07.09.2010 yildagi PQ-1401-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 07.09.2010 yildagi PQ-1401-son
Date of entry into force
07.09.2010
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKANING YOG‘-MOY TARMOG‘INI BOSHQARISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda respublikamiz yog‘-moy sanoatida faoliyatni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Paxta chigitini sertifikatlash tizimi joriy etilib, ularni yog‘-moy korxonalariga yetkazib berishning samarali mexanizmi yaratildi, korxonalarni modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda, mahsulot sifatini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ichki iste’mol bozorini yog‘-moy mahsulotlari bilan barqaror va kafolatli to‘ldirishni ta’minlashga xizmat qildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ayrim hududlarda yog‘-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayapti, texnologik reglamentlarning buzilishi va belgilangan standartlarga javob bermaydigan paxta yog‘i ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmoqda. Yog‘-moy sanoati sohasida yetarlicha malaka va tajribaga ega bo‘lmagan shaxslarni korxonalarga rahbar etib tayinlash faktlari mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu kamchiliklarni bartaraf etish, yog‘-moy sanoatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, korxonalarni tajribali yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash va shu asosda yog‘-moy mahsulotlari sifatini oshirish va turlarini kengaytirish, yog‘-moy mahsulotlarining to‘liq to‘yinganligini ta’minlash u bilan ichki iste’mol bozorini rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra paxta chigiti faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-sonli qaroriga 1-ilovaga kiritilgan yog‘-moy sanoati korxonalari tomonidan qayta ishlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-sonli qaroriga 1-ilovada ko‘rsatilgan yog‘-moy tarmog‘i korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot, eng avvalo paxta yog‘i (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-sonli qaroriga 2-ilova bilan nazarda tutilgan holatlar bundan istisno), shrot, shulxa, kir sovun, atir sovun, margarin mahsulotlari va glitserin faqat tovar birjalari orqali sotiladi. Ushbu tartibni buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-sonli qarorining 1-ilovasiga kiritilmagan korxonalarda, shuningdek uy sharoitlarida chigitni qayta ishlash va paxta yog‘i ishlab chiqarish amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi. Paxta chigitini qonunga xilof ravishda qayta ishlash va paxta yog‘i ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan shaxslarga belgilangan tartibda javobgarlik choralari, hatto, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston “Sifat” markazi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tarmoq korxonalarida, paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va qayta ishlashda birlamchi hisobni tashkil etishning tasdiqlangan tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yog‘-moy sanoati korxonalari tomonidan yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik qoidalari va me’yoriy hosildorliklariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yog‘-moy sanoati korxonalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda tashkil etish, korxona bo‘linmalari rahbarlari va bosh mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishni ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari aholining yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini, shuningdek mavjud yer resurslari va qishloq xo‘jaligi ekinlarining joylashuvini hisobga olgan holda, noan’anaviy moyli ekinlar yetishtirishni, shu jumladan, lalmikor yerlarda yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi yog‘-moy sanoati korxonalari tomonidan paxta moyini sotishdan tushgan aksiz solig‘i mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq tushumi ustidan tizimli monitoringni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yog‘-moy sanoatidagi yakka tartibdagi aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish uchun ilgari joriy qilingan “oltin aksiyalar” bekor qilinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1401-son