05.01.2011 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.01.2011 yildagi 1-son
Date of entry into force
05.01.2011
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 5-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA

Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aholini ish bilan taʼminlash, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlarini buzganlik deb ataladi) uchun, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tashkilotlar ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha ekspertlari (keyingi oʻrinlarda inspektorlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining davlat mehnat huquq inspektorlari (keyingi oʻrinlarda inspektor deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Inspektorlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga tashkilotlar tomonidan rioya etilishini (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlariga rioya etish deb ataladi) belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilayotgan tashkilotning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshirishlar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlarning har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar (keyingi oʻrinlarda koʻrsatma deb ataladi) berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilarning sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyatini yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspektorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi tekshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma qonun buzilishi holatini aniqlagan inspektor, shuningdek tashkilot rahbari (uning vakili), guvohlar va jabrlanganlar (agar shundaylar boʻlsa) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda dalolatnomada bu haqda yozuv qayd etiladi. Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va uning mazmun-mohiyati boʻyicha mulohazalarini taqdim etish, shuningdek oʻzining imzolashni rad etishi sabablarini bayon qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi va (yoki) hayotiga xavf soladigan tashkilotlar faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agar tekshirish davomida mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishning ishlab chiqarish omillari va (yoki) holatlari aniqlansa, koʻrsatib oʻtilgan holatlar inspektor tomonidan tekshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish dalolatnomasi asosida, belgilangan tartibda inspektor tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tashkilot sodir etishi kerak boʻlgan tadbirlar va xatti-harakatlar koʻrsatilgan holda tashkilotning (uning alohida boʻlinmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Koʻrsatma unda koʻrsatilgan muddatda ijro etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot qarorning ijrosi toʻgʻrisida qarorda koʻrsatilgan muddatlarda ushbu Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha inspektorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qarorning ijro etilishi nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma bilan tasdiqlanadi yoxud qonun buzilishi bartaraf etilishi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi, ular tekshirish dalolatnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Inspektorning qarori yuzasidan shikoyat qilinishi tashkilotni ushbu qarorni bajarish majburiyatidan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qonun buzilishi bartaraf etilgandan soʻng inspektor bir kun muddatda ushbu Nizomga 2b-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tashkilotning (uning alohida boʻlinmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni qayta boshlashga yozma ruxsat beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tashkilot tomonidan qaror bajarilmagan yoki, agar qarorda koʻrsatilgan muddatda qonun buzilishi bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilmagan yoki nazorat tartibidagi tekshirishda qonun buzilishi bartaraf etilmaganligi aniqlangan taqdirda mehnat organi mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qaror yuzasidan yuqori mehnat organiga yoki xoʻjalik sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Inspektorning qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Tashkilotning faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida 20 __yil “__” __________gi -son
‎QAROR

‎‎_________________________________________________ asosida oʻtkazilgan

‎(joriy yil uchun tekshirishlar reja-jadvali, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasining rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish uchun ruxsatnomasi,mehnat organining tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining sanasi va tartib raqami)

tekshirishning 20__ yil “___” _____________dagi __-son Dalolatnomasiga
‎muvofiq __________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

(talablari buzilgan normativ-huquqiy hujjatning nomi va modda (band)lari)

‎__________________________________________________________________

talablar buzilganligi uchun “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga hamda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ____________________________boʻyicha

‎‎(tashkilotning nomi va manzili)

20___ yil “___” ___________dan

20__ yil “__” _____gacha ‎

‎‎__________________________________________________________________

(asbob-uskunadan foydalanish yoki uchastka, sex ishi, tashkilot faoliyati)‎‎

‎TOʻXTATIB QOʻYILSIN va quyidagi tadbirlar bajarilsin __________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

_____________________‎

_____________________‎

_____________________‎

(Mehnat boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Qarorni oldim:‎
20__ yil “___” ________‎

_____________________‎

_____________________

(mansabdor shaxs imzosi)‎

(F.I.O.)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Tashkilot faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi tashkilotga beriladi, ikkinchi nusxasi mehnat boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektorida qoladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
(2a-ilovaning belgilanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎20 __yil “__” __________gi _____-son qarorning ijrosi toʻgʻrisida
‎AXBOROT

‎Shuni xabar qilamanki, _____________________________________________

‎‎(asbob-uskunalar, uchastka, sex, tashkilot)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

faoliyati vaqtincha toʻxtatilgandan keyin tashkilot faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida 20__yil “___” __________dagi ____-son qarorga asosan biz quyidagi ishlarni bajardik: _________________________________________________‎‎

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________‎
‎Toʻxtatib turilgan vaqt _____________________________________________

(ish kunlari soni)‎

Sizdan toʻxtatib qoʻyilgan ___________________________________________
‎__________________________________________________________________

(asbob-uskuna, uchastka, sex, tashkilot)

‎faoliyatini qayta boshlashga ruxsat berishingizni soʻrayman.

_____________________‎

_____________________‎

_____________________‎

(lavozimi va tashkilotning toʻliq nomi)‎

(mansabdor shaxs imzosi)

(F.I.O.)‎

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Tashkilotning faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni tiklashga
‎20__ yil “__” __________gi ____-son
‎RUXSATNOMA

‎‎____________________________________________________________ boʻyicha

‎(tashkilot nomi)

“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi hamda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan 20__ yil “___” ____________dan boshlab ____________________________________
‎‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________

(asbob-uskunalar, uchastka, sex, tashkilot)

faoliyatini qayta boshlashga RUXSAT BERAMAN.

_____________________‎

______________________‎

_____________________‎

(Mehnat boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektori ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 49-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 13-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tashkilot tomonidan, mazkur shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan toifaga mansub boʻlsa, mehnat organlari yoʻllanmasi boʻyicha band qilib qoʻyilgan ish oʻrniga ishga joylashtirishni rad qilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 17-banddagi “bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari” soʻzlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 19-fevraldagi 29-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 10-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qarorning nomidagi, muqaddimasidagi va 2-bandidagi “mehnat, aholini ish bilan taʼminlash” soʻzlari “mehnat, aholini ish bilan taʼminlash, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 va 5-bandlarga “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlaridan keyin “va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishga doir qismiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandga quyidagi mazmundagi 7.7.-kichik band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7.7. Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishga doir qismiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar tomonidan nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini oʻz vakolatlari doirasida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishi uchun tashkilotlar tomonidan sharoitlar taʼminlanishi boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishini taʼminlash masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, kelishishda va belgilangan tartibda tasdiqlashda ishtirok etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshiga “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlaridan keyin “va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mansabdor shaxslardan nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni, ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh hamda boshqa muassasalarga) toʻsqinliksiz kirish uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv transportidan, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanish uchun nogironlarga sharoitlar yaratishni taʼminlash maqsadida tekshirishlar davomida aniqlangan buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrishni talab qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi — yigirma birinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshiga “mehnatni muhofaza qilish” soʻzlaridan keyin “va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yuqori tashkilotga mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarida aybdor boʻlgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar bilan mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini, shuningdek ularning vujudga kelishiga imkon yaratuvchi sharoitlarni bartaraf etish haqida taqdimnoma kiritish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 1-ilovaga “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga” soʻzlaridan keyin “(Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 4-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)