14.03.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2209
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 14.03.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2209
Date of entry into force
24.03.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN nobank kredit tashkilotlari FAOLIYATINI TEKSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 16-sentabrdagi 20/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-3, 13.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 10/22/2209-3/0981-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2209]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 16-sentabrdagi 20/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-3, 13.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 10/22/2209-3/0981-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 16-sentabrdagi 20/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-3, 13.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 10/22/2209-3/0981-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 5-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4/4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/4-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 16-sentabrdagi 20/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-3, 13.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 10/22/2209-3/0981-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 16-sentabrdagi 20/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-3, 13.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 10/22/2209-3/0981-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalarini amalga oshirish uchun tekshiruvlar oʻtkazadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 16-sentabrdagi 20/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-3, 13.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 10/22/2209-3/0981-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishni Markaziy bank tomonidan tekshirish oʻtkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan keyingi oʻrinlarda tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlari — banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi kredit tashkilotlari (mikromoliya tashkiloti, lombard, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti va faktoring tashkiloti);
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-sentabrdagi 21/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-4, 29.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 10/25/2209-4/0877-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish — nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni bevosita joyiga chiqib, ularning moliyaviy ahvoliga va faoliyatiga xos boʻlgan xavf-xatarlarga baho berish hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishi ahvolini tekshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofadan nazorat qilish — nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi muammolarni boshlangʻich davrida aniqlash maqsadida ular tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahliliga, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tartibida tekshirish — nobank kredit tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan amalga oshiriladigan tekshirish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga baho berish, ularning faoliyatida mavjud boʻlgan xavf-xatarlarni, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi taʼminlanganligini aniqlash va baholash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/7-sonli (roʻyxat raqami 2209-1, 14.02.2013-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 7-son, 96-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlarining iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini, ularga nisbatan belgilangan meʼyorlarni toʻgʻri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda kapitalning yetarliligiga, aktivlar sifatiga, ularning toʻgʻri tasniflanishi va ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarning oʻz vaqtida va toʻliq shakllantirilishiga, likvidlik masalalariga alohida eʼtibor berish lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlari tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar va maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini toʻgʻri yuritilishi va haqqoniyligi, aktivlar, majburiyatlar, kapital, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining buxgalteriya andozalari va prinsiplariga mos ravishda aks ettirilishi ahvolini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlarida ichki nazoratni joriy etish hamda amalga oshirilishi ahvolini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablariga rioya qilinishi ahvolini tekshirish.
(4-bandning yettichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilma nobank kredit tashkilotlari faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda tekshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tekshirish oʻtkazuvchi tarkibiy tuzilmaning nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazgan tekshirish hisoboti (dalolatnomasi) faqat Markaziy bankning nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish maqsadlarida ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻtkazilgan tekshirish natijalari nobank kredit tashkilotlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz moliyaviy hisobotlarini har yilgi tashqi audit tekshiruvidan oʻtkazish majburiyatidan ozod etmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tekshirish oʻtkazish
(II bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nobank kredit tashkilotlarini tekshirish masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini aniqlash hamda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Nazorat tartibida tekshirish masofadan nazorat qilish natijalariga koʻra ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarning bartaraf etilmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligi haqidagi maʼlumotlar taqdim etilmaganligi yoxud haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-sentabrdagi 21/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-4, 29.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 10/25/2209-4/0877-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat tartibida tekshirish Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmasining farmoyishi asosida bir ish kuni ichida oʻtkaziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati koʻpi bilan yiliga bir marta tekshirishdan oʻtkaziladi, qonunchilik hujjatlarida boshqa muddatlar koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish Markaziy bankning farmoyishi asosida har bir nobank kredit tashkiloti boʻyicha alohida tayinlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish davri avvalgi tekshirish davri tugagan sanadan navbatdagi tekshirish boshlangan oyning birinchi sanasigacha boʻlgan davrni qamrab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tekshirish muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi hamda Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmasining farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-sentabrdagi 21/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2209-4, 29.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 10/25/2209-4/0877-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2209-2, 25.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish oʻtkazilayotgan nobank kredit tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq binolarga va xizmat xonalariga erkin kirib-chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nobank kredit tashkilotlarining xodimlari bilan suhbatlar oʻtkazishga, ulardan tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek, qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaslik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish hisobotini (dalolatnoma) nobank kredit tashkilotlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan imzo qoʻyilib, Markaziy bank rahbariyatiga imzodan bosh tortganligini asoslantirgan holda bildirishnoma kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-sentabrdagi 21/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2209-4, 29.09.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 10/25/2209-4/0877-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruv natijalarini hisobot (dalolatnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan nobank kredit tashkiloti ixtiyorida qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishning oʻz vaqtida hamda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish.
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshiruvchi mansabdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Nobank kredit tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Markaziy bankning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini koʻrsatishni talab qilish va tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatlari tekshirilishi toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma)ning bir nusxasini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvchi mansabdor shaxslarga tekshirish oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish boshlanish kunining oʻzidayoq nobank kredit tashkilotining kengashi aʼzolarini, taʼsischilarini oʻtkaziladigan tekshirish toʻgʻrisida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvchi mansabdor shaxslarga amaliy yordam koʻrsatish uchun biriktiriladigan xodimlarni tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish oʻtkazish uchun zarur boʻladigan hujjatlarni taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha hisobot (dalolatnoma) ikki nusxada tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Hisobotning (dalolatnoma) ikkala nusxasi ham tekshiruvchi mansabdor shaxslar, tekshirilgan nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Hisobot (dalolatnoma)ning bir nusxasi tekshirilgan nobank kredit tashkilotida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma) Markaziy bankning tekshirish hisobotlarini koʻrib chiquvchi ishchi organi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nobank kredit tashkilotida oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma) Markaziy bankning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 111-modda; 2013-y., 7-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2209-2/1103-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.10.2022-y., 10/22/2209-3/0981-son; 29.09.2025-y., 10/25/2209-4/0877-son)