Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 19.01.2011 yildagi PQ-1466-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 19.01.2011 yildagi PQ-1466-son
Date of entry into force
19.01.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimiz futbolining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, futbol boʻyicha maktab-internatlarda, bolalar va oʻsmirlar maktablarida, professional klublarda va terma jamoalarda oʻquv-mashq jarayonining yuksak sifatini taʼminlash, futbolchilar, trenyerlar hamda hakamlarning mahorat va malaka darajasini oshirish, shuningdek respublika aholisining keng qatlamlari oʻrtasida futbolni faol targʻib qilish hamda ommalashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2011 — 2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika shaharlarida faoliyat koʻrsatayotgan stadionlarning, shuningdek professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar maktablari sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish, yangi stadionlar qurish, zarur uskunalar va anjomlar bilan jihozlash hamda tegishli infratuzilmani yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar va oʻsmirlar jamoalari uchun nomzodlar, professional futbol klublari va Oʻzbekiston terma jamoalari uchun zaxira tayyorlashning asosiy boʻgʻinlari sifatida futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni hamda professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlaqonli ilmiy-metodik rahbarlikni, oʻquv-mashq jarayonlari sifatini hamda respublikada futbolni rivojlantirishdagi anʼanalar davomiyligini va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishishni taʼminlashi lozim boʻlgan yuqori malakali trenyerlar, hakamlar, sport vrachlari hamda boshqa futbol mutaxassislarini tayyorlash, ularni davriy attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz futboli toʻgʻrisidagi axborotlarni yetkazish va targʻib qilishni yanada takomillashtirish, futbol musobaqalarini yoritishga ixtisoslashgan malakali jurnalistlar, sharhlovlar, rejissor va teleoperator kadrlarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun hududiy futbol federatsiyalari prezidentlari hisoblangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek masʼul ijrochilar — respublika vazirliklari, idoralari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) 2011-yilning 10-fevraliga qadar 2011 — 2013-yillarda futbolni yanada rivojlantirish boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda komissiya majlisida tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston oliy liga professional futbol klublari tomonidan 3-ilovaga* muvofiq respublika korxonalari va tashkilotlari bilan bosh homiylik toʻgʻrisida bitimlar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2011-yilning I yarim yilligida Qarshi shahrida futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida respublikada futbolning muntazam va tizimli asosda faol targʻib qilinishini va ommalashtirilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2013-yillar mobaynida oliy liga futbol klublari stadionlarida radio va telesharhlovchilar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etsinlar, futbol oʻyinlarining televideniye va Internet tarmogʻi orqali toʻgʻridan toʻgʻri uzatilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport internet-jurnalistikasini qoʻllab-quvvatlash, vatanimiz futbolini targʻib qilishga ixtisoslashayotgan mavjud va yangidan ochilayotgan veb-saytlarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublikaning ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarining hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli fakultetlari negizida sport, shu jumladan futbol sohasiga ixtisoslashgan professional jurnalistlar, sharhlovchilar, rejissorlar va teleoperatorlar tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 3-dekabrdagi 304-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1466-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-yanvardagi PQ-1466-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirish chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati Moliyalashtirish manbalari Masʼul bajaruvchilar‎
I. Respublika shaharlarida faoliyat koʻrsatayotgan stadionlarning, professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar maktablari sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rekonstruksiya qilish, yangi stadionlar qurish, ularni zarur uskunalar va tegishli infratuzilma bilan taʼminlash
1.‎ “Dinamo” stadionini rekonstruksiya qilish (Samarqand shahri)‎ 2011-yil sentyabr‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi
2.‎ “Buxoro” stadionini rekonstruksiya qilish (Buxoro shahri)‎ 2012-yil mart‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
3.‎ “Fargʻona” stadionini rekonstruksiya qilish (Fargʻona shahri)‎ 2012-yil mart‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
4.‎ “Markaziy” stadionini rekonstruksiya qilish (Namangan shahri)‎ 2012-yil mart‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi
5.‎ “Lokomotiv” stadionini qurish (Toshkent shahri)‎ 2011-yil sentyabr‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi
6.‎ “Bunyodkor” stadionini qurish (Toshkent shahri)‎ 2011-yil sentyabr‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, “Oʻztransgaz” AK‎
7.‎ Bekobod shahrida stadion qurish‎ 2013-yil mart‎ “Oʻzmetkombinat” AIChB, homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ “Oʻzmetkombinat” AIChB, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
8.‎ Olmaliq shahrida stadion qurish‎ 2013-yil mart‎ “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ, homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ “Olmaliq kon- metallurgiya kombinati” OAJ, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
9.‎ “Paxtakor” futbol klubi huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish (Toshkent shahri)‎ 2011-yil sentyabr‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari, Oʻzbekiston futbolni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Andijon, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari
10.‎ “Navbahor” futbol klubi huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish (Namangan shahri)‎ 2011-yil sentyabr‎
11.‎ “Andijon” futbol klubi huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish‎ 2011-yil dekabr‎
12.‎ “Dinamo” futbol klubi huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish (Pastdargʻom tumani)‎ 2011-yil mart‎
13.‎ Professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktablarini zarur anjomlar va uskunalar bilan jihozlash, tegishli infratuzilmani yaratish.‎ Jadval boʻyicha‎ Oʻzbekiston futbolni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
14.‎ Professional futbol klublari stadionlari va infratuzilmasini tegishli holatga keltirish hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash‎ Doimiy‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
15.‎ Futbol boʻyicha terma jamoalarning oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻyinlarini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Jar” ‎sport-sogʻlomlashtirish kompleksining futbol stadioni, mashq maydoni va binosini ijara toʻlovisiz foydalanishga berish Oʻzbekiston Futbol federatsiyasining taqvim rejasi boʻyicha —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
16.‎ Ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda futbolchilar, murabbiylar va hakamlarning jismoniy holati va maʼnaviy-ruhiy tayyorligi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi qoshidagi “Futbol-MED” shoʻba korxonasini eng yangi zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash.‎ Doimiy‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
II. Bolalar va oʻsmirlar futbolini rivojlantirish hamda futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktablari ishi samaradorligini oshirish
17‎. Futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktablari ishi samaradorligi ustidan tizimli monitoring olib borish hamda ularning negizida oʻsmirlar va yoshlar jamoalariga nomzodlar, shuningdek professional klublar va Oʻzbekiston terma jamoalari uchun zaxira tayyorlash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.‎ Oʻquv yili yakunlari boʻyicha‎ Oʻzbekiston F�tbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institu??, maktablar direksiyalari
18.‎ Qarshi shahrida futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil qilish.‎ 2011-yil iyun‎ Homiylar va mahalliy budjet mablagʻlari‎ Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
19.‎ Respublikaning barcha mintaqalaridan yosh iqtidorli futbolchilarni tanlash va ular seleksiyasining ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish‎ 2011-yil fevral‎ —‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti‎
20.‎ Olimpiya zaxiralari kollejlari va professional futbol klublari huzuridagi futbol maktablari oʻquvchilari oʻrtasida futbol boʻyicha respublika turnirini tashkil etish va oʻtkazish‎ Har yili — jadval boʻyicha‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, hududiy futbol federatsiyalari mablagʻlari‎ Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, hududiy futbol federatsiyalari‎
21.‎ Respublika umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida futbol boʻyicha turnirlar tashkil etish va oʻtkazish‎ Hududiy futbol federatsiyalari taqvim jadvali boʻyicha‎ Mahalliy budjetlar va taʼlim muassasalari mablagʻlari‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Hududiy futbol federatsiyalari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi,‎
III. Malakali trenyerlar, hakamlar, sport vrachlari va boshqa futbol mutaxassislarini tayyorlash
22.‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi qoshidagi “Futbol-MED” shoʻba korxonasida futbolchi va trenyerlarni funksional tekshirishdan oʻtkazish va zarur tavsiyalar ishlab chiqish.‎ Har yili — jadval boʻyicha‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
23.‎ Milliy, olimpiya, yoshlar va ayollar terma jamoalarining texnik direktori va maslahatchi trenyerlari lavozimiga xorijiy mutaxassislarni tanlash mezonlarini ishlab chiqish va amalga oshirish‎ Ishlab chiqish — 2011-yil iyul, amalga oshirish — doimiy Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va Oʻzbekiston futbolni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
24.‎ Bolalar va oʻsmirlar futboli trenyerlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, professional klublar trenyerlari uchun “S”, “V”, “A” sertifikatlari dasturi boʻyicha Osiyo futbol konfederatsiyasining xalqaro trenerlik kurslarini oʻtkazish‎ Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) taqvim rejasi boʻyicha‎ Osiyo futbol konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Futbol boʻyicha trener va hakamlar respublika maktabi‎
25.‎ FIFA instruktorlarini jalb etgan holda “PRO” diplomi va “FUTURO III” Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi dasturlari boʻyicha xalqaro trenerlik kurslari oʻtkazish‎ Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) taqvim rejasi boʻyicha‎ Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Futbol boʻyicha trener va hakamlar respublika maktabi‎
26.‎ Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi, Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi va Osiyo futbol konfederatsiyasi mutaxassislarini taklif etgan holda futbolchilarni jismoniy tomondan tayyorlash boʻyicha instruktorlar uchun kurslar oʻtkazish‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi boʻyicha Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Futbol boʻyicha trener va hakamlar respublika maktabi‎
27.‎ Trenyerlar shtablarini shakllantirish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari faoliyati ustidan nazoratni taʼminlash, Oʻzbekiston terma jamoalarini tayyorlash markazining kadrlar tarkibini mustahkamlash maqsadida texnik direktor va maslahatchi trenyerlar lavozimiga xorijiy mutaxassislarni takli� etish‎ Doimiy‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
28.‎ Professional futbol klublari, futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va professional klublar huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktablarining tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish.‎ Jadval boʻyicha‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, hududiy futbol federatsiyalari‎
29.‎ Professional futbol klublari, professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktablari va terma jamoalar trenyerlari hamda boshqa mutaxassislarining yetakchi xorijiy futbol klublarida, Futbol akademiyalari va terma jamoalarida tajriba orttirishlarini tashkil etish.‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi boʻyicha Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va Oʻzbekiston futbolni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
30.‎ Futbol boʻyicha trener va hakamlar respublika maktabida oʻqitish maqsadida yosh istiqbolli hakamlarni tanlash tartibini takomillashtirish.‎ Doimiy‎ —‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
31.‎ Osiyo va Yevropadan yetakchi mutaxassislarni taklif etgan holda futbol boʻyicha hakamlar va inspektor hakamlar malakasini oshirish kurslarini oʻtkazish.‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi boʻyicha Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
32.‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Osiyo futbol konfederatsiyasi, Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi talablariga muvofiq professional futbol klublari, futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda professional futbol klublari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar futbol maktablari xodimlarining egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini attestatsiya asosida nazorat qilish.‎ Doimiy‎ —‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, hududiy futbol federatsiyalari‎
33.‎ Hakamlar brigadalarini eng yangi soʻzlashuv-aloqa vositalari va zamonaviy texnika bilan taʼminlash (bahsli vaziyatlarni ?e?kor hal etish va futbol oʻyinlariga hakamlikni tahlil qilish maqsadida).‎ 2012-yil yanvar oyidan boshlab‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
34.‎ Etakchi xorijiy mutaxassislarni taklif etgan holda futbol boʻyicha har yilgi ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish.‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi boʻyicha Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Futbol boʻyicha trener va hakamlar respublika maktabi‎
IV. Mamlakatimiz futboli toʻgʻrisidagi axborotlarni yetkazish va targʻib qilishni yanada takomillashtirish, malakali jurn�listlar, sharhlovchilar, rejissor va teleoperator kadrlarni tayyorlash
35.‎ Maktab-internatlari, bolalar va oʻsmirlar maktablari, professional futbol klublari va Oʻzbekiston terma jamoalarining sport belgilarini (ramzi, oʻyinchilar formalari va shu kabilarni) yaratish, shuningdek, ularni amalga oshirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.‎ 2011-yil 1-mart — eskizlar va tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlash‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va professional futbol klublari mablagʻlari Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, professional futbol klublari‎
36.‎ Davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Oʻzbekiston futboli” — (“Futbol Uzbekistana”) jurnalini taʼsis etish.‎ 2011-yil I choragi‎ Bajaruvchilar mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi va boshqalar‎
37.‎ Etakchi ommaviy axborot vositalari va bosma nashrlar bilan birgalikda mamlakatda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni, ushbu yoʻnalishda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.‎ 2011-yil I chorak — ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval boʻyicha Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, OʻzA, OʻzMTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Jismoniy tarbiya va s�ort davlat qoʻmitasi, hududiy futbol federatsiyalari
38.‎ Oʻzbekiston futbolini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan taniqli sportchilar va mutaxassislarning fikr-mulohazalaridan iborat boʻlgan materiallarni muntazam chop etishni taʼminlash, ular bilan suhbatlar va musobaqalar tashkil etish, shuningdek Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Professional futbol ligasi faoliyatini doimiy ravishda yoritish.‎ 2011-yil I chorak — ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval boʻyicha Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, OʻzA, gazetalar va “Oʻzbekiston futboli” — (“Futbol Uzbekistana”) jurnali tahririyatlari, hududiy futbol federatsiyalari‎
39.‎ Gazetalar, jurnallar va Internet-saytlarda milliy futbolimiz yutuqlari va kamchiliklariga, uning istiqbollariga bagʻishlangan futbol mavzuidagi materiallarni chop etish, “Futbol-jasurlar oʻyini”, “Futbolimiz qahramonlari”, “Futbolimiz faxriylari”, “Isteʼdodli futbolchilar”, “Futbolimiz yulduzlari”, “Futbolimiz kelajagi” kabi maxsus ruknlar tashkil etish, yosh avlodni sogʻlom turmush tarzi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan tahliliy maqolalar chop etish.‎ Doimiy‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, hududiy futbol federatsiyalari, OʻzA, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, gazeta-jurnallar tahririyatlari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
40.‎ Sport internet-jurnalistikasini qoʻllab-quvvatlash, vatanimiz futbolini targʻib qilishga ixtisoslashgan faoliyat koʻrsatib turgan va yangidan ochilayotgan veb-saytlarni moddiy ragʻbatlantirish.‎ Doimiy‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi‎
41.‎ Maktablar, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari, mahallalar, qishloqlar va ovullar stadionlarida oʻtkazilayotgan futbol turnirlarini bolalar va yoshlar oʻrtasida targʻib qilish.‎ Turnirlar jadvali boʻyicha‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston MTRK‎
42.‎ “Sport” telekanali va “Mashʼal” radiokanalining tahliliy koʻrsatuvlari va eshittirishlari mavzulari va sifatini taniqli futbolchilar, bolalar sporti trenyerlari va mutaxassislari, yetakchi hakamlar, shuningdek, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va Professional futbol ligasi vakillari ishtirokida tubdan yaxshilash.‎ 2011-yil I choragi — takliflar ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval boʻyicha‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi‎
43.‎ Oliy liga futbol klublari stadionlarida radio va telesharhlovchilar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etish, futbol oʻyinlari televideniye va Internet orqali toʻgʻridan toʻgʻri uzatilishini taʼminlash. Birinchi ligada va viloyat birinchiliklarida qatnashayotgan jamoalar stadionlarida ham shunday sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratib borish.‎ 2011-yil I choragi — takliflar ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval boʻyicha‎ Bajaruvchilar, mahalliy budjetlar va homiylar mablagʻlari‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OʻzMTRK, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, OʻzA, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi‎
44.‎ Futbol sohasiga ixtisoslashayotgan professional jurnalist va reportyor kadrlar tayyorlashni takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash.‎ 2011-yil 1 choragi‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
45.‎ Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlarida sport jurnalistikasi boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etish‎ 2011-yil I choragi‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oʻz?ekiston Futbol federatsiyasi‎
46.‎ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti negizida teleuzatishlar boʻyicha teleoperator va rejissorlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.‎ 2011-yil I choragi‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalar� universiteti‎
47.‎ Jurnalistlar oʻrtasida sport tadbirlari, shu jumladan, futbol turnirlari tashkil etish, gʻolib jamoalar va eng yaxshi oʻyinchilarni ragʻbatlantirish.‎ Har yili‎ Bajaruvchilar mablagʻlari‎ Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, OʻzMTRK, OʻzA‎
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 22-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 20-son, 354-modda)