Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 07.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2178
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 07.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2178
Date of entry into force
17.01.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 27.01.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2178]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 31-dekabrdagi 01/19-26/27, 55-sonli qarori (roʻyxat raqami 2178-1, 21.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 54-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri R. GʻULOMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 7-dekabrdagi 16 va 106-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda) va 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Birja savdosiga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-ilovalariga kiritilgan, hamda 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) qarori bilan aniqlangan strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish tasdiqlangan grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 31-dekabrdagi 01/19-26/27, 55-sonli qarori (roʻyxat raqami 2178-1, 21.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 54-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Birja tasdiqlangan grafikka muvofiq birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallar hajmlari hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Qoʻmita birjaga har oyda savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini nazarda tutuvchi tasdiqlangan grafiklarni yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha tasdiqlangan grafiklarni bajarilishi monitoringi Qoʻmita tomonidan Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2125, 2010-yil 26-iyul) belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish ustidan monitoringni amalga oshirish maqsadida, birja Qoʻmitaga har kuni navi, klassi, markasi, turi boʻyicha sotishga haqiqatda qoʻyilgan mahsulotlarning hajmlari, shuningdek tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida elektron shakldagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Birja savdolariga takroran qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Birja savdolarida sotilmagan strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari birja savdolariga birinchi marta qoʻyilgan vaqtdan eʼtiboran bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada nazarda tutilgan muddatda xaridor tomonidan talab qilib olinmagan strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xaridor tomonidan mahsulotga haq toʻlamaslik, sotuvchi tomonidan haq toʻlangan mahsulot hajmini yetkazib bermaslik sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha strategik va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hajmlari bir oy mobaynida birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroran qoʻyiladigan hajmida sotuvchi tomonidan grafikka muvofiq savdoga qoʻyilmagan hajmlari oʻrnini toʻldirish hisobga olinadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni takroran savdoga qoʻyish har bir birja savdosi sessiyasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq birja savdosiga takroran qoʻyilgan mahsulot sotilmasa, sotuvchi uni oʻtgan haftadagi savdolar natijasida yuzaga kelgan birja kotirovkalarini oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga yoki yangidan birja savdolariga qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sotuvchining birja savdolariga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallar boʻyicha majburiyatlarini jami hajmiga tasdiqlangan grafiklarga muvofiq savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari va birja savdosiga takroran qoʻyiladigan mahsulotlar hajmiga kiradi va u quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V = Vgr + Vnv +Vnr + Vno + Vnp + Vnd, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V — savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar jami hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vgr — birja savdosiga qoʻyish boʻyicha tasdiqlangan grafikka muvofiq savdoga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vnv — grafikka muvofiq avval savdoga qoʻyilmagan mahsulotlar hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vnr — birja savdolarida sotilmagan mahsulotlar hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vno — xaridor tomonidan haq toʻlanmaganligi sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha mahsulotlar hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vnp — xaridor tomonidan haqi toʻlangan mahsulotni sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagani sababli birjaning arbitraj komissiyasi tomonidan bekor qilingan bitimlar boʻyicha mahsulotlar hajmlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vnd — shartnomada nazarda tutilgan muddatda xaridor tomonidan talab qilib olinmagan mahsulotlar hajmlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hisobot oyida birja savdolariga qoʻyilgan mahsulotning umumiy hajmi hisobot oyining har kunida haqiqatda savdoga qoʻyilgan mahsulotlar koʻrsatgichlarini arifmetik qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Birja savdolariga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning haqiqiy hajmlari tegishli davrga grafik boʻyicha nazarda tutilgan hajmlar va birja savdosiga takroran qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallar hajmlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hafta ichida (dushanba — juma) haqiqatdan savdoga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallarning hajmini aniqlash uchun, birja hisob-kitob haftasidan keyingi seshanbada birja savdosiga qoʻyilgan strategik va monopol mahsulotlar va xomashyo va materiallar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qoʻmitaga taqdim etadi. Taqdim etilgan maʼlumot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hafta ichida birja savdosiga mahsulotlar qoʻyish boʻyicha sotuvchi majburiyatlarining jami hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hafta davomida haqiqatda birja savdosiga qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja savdolariga takroran qoʻyilgan mahsulotlarni chiqarib tashlagan holda, hafta davomida birja savdosiga haqiqatda qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqatda sotilgan mahsulotlarning jami hajmlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maʼlumotlar grafiklarga muvofiq strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyishni amalga oshirayotgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston respublika tovar xomashyo birjasi” OAJ bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi OAJ Boshqaruvi raisi T. TOʻXTABOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 14-modda; 2014-y., 4-son, 54-modda; 2017-y., 37-son, 1024-modda)