26.02.2003 yildagi PF-3214-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.02.2003 yildagi PF-3214-son
Date of entry into force
26.02.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib o‘tilsinki, respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning birinchi bosqichi umuman muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam tizimi — Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat markazlari va tuman markaziy shifoxonalarida ixtisoslashtirilgan bo‘limlar tuzilgan bo‘lib, ular aholiga tezkor bepul shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlamoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam muassasalari zamonaviy tashxis va davolash uskunalari bilan jihozlanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shifokorlarning malakasi hamda zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlashni hisobga olgan holda kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam tizimi shifokorlari hamda tibbiyot xodimlarining mehnatini tashkil etish va moddiy rag‘batlantirish tizimi muttasil takomillashtirib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga, eng avvalo qishloq joylardagi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi isloh qilinmoqda. Respublikaning barcha tumanlarida zamonaviy tibbiy uskunalar va dori-darmonlar bilan ta’minlangan qishloq vrachlik punktlari tashkil etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublikada yuksak jahon talablari darajasidagi yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni shakllantirish, Ilg‘or tibbiy texnologiyalarni keng joriy etishning tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini vujudga keltirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilg‘or chet el tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni qabul qiluvchi hamda zamonaviy tashxis va davolash tibbiy uskunalaridan foydalanib davolaydigan maxsus klinikalar va tibbiy markazlarni tashkil etish O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, maxsus klinikalar va tibbiy markazlar, qoida tariqasida, quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z tibbiyot sohasida tan olingan hamda yuksak obro‘-e’tibor qozongan shifokor-mutaxassislarga ega bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori texnologiyali tashxis va davolash tibbiy uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z tibbiy amaliyotida yuksak jahon talablariga mos keladigan davolash va tashxisning murakkab usullarini joriy etish hamda keng qo‘llash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining tajriba tariqasida quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Urologiya ilmiy markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot urologiya markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining akademik V. Vohidov nomidagi Jarrohlik ilmiy markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot jarrohlik markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi Toshkent viloyat ko‘z mikroxirurgiyasi markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot ko‘z mikroxirurgiyasi markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot kardiologiya markazi.
(3-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nomidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Moliya vazirligi hamda Markaz Kengashi timsolida Markazning mehnat jamoasi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar)ning muassislari hisoblanadilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga tegishli mulk ishonchli boshqaruv huquqi bilan Markazning ustav jamg‘armasiga topshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan madadga muhtoj bo‘lgan shaxslar (imtiyozli toifadagi shaxslar)ga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning faoliyati davlat budjeti mablag‘lari, Markazning o‘z daromadlari va jalb etiladigan manbalar (grantlar, homiylarning mablag‘lari va boshqalar) hisobiga aralash asosda moliyalanadi. Bunda davlat budjeti mablag‘lari har bir Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali xarajat moddalari bo‘yicha taqsimlanmagan holda alohida satr bilan ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi respublika budjetlarini shakllantirish chog‘ida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2004-yildan boshlab Markazlarning uzog‘i bilan 2008-yilda o‘zini-o‘zi moliyalash va o‘zini-o‘zi qoplashga o‘tishini nazarda tutgan holda ushbu Markazlarni saqlashga budjet mablag‘larining joriy xarajatlari bosqichma-bosqich kamaytirib borilishini ko‘zda tutsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi respublika ixtisoslashtirilgan markazlari faoliyatining natijalarini hisobga olgan holda 2006-yilning 1-yanvariga borib Markazlarning ustav jamg‘armasiga topshirilgan davlat mulkini imtiyozli shartlar bilan mehnat jamoasiga mulk sifatida sotish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadigan Markaz Kengashi Markazning yuqori boshqaruv organi deb hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash a’zolari ichidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha Hukumat qarori bilan tayinlanadigan direktor Markaz Kengashining raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markazlarga quyidagi huquq berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ustav jamg‘armasiga topshiriladigan davlat mulkidan foydalanish va uni boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozimlar ro‘yxatini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Markaz xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarning 2-ilovaga muvofiq ro‘yxati.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan markazlar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashxis va davolash sifati standartlariga rioya etgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika markazlari tomonidan aholiga pulli xizmat ko‘rsatish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarini moliyalash tartibi va manbalari to‘g‘risida Nizom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan pulli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozli toifadagi bemorlarni davolash haqini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lash tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazlarning budjet mablag‘laridan, tasdiqlangan tariflardan maqsadli va qonuniy foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarini davolash va tashxis uskunalari, tibbiyot asboblari bilan jihozlash normativlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, ana shu normativlar asosida 2003-yildan boshlab respublika investitsiya dasturlarida ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari va asboblari bilan to‘liq ta’minlash uchun zarur kapital mablag‘lar ko‘zda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiyot uskunalari va asboblari uchun 2003-yilning 1-martidan to 2012-yilning 31-dekabriga qadar 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar Markazlarni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 2003-yilda amalga oshiriladigan tajriba tahlili natijalari bo‘yicha Markazlarning normativ bazasini, ular faoliyatini tashkil etish va moliyalash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3214-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2003-yil 26-fevraldagi
PF-3214-son Farmoniga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI*
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yetim bolalar;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar, shuningdek, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi tizimidagi tashkilotlarda xizmat davri bo‘yicha pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Baynalmilalchi-jangchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 9-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolari;
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarning a’zolari;
(91 va 92-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar1;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar2;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar3;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar4;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari5;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar;
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-310-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtida, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari (ota-onasi, halok bo‘lgan vaqtda qonuniy nikohda bo‘lgan xotini (eri) va farzandlari);
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha gematologiya kasalliklariga chalingan shaxslar6.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika perinatal markazida ko‘rsatiladi;
(izohning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi;
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan 6-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 91-bandda nazarda tutilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ham Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtirilishi mumkin.
(izohning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92-bandda nazarda tutilgan oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarning a’zolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 2-son, 16-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2006-y., 40-son, 394-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son; 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)