Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SUD EKSPERTLARINING HAYOTI VA SOGʻLIGʻINI DAVLAT TOMONIDAN MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq hamda davlat sud ekspertlari ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-dekabr,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish (keyingi oʻrinlarda “davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish” deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
davlat sud eksperti — davlat sud-ekspertiza muassasasining oʻz xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;
naf oluvchi — sugʻurtalangan shaxs oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan (halok boʻlgan) taqdirda sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalangan shaxs — foydasiga sugʻurta amalga oshiriladigan va sugʻurta badali toʻlangan davlat sud eksperti;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzgan va sugʻurtalovchi bilan sugʻurta munosabatlariga kirishgan tegishli sud-ekspertlik tashkilotlari;
sugʻurtalovchi — umumiy sugʻurta qilish sohasida majburiy sugʻurtalash uchun litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurta kompaniyasi;
sugʻurta summasi — davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi uning doirasida sugʻurta tovoni toʻlash majburiyatini olgan pul mablagʻlari summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta tovoni — har bir sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta summasi doirasida ushbu Nizomda qayd etilgan holatlarda sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sugʻurta mukofoti — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta hodisasi — davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi davrida oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi — (keyingi oʻrinlarda “davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi” deb ataladi) sugʻurtalovchi u boʻyicha sugʻurta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan toʻlov (sugʻurta mukofoti) yuzasidan sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) mehnatda mayib boʻlganligi yoki u mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladigan sugʻurta shartnomasi;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
mehnatda mayib boʻlish — xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sugʻurtalangan shaxsning hayoti va sogʻligʻi davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish obyekti hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sugʻurta hodisasi munosabati bilan sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) yetkazilgan maʼnaviy zarar davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qoplanmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
5. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish polisi davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
II. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish va shartnoma shartlarini oʻzgartirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida bir yil muddatga tuziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizani taqdim qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
8. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurtalash muddati davomida amal qiladi.
9. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurtalovchining hisob raqamiga davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.
10. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilish davrida davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun taqdim qilingan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlardagi har qanday oʻzgarishlar haqida sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga uch ish kunidan kechikmay xabar qilishi shart.
11. Sugʻurta qildiruvchidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun taqdim etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida ariza olinganda sugʻurtalovchi, zarurat boʻlganda, davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga qoʻshimcha bitimni tuzadi va sugʻurta polisini qaytadan rasmiylashtiradi.
12. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilish davrida shartnoma shartlari oʻzgargan taqdirda oʻzgargan shartlarga koʻra sugʻurta mukofotiga tuzatish kiritiladi. Bunda sugʻurta mukofoti boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida tomonlarning majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga tuzilgan qoʻshimcha bitim tuzilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida bajarilishi lozim.
III. Sugʻurta summasi, sugʻurta mukofoti va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta summasi har bir sugʻurtalangan shaxs uchun davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida amal qilgan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurtalangan shaxslar sonini sugʻurta summasiga va 3,4 foiz miqdorida belgilangan sugʻurta tarifiga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Sugʻurta tariflarining davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida oʻzgarishi sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlov vaqtida amalda boʻlgan sugʻurta tariflari boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
15. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta qildiruvchi tomonidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi.
Sugʻurta qildiruvchining hisob raqamidagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash ish beruvchining ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga moʻljallangan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
16. Agar sugʻurtalovchi davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilish davrida sugʻurta tovonini toʻlagan boʻlsa, davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdoriga kamaytiriladi. Bunda sugʻurta qildiruvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qolgan amal qilish muddatiga mutanosib ravishda sugʻurta mukofotini yetti ish kuni mobaynida qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart.
IV. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
17. Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurtalovchidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalangan shaxslarning soni kamayganda sugʻurta mukofotining sugʻurtalangan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish huquqiga ega.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Sugʻurta qildiruvchi:
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurta mukofotini toʻlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalangan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalangan shaxs (naf oluvchi) yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi borasida oʻziga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran yigirma ish kunidan kechiktirmay, sugʻurtalovchiga yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilishi shart.
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Sugʻurtalovchi:
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi holatlariga doir axborotlarni tekshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Sugʻurtalovchi:
sugʻurta qildiruvchini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida sugʻurta qildiruvchi va (yoki) sugʻurtalangan shaxs (naf oluvchi) toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurta qildiruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslagan holda yozma yoki elektron shaklda xabar qilishi;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilishi va sugʻurta tovonini toʻlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sugʻurtalangan shaxs:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchiga sugʻurta tovonini toʻlash haqida yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qilish;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovoni olish;
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi sharoitlarini tekshirishda, zaruriyat boʻlganda, oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sugʻurta qildiruvchidan sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
22. Naf oluvchi:
sugʻurta tovonini olish haqidagi talab bilan sugʻurtalovchiga murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovonini olish;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
sugʻurtalangan shaxs oʻz mehnat vazifalarini bajarayotganda halok boʻlganligi (vafot etganligi) haqida sugʻurta qildiruvchiga xabar qilish;
sugʻurta hodisasini tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni sugʻurta qildiruvchidan olish huquqiga ega.
V. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash tartibi va shartlari
23. Sugʻurtalovchi quyidagi holatlarda:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sugʻurtalangan shaxs ishlagan davrda yoki ishdan boʻshagandan keyin bir yil ichida oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan)da sugʻurta summasining 100 foiz miqdorida;
(23-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) sugʻurtalangan shaxsga oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan nogironlik berilgan boʻlsa:
(23-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — sugʻurta summasining 80 foizi miqdorida;
(23-band “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — sugʻurta summasining 65 foizi miqdorida;
(23-band “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — sugʻurta summasining 50 foizi miqdorida;
(23-band “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
v) sogʻligʻiga boshqacha yoʻl bilan zarar yetkazilsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq miqdorda sugʻurta tovoni toʻlaydi.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Sugʻurtalangan shaxs (naf oluvchi) sugʻurtalovchiga sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talab bildirilgan arizani:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sugʻurta polisini (mavjud boʻlsa);
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ishlab chiqarishda yuzaga kelgan baxtsiz hodisa maxsus tergovining dalolatnomasi, Tibbiy mehnat ekspert komissiyasining xulosasi, nizo vujudga kelganda — sud qarorini);
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
naf oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda ham sugʻurtalangan shaxsning vafot etganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilinadi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Sugʻurta hodisasi tan olinganda sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi, u har qaysi tomon uchun bir nusxadan — uch nusxada, sugʻurtalovchi, sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalangan shaxs (naf oluvchi) tomonidan imzolanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) uning sugʻurta tovonini toʻlash talabidan iborat boʻlgan ariza bilan yozma yoki elektron murojaatidan keyin oʻn besh ish kunidan kechikmay, rad etish asoslari koʻrsatilgan holda xabar qilingan boʻlishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
VI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
27. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish qonunchiligi buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 522-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)