Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 18.03.1997 yildagi PF-1737-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 18.03.1997 yildagi PF-1737-son
Date of entry into force
18.03.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DEHQON va fermer XO‘JALIKLARINI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh HAMDA MAMLAKATNI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLAShDA ULARNING ROLINI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(Farmonning sarlavhasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib o‘tilsinki, dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun yer ajratib berilishi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ancha ko‘paytirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash hamda qishloq aholisining ish bilan bandligini oshirish imkonini berdi. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar maydoni sug‘oriladigan yerlarda 650 ming gektardan oshib ketdi. Ana shu maydonlarda umumrespublika miqyosidagi kartoshka va sabzavot hajmining 69 foizi, go‘shtning 80 foizdan ko‘prog‘i, sutning salkam 90 foizi yetishtirilmoqda. Dehqon xo‘jaliklari soni qariyb 20 mingtaga yetdi, ularda l09 mingdan ko‘proq xodim ish bilan band.
(kirish qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, joylardagi ishlarning ahvolini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatiga aralashish faktlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarga ajratib berilayotgan yerlarning sifati ba’zida past bo‘lib, bunda ulardan samarasiz foydalanish hollari mavjuddir. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalari hamda dehqon xo‘jaliklariga urug‘lik va ko‘chatlar, yem-xashak va veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va ixcham texnika sotish tizimi aniq-puxta yo‘lga qo‘yilgan emas, servis xizmati ko‘rsatish past darajada tashkil qilingan. Ular tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda qiyinchiliklar mavjud.
(kirish qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarning rolini kuchaytirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, dehqon va fermer xo‘jaliklarining samarali ishlashini tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida:
(kirish qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shu narsa qayd etilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”, “O‘zgo‘shtsutsanoat”, “Yog‘moytamakisanoat”, “O‘zpaxtasanoatsotish” uyushmalarining, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining rahbarlari respublikada dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik aktlari hamda boshqa normativ aktlarning bajarilishini to‘liq darajada ta’minlamayaptilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida ko‘rsatilgan rahbarlar zimmasiga “Yer to‘g‘risida” va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining talablari, shuningdek qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning mazkur toifasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat qarorlari og‘ishmay bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin, amalda buyruqbozlik tugatilsin, ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga bo‘lgan mustaqil huquqi to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining maqomi to‘g‘risida tegishli qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun yer ajratib berish chog‘ida tegishli tartib o‘rnatish, xo‘jasizlik faktlarining oldini olish, ajratib berilgan yer egalari ulardan oqilona va samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ajratib berilgan yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda undan oqilona foydalanish holatini o‘rganishni tashkil etish uchun “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Prokuraturasining rahbarlari va mutaxassislaridan iborat respublika komissiyasi tuzilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida va respublika viloyatlarida ham xuddi shunday komissiyalar tuzilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mazkur komissiyalarga 3 oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga ajratib berilgan yerlarni yalpi ro‘yxatdan o‘tkazish topshirilsin. Ana shu yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish faktlari aniqlangan taqdirda ular O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda boshqa qonunchilik aktlariga muvofiq qaytarib olinsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi mazkur topshiriqning ijrosi ustidan nazoratni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ajratib berilgan yerlardan oqilona va samarali foydalanayotgan qishloq xo‘jaligidagi eng yaxshi tovar ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish tariqasida ularga beriladigan yer maydonlarini sug‘oriladigan yerlarda 0,25 ga. dan 0,35 ga. gacha va lalmi yerlarda 0,5 ga. dan 1 ga. gacha ko‘paytirish imkoniyati ko‘zda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi respublika va hududiy komissiyalar bilan birgalikda yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha qonunchilik aktlariga Farmonning ushbu bandidan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga davlat yo‘li bilan madad berish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylanma mablag‘lar ajratib bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank 10 kun muddat ichida “Qishloq xo‘jaligida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga oid tub chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon talablariga muvofiq garov asosida kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqsin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 27-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” kompaniyasi tajriba tariqasida 1997-yilda dehqon va fermer xo‘jaliklarning ehtiyojlari uchun tortish kuchi 0,4 va 0,6 tonna bo‘lgan rusumdagi 150 ta traktorni ularning to‘liq turkumdagi qurollari bilan birga ishlab chiqarsin. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birga 1997-yilning 1-noyabriga qadar ixcham qishloq xo‘jalik texnikasi bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazsin va zaruratga qarab uni ko‘plab tayyorlab berish dasturini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi zimmasiga dehqon va fermer xo‘jaliklariga texnik hamda servis xizmati ko‘rsatish masalalari yuklansin. Mashina-traktor parklari tarkibida dehqon va fermer xo‘jaliklariga mexanizmlar bilan yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tuzilsin, ularga ixcham texnika, shunday texnikaning ehtiyot qismlari va ta’mirlash buyumlari yetkazib berish hamda sotish tashkil qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga shu maqsadlarda uning hisob-kitoblari bo‘yicha mashina-traktor parklari uchun aylanma mablag‘lar ajratib bersin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari 2 oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— shaharlarda, tuman markazlarida, shaharchalar va yirik qishloqlarda dehqon va fermer xo‘jaliklarining egalaridan meva-sabzavot, go‘sht-sut hamda boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini shartnoma asosida qabul qilib oluvchi punktlarni tashkil qilsinlar. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini doimiy ravishda topshirib turuvchi Uyushma a’zolariga urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, o‘rash materiallari va uskunalarni muqobil tartibda yetkazib berish amalga oshirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘lagan holda dehqon va fermer xo‘jaliklarining egalari bilan f’yucher kontraktlari tuzishni amalda keng joriy etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mahsulotni, ayniqsa meva, rezavor va sabzavot mahsulotlari yalpi pishib yetiladigan davrda ularni qabul qilib olish va sotishni jadallashtirish maqsadida “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi bilan O‘zbekbirlashuvning mavjud muzxonalari, bazalari hamda boshqa ishlab chiqarish quvvatlaridan mumkin qadar ko‘proq foydalansinlar. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorida ko‘zda tutilganidek, meva-sabzavot mahsulotlarining ulgurji bozorlari tarmog‘ini bunyod etish jadallashtirilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Q. F. Obidov, Bosh vazir o‘rinbosari M. 3. Usmonov va Davlat maslahatchisi T. A. Alimov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 18-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1737-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 85-modda; 2001-y., 9-10-son, 197-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 246-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda)