutiladi, agar tadbir oʻtkaziladigan joydagi tashkiliy qoʻmita shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa. Bunda agar sport delegatsiyasining yashash va ovqatlanish normalari tashkiliy qoʻmita shartlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan yuqori boʻlsa, u holda tashkiliy qoʻmita normalari qoʻllanadi.
(19-bandning oʻn beshinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishdagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl xarajatlari va yoʻlda boʻlish vaqtidagi sutkalik pulni toʻlash xarajatlari — sport delegatsiyalarini, jamoalarini, sportchilar guruhlarini (yoki sportchini), trenerlar, sport hakamlari va boshqa mutaxassislarni yuborayotgan tashkilotlar hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari va boshqa mutaxassislarni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq turar joy va ovqatlanish bilan taʼminlash xarajatlari — aniq sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish shartlariga muvofiq, budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq togʻli joylarda yoki suvli hududlarda alohida sharoitlarda ommaviy sport tadbirlarini, shu jumladan oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazishda sport tashkilotlariga, ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar normalaridan hamda tegishli ravishda tadbirlarning davom etish muddatidan kelib chiqqan holda, ovqatlanish mahsulotlarini sotib olish va tadbirlar qatnashchilarining boshqa xarajatlari uchun xarajatlarning jami summasini hisobot berish asosida naqd pul bilan berishga ruxsat etiladi, bunda budjet mablagʻlari Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi qoidalariga muvofiq (2009-yil 16-sentabrda 2007-son bilan roʻyxatga olingan) ajratiladi. Mablagʻlar tadbir qatnashchilarini ovqatlanish mahsulotlari va shu kabilar bilan taʼminlash maqsadida hisobot taqdim etadigan shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishda xarajatlar tegishli xalqaro tashkilot yoki tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan tadbir nizomi (reglamenti) asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb ataladi) tomonidan, belgilangan tartibda budjet tashkilotlari xarajatlari smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Har bir alohida holatda u yoki bu sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirini oʻtkazishga xarajatlarni ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan doirada Gʻaznachilik orqali amalga oshirish uchun mablagʻlarni budjet tashkilotlari Gʻaznachilikka budjet tashkilotining kreditlarni beruvchi — budjet mablagʻlarini oluvchining birinchi imzosini qoʻyish huquqiga ega boʻlgan rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan imzolangan, tashkilot xarajatlari smetasi ilova qilingan tegishli buyruqni taqdim etadilar. Buyruqda va unga ilova qilinadigan xarajatlar smetasida tadbirning turi, oʻtkaziladigan kunlari, joyi, qatnashchilarning soni, xarajatlar summasi majburiy tartibda koʻrsatiladi. Koʻrsatib oʻtilgan tadbirga xarajatlar smetasi moliya boshqarmasining boshligʻi yoki (moliya xizmatining shtatlar jadvali boʻyicha mavjud boʻlmagan taqdirda) tashkilotning bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Bundan tashqari, naqd pul mablagʻlarini olish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buyurtmanoma taqdim etiladi. Reja-moliya xizmati boshligʻi (yoki bosh buxgalter) va rahbar (shaxs) tadbir xarajatlari smetasining va naqd pul mablagʻlari berish yuzasidan buyurtmanomaning ishonchli rasmiylashtirilganligi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xarajatlarni naqd pulsiz shaklda toʻlash va naqd pul mablagʻlarini berish qatʼiyan belgilangan tartibda, budjet tashkilotlarining sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari yoki oʻquv-trenirovka yigʻinlari uchun xarajatlari smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qatnashchilarning respublika sport musobaqalari oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytish xarajatlari quyidagi tartibda toʻlanadi:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilarni sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga yuborishda ular tomonidan yoʻl chiptalarini naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotib olishga yoki borish va qaytishdagi yoʻl haqi qiymatini taqdim etilgan yoʻl hujjatlari asosida qoplashga ruxsat etiladi, bunda yoʻl haqi qiymati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl boʻyicha — umumiy (yoki alohida) joyli vagondagi yoʻl haqi qiymatidan oshmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta yoʻllar boʻyicha — jamoat foydalanadigan transportdagi (taksidan tashqari) yoʻl haqi qiymatidan oshmasligi kerak, u mavjud boʻlmagan taqdirda toʻlov transport vositasi egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq, transport vositasining tartib raqamini va pasport maʼlumotlarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transportidan foydalanilgan taqdirda — tejamli klass aviachiptasining qiymatidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining qatnashchilariga transport vositasida (taksidan tashqari) yoʻlkira xarajatlari temir yoʻl (avtobus) stansiyasiga, pristanga, aeroportga borish uchun toʻlanadi, agar ular aholi punktidan tashqarida joylashgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini turar joy bilan taʼminlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan barcha darajalardagi (mintaqaviy, respublika va xalqaro) sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilari turar joy bilan tasdiqlovchi hujjatlar (maʼlumotnomalar, shartnomalar, cheklar va shu kabilar) mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda taʼminlanadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiriga (shu jumladan xalqaro darajadagi tadbirga) borish va undan qaytish yoʻlida majburiy toʻxtashlarda, tun mobaynida yoki bir sutkadan koʻp vaqt mobaynida navbatdagi transportni kutish vaqtida turar joyni ijaraga olish boʻyicha tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar qatnashchilarga qonunchilikda belgilangan normalar doirasida qoplanadi;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston hududida respublika sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish davrida turar joy va ovqatlanish bilan taʼminlanish xarajatlarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan normalari tadbirning barcha qatnashchilariga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sport terma jamoalari aʼzolarining mulkiy taʼminoti koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobiga vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks musobaqalar (Olimpiya, Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, jahon, Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari va boshqalar), sport turlari boʻyicha jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlar va kuboklari hamda xalqaro musobaqalari, xorijiy davlatlar va qitʼalarning ochiq chempionatlari, kuboklari, festivallari, turnirlari va boshqalarida, shuningdek boshqa nufuzli xalqaro va respublika sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashadigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan sport delegatsiyalari, sport terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkiblari: delegatsiyalar (jamoalar) rahbarlari, sportchilar, trenerlar tarkibi, qatnashishga tayyorlash ishlarini olib boruvchi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mulkiy taʼminlanadilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Davolash, reabilitatsiya va tiklash tadbirlarini moliyaviy taʼminlash sport terma jamoalari va ularning zaxirasi aʼzolarining sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari, oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari vaqtida olgan sport jarohati (jarohatlari) natijasida yoʻqotilgan salomatligini tiklash maqsadida, rasmiy tibbiy xulosalar asosida budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sport terma jamoalari aʼzolarini reabilitatsiya qilish va salomatligini tiklash boʻyicha quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolanish joyiga borish, joylashish va ovqatlanish hamda davolanish joyidan qaytib kelish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik preparatlar (dori-darmonlar, vitaminlar, oqsil-glukoza va shu kabilar) bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatlikni tiklash tadbirlari (fizioterapiya, psixologik, madaniy-maʼrifiy va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolanish (operatsiya va boshqalar), reabilitatsiya, salomatlikni tiklash va kasallikni (jarohatni) tashxis qilish, operatsiyani oʻtkazish va davolanish kursidan oʻtish toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus asbob-uskuna va anjomlarni, elektron va texnik vositalarni, avtotransportni ijaraga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aeroportlarda va temir yoʻl vokzallaridagi yigʻimlar, viza olishlar xarajatlarini hamda qonunchilikda belgilangan tartibdagi boshqa xarajatlarni toʻlash.
(31-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Vakolatli organlar tomonidan tashkilotlarga sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlanish va ularda qatnashish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari vakolatli organlar yoki tashkilotlarning buyruqlariga hamda aniq sport tadbirining xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq holda sarflanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda agar sport tadbiriga qatnashuvchilarning (shuningdek, sport delegatsiyasi, trenerlar, hakamlar va boshqalarning) umumiy soni, sport tadbiri kunlari, harid qilinishi rejalashtirilgan tovar, ish xizmatlarning miqdorlari va narxlari xarajatlar smetasida belgilanganidan kamaygani yoki boshqacha shaklda oʻzgargani hisobiga xarajatlar smetasining bir moddasida rejalashtirilgan mablagʻlarning ishlatilmagan qismi tasdiqlangan xarajatlar smetasining yigʻindi mablagʻi doirasida, zarurat tugʻilganda, xarajatlar smetasining boshqa moddasiga sarflanishi va/yoki qoplanishi, shuningdek, xorijiy valyutani erkin muomalada oldi-sotdi natijasida vujudga kelgan ijobiy farqni qoplash mablagʻlarni moliyalashtirgan vakolatli organ rahbarining va/yoki shunga masʼul rahbar oʻrinbosarining rasmiy ruxsati bilan amalga oshiriladi yoki mablagʻlar qaytariladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tadbirni oʻtkazgan tashkilotlar tadbirlar tugagandan keyin 3 kun mobaynida vakolatli organlarga tadbirga tayyorlanish va uni oʻtkazishga ajratilgan budjet mablagʻlari boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Hisobotda koʻrsatilgan barcha xarajatlar amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlaydigan va zarur darajada rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomalar, toʻlov schyot-fakturalari, toʻlov topshiriqnomalari, tovar-moddiy boyliklarni olish hujjatlari, bajarilgan ishlarning dalolatnomalari, transport yoʻl varaqalari, naqd pul mablagʻlarini, sovrinlarni, medallarni, diplomlarni berish vedomostlari, roʻyxatdan chiqarish dalolatnomalari, transport chiptalari va shu kabilarning nusxalari xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishga budjetdan ajratilgan mablagʻlarning foydalanilmagan qoldigʻini tashkilotlar tadbirlar tugagandan keyin uch bank kuni mobaynida vakolatli organlarning yoki mablagʻlarni ajratgan tashkilotlarning shaxsiy hisob raqamiga qaytarishi shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Hisobot vakolatli organga tegishli sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining moddiy javobgar shaxsi tomonidan shaxsan taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tashkilotlarning rahbariyati ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida taqdim etiladigan hisobotlarning haqqoniyligi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari vakolatli organlar yoki budjet tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan taqdirda ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha hisobot mazkur tashkilotlar tomonidan, budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilariga ovqatlanishni qoplash xarajatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NORMALARI

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilariga ovqatlanishni qoplashga xarajatlarning kundalik normalari har yili 5-yanvargacha vakolatli organlar tomonidan tegishli moliyaviy yilning 1-yanvarida amalda boʻlgan bazaviy xisoblash miqdoriga foizlarda, biroq bazaviy xisoblash miqdorining 40 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarining ovqatlanishi bilan bogʻliq xarajatlar tegishli moliyaviy yilga vakolatli organlarning xarajatlar smetasida sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga va ular doirasida qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport tadbirlari qatnashchilarini ovqatlantirish xarajatlarini qoplashda turgʻun ovqatlanish punktlarining qoʻshimcha xarajatlari hisobga olinadi, lekin ovqatlanish xarajatlarining kunlik umumiy summasi belgilangan bazaviy xisoblash miqdorining 50 foizidan oshmasligi kerak.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qatnashchilar ovqatlanish xarajatlarini qoplash bilan quyidagi tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sport musobaqalarining boshqa shaharlik qatnashchilari — sport musobaqalari boshlangungacha bir kun oldin va sport musobaqalari oʻtkaziladigan davrda;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) viloyatlar, respublika va xalqaro sport musobaqalari oʻtkaziladigan joylarda (Oʻzbekiston Respublikasi hududida) yashaydigan qatnashchilar ovqatlantirish bilan boshqa joylardan kelishgan qatnashchilar bilan teng ravishda, faqat sport musobaqalari kunlarida;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) respublika va xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish uchun oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilari — oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkaziladigan kunlarda taʼminlanadilar.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Katta yoʻllardagi (velosiped poygalari, yugurish marafonlari, uzoq masofalarga yugurish yoki sport yurishlari sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha sport musobaqalarini va oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazishda tashkilotlar maxsus ovqatlanish (suyuq ovqatlar, choy, sut, sharbatlar, glukoza va askarbin kislotali, mevali ichimliklar) punktlari tashkil qiladilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masofalarda ovqatlanish uchun maxsus ovqatlanish punktlarining soni va joylashishini vrachlar bilan kelishgan holda, sport musobaqalari qoidalariga muvofiq bosh hakamlar hayʼatlari aniqlaydilar.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha masofalardagi maxsus ovqatlanish qiymati summasi bir nafar sportchining sutkalik ovqatlanish xarajatlari umumiy summasiga kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat koʻrsatish uchun sport hakamlariga toʻlanadigan bir kunlik toʻlov miqdorlari (bazaviy hisoblash miqdorining belgilangan miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hakamlar lavozimlari

Hakamlar toifalari

XT/MT

1-t

2-t

3-t

S/H

Bosh sport hakami

24%

22%

20%

19%

Bosh kotib

24%

22%

20%

19%

Bosh sport hakami oʻrinbosari

22%

21%

18%

17%

Bosh kotib oʻrinbosari

22%

21%

18%

17%

Sport hakamlari

21%

19%

18%

17%

16%

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport hakami malakasining shartli belgilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XT — xalqaro toifali; MT — milliy toifali; 1-t — birinchi toifali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-t — ikkinchi toifali; 3-t — uchinchi toifali; S/H — sport boʻyicha hakam.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan rasmiy xalqaro sport musobaqalariga xizmat koʻrsatadigan sport hakamlariga toʻlovlar ushbu sport musobaqalarining reglamenti (nizomi)da nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi, ular oʻz navbatida tegishli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlangan (kelishilgan) boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovlar miqdorlari sport musobaqalarining bir kuniga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan, bitta oʻyin uchun xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlovlar amalga oshiriladigan sportning jamoaviy oʻyin turlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlar hayʼati aʼzolarining bosh sport hakami tomonidan imzolangan roʻyxati sport musobaqalariga xizmat koʻrsatganligi uchun sport hakamlariga toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport musobaqalariga xizmat koʻrsatganlik uchun sport hakamlariga toʻlov musobaqalar oʻtkaziladigan joyda, sport musobaqasini oʻtkazayotgan sport tashkilotining smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport musobaqalariga xizmat koʻrsatganlik uchun sport hakamlariga toʻlov ularga koʻrsatiladigan, nizomda (reglamentda) nazarda tutilgan moddiy taʼminot (ovqatlanish, yashash)ning boshqa turlaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash uchun esdalik sovgʻalari, medallar va diplomlar normalari, soʻmlarda (bazaviy hisoblash miqdorining belgilangan miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Gʻoliblarni mukofotlash uchun esdalik sovgʻalari qiymatining quyidagi limitlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tuman, tumanlararo, shahar, shaharlararo sport musobaqalarini oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mintaqaviy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) sport musobaqalarini oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻsmirlar va qizlar, sport faxriylari oʻrtasida respublika va xalqaro (Oʻzbekiston hududida) sport musobaqalarini oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻspirinlar va katta yoshdagilar oʻrtasida respublika va xalqaro (Oʻzbekiston hududida) sport musobaqalarini oʻtkazishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha.
(1-bandning “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha darajalardagi sport musobaqalarida 1 va 3-oʻrinlar gʻoliblariga, esdalik sovgʻalaridan tashqari, tegishli qiymatdagi medallar va diplomlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ommaviy tusdagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida (festivallar, spartakiadalar, kompleks sport musobaqalari, nogironligi boʻlgan shaxslar, aqlan zaif sportchilar oʻrtasidagi sport musobaqalari, aholi, sport faxriylari oʻrtasidagi sport tadbirlari va shu kabilarda) sport musobaqalari qatnashchilarining sportdagi faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida 1, 2, 3-oʻrinlar uchun sovgʻa mukofotlariga qoʻshimcha ravishda, oʻtkaziladigan sport tadbirlari yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizomlarda (reglamentlarda) nazarda tutilgan nominatsiyalar boʻyicha alohida sovgʻalar taʼsis etilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nominatsiyalar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlari qiymatiga ega boʻlgan sovgʻalar tarzida taʼsis etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tuman, tumanlararo, shahar, shaharlararo darajada oʻtkazishda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mintaqaviy (viloyat, shahar (Toshkent shahri), viloyatlararo va Qoraqalpogʻiston Respublikasi darajasida) oʻtkazishda — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) respublika va xalqaro (Oʻzbekiston hududida) darajada oʻtkazishda — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli sport tadbirining qatnashchilari, tashkilotchilari va homiylari koʻrsatib oʻtilgan nominatsiyalar boʻyicha mukofotlar olishga talabgorlar boʻlishlari mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv-mashq yigʻinlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasnifi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Oʻquv-mashq yigʻinlari nomi

Oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazuvchi tashkilot

Oʻquv-mashq yigʻinlari davomiyligi

Oʻquv-mashq yigʻinlari qatnashchilari

Oʻquv-mashq yigʻinlari qatnashchilarining eng koʻp soni

1. Xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari

1.

Sport terma jamoalarining rasmiy xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanishi boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari

Jamoalarni xalqaro sport musobaqalariga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar

24 kungacha

Sport terma jamoalari

Sport musobaqalariga qoʻyiladigan sportchilarning ikkitagacha tarkibini vakolatli organ belgilaydi

2.

Oʻzbekiston sport terma jamoalarining xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks musobaqalar (Olimpiya, Paralimpiya, Maxsus olimpiya, Surdolimpiya, jahon, Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari va boshqalar), sport turlari boʻyicha jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda xalqaro musobaqalari, xorijiy davlatlar va qitʼalarning ochiq chempionatlariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari, prognoz qilinayotgan natijalar taqdim etilgan taqdirda.

Jamoalarni xalqaro sport musobaqalariga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar

90 kungacha

Terma jamoalar

Sport musobaqalariga qoʻyiladigan sportchilarning uchtadan koʻp boʻlmagan tarkibini vakolatli organ belgilaydi

3.

Umumiy jismoniy, maxsus texnik-taktik tayyorgarlik, tiklanish va sportchilarni tibbiy tekshirishdan oʻtkazish boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari

Jamoalarni xalqaro sport musobaqalariga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar

24 kungacha

Terma jamoalar

Sport musobaqalariga qoʻyiladigan uchtadan koʻp boʻlmagan tarkiblar

4.

Boshqa xalqaro sport musobaqalariga (norasmiy, oʻrtoqlik, koʻrgazmali) musobaqalarga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari

Jamoalarni xalqaro sport musobaqalariga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar

18 kungacha

Xalqaro sport musobaqalarida qatnashuvchi jamoalar

Sport musobaqalarida qatnashishga qoʻyiladigan, 50 foizga koʻpaytirilgan tarkib

2. Respublika sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari

1.

Kompleks respublika sport musobaqalarining (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, spartakiada, yoshlar, oʻsmirlar oʻyinlari) final sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari

Jamoalarni kompleks tadbirlarning final sport musobaqalariga yuboruvchi tashkilotlar

24 kungacha

Final sport musobaqalarida qatnashuvchi jamoalar

Final sport musobaqalariga qoʻyiladigan sportchilarning bir yarimtagacha tarkibi

2.

Respublikaning boshqa sport musobaqalariga (chempionatlariga, kuboklariga, respublika turnirlariga) tayyorlanish boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari

Respublika sport tadbirlarini oʻtkazish rejalariga muvofiq jamoalarni sport musobaqalariga yuboruvchi tashkilotlar

18 kungacha

Respublika sport musobaqalarida qatnashuvchi jamoalar

Sport musobaqalariga qoʻyiladigan sportchilarning bir yarimtagacha tarkibi

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini taʼminlashning qoʻshimcha normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tegishli tashkilotlar tomonidan qatnashishga qoʻyilgan sport musobaqalari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilari boʻlgan sportchilarni zarur farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash xarajatlari normalari, belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan protsent hisobida, quyidagi tartibda aniqlanadi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tadbirlar‎

Bir nafar sportchini sutkalik taʼminlash xarajatlari normasi‎‎

Bevosita respublika sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari ‎ 10 foizgacha‎‎‎
Xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎ 25 foizgacha‎‎
Respublika sport musobaqalari ‎‎10 foizgacha
Xalqaro sport musobaqalari‎ 30 foizgacha‎‎
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash xarajatlari sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiriga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport tadbirlari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilarini farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan umumiy summa alohida tadbirga xizmat koʻrsatadigan tibbiyot muassasalarining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sportning ot sporti turlari uchun quyidagi qoʻshimcha taʼminlash shartlari belgilangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport otlarini oziqlantirish (kuniga 1 ot hisobiga) oziqlantirish normalari boʻyicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xashak — 8 kg;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yemlar — 7,5 kg (suli, kepak, bugʻdoy kepagi), sariq arpa, makkajoʻxori doni, “Uspex” va “Krepish” premikslari, “Otkormochniy” omixta ozuqasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sabzi — 2 kg;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻk massa (oʻt) — 1,5 kg;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuz — 55 g.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport otlarini va qoʻshimcha yuklarni musobaqalarga tashish, yoʻlda va musobaqalarda oziqlantirish, yoʻlda veterinariya xizmati koʻrsatish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni sport musobaqalariga yuborish va ulardan olib kelish xarajatlarini ularni musobaqaga yuborgan sport tashkilotlari amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport musobaqalarini oʻtkazish davrida sport otlarini joylashtirish va ularga veterinariya xizmati koʻrsatish xarajatlarini sport tadbirini oʻtkazadigan sport tashkiloti yoki uni oʻtkazuvchi boshqa tashkilot amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport otlarini yoʻlda va tadbirlarni oʻtkazish davrida oziqlantirish hamda veterinariya xizmati koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha yuklarni sport tadbirlariga tashish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni xizmat safariga yuborish xarajatlari tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki tashkiliy qoʻmita shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 172-modda; 2012-y., 31-son, 356-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)