Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 28.03.2011 yildagi PQ-1513-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.03.2011 yildagi PQ-1513-son
Date of entry into force
28.03.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh VA HISOBGA QOʻYIShNING XABARDOR QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2017-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq va kichik korxonalarni tashkil etish hamda ularni va tadbirkorlarni roʻyxatga olish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2006-yil 24-maydagi PQ-357-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1513-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-martdagi PQ-1513-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 11-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xorijiy muassis toʻgʻrisida yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi yoki mazkur yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat savdo reyestridan olingan, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud boʻlmagan taqdirda, muassis roʻyxatdan oʻtkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilinib, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan koʻchirma taqdim etiladi. Xorijiy muassis toʻgʻrisidagi savdo reyestridan koʻchirmada yoki mazkur xorijiy yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatda xorijiy yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan manzili, xorijiy yuridik shaxs nomidan imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxs haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. Ushbu koʻchirma berilgan paytdan boshlab 1 yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻz pasportining nusxasini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan, belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak. Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk boʻlsa, u holda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 33-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi xatboshidagi “7 ish kuni” soʻzlari “bir oy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) toʻrtinchi xatboshidagi “matnining” soʻzidan keyin “vakolatli shaxs tomonidan imzolangan va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qism (ulush) yoki aksiya boshqa birovga oʻtgan taqdirda — mazkur qism (ulush) yoki aksiyaning boshqaga oʻtganini tasdiqlaydigan hujjat (shartnoma, xat va boshqalar)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 36-bandning birinchi xatboshidan “yoki yuridik manzili” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“381. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga tadbirkorlik subyektining arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikati berilganida bitta eng kam ish haqi miqdorida toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yoʻqolgan guvohnomaning bekor qilinganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabar chop etishi, shuningdek roʻyxatga oluvchi organga chop etilgan xabarni va dublikatni olish uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjatini taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov summasi roʻyxatga oluvchi organning alohida shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga tushiriladi hamda dublikatni tayyorlash va berish boʻyicha roʻyxatga oluvchi organ xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi. Ushbu mablagʻlarning 31-dekabr holatigacha boʻlgan qoldiqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalarining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan — respublika budjeti daromadiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiyalarning shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan — tegishli mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yaroqsiz holga kelgan guvohnoma roʻyxatga oluvchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dublikatni berish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 114-modda)