Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 24.07.1996 yildagi PF-1499-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.07.1996 yildagi PF-1499-son
Date of entry into force
24.07.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 24.07.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

ISH HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1996-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqining eng oz miqdori — oyiga 550 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat pensiyasining eng oz miqdori — oyiga 1125 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning soliqqa tortilmaydigan daromadi eng oz miqdori — oyiga 600 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryadining eng oz miqdori — oyiga 600 soʻm miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1996-yilning 1-sentabridan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari stipendiyalarining miqdorlari oʻrta hisobda 1,25 baravar oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1996-yil 1-sentabrdan quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— bolaligidan nogironlar uchun nafaqalar miqdori oyiga 1125 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun nafaqalar miqdori oyiga 680 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qiluvchi onalarga, bolali oilalarga nafaqalar hamda eng oz ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar ushbu Farmonda koʻrsatilgan eng oz ish haqi miqdori asosida 1996-yil 1-sentabrdan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-iyuldagi 262-son qarori bilan Yagona tarif setkasining yangi tarif koeffitsiyentlari joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va muassasalar mazkur Farmon qoidalariga asoslanib hamda 1996-yil 1-sentabrdan joriy etiladigan yangi tarif koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning hamda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlari mansab maoshlarining miqdorlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqini hamda bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qiladigan ishlovchi onalarga nafaqalarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlarning 80 foizi respublika davlat budjeti hisobidan va 20 foizi budjet muassasalari va tashkilotlarining smetalar boʻyicha umumiy xarajatlarini kamaytirish, jumladan ishlovchilar sonini qisqartirish hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalarini, 16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarning nafaqalarini, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qiluvchi ishlamaydigan onalarning nafaqalarini, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni oshirish bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq respublika davlat budjeti hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— bolaligidan nogironlar uchun, shuningdek zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun barcha turdagi pensiyalar va nafaqalarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlar ijtimoiy sugʻurta fondi hisobidan qoplansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— eng oz ish haqini mazkur Farmonda belgilangan miqdorda oshirilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat xarajatlarini pasaytirish hisobidan ish haqini koʻpaytirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 18-martdagi 1408-son Farmoni (8-bandi bundan mustasno) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1499-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 7-son, 93-modda; 1997-y., 4-5-son, 155-modda)