21.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2166
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 21.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2166
Date of entry into force
01.01.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2166]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 268-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-4, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2166-4/1193-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. MUHITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 21-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
304-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy malaka komissiyasi notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy malaka komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlovni oʻtkazishda hamda notarius qasamyodini qabul qilishda Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3773, 2026-yil 11-fevral) tartibga solinmagan qismi boʻyicha mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning Oliy malaka komissiyasining faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy malaka komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Oliy malaka komissiyasining qabul qilgan qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) hamda malaka komissiyalari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy malaka komissiyasining moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oliy malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy malaka komissiyasi oʻn bir kishidan iborat tarkibda uch yil muddatga tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va masʼul kotibi komissiya tarkibidan tayinlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 433-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-6, 25.09.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy malaka komissiyasi rais rahbarligida faoliyat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 433-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-6, 25.09.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy malaka komissiyasida ishlar komissiyaning ishchi organi va masʼul kotibi tomonidan yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasi ishchi organining (bundan keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb yuritiladi) tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamda Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasining notariat sohasi boʻyicha masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ oʻz faoliyatini Oliy malaka komissiyasi raisining rahbarligida amalga oshiradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oliy malaka komissiyasi yigʻilishi zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasining majlisi, agar unda komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlovda talabgor sifatida ishtirok etgan vaqtlarida komissiya majlislarida qatnashmaydi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oliy malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oliy malaka komissiyasining qarori rais tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan komissiya aʼzosi oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda taqdim etishga haqli.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oliy malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oliy malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlardan zarur boʻlgan hujjatlarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya hamda malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan tegishli adliya boshqarmalaridan zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va hududiy adliya boshqarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasini qayta koʻrib chiqish uchun yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-8, 03.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 10/21/2166-8/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida apellyatsiyada koʻrsatilmagan, lekin toʻgʻri qaror qabul qilish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni oʻrganib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyasining tarkibini oʻzgartirish yoki qayta tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyalari tomonidan qonunchilik hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlari boʻyicha aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyalariga ularning ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha tavsiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarius lavozimida boʻlishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga uzaytirish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish;
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oliy malaka komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etishga majburdir.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oliy malaka komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Notarius malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, u yigʻilish bayonnomasi nusxasini olgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya boshqarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegishli hududiy boshqarmasi rahbari malaka komissiyasining qarori qonunchilik talablari buzilgan holda qabul qilinganligi haqida yetarli asoslarga ega boʻlgan hollarda Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya kiritishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Apellyatsiya Oliy malaka komissiyasiga notarius tomonidan bevosita yoki adliya boshqarmasi yoxud Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellyatsiyani u bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oliy malaka komissiyasiga kelib tushgan apellyatsiya ishchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Apellyatsiya bergan notariusga apellyatsiyani koʻrib chiqish kuni haqida komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin xabar qilinadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiyalar Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qarori haqida komissiya majlisi yakunida eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qaroridan koʻchirma tegishli adliya boshqarmasiga notariusga hamda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qarorning ijrosi toʻgʻrisida ushbu qaror tegishli adliya boshqarmasiga kelib tushgandan boshlab uch kun muddat ichida adliya boshqarmasi tomonidan Oliy malaka komissiyasi va notarius yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV1. Notarius lavozimida boʻlishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga uzaytirish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Notarius lavozimida boʻlishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga uzaytirish istagidagi notarius bu haqda Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoki adliya boshqarmalari orqali yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu notarius oltmish besh yoshga toʻlgan kundan boshlab bir oy muddat ichida murojaat qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasiga kelib tushgan murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qilgan notariusga suhbat oʻtkazilish kuni haqida ishchi organ tomonidan komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Oliy malaka komissiyasi tomonidan murojaat qilgan notarius bilan suhbat oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat davomida notariusdan faoliyatini yetmish yoshga qadar davom ettirish haqidagi oʻz qarorining mohiyatini toʻliq anglayotganligi (bunga qarori qatʼiyligi), shuningdek sogʻligʻining holati qoniqarliligi haqida soʻraladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda notarius faoliyatini yetmish yoshga qadar davom ettirish haqidagi qarorining mohiyatini toʻliq anglayotganligini (qarori qatʼiyligini) bildirsa hamda sogʻligʻining holati qoniqarliligi boʻyicha Oliy malaka komissiyasi aʼzolarida shubha tugʻilmasa, Oliy malaka komissiyasi notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkinligi haqida qarori qabul qiladi. Agar notariusning sogʻligʻi holati boʻyicha komissiya aʼzolarida shubha paydo boʻlsa, qaror qabul qilish navbatdagi majlisga qoldirilib, ishchi organ tomonida notariusning sogʻligʻi holatini aniqlash maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tegishli tibbiyot muassasasidan soʻrov yuborgan holda tibbiy maʼlumot olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy maʼlumotga koʻra notariusning sogʻligʻi holati qoniqarli boʻlsa, Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin yoki aksincha boʻlsa, mumkin emasligi yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Qaror qabul qilish ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish natijasiga koʻra komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin deb hisoblagan taqdirda notarius oʻz faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismidan kam ovoz olgan notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy malaka komissiyasining qarori komissiya majlisi yakunida notariusga eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Oliy malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma notariusga va tegishli adliya boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya boshqarmasi tomonidan notariusning lavozimda boʻlish yoshi uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Tegishli adliya boshqarmasi Oliy malaka komissiyasining qarori kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida uni ijro qiladi va bu haqida notariusni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
(IV1 bob Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishchi organ Oliy malaka komissiyasining topshirigʻiga yoki oʻzining tashabbusiga koʻra malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida ularning faoliyatini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka komissiyalarining faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha ishchi organ tomonidan malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish natijalari, shuningdek, tavsiyalarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnomalar tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Malaka komissiyalarining faoliyatiga doir maʼlumotnomalar Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan maʼlumotnomalar tegishli adliya boshqarmalari, malaka komissiyalariga hamda Notarial palataga maʼlumot uchun yuboriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya bergan notarius oʻz apellyatsiyasini yozma murojaati asosida qaytarib olishga haqli.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oliy malaka komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 499-modda; 2011-y., 40-son, 433-modda; 2017-y., 4-son, 57-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2166-3/0337-son; 11.05.2018-y., 10/18/2166-4/1193-son, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son; 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 03.12.2021-y., 10/21/2166-8/1135-son; 13.05.2022-y., 10/22/2166-9/0418-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son)