Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.02.2011 yildagi PQ-1474-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 07.02.2011 yildagi PQ-1474-son
Date of entry into force
07.02.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK YILI” DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorlarning oʻrta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan toʻldirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini koʻpaytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yoʻlidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2011-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi yoʻnalishlarga asoslangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni taʼminlash, tadbirkorlikka koʻproq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik toʻsiq va gʻovlarni olib tashlash, kichik biznes subyektlarining moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishini taʼminlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik subyektlari moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznes subyektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa toʻlovlar boʻyicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlangʻich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun oʻrta va uzoq muddatli kreditlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish va yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga moʻljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini axborot bilan taʼminlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsultativ koʻmak berish tizimini yanada rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 14-dekabrdagi F-3539-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi zimmasiga “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilsin, ularning zimmasiga Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar respublika hududlarida belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlarning oʻz ishini ochishi bilan bogʻliq masalalarda sodir boʻlayotgan aniq oʻzgarishlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — energiya va gaz taʼminoti, suv va issiqlik taʼminoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi boʻyicha shart-sharoitlarning yaxshilanishi va muddatlari qisqartirilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari, shuningdek, noturarjoy xonalar ajratib berish bilan bogʻliq holat qanchalik yaxshilanganiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes subyektlari faoliyatini tekshirish va boshqa ortiqcha cheklashlarni, davlat va nazorat organlarining tadbirkorlar moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasidagi ishlarning ahvoli qay tarzda oʻzgarayotganiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi bilan bogʻliq ishlarning ahvoli qanchalik oʻzgarganiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi (Sh. M. Mirziyoyev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar tomonidan har bir vazirlik va idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti boʻyicha “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”ning hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi boʻlimlari va bandlarini toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarish boʻyicha respublika davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi materiallarni yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakunlari boʻyicha “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti hajmi oʻsishiga muhim ahamiyat berilgani holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar va xizmatlar eksporti hamda importi boʻyicha statistik hisobot shakllariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar eksporti koʻrsatkichlari boʻyicha alohida boʻlim kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar eksporti hajmlari hamda tarkibi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalari keng koʻlamda tushuntirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qoʻshgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Dasturning amalga oshirilishi muntazam yoritib borilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 7-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1474-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 47-modda)