12.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2179
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 12.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2179
Date of entry into force
22.01.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IXTISOSLASHTIRILGAN OʻQUV-TARBIYA MUASSASALARIGA JOYLASHTIRILAYOTGAN VOYAGA YETMAGANLARNING TIBBIY KOʻRIGINI OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2179]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 39-son, 341-modda) muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilayotgan voyaga yetmaganlarning tibbiy koʻrigini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 17-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
342-son

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 342-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilayotgan voyaga yetmaganlarning tibbiy koʻrigini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 39-son, 341-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 445-modda) muvofiq ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilayotgan voyaga yetmaganlarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 39-son, 341-modda) 14-moddasiga asosan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Voyaga yetmaganlar ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilishidan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish voyaga yetmaganlar hisobda turgan davolash-profilaktika muassasasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 445-modda) nazarda tutilgan vakolatli organlarning soʻrovnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilishi mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida keltirilgan Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxati asosida tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha aniqlanadi. Ushbu roʻyxatda keltirilgan kasalliklar aniqlangan taqdirda voyaga yetmaganlar ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tibbiy koʻrikning sifatli oʻtkazilishiga davolash-profilaktika muassasasining rahbari masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tibbiy koʻrikni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilayotgan voyaga yetmaganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida umumiy amaliyot shifokori, otorinolaringolog, oftalmolog, nevropatolog, xirurg, ginekolog koʻrigi va flyuorografiya tekshiruvi, shuningdek tegishli klinik tahlillari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy koʻrikni oʻtkazayotgan davolash-profilaktika muassasasi ushbu tibbiy koʻrik va klinik tahlillardan tashqari voyaga yetmagan shaxs toʻgʻrisida hududiy psixonevrologiya, silga qarshi kurash, teri-tanosil va narkologiya dispanserlaridan hamda OITSga qarshi kurash markazlaridan maʼlumotlar oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati tibbiy koʻrik oʻtkazishni soʻrab murojaat qilingan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha voyaga yetmagan shaxsni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisida tibbiy koʻrikni oʻtkazgan davolash-profilaktika muassasasining tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan profilaktik emlashlari (063u shakli) koʻrsatilgan holda tibbiy xulosa (086u shakli) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy xulosa tibbiy maslahat komissiyasi raisi va komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tibbiy koʻrik davomida voyaga yetmagan shaxsda oʻtkir kasalliklar aniqlangan taqdirda, kasallik tuzalgandan soʻng qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va belgilangan tartibda tibbiy maslahat komissiyasining xulosasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashxisga aniqlik kiritish maqsadida voyaga yetmagan shaxs qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtish uchun belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalarga yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tibbiy xulosa bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar toʻliq rasmiylashtirilgandan soʻng, davolash profilaktika muassasasi tibbiy koʻrik oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosani va voyaga yetmagan shaxsning tibbiy kartasini (112/h, 025/h), shuningdek, mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tibbiy maʼlumotnomalarni soʻrovnoma yuborgan vakolatli organga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirilayotgan voyaga yetmaganlarning tibbiy koʻrigini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

I. Somatik kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Biriktiruvchi toʻqimaning sistem shikastlanishi (sistem qizil yuguruk, dermatopoliomiozit, revmatizmning faol darajasi uzluksiz kechishi bilan, tugunchali periarteritning ogʻir turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yurak va qon aylanish tizimini tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari: tugʻma yurak va yirik qon tomirlari nuqsonlari, Tetrada Fallo) turgʻun yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II va III darajasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tugʻma va orttirilgan xarakterdagi bronx-oʻpka kasalliklarining II va III darajali turgʻun nafas yetishmovchiligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Astmaning gormonga bogʻliq turi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Lokal formasi bilan dispanser hisobida turadigan sil kasalliklari: oʻpkaning oʻchoqli sili, yalligʻlanish va yemirilish davri BK+, oʻpkaning infiltrativ sili yemirilish va tarqalish davri BK+, kavernali va fibrozli-kavernali shakli turgʻun nafas yetishmovchiligi II-III darajasi bilan kechishi, sirrotik oʻpka sili. Oʻpkadan tashqari organlar sili surunkali kechishi (suyak va boʻgʻimlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Surunkali gepatitni (V, S va Delta-agentli turlari) jigar sirrozining dekompensatsiya darajasiga oʻtishi bilan kechishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Irsiy modda almashuvi kasalliklari (fenilketonuriya, galaktozemiya, seliakiya, mukovissidoz ogʻir turlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III darajasi bilan kechayotgan buyrak kasalliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Turli aʼzolarning xavfli oʻsmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tugʻma va orttirilgan aplastik anemiyalarni ogʻir darajasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ogʻir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yilida uch marotabadan ortiq gemorragik krizlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Gemolitik anemiya irsiy, orttirilgan shakllari yilida ikki marotabadan ortiq gemolitik krizlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Gemofiliya ogʻir turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qandli diabetning ogʻir shakli, qon-tomir va ichki aʼzolarda turgʻun asoratlari bilan kechishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Asab tizimi kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bolalar serebral falaji, nasliy-degenerativ kasalliklarning ogʻir oqibatlari, yaqqol ifodalangan qoʻpol gemisindrom, total hamda harakatlanish, sensor va oliy poʻstloq funksiyalarining buzilishi (apraksiya, agnoziya, demensiya, giperkinezlar) kabi barqaror turgʻun asoratlarga ega boʻlgan bosh va orqa miya qon-tomir kasalliklari, ogʻir jarohatlar va infeksion kasalliklar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Epilepsiya tez-tez qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar, shaxsning oʻzgarishi bilan (oyda 4 ta va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoxud talvasasiz tutqanoqlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Xirurgik kasalliklar, anatomik nuqsonlar va deformatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tuzatib boʻlmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yoʻgʻon, toʻgʻri ichak va orqa chiqaruv teshigining tugʻma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil aʼzolari oqmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻpka, jigar, ichaklar va anorektal sohasining hamda oʻt yoʻllarining atreziyasi, buyrak, siydik pufagining yoʻqligi, yaqqol rivojlanmaganligi tufayli patologik asoratlarda muhim aʼzolarning turgʻun funksional buzilishlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari: ikkala oyoq va qoʻllarda tugʻma va orttirilgan ogʻir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion choʻltoqlar (protezlash imkoniyati boʻlmagan xolda), ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa pogʻonasining tizimli zararlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Orqa miya churrasini tos aʼzolarining faoliyati buzilishi bilan kechishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Koʻz kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ikki tomonlama koʻz soqqasi yoʻqligi (anoftalm) yoki ikki tomonlama koʻzning koʻrligi (0 dan 0,03 gacha), har ikki koʻzning koʻrish maydoni 5 — 10 gradusgacha torayishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Quloq, tomoq va burun kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ikki tomonlama konduktiv va neyrosensor karlik III va IV daraja yoki eshitish qobiliyatining toʻla yoʻqotilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kar-soqovlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Eshitishning buzilishiga olib keluvchi quloq tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari). Ikki tomonlama quloqning tugʻma rivojlanmasligi yoki tuzatib boʻlmas anomaliyasi (quloq suprasi yoki tashqi eshituv yoʻlining boʻlmasligi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xiqildoq tugʻma anomaliyalari, nutq va mustaqil nafas olish funksiyasi buzilishi bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xiqildoq va kekirdak yuqori qismining orttirilgan chandiqli torayishi, II va III darajali nafas yetishmovchiligi bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ikki tomonlama xonalar atreziyasi va tashqi burun qoʻpol anomaliyalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tugʻma bullez epidermoliz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tugʻma ixtioz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Poʻrsildoq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Surunkali yarali piodermiya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yarali vaskulit.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Enteropatik akrodermatit.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Neyrofibromatoz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Zaxm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Ruhiy kasalliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kelib chiqishi har xil boʻlgan aqliy zaiflikning oʻrta, chuqur va ogʻir darajasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Shizofreniya.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 15-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)