18.02.2011 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.02.2011 yildagi 40-son
Date of entry into force
18.02.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (“QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLAR CHUQURLASHTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2009-YIL 25-DEKABRDAGI OʻRQ-240-SON QONUNI)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 18-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-banddagi “tanlov asosida” soʻzlari “ochiq tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Fermer xoʻjaligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlangan holda fyuchers kontraktlari tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan oʻz xohishiga koʻra isteʼmolchilarga sotish huquqiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xoʻjaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar koʻrsatishga shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak boʻlgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi oʻzining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablagʻlarini tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini garovga qoʻyish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fermer xoʻjaligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir yil mobaynida yer uchastkasidan foydalanishni boshlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta va boshoqli ekinlarni navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu fermer xoʻjaligi aʼzo hisoblangan Suv isteʼmolchilari uyushmasi balansidagi sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi polosalar, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini ogʻirlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, oʻz xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni taʼminlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul mablagʻlari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Fermer xoʻjaligining muassisi — fermer uning boshligʻi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan, tegishli malakaga yoki qishloq xoʻjaligida ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarosi fermer boʻlishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI boʻlimning nomidagi “suvdan foydalanish” soʻzlari “suv isteʼmoli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “tanlov asosida” soʻzlari “ochiq tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida oʻz oilasi aʼzolaridan biriga berishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-banddagi “suvdan foydalanish” soʻzlari “suv olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“39. Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼtirof etilishi, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitoblar muntazam ravishda amalga oshirilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi boshligʻining vafot etishi va xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlaydigan merosxoʻrning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi zarur boʻlganda yoxud yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanilganda, shu jumladan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgandan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi boshligʻi (fermer)ning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tugatiladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxslar boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) suvdan foydalanuvchilar uyushmasiga koʻrsatmalar tegishli kelishikda suv isteʼmolchilari uyushmasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/401/0560-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 28-son, 322-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son; 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 01.07.2025-y., 09/25/401/0560-son)