OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2217]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 22-mayda 227-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inspeksiya oʻtkazuvchi tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tijorat banklari va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” (yangi tahrirda) (roʻyxat raqami 889, 2000-yil 4-fevral) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-mart,
8/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar, shu jumladan ularning filiallari, bank xizmatlari ofislari hamda bank xizmatlari markazlarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) inspeksiya (tekshiruv) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun banklarda inspeksiya (tekshiruv)lar oʻtkazadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Banklarda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazishni Markaziy bank tomonidan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan buyon matnda tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) — banklarning haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos boʻlgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali oʻrgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishini koʻzda tutuvchi nazorat turi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish) — banklarda ayrim bank operatsiyalarini inspeksiya qilish (tekshirish)ni koʻzda tutuvchi nazorat turi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
masofadan nazorat qilish — muammolarni boshlangʻich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat tartibidagi inspeksiya qilish (tekshirish) — banklarda tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oxirgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan banklar faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklarni moliyaviy holatiga baho berish, ularning faoliyatida mavjud boʻlgan xavf-xatarlarni, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi taʼminlanganligini aniqlash va baho berish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan meʼyorlarning toʻgʻri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga taʼsirini aniqlash nuqtai nazaridan hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligini tekshirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklarda buxgalteriya apparatining tuzilishi, buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini toʻgʻri yuritilishi va haqqoniyligi, kapital, aktivlar, majburiyatlar, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining va balansdan tashqari hisobvaraqlarning buxgalteriya andozalari tamoyillariga mos ravishda yuritilishi hamda bank moliyaviy holatiga foiz stavkasi, chet el valyuta kursi, kredit, likvidlilik, tavakkalchilik va boshqa omillarning taʼsirini alohida tekshirish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oxirgi inspeksiya (tekshirish) natijalari boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini taʼminlash hamda bank reytingini belgilash yuzasidan takliflar berish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklarda ichki nazoratni joriy etish hamda amalga oshirilishi ahvolini tekshirish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi ahvolini tekshirish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma banklar faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda tekshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmaning banklarda oʻtkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti faqat Markaziy bank tomonidan oʻzining tarkibiy boʻlinmalariga banklar faoliyatini nazorat qilish maqsadida beriladi, inspeksiya (tekshirish) hisobotini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkazish hollari bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Banklarda oʻtkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlangan taftishlarni hamda moliyaviy hisobotlarning tashqi audit tekshiruvini oʻtkazish majburiyatidan ozod etmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
II. Inspeksiya (tekshiruv)larning turlari, davriyligi va muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Banklarni inspeksiya qilish (tekshirish) quyidagi turlarga boʻlinadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish);
nazorat tartibida inspeksiya qilish (tekshirish);
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Banklarda kompleks inspeksiya (tekshirish) masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni banklar tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarning bartaraf etilmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligi haqidagi maʼlumotlar taqdim etilmaganligi yoxud haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyidagi hollarda alohida masalalar yuzasidan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishi mumkin:
tijorat banklarining tavakkalchiliklarini baholash natijalari asosida;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soʻrovlari asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
15. Inspeksiya (tekshirish) muddati 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda inspeksiya (tekshirish) muddati Markaziy bank farmoyishi asosida uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Inspeksiya (tekshirish) muddati bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi, uning boʻlinmalari tarmogʻining kengligini inobatga olgan holda belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
IV. Inspeksiya (tekshirish)ni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
20. Banklarda kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishi asosida tayinlanadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda banklarni kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishiga ilova qilinadigan tegishli inspeksiya (tekshirish) savolnomasiga muvofiq bank operatsiyalari tanlov asosida amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Nazorat tartibidagi va alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida tayinlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (roʻyxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Banklarni inspeksiya (tekshirish)dan oʻtkazuvchi tekshiruv guruhining tarkibi va uning rahbari, bajariladigan ishlar hajmi va xususiyati, boʻlinmalar tarmogʻining kengligi inobatga olingan holda Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmalarining farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
23. Zarur hollarda inspeksiya (tekshirish) oʻtkazuvchi tekshiruv guruhi tarkibiga banklar va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
24. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruhga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, tekshiruv guruhi aʼzolarining bilimi va tajribasini hisobga olgan holda, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi.
25. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruh aʼzolari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va inspeksiya (tekshirish) hisobotini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tekshiruv guruhining inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarni oʻz vaqtida yoki umuman bajarmaslik inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishiga qarshilik koʻrsatilgan deb hisoblanadi va bunday holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari hamda inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank rahbari, shtat jadvalida bosh buxgalter nazarda tutilgan hollarda bosh buxgalter yoki boshqa xodimlar tomonidan imzolanadi.
Bunda, bank rahbari, bosh buxgalter yoki boshqa xodimlar dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari va tekshiruv guruhining kamida bir aʼzosi tomonidan imzolanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bankka maʼlumot uchun, ikkinchisi esa inspeksiya (tekshirish)ni tayinlagan Markaziy bankka yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi boshligʻiga tegishli choralar koʻrish uchun topshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Banklarni inspeksiya (tekshirish)dan oʻtkazuvchi tekshiruv guruhining huquq va majburiyatlari
(5-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
29. Tekshiruv guruhi quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilayotgan bank faoliyati bilan bogʻliq binolarga va xizmat xonalariga erkin kirib chiqish;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
avtomatlashtirilgan bank va axborot tizimlaridan zarur maʼlumotlarni tanlash rejimida foydalanish hamda ushbu maʼlumotlarning elektron nusxalarini olish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
bank rahbari va xodimlaridan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa olish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bank rahbari va xodimlari bilan suhbatlar oʻtkazishga, ulardan inspeksiya (tekshirish) davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganlik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank rahbari yoki xodimlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruv guruhi rahbari va aʼzolari tomonidan imzo qoʻyilib, bu haqda Markaziy bank rahbariyatiga bildirishnoma kiritish.
(29-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qaroriga (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
30. Tekshiruv guruhi quyidagilarga majburdir:
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) davomida tekshirilayotgan bankka uning joriy faoliyatini amalga oshirishiga xalaqit bermaslik;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini tekshirilayotgan bank ixtiyorida qoldirish;
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
inspeksiya (tekshirish)ni oʻz vaqtida hamda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
inspeksiya (tekshirish) davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish;
(30-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) davomida bankdan foydalanish uchun olingan hujjatlar va mulklarni but saqlanishini hamda inspeksiya (tekshirish) yakunlangandan soʻng qaytarilishini taʼminlash.
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruv guruhi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
(30-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bankning huquq va majburiyatlari
(6-bob nomiOʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank quyidagi huquqlarga ega:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
tekshiruv guruhidan Markaziy bankning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini koʻrsatishni talab qilish va tanishish;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning inspeksiya (tekshirish) oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
oʻz faoliyatlari inspeksiya qilinishi (tekshirilishi) toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini olish;
qonunda belgilangan tartibda inspeksiya (tekshirish) natijalari ustidan shikoyat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank quyidagilarga majbur:
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
tekshiruv guruhiga inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
tekshiruv guruhiga amaliy yordam koʻrsatish uchun biriktiriladigan xodimlarni tayinlash;
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni berish;
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa berish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etish.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-3, 19.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 10/20/2217-3/0787)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmalariga olishlari mumkin.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
VII. Inspeksiya (tekshirish) natijalarini rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Bankda oʻtkazilgan inspeksiya (tekshiruv) natijasi inspeksiya (tekshirish) hisobotida aks ettiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va aʼzolari, inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bank rahbari, shuningdek shtat jadvalida bosh buxgalter nazarda tutilgan hollarda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bank rahbari va (yoki) bosh buxgalteri inspeksiya (tekshirish) hisobotini imzolashni rad etgan taqdirda, ularning bu haqdagi asoslantirilgan fikr va eʼtirozlari bayon etilgan tushuntirish xati taqdim etilishi shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank rahbari va (yoki) bosh buxgalteri tomonidan imzolashning rad etilishi inspeksiya (tekshirish) hisobotini Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etilmasligiga asos boʻlmaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi imzolanmagan inspeksiya (tekshirish) hisobotini koʻrib chiqish jarayonida bank rahbari va (yoki) bosh buxgalteri tushuntirish xatida keltirilgan asoslangan fikr va eʼtirozlarni inobatga olishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Markaziy bankning farmoyishi asosida oʻtkazilgan banklardagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan bankka — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Markaziy bankning Banklarda oʻtkazilgan tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organiga — inspeksiya (tekshirish) natijasi boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini oʻrganish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini koʻrish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga maʼlumot uchun.
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasining farmoyishi asosida oʻtkazilgan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilgan filial, bank xizmatlari ofisi yoki bank xizmatlari markaziga inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banka — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga — oʻtkazilgan tekshirishlar natijalarini koʻrib chiquvchi ishchi organ yigʻilishida xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini muhokama qilish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini koʻrish uchun;
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga maʼlumot uchun.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish davomida banka zudlik bilan tegishli choralar qoʻllanilishini taqozo qiladigan holatlar aniqlanganda, tekshiruv guruhi tomonidan inspeksiya (tekshirish) muddati tugashini kutmagan holda oraliq dalolatnoma tuziladi va Markaziy bankka taqdim etiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (roʻyxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
VIII. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
41. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 157-modda, 49-son, 506-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son; 19.06.2020-y., 10/20/2217-3/0787; — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)