Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.03.2011 yildagi PQ-1501-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 11.03.2011 yildagi PQ-1501-son
Date of entry into force
11.03.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA KREDIT BERIShNI KOʻPAYTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qaroriga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamgʻarmasi resurslari hisobidan kredit berishdan olinadigan tijorat banklarining daromadlari boʻshaydigan mablagʻlarni mazkur jamgʻarmaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan yuridik shaxslar foydasidan toʻlanadigan soliqdan 2011-yil 1-apreldan boshlab 2016-yilning 1-yanvarigacha ozod etish taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamgʻarmasi mablagʻlari asosan olis va yetib borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari keragidan ortiq boʻlgan tumanlar hamda shaharlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida, ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalar, dehqon hamda fermer xoʻjaliklarida yuqori texnologik va innovatsion loyihalarni moliyalash uchun ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1501-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 98-modda)